Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCh - 2014, «E» guruhi

20.06.2014 23:59

SHVEYSARIYa

Jemayli (81)
Jaka (87)

2 : 5

FRANSIYa

Jiru (17)
Matyuidi (18)
Valbuena (41)
Benzema (67)
Sissoko (73)
JAMOALAR TARKIBI
1.Benalyo
2.Lixtshtayner
5.fon Bergen
8.Inler
9.Seferovich
10.Djaka
11.Bexrami
13.Rodriges
18.Mexmedi
20.Djuru
23.Shakiri
  1.Lyoris
2.Debyushi
3.Evra
4.Varan
5.Sako
6.Kabay
8.Valbuena
9.Jiru
10.Benzema
14.Matyuidi
18.Sissoko

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
90+3'
O‘yin yakunlandi. Shveysariya - Fransiya - 2:5!
90+3'
Eh, hakam 5 sekund kuta olmadi-ya! O‘yinga qo‘shib berilgan 3 daqiqa yakunlanishi bilan hakam xushtak chalib yubordi. BU paytda fransuzlar o‘ng qanotdan hujumga o‘tishayotgan edi. Jarima maydonchasi aylanasi tomon yetkazilgan to‘pni Benzema to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi. Afsuski, mana shunday chiroyli gol inobatga olinmaydi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Kabay ogohlantirish oldi
87'
Juda chiroyli gol! Inler to‘pni havolatib jarima maydonchasiga yetkazib berdi va Jaka uni yerga tushirmasdan darvozaga yo‘lladi!
87'
GOOOOLLLLL! Jaka, 2:5!
86'
Shakiriy 18 metrdan zarba yo‘lladi! Lyoris qaytarib qoldi
85'
Shveysariya o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi. So‘nggi uzatma himoyachiga tegib maydonni tark etdi
81'
Jemayli 30 metrlardan belgilangan jarima to‘pini tepdi va to‘p jonli devor oyoqlari orasidan o‘tib, Lyoris qo‘riqlayotgan darvoza burchagiga borib tushdi
81'
GOOOOLLLL!!! Jemayli, 1:5!
76'
Benalyo 1 daqiqa ichida darvoza tomon berilgan 3ta aniq va xavfli zarba qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! Shveysariya himoyasi sochilib ketdi bugun
73'
Benzama jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida to‘pni o‘ng qanotda ochilgan Sissokoga uzatdi. Yarim himoyachi kuchli bo‘lmagan, ammo zarbasi bilan darvoza burchagini nishonga oldi. 5:0!
73'
Mana beshinchi gol! Sissoko!
72'
Ohhohoooo! Fransiya beshinchi golni urishiga sal qoldi. Kabayning chiroyli pasidan keyin Evra posbon bilan yuzma-yuz vaziyatda darvozaga aniq zarba bera olmadi
70'
Seferovich o‘rniga Drmich tushirildi
67'
Pogbaning chiroyli pasidan keyin Karim darvozabon qarshisidan yolg‘iz qoldi va uning zarbasi Benalyo oyoqlari orasidan o‘tib, darvoza to‘riga tushdi
67'
GOOOOLLLLLL!!! Benzema!!! nihoyat bu o‘yinda ham gol urishning uddasidan chiqdi! 0:4!
66'
Mamadu Saxo maydonni tark etdi, Kosyelni o‘yinni davom ettiradi
65'
Mehmediiiiiiyyyy! 5 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! Lyoris uning oyog‘iga tashlandi, biroq sakrab turgan to‘pga berilgan zarbadan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
63'
Fransiya tarkibida Pol Pogba paydo bo‘ldi. Jiru maydonni tark etdi
63'
Shveysariya yaxshi hujum tashkil qildi. Mehmedining zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi.
60'
Ohohohoho!!! Fransiya bugun qarshi hujumda xavfli, o‘ta xavfli!!! Fransuzlar Shveysariya darvozasi oldida to‘pni aylantirishdi va so‘nggi zarbani Benzema berdi. To‘p himoyachiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi
58'
Vuuuh, Jemayli! 23 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq
55'
Fransuzlar maydon markazida to‘pni egallab olishdi va JIru kuchli zarba yo‘lladi. Darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi to‘p
55'
Shakiri 20 metrlardan zarbani noaniq berdi
53'
Jerdanning o‘zi jarima zarbasini amalga oshirdi. Varan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi esa samara keltirmadi
52'
Chap qanotdagi burchak oldida SHAkiriga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
51'
Seferovich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishning imkonini topdi. BIroq bu zarbaga aniqlik yetishmadi
48'
Fransiyaning hujumi paytida o‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan to‘pni shveysariyalik himoyachi to‘xtatib qola olmadi. Benzema to‘pni egallab, Jiruga uzatdi. Olivyening zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
47'
Shveysariyalik futbolchining olis masofadan yo‘llagan zarbasini Ugo Lyoris egallab oldi
46'
"Bankirlar mamlakati" bo‘limni faol boshladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Shveysariyada futbolchi almashdi. Behramiy o‘rniga Jemayli tushirildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+2'
Benzama himoyachidan to‘pni "o‘g‘irladi" va darvoza tomon zarba berdi. Benalyo o‘z o‘rnida
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
O‘yin taqdiri deyarli hal bo‘ldi. Faqat Shveysariya to‘plar nisbati uchun kurashishi mumkin. JCh guruh bosqichida dastlab to‘plar nisbati inobatga olinadi
41'
Fransuzlar himoyadan qarshi hujumga juda tez o‘tishdi. Varan bitta pas bilan Jiruni oldinga boshladi va Olivye jarima maydonchasiga narigi qanotdan kirib kelgan Valbuenaga to‘pni yetkazdi. Yarim himoyachi darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni joylab qo‘ydi!
41'
GOOOOOLLL! Valbuena, 0:3!
40'
Jerdan Shakiri jamoadoshlaridan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi ichida to‘pni orqaroqqa uzatayotganda himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
38'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi
35'
Penaltining golga aylanmagani shveysariyaliklarning ruhini ko‘tarib yuborishi mumkin
32'
Oho-ho-hoooooooo!!!! Benzemaning penaltidan yo‘llagan zarbasini Benalyo qaytardi. Qaytgan to‘pni fransuzlardan biri yana darvoza tomon tepdi, to‘p esa darvoza to‘siniga tegib qaytdi!
31'
Benzema to‘pni o‘zida saqlab turdi-turdi va Djuruni o‘ziga nisbatan qoida buzishga majbur qildi!
31'
Penalti! Shveysariya darvozasiga!
30'
Shveysariyaning dastlabki xavfli vaziyati! Mehmedi 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Qaytgan to‘pga Jaka takroriy zarba berdi. Biroooozgina noaniq!
29'
Olivye Jiru jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va zarba berdi. noaniq
27'
Shveysariya sardori Inler to‘pni darvozaga yo‘lladi, biroq ofsayd!
25'
Benzama to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydonchasi ostonasigacha kelib, darvozaning olis burchagini nishonga olmoqchi bo‘ldi. Benalyo bu safar ishonchli o‘ynab, to‘pni egallab oldi
21'
Shveysariya ikkita goldan keyin nokautga tushmagan bo‘lsa ham, og‘ir nokdaunga uchragani aniq
18'
Fransiya bir daqiqa ichida 2ta gol urmoqda! Olivye Jiru burchakdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan darvozanin olis burchagiga joylab qo‘ydi. Ikkinchi vaziyatda esa Benzemaning uzatmasidan keyin Matyuidi o‘tkir burchak ostida darvozaning yaqin burchagiga to‘pni yo‘llaydi. Har ikkala vaziyatda ham darvozabon jamoasini qutqara olmadi
18'
GOOOOOOOLLLL!!! Matyuidi, 0:2!!!
17'
GOOOOOOLLLL!!! Jiruuuuuu, 0:1!!!
16'
Yana o‘ng qanotdan hujum. To‘p Benzemaga biroz yetib kelmadi. Burchak to‘pi
13'
Fransiya o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
9'
Senderos maydonga tushdi. Majburiy o‘zgarish
8'
Jiru butsasining tishi bilan fon Bergenning yuzini yirtib yuboribdi...
7'
Jiru oyog‘ini baland ko‘tarib, shveysariyalik fon Bergenning yuziga tepib yubordi. Tibbiyot xodimlari futbolchini almashtirish lozimligini ta’kidlashmoqda
6'
Fransiya ilk daqiqalarda dadilroq o‘ynamoqda. Benzema 18 metrlardan to‘pni olis burchakka aylantirishga harakat qildi. Ijro biroz mukammal bo‘lmadi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Terma jamoalar va hakamlar maydonda saf tortishdi. Madhiyalar ijro etilmoqda
'
Bu jamoalar 1-turda g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Demak, bugungi o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa nimchorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi
'
E’tiboringizni Shveysariya-Fransiya bahsiga qaratamiz
'
Qiziqarli davom etayotgan JCH-2014 o‘yinlarini matnli onlayn translyasiya qilishda davom etamiz!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.