Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Yoshlar o‘rtasida OChga saralash

«A» guruhi. 4-tur, 18:30

HINDISTON

0 : 3

O‘ZBEKISTON

Asliddin Abdiyev (44, 63)
Bobur Davlatov (51)
JAMOALAR TARKIBI
Vishal Kait
Gurba Gagray
Pavan Kumar
Sayid Mohd Dot, Soraysan Pritam Kuman Singx
Lalrempua Fanay
Souvik Das (S)
Gremanprit Singx
Kuman Udanta Singx
Daniyel Lallimpua
Shayborlang Xarpan
  12. Sherzodbek Abduraimov (S)
33. Dostonbek Tursunov
14. Mehroj G‘ulomov
3. Abbosjon Otaxonov
2. Azizbek Mamazoitov
16. Najmiddin Normurodov
7. Sardorbek Azimov
13. Bobur Davlatov
6. Maqsudjon Mahmudov
11. Asliddin Abdiyev
10. Eldor Shomurodov.

Matn

'
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv bugun soat 21:55da "Sport" telekanali orqali translyasiya qilinadi
'
Yoshlarimiz asosiy raqibi Hindiston ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va amalda Osiyo chempionati yo‘llanmasini yo‘lga kiritdi!
90+5'
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+3'
AKsincha, kerak bo‘lsa, hujum uyushtirmoqda. Abdiyev "xet-trik"ka erishishi mumkin edi. Uning zarbasini darvozabon egallab oldi!
90+2'
Terma jamoamiz aslo himoyada yotayotgani yo‘q
90+1'
O‘yin taqdiri deyarli hal bo‘ldi. Hindlar hech bo‘lmasa bitta to‘p kiritishga urinishmoqda, o‘xshab qolsa albatta
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa kompensasiya vaqti qo‘shib berildi
87'
Hindlar yana faollashishmoqda
86'
Faol o‘yinga kirishgan Ray Uttamning zarbasi kuchli, ammo noaniq bo‘ldi
84'
Uttam bilan randevuda to‘p Abduraimovning burniga tekkani uchun jarohat oldi. Uning o‘rniga Dilshod Hamroyev maydonga tushdi.
82'
Abduraimov terma jamoamizni yaqqol goldan qutqarib qoldi! RAy Uttam yakkama-yakka vaziyatga chiqib, to‘pni posbonimizning ustidan oshirayotganida Sherzodbek uni qaytarb qoldi
80'
Futbolchilarimiz o‘ng qanotdan xavfli hujum uyushshtirishdi. Azizbek Mamazoitov yetkazib bergan to‘pni Abdiyev darvozaga yo‘llay olmadi
78'
Hindlarda ham o‘yinchi almashdi. Maydonga 2 yil mamlakatning U16 terma jamoasida porlagan Ray Uttam tushirildi
75'
Termamizdagi navbatdagi futbolchi almashtirildi. Bobur Davlatov o‘rniga Narimon Hasanov maydonga tushdi.
73'
Darvozabonimiz Sherzodbek Abduraimov ogohlantirish oldi. "Hujumchicha" familiyaga ega bo‘lgan "Mash’al" posboni hali musobaqada o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.
72'
Ox-ox-ox! Terma jamoamiz juda bir kombinasiyali hujum uyushtirvordi lekin! Arablarning hujumi holva bu hujumning oldida. Faqatgina to‘pni darvozaga burib yuboradigan futbolchi topilmadi
72'
Ox-ox-ox! Terma jamoamiz juda bir kombinasiyali hujum uyushtirvordi lekin! Arablarning hujumi holva bu hujumning oldida. Faqatgina to‘pni darvozaga burib yuboradigan futbolchi topilmadi
71'
Udantaning zarbasi esa kuchli chiqdi, darvozabonimiz pozisiya tanlashda adashmadi
70'
Hindiston hisobni qisqartirishiga bir bahya qoldi! Fayoz 12-13 metrlardan aniq zarba yo‘llay olmadi
67'
Hisob yirik ko‘rinishga kelganidan keyin yigitlarimiz juda erkin o‘ynashmoqda
63'
Burchak to‘pi tepilishidan avval esa O‘zbekiston tarkibida o‘zgarish bo‘lgandi: yarim himoyachi Maqsud Mahmudov o‘rniga yarim himoyachi Javohir Sohibov maydonga tushdi
63'
Asliddin Abdiyev dublga erishmoqda. Burchakdan yetkazib berilgan to‘pni "Alanga" hujumchisi bosh bilan darvozaga yo‘lladi!
63'
GGOOLLLLLLLLLLLLLLL!!!! 3:0!
62'
Terma jamoamizning uzoq davom etgan hujumi burchak to‘pi bilan yakunlandi.
60'
O‘zbekiston zaxira o‘rindig‘ida bosh murabbiy uchun ham joy bor. Lekin Aleksey Yevstafeev uchta o‘yindan beri hali biror marta unga o‘tirgani yo‘q. Nepal 5:0 hisobida mag‘lub etilayotganida ham Yevstafeev, turgan joyida asabiylashganicha, shogirdlariga ko‘rsatma berish bilan band edi.
59'
Maqsudjon Mahmudov va Sardor Azimov ikkinchi bo‘limda o‘zaro qanotlarni almashib, qarama-qarshi qanotlarda o‘yinni davom ettirishmoqda
55'
Hindistonda futbolchi almashtirildi
54'
"Rubin" yarim himoyachisi saralash musobaqasidagi o‘zining ikkinchi goliga mualliflik qildi. U Nepal darvozasini penaltidan ishg‘ol qilgandi
51'
Abdiyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Bu yerda vakillarimizdan hech kim yo‘q edi, hindlar to‘pni o‘z vaqtida uzoqlashtirishmadi va to‘pni Bobur Davlatov egallab olib, darvozani ishg‘ol qildi!
51'
GGOOOOOOOOOOOOOOO-O-O-O-O-O-O-LLLLL! 2:0!
49'
Sardor Azimov jarima maydonchasiga kirar-kirmas darvoza tomon zarba yo‘lladi. To‘p to‘ppa-to‘g‘ri darvozabon qo‘liga borib tushdi
48'
Najmiddin Normurodovning olis masofadan yo‘llagan zarbasini posbon egallab oldi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
'
Ikkinchi bo‘limni O‘zbekiston yoshlari boshlab berishadi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda, zaxira o‘yinchilari esa mashg‘ulotlarni yakunlashmoqda. Tez orada 2-taymni boshlaymiz.
'
Ikkinchi bo‘limda Aleksey Yevstafeev o‘z shogirdlarining tartibli o‘yin qilishlarini ta’minlay olsa, hali gol urish uchun albatta bizda imkoniyat bo‘ladi
'
Mazkur uchrashuv ayni daqiqalarda "Sport" telekanali tomonidan yozib olinmoqda va u 21:55dan boshlab efirga uzatiladi. Qiziqarli o‘yin bo‘lmoqda. Tomosha qilishni tavsiya qilamiz
'
Golga aylangan hujum haqiqatan chiroyli ko‘rinish oldi, jamoaviy kombinasiya mahsuli bo‘ldi. O‘zbekiston yoshlari qarshi hujumga o‘tayotganida, Normurodov to‘pni maydon markazida biroz ortda turgan Davlatovga qoldirdi. Davlatov esa, maydonni yaxshi ko‘ra olishini yana bir marta isbotlab, bir zarba bilan Sardor Azimovni qulay vaziyatga chiqardi. Sardor chap qanotdan Hindiston jarima maydonchasiga yorib kirarkan, bir raqibni ortda qoldirdi, so‘ng, markazga qarab olib, Abdiyevga sekin pas berdi. Sardor Azimov hammasiga vaqtida ulgurdi, Asliddin esa zarbani aniq bersa bo‘ldi edi. "Alanga" hujumchisi o‘z vazifasini to‘laqonli bajardi. Himoyachilar 11-raqamli hujumchimizning zarba berishiga xalal berishga ulgurishmadi
'
Lekin yakunda O‘zbekiston yoshlari harakatlari samara berdi. Azimovning pasi oxiri samarali chiqdi, Abdiyev musobaqadagi gollari hisobini ochdi.
'
Hindiston butun taym davomida yaxshi, omadli himoyalandi. Bir necha bor xavfli, juda xavfli hujumlar tashkil etishdi. Himoyachilarimizga qiyin bo‘ldi
45+1'
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI. Terma jamoamiz tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l oldi. 15 daqiqa dam olamiz.
45+1'
Hindlarning 2ta burchak to‘pi bartaraf etildi
45'
BIrinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Hujumni yana Sardorbek Azimov rivojlantirdi va jarima maydonchasi ichida u to‘pni Abdiyevga yetkazdi. Asliddin kuchli zarba bilan darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi
44'
Gooooooooooooooooooooooolllll!!!! Asliddin Abdiiii-eeeeev!!
43'
Terma jamoamiz yana Azimov qanotidan xavfli hujum uyushtirdi. Shomurodovning zarbasini darvozabon egallab oldi
40'
Hindlar qarshi hujumda burchak to‘pi ishlashdi
38'
Otaxonovning 30 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasi shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
38'
Sardor Azimov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi. So‘nggi uzatmani raqiblar egallab olishdi
37'
Hindiston chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
35'
Hindiston xavfli qarshi hujum uyushtirdi. Terma jamoamiz maydon markazida to‘pni raqibga sovg‘a qilishdi. Yaxshiyamki, 11-raqamli hind hujumchisining zarbasini darvozabonimiz Sherzodbek Abduraimov egallab oldi
30'
Hindlar faollashib qolishdi
28'
Hindistonning 10-raqamli futbolchisi Udanta Singh darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Himoyachimiz Otaxonov o‘z vaqtda xavfni bartaraf etib, hujumchiga zarba berish imkonini bermadi.
24'
Hindistonning 4-raqamli himoyachisi avtogol muallifiga aylanishiga sal qoldi. Burchak to‘pidan keyin yana bir xavfli vaziyat yuzaga keldi. Biroq Shomurodov to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘llay olmadi
21'
Azimov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Maqsudjon Mahmudovning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon egallab oldi
18'
O‘ng qanotda Sardor Azimov ofsaydda qolib ketdi.
16'
Yana bir burchak to‘pidan keyin Otaxonov to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi
15'
To‘p nazorati Yevstafeev shogirdlari tomonida. Yana bir burchak to‘pidan vakilarlimiz foydalana olishmadi
13'
16 metrdan yo‘llangan zarbasni hind darvozaboni egallab oldi
12'
Terma jamoamizning tezlik bilan uyushtirgan hujumi burchak to‘pi bilan yakunlandi.
9'
Dastlabki burchak to‘pini o‘yinga kiritdik
8'
Darvoza tomon dastlabki zarbani Asliddin Abdiyev berdi. Noaniq
5'
Hindlar bo‘sh kelishmayapti. O‘yinning boshidanoq ular vakillarimizga nisbatan pressing qo‘llashmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI
'
To‘pni Hindiston terma jamoasi o‘yinga kiritib beradi.
'
Ikki davlat madhiyalari yangramoqda
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Zaxira o‘yinchilari, murabbiylar chiqib kelishdi. O‘z o‘rinlarini egallashdi.
'
Uchrashuvni yamanlik Muxtor al-Yarimiy boshqarib boradi.
'
Uchrashuvda O‘zbekiston oq, Hindiston esa ko‘k rangli libosda harakat qiladi
'
O‘zbekiston va Hindiston yoshlar terma jamoalari o‘yinoldi mashg‘ulotlarini yakunlashdi. Uchrashuv boshlanish arafasida. Tarkiblar o‘qib eshittirilmoqda.
'
Ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Qatarga yo‘l olgan Muhrim A’zimxo‘jayev Tvitter (@UzbekistanU20) orqali e’lon qildi
'
Oldinda esa «A» saralash guruhi to‘purarlaridan biri Eldor Shomurodov («Mash’al») o‘ynaydi.
'
Hindistonga qarshi o‘yinda O‘zbekiston ikki hujumchi bilan o‘ynaydi, biroq Abdiyev («Alanga») biroz ortda harakat qiladi.
'
Bu safar chap qanot yarim himoyasida «Chust-Paxtakor»ning tezkor yarim himoyachisi Maqsudjon Mahmudov o‘ynaydi
'
Nepalga qarshi o‘yinda Sardorbek Azimov ham ilk daqiqalardan maydonga tushgan, biroq chap qanotda harakat qilgandi.
'
Dastlabki, Turkmaniston va Nepalga qarshi ikki o‘yinda o‘ng qanot yarim himoyasida Durbek Kamolov («Mash’al») harakat qilgandi.
'
O‘ng qanot yarim himoyasida bu safar «Bunyodkor» futbolchisi Sardorbek Azimov ilk daqiqalardan harakat qiladi.
'
Biroz oldinroqda esa «Rubin»dan chaqirilgan Bobur Davlatov harakat qiladi.
'
Tayanch yarim himoyasida Nepalga qarshi o‘yin qahramonlaridan biri – «Nasaf» futbolchisi Najmiddin Normurodov harakat qiladi.
'
O‘ng qanot himoyasi «Neftchi» vakili Dostonbek Tursunovga ishonib topshirilgan bo‘lsa, chap qanotda «Bunyodkor»dan Azizbek Mamazoitov o‘ynaydi.
'
Markaziy himoyada «Buxoro» vakili Mehroj G‘ulomov va «Paxtakor»dan chaqirilgan Abbosjon Otaxonov harakat qiladi.
'
Hindistonga qarshi o‘yinda O‘zbekiston U-19 darvozasini, har doimgidek, terma sardori, «Yangiyer» vakili Sherzodbek Abduraimov qo‘riqlaydi.
'
O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Hindistonga qarshi "A" saralash guruhi 4-tur uchrashuvini o‘tkazish uchun "Al-Arabi" stadioniga yetib keldi va chigalyozdi mashg‘ulotini boshlash arafasida
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI MUXLISLAR!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.