Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, «G» guruhi

2-tur, 21 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya

GERMANIYa

Gyotse (51)
Kloze (71)

2 : 2

GANA

A.Ayyu (54)
A.Gyan (63)
JAMOALAR TARKIBI
1.Noyer
4.Xevedes
5.Xummels
6.Xedira
8.O‘zil
13.Myuller
16.Lam
17.Mertesaker
18.Kroos
19.Getse
20.J.Boateng
  16.Dauda
3.Gyan
7.Atsu
9.K.Boateng
10.A. Ayyu
11.Muntari
17.Rabiu
19.Mensa
20.Asamoa
21.Boye
23.Afful

Matn

'
Ana shunday dahshatli o‘yinlarni esa STADIONda kuzatib boring! E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Germaniya - Gana - 2:2. Mundialdagi eng qiziqarli o‘yinlardan biri bo‘ldi. Dahshat!
'
To‘p uchun sakragan Myuller yuzi bilan himoyachiga urilib ketdi va uning yuzi qonamoqda
90+4'
Kroos to‘pni darvozaga emas, jarima maydonchasiga uzatishga qaror qildi. Himoyachi Boye to‘pni boshi bilan qaytardi va shu pallada o‘yinni yakunladi!
90+3'
Germaniya jarima zarbasiga ega bo‘ldi. Darvozagacha 23-24 metrlar bor. Muntariy qoida buzgani uchun ogohlantirish oldi
90+2'
Ohhohoho!!!! Germaniya burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda afrikaliklar to‘pni egallab olishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Uch himoyachiga qarshi besh ganalik! Ammo futbolchi kelib-kelib to‘pni ofsaydda turgan sherigiga uzatdi. vaholanki, unda variantlar juda ko‘p edi!
90+1'
O‘yinning so‘nggi daqiqalari o‘ta qiziqarli kechmoqda. Ochiq o‘yin. Nemislar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi
90'
Vuuuuhhhh, Kloze! 15 metrlardan zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aniqlik yetishmadi bu zarbaga!
90'
Gana ijrosida yana bir xavfli hujum! Afful o‘ng qanotda to‘pni jarima maydonchasiga emas, uning tashqarisida ochiq turgan Gyan tomon uzatdi. Asamoaning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi!
88'
Xyovedes to‘pni raqib futbolchisiga "sovg‘a" qildi va Jordan Ayyu 22 metrlardan zarba berishga qaror qildi. Noyer to‘pni egallab oldi
86'
Shvayni to‘pni O‘zilga yetkazdi. Mesut esa jarima maydonchasi ichida, uning chap tomonidan to‘pni darvozabon maydonchasidagi Myuller va Kloze tomon yetkazdi. Ular orasida turgan himoyachi to‘pni qaytarishga ulgurdi!
85'
Myuller ikki nafar ganalik himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirar-kirmas darvozabon bilan birga-bir vaziyatga zarba berishga chog‘lanayotganida himoyachilardan biri to‘pni yon tomonga tepib yuborishga ulgardi. Aks holda bugun Gana durangni ham qo‘ldan chiqarishi mumkin edi
84'
Gana tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Asamoa Gyan Hummelsni aldab o‘tdi va jarima maydonchasidagi sherigiga to‘pni yetkazganida ganalik futbolchi ofsaydda qolib ketgandi
82'
Lam jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida o‘zi darvozaga zarba bersa bo‘ladigan vaziyatda to‘pni sheriklariga yetkazishga qaror qildi. To‘p avval himoyachiga tegib, keyin darvozabonga nasib etdi
79'
To‘p burchakdan yetkazilganidan keyin qaytarildi. Hozirgina maydonga tushgan Badu to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. Aniqlik yetishmadi bu zarbaga
78'
Gana burchak to‘pi tepadigan bo‘ldi
77'
Ganada o‘zgarish. Muhammad Rabiu o‘rniga Emmanuel Badu tushirildi
76'
Germaniya jarima zarbasini tepadi. Bastian bu vazifani o‘z zimmasiga oldi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
75'
Kloze jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi, bir himoyachidan o‘tib o‘ng qanotga o‘tdi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon yetkazdi. Darvozabon to‘pni mushtlari bilan urib yubordi
73'
Germaniya yana bir burchak to‘pini golga aylantirishiga sal qoldi. Mertesaker yetkazib bergan to‘pga Shvaynshtayger bosh bilan zarba berdi. Noaniq
71'
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni Xyovedes bosh bilan ortga urib yubordi. Miroslav Kloze esa to‘pga shundoqqina oyoq qo‘ydi va darvozani ishg‘ol qildi! Bu Klozening JCh final bosqichlaridagi 15-goli bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bilan u braziliyalik Ronaldoga yetib oldi!
71'
GOOOOOOLLLLL! Kloze, 2:2!!!
70'
O‘zil o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. HImoyachi to‘pni qaytarib yubordi!
69'
Gyotse o‘rniga Kloze, Xedira o‘rniga Shveynshtayger tushirildi. Germaniyada birdaniga 2ta o‘zgarish
67'
Vuuuuuh, Gana! Hisobni oshirishi mumkin edi! Ayyu o‘ng qanot chizig‘i yaqinida himoyachidan qochib ketdi, jarima maydonchasiga kirib keldi, yana bir himoyachini aldadi va zarba berdi. To‘pni Noyer egallab oldi. Vaholanki hujumchi to‘pni bo‘sh turgan sherigiga ham uzatishi mumkin edi
66'
Yoaxim Lyov shogirdlari to‘p nazoratini o‘z yo‘llariga olishga intilishmoqda
63'
Germaniya himoyasi xatoga yo‘l qo‘ydi. Muntariy aniq uzatmasi bilan Gyanni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. 3-raqamli hujumchining zarbasini Noyer qaytara olmadi!
63'
GGOOOOOLLLLL!!!! Gyan, 1:2!!!
62'
O‘zil o‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan Mustafiyni to‘p bilan ta’minladi. HImoyachining uzatmasini esa darvozabon egallab oldi
58'
Gana darvozagacha 30 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirdi. Muntariy zarbasi aaaancha noaniq bo‘ldi
54'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Andre Ayyu bosh bilan darvozaning olis burchagiga joylab qo‘ydi!
54'
GOOOOOLLLLL! Andre Ayyu, 1:1!!!
51'
Filipp Lam o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchachi tomon yetkazdi. Ikki himoya o‘z oralarida yugurayotgan Gyotsega xalal bera olishmadi. To‘p avval Marioning boshiga, keyin tizzasiga tegib, darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi!
51'
GOOOOOLLLLL!!! Gyotse, 1:0!
50'
Ikkinchi bo‘limda o‘yin jarima maydonchasidan jarima maydonchasigacha davom etmoqda. To‘p hozircha ichkariga kirmayapti
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
46'
Germaniya safida o‘zgarish. Jerom Boateng maydonni tark etdi. Shkodran Mustafiy maydonda paydo bo‘ldi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus.
45'
Gananing hujumlari xavfli bo‘ldi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin hujumchi 12-13 metrlardan zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Zarbaga kuch va aniqlik yetishmadi
41'
Myuller jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni Gyotse tomon uzatdi. Biroq Mario to‘pga yeta olmadi
36'
Gyotse O‘zil bilan "devor" o‘ynadi va 18 metrlardan darvozaga zarba berdi. Zarba kuchli, ammo Dauda ham ishonchli o‘ynadi
35'
O‘zil bu safar chap tomondan hujumga qo‘shildi va to‘pni Myuller tomon uzatgan paytda himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
34'
Asamoa Gyan o‘ziga chap qanotda o‘ziga yetkazilgan to‘pga sakradi, uni boshi bilan ortga urib yubordi va to‘p tomon yugurib, uni egallab oldi. O‘tkir burchak ostida Noyer bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo to‘pni na darvozaga yo‘lladi, na posbonni aldab o‘tishga urindi. To‘pni shunchaki maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
33'
Vuuuuuhhhh, Muntariiiy! Salli chap oyoqda pushkaning o‘qidek kuchli zarba berdi! 24 metrlardan yo‘llangan zarba darvozabonning o‘ziga emas, sal burchakroqqa berilganida Noyer qiyin ahvolda qolardi
32'
Gana yaxshi pozision tashkil qildi. Gyan so‘nggi uzatmani noaniq berdi
29'
Asamoa maydon markazida to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Gyotse darvoza tomon yolg‘iz yugurib bordi. So‘nggi pallada u to‘pni Myullerga yetkazishga qaror qildi. Gana himoyachisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
26'
Kroos bu safar olis masofadan zarba berishning yo‘lini topdi. Zarba kuchli, ammo biroz noaniq
25'
Kroos o‘ng qanotdan to‘pni balandlatib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. HImoyachilar bosh bilan qaytarishdi
21'
Vuuuuhhh, Myulleeer! Himoyachilar ta’qibi ostida darvozabon maydonchasiga yaqinlashib kelayotgan Tomasga O‘zil to‘pni yetkazdi. Myuller zarba berish chog‘ida yiqilib tushdi va darvozaga aniq zarba bera olmadi
18'
Germaniya qarshi hujumga o‘tdi. O‘zil jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni yarim aylana ustida ochilgan Xedira tomon yetkazdi. Samining kuchli zarbasini Dauda egallab oldi
13'
So‘nggi 2 daqiqa davomida "qora yulduzlar" raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishdi. Atsu 20 metrlardan zarba yo‘llashning imkonini topdi. Noyer zarbani qaytardi. Keyingi vaziyatda esa Ayyu chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatgandi, himoyachi xavfni bartaraf etdi
11'
Nemislar hujumni jarima maydonchasining o‘ng qanotidan rivojlantirishdi va to‘p ortga - jarima maydonchasi chizig‘iga yetkazildi. Toni Kroosning zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi
9'
Lam jarima maydonchasiga yorib kirayotgan O‘zil tomon to‘pni yetkazdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
7'
Ilk xavfli hujumni Gana tashkil qildi. To‘p markazdan diagonal yo‘nalishida jarima maydonchasining o‘ng tomoniga yetkazildi. Yarim himoyachi to‘pga yetib oldi va uni jarima maydonchasi tomon uzatdi. Muntariyning zarbasi esa darvoza ustidan o‘tib ketdi
4'
Nemislar o‘z odatlari bo‘yicha dastlab shoshmasdan himoya atrofida to‘pni nazorat qilishmoqda, keyinchalik esa hujum yo‘lini qidirishmoqda
2'
Bu galgi JChda ham aka-uka - Jerom va Kevin-Prins Boatenglar ikki terma jamoa safida bir-birlariga qarshi to‘qnash keladilar
1'
O‘YIN BOSHLANDI! Germaniya to‘pni o‘yinga kiritdi. Oqlar boshladi...
'
Germaniya kuchli ekani barchaga ma’lum. Gana esa 1-turda AQShga yutqazib qo‘ygani uchun bugungi o‘yinga hayot-mamot jangi sifatida yondashadi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar yangramoqda
'
Germaniya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi bahs qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Biz esa sizlarni ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etilayotgan onlayn translyasiyaihmizni kuzatib borishga taklif etamiz
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.