JCH-2014, «F» guruhi
| 2-tur, 21 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Milorad Majich | ||
ARGENTINAMessi (90+1)
|
1 : 0 |
ERON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Romero 2.Garay 4.Sabaleta 5.Gago 7.Di Mariya 9.Iguain 10.Messi 14.Maskerano 16.Roxo 17.Fernandes 20.Aguero |
12.Haqiqi 3.Hojisafiy 4.Hussayniy 5.Sodiqiy 6.Nekunam 7.Shojaiy 14.Teymuryan 15.Muntazoriy 16.Quchannajod 21.Dejaga 23.Po‘lodiy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Nekunam (54), Shojaiy (73)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. JChni biz bilan kuzating. STADIONda qoling! | |
| ' | ![]() |
Eron terma jamoasi esa bir ochko bilan hozircha uchinchi o‘rinda |
| ' | ![]() |
Ushbu g‘alabadan so‘ng Argentina guruhda 6 ochko to‘plagan holda yaqqol peshqadamga aylandi |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90+3' | ![]() |
Agar Argentina terma jamoasi bugun g‘alaba qozonsa, muddatidan avval nimchorak final masalasini hal qiladi |
| 90+2' | ![]() |
Uchrashuvni ancha faol o‘tkazgan Di Mariya o‘z o‘rnini Bigliyaga bo‘shatib berdi |
| 90+1' | ![]() |
Qanotdan jarima maydonchasi yaqinida to‘pni qabul qilib olgan Messi darvoza tomon aylanma zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi. Bu Messining JChdagi ikkinchi goli |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!!!!!! MESSSSSSSIIIIIIIII |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga to‘rt daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Hojisafiy maydonni tark etdi, Rizo Haqiqi o‘yinni davom ettiradi |
| 87' | ![]() |
Eronning o‘ta xavfli hujumi. Himoyachilardan qochib ketgan Quchannajod darvoza tomon zarba berdi, Romero qiyinchilik bilan bartaraf etdi |
| 86' | ![]() |
Bu safargi burchak to‘pini eronlik himoyachilar bartarf etishdi |
| 85' | ![]() |
Argentina burchak to‘pini amalga oshirdi.Haqiqi qiyqiynchiliksiz to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Dejaganing o‘rniga Alirizo Jahonbaxsh tushdi |
| 83' | ![]() |
Endigi vaziyat qahramoni ham Roxo. Quchannajodga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 83' | ![]() |
Roxoning zarbasi ancha xavfli, lekin noaniq |
| 76' | ![]() |
Iguain o‘z o‘rnini Palasioga bo‘shatib berdi |
| 76' | ![]() |
Aguero maydonni tark etdi, uning o‘rniga Lavessi tushirildi. |
| 76' | ![]() |
Shojaiy o‘rniga Haydariy maydoga tushdi |
| 73' | ![]() |
Messi jarima zarbasini ijro etdi. To‘p tashqi tomondan darvoza to‘riga tegdi |
| 73' | ![]() |
Di Mariyaga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun Shojiy sariq kartochka bilan jazolandi |
| 72' | ![]() |
Eron burchak to‘pini amalga oshirdi. Himoyachiga nisbatan qo‘pollik uchun hakam jarima zarbasi qayd etdi |
| 68' | ![]() |
Eron burchak to‘pi tepdi. Romario to‘pni egallab oldi. |
| 68' | ![]() |
Dejaganing xavfli zarbasi. Romero katta qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi. |
| 67' | ![]() |
Qit’adoshlarimiz Argentinani himoyalanishga majbur qilishmoqda |
| 66' | ![]() |
Eron yana bir marta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritadi |
| 66' | ![]() |
Eron maydonning ikkinchi qismida o‘yin olib bormoqda. Bu ketishda Eron golga yaqinlashishi aniq |
| 65' | ![]() |
Eron xavfli burchak to‘pi amalga oshirdi. Himoyachilar aniq harkat qilib xavfni bartaraf etishdi |
| 64' | ![]() |
Xojisafiy darvoza tomon zarba berdi, yo‘l-yo‘lakay himoyachiga tepgan to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 60' | ![]() |
Messi maydon markazi yaqinidan to‘pni egallab olib, darvoza tomon zarba berdi. Noaniq |
| 58' | ![]() |
Eron termasi hujumga o‘tmasa gol urolmasligini tushundi shekilli faollashib qoldi |
| 55' | ![]() |
Dejoga xujum paytida jarima maydonchasida yiqildi. Aynan yiqilgani uchun ham hakam penalti belgilamadi, chunki yiqitilmadi. Dejaganing e’tirozi noo‘rin deya baholadi hakam |
| 54' | ![]() |
O‘yindagi ilk sariq kartochka Javod Nekunamga ko‘rsatildi. U Gago nisbatan xavfli o‘ynadi |
| 53' | ![]() |
Eronning o‘ta xavfli xujumi. Qanotdan oshirib berilgan to‘pni Quchannajod bosh bilan darvozaga zarba berdi, Romero qiyinchilik bilan qaytardi |
| 50' | ![]() |
Sabaleta o‘zi hujumga o‘tishga qaror qildi. Uning darvoza tomon began zarbasi bir oz noaniq |
| 48' | ![]() |
Messi va Aguero eronlik himoyachilar orasida yo‘q bo‘lib qolmoqdalar |
| 47' | ![]() |
Argentina burchak to‘pi tepadi |
| 46' | ![]() |
Umid qilamizki jamoalar ikkinchi bo‘limda mazmunliroq o‘yin namoyish etishadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| ' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida |
| ' | 1-bo‘limda 75% to‘pga egalik qilgan Argentina terma jamoasi a’zolari 45 km 551 m masofani bosib o‘tishgan bo‘lsa, eronliklar 49 km 417 m masofani bosib o‘tishdi. | |
| ' | FIFA rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, 1-bo‘limda Argentina raqib darvozvsi tomon 11 ta zarba bergan, beshtasi aniq. Eron esa uchta zarba bergan, bittasi aniq | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘limda Eron raqib kuchini his qilgan holda, himoyada o‘yin o‘tkazdi va qarshi hujumga o‘tishga harakat qildi. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Argentina - Eron 0-0! |
| 45+2' | ![]() |
Po‘lodiyga nisbatan Gago o‘yin qoidasini buzdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga Majich ikki daqiqa qo‘shib berdi |
| 42' | ![]() |
Eron burchak to‘pi amalga oshirdi, bosh bilan noaniq zarba berildi |
| 35' | ![]() |
Jarima zarbasidan so‘ng Garay to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi, noaniq |
| 34' | ![]() |
Quchannajodning qo‘polligidan so‘ng jarima zarbasi belgilandi |
| 33' | ![]() |
Jarima zarbasi ijro etildi va Eron xavfli xujum uyushtirdi, Argentinalik himoyachilar o‘z o‘rnida bexato harakat qildi |
| 33' | ![]() |
Dejagaga nisbatan qo‘pollik ishlatildi |
| 32' | ![]() |
Messi jarima zarbasini ijro etdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
Messi to‘p oldida |
| 31' | ![]() |
Teymuryan Messiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi, jarima maydonchasi yaqinidan Argentina jarima zarbasi tepadi |
| 26' | ![]() |
Argentina terma jamoasi tarkibida hozircha eng faol futbolchi Di Mariya. Hozir ham uning faolligi evaziga xavfli xujum uyushtirildi |
| 25' | ![]() |
To‘p nazorati bo‘yicha 76-24%, kimning foydasiga ekanligini sezdingiz albatta |
| 23' | ![]() |
Argentinaliklar ikkinchi burchak to‘pini amalga oshirishdi, Roxoning bosh bilan bergan zarbasi bir oz noaniq |
| 22' | ![]() |
Iguanning pasidan so‘ng to‘pni egallab olgan Aguero darvoza tomon aniq zarba berdi, Haqiqi ajoyib seyv ijro etib darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi |
| 19' | ![]() |
Di Mariya jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga qaror qildi. Bir oz noaniq |
| 18' | ![]() |
Shu zahoti qarshi hujum uyushtirishga harakat qilishdi, yakunda hujumchilarga aniqlik yetishmadi |
| 18' | ![]() |
Eronning kam sonli xujumlaridan birini argentinalik himoyachilar qaytarishdi |
| 14' | ![]() |
O‘yinni Argentina futboli afsonasi, Argentina terma jamoasining sobiq ustozi Diyego Maradona bevosita maydondan kuzatib bormoqda. |
| 14' | ![]() |
Eron darvozaboni Haqiqiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. |
| 13' | ![]() |
Iguain qanotdanoshirilgan to‘pni qabul qilib oldi va darvoza tomono zarba berdi, avvalig to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborgan Haqiqi to‘pni qayta egallab oldi. |
| 10' | ![]() |
Di Maria eronlik himoyachilarga "master-klass" o‘tishga harakat qilib ko‘rdi |
| 8' | ![]() |
Eron tartibli himoyalanmoqda hozircha |
| 6' | ![]() |
Argentina terma jamoasi bosimni oshirmoqda |
| 5' | ![]() |
Jarimadan oshirilgan to‘pni Hussayniy bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Bir oz noaniq |
| 4' | ![]() |
Sabaleta to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun jarima zarbasi belgilandi |
| 1' | ![]() |
Quchannajod Roxoga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi, argentinaliklar jarimadan to‘pni o‘yinga kiritishadi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI |
| ' | ![]() |
Bugungi o‘yinni Milorad Majich boshqarib boradi |
| ' | ![]() |
Birinchi turda Nigeriya bilan nursiz durang qayd etgan Eron terma jamoasi esa, 1 ochko bilan ikkinchi o‘rinda |
| ' | ![]() |
Ushbu jamoalarning F guruhida birinchi turdan keyingi holatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Argentina terma jamoasi 3 ochko bilan guruhda peshqadam ekanligini alohida aytib o‘tish mumkin |
| ' | ![]() |
Argentina - Eron terma jamoalari o‘rtasidagi qiziq o‘tishi kutilayotgan bahsni kuzatib borishga taklif etamiz. |
| ' | ![]() |
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|