JCh - 2014, «H» guruhi
| 2-tur, 22 iyun, soat 23:59 | ||
JANUBIY KOREYaSon Xin Min (50)
Ku Chja Chxol (72) |
2 : 4 |
JAZOIRSulaymaniy (26)
Allish (28) Jabu (38) Braimiy (62) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Chon Son Ren 3.Yun Suk Yen 5.Kim Yen Gvon 9.Son Xin Min 10.Pak Chu Yun 12.Li Yun 13.Gu Chja Chxol 14.An Guk Yen 16.Ki Son Yen 17.Li Chun Yun 20.Xon Jon Xo |
23.Mboli 2.Bugerra 5.Allish 6.Mesba 10.Feguli 11.Braimi 12.Medjani 13.Suleymaniy 14.Bentaleb 18.Djabu 20.Mandi |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Li Chun Yun (54)
Guk Yon (69) |
Bugerra (67)
|
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Mundialni biz bilan kuzatishda davom eting! STADIONda qoling! | |
| ' | Birinchi turda Belgiyaga mag‘lub bo‘lgan afrikaliklar Janubiy Koreyani mag‘lub etib uch ochko egasiga aylanishdi | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi |
| 90+3' | ![]() |
Son Xin Min qulay imkoniyatga ega bo‘lgandi. Biroq himoyachilar yaxshi harakat qilishdi va hujum bartaraf etildi |
| 90+2' | ![]() |
Koreyaliklar burchak to‘pi tepishdi, Rais o‘z o‘rnida va to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Bugerra o‘z o‘rnini Belkalemga bo‘shatib berdi |
| 87' | ![]() |
Jarima zarbasidan so‘ng to‘p himoyachilarga tegib qaytdi, to‘pni egallab olgan Xin Min darvozaga zarba yo‘llay olmadi |
| 86' | ![]() |
Jarima maydonchasi yaqinidan koreyaliklar jarima zarbasi ijro etishadi. Qulay imkoniyat |
| 83' | ![]() |
Sulaymoniy maydonda yotibdi, oyog‘ining tomiri tortishib qolgan ko‘rinadi |
| 82' | So‘nggi daqiqalarni Koreya ancha faol o‘tkazishmoqda. Ikkita gol ura olisharmikan??? | |
| 80' | ![]() |
Koreyaliklar jarima zarbasi ijro etib, burchak to‘pi ishlab olishdi |
| 79' | ![]() |
Jazoir o‘ta xavfli burchak to‘pini amalga oshirdi, xujumchilar so‘nggi zarbani aniq yo‘llay olishmadi |
| 78' | ![]() |
Janubiy Koreyaning ikkinchi goli muallifi Guk Yon o‘rniga Ji Don Von tushirildi |
| 76' | ![]() |
Braimiy o‘rniga Mexdi Lasen tushdi |
| 73' | ![]() |
Djabu o‘rniga Gilas maydonga tushirildi |
| 72' | ![]() |
Maydon markazidan boshlangan xujum qanot futbolchisiga kelib tushdi va u jarima maydonchasi tomon to‘pni oshirdi, himoyachilardan o‘tgan to‘p Ku Chja Chxolga kelib tushdi va Chxol darvozani ishg‘ol qildi |
| 72' | ![]() |
GGGGGGGOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL |
| 72' | ![]() |
maydon markazida jazoirlik futbolchi Son Xin Minga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 69' | ![]() |
Guk Yon raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi |
| 67' | ![]() |
Bugerra Son Xin Minnaga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi va jarima to‘pi |
| 63' | ![]() |
Li Chun Yun o‘rniga Li Gin Xo maydonga tushirildi |
| 62' | ![]() |
Maydon markaziga yaqin joydan Feguli futbolchilarni aldab o‘tib Braimiyga oshirdi va Braimiy jarima maydonchasi ichdan ikki himoyachini aldab darvozabonning oyoqlari orasidan darvozaga aniq yo‘lladi |
| 62' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL |
| 59' | ![]() |
Uxxxxxxx Ki Son Yonning 25 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasini Mboliy ancha qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Juda xavfli zarba |
| 56' | ![]() |
Pak Chu Yun maydonni tark etdi, uning o‘rniga Kim Shin Uk tushirildi |
| 54' | ![]() |
Li Chun Yun ogohlantirildi |
| 52' | ![]() |
Xujum vaqtida koreyalik futbolchi off-saydda qolib ketdi |
| 52' | ![]() |
Tashabbus to‘la-to‘kis Janubiy Koreya tomonida |
| 50' | ![]() |
Markazdan oshirib berilgan to‘pni qaytarishdi jazoirliklar sardori Bugerra xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p Son Xin Mingga kelib tushdi. Son esa qiyinchiliksiz to‘pni darvozabonning oyoqlari orasidan darvozani ishg‘ol qildi |
| 50' | ![]() |
GOOOOOOOLLLLLLLL |
| 48' | ![]() |
Burchakka yaqin joyda KI Son Enga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 47' | Janubiy Koreyaliklar bo‘limni faol boshlashdi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida | |
| ' | Birinchi bo‘limda Janubiy Koreya terma jamoasi darvoza tomon birortayam zarba bermadi. Jazoirning 6 zarbasidan uchtasi gol | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45' | ![]() |
2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Jazoir burchak to‘pi amalga oshirdi. Samarasiz |
| 43' | ![]() |
Jazoir jarima zarbasi ijro etdi. Darvoza tomon tepilgan to‘p himoyachiga tegib maydonni tark etdi |
| 38' | ![]() |
Suleymaniyning sa’y-harakatlari evaziga to‘p 18-raqamdagi Djabuga kelib tushdi va u qiyinchiliksiz darvozani ishg‘ol qildi |
| 38' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL |
| 36' | ![]() |
Jazoir burchak to‘pi tepdi. Uzatilgan to‘pni qabul qilgan Suleymaniy hammani aldashga qaror qildi biroq alday olmadi |
| 34' | 2 ta gol urgan Jazoir ham, 2 ta gol o‘tkazib yuborgan Janubiy Koreya ham hozircha hujum qilishni hohlamayapti | |
| 32' | ![]() |
Janubiy Koreya jarima zarbasi ijro etdi. DArvozabon qiyinchiliksiz xavfni bartaraf etdi |
| 28' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni hammadan baland sakragan Allish Janubiy Koreya darvozasiga aniq yo‘llab hisobni oshirdi |
| 28' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL |
| 26' | ![]() |
Ikki himochi qurshovida to‘pni qabul qilib olgan 13-raqamli Suleymaniy darvozaga aniq yo‘llladi |
| 26' | ![]() |
GOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!!!! SUULLLLLLEYMANIYYYYYYYYY |
| 26' | ![]() |
Braimi o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi |
| 20' | ![]() |
Uxxxxx Jazoir hujumchisi Braimi ancha qulay vaziyatga ega bo‘lgandi, qanotdan oshirilgan to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni bo‘ysundira olganida uning qarshisida hech kim yo‘q edi va osonlik bilan darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi |
| 16' | ![]() |
Medjanining An Guk Yenga ishlatgan qo‘polligidan so‘ng jarima zarbasi belgilandi |
| 14' | JAnubiy Koreya tarkibida hozircha 9-raqamli futbolchi SOn XIn Min ancha faol | |
| 13' | ![]() |
Koreya faollashib qoldi. ketma-ket xujumlar natijasida burchak to‘pi ishlab oldi |
| 11' | ![]() |
Nihoyat, Janubiy Koreya futbolchilari maydon markazini bosib o‘tib hujum qilishdi |
| 9' | ![]() |
Burchakdan oshirib berilgan to‘pga Suleymaniy bosh bilan zarba berdi, to‘p darvoza ustuni oldidan o‘tib ketdi |
| 8' | ![]() |
Ikkinchi burchak to‘pi |
| 7' | ![]() |
Jarima zarbasidan so‘ng koreyaliklar to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborishdi. Jazoir burchak to‘pi tepadi |
| 7' | ![]() |
Djabuga nisbatan maydon markaziga yaqin joyda qo‘pollik ishlatildi |
| 6' | Janubiy koreyaliklar hayajonlanishmoqda va oqibatda oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘yishmoqda | |
| 4' | ![]() |
Qit’adoshlarimiz jarima maydonchasi ichida pala-partishlik yuzaga keldi, bundan foydalanib avvaliga Braimi darvoza tomon zarba berdi, himoyachidan qaytgan to‘pni Mandi darvoza tomon yo‘llay olmadi |
| 3' | Dastlabki daqiqalarda Jazoir terma jamoasi faol harakat qilmoqda | |
| 2' | ![]() |
Feguli jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab oldi va darvozaga bir oz noaniq zarba berdi |
| 1' | ![]() |
Bugerraga nisbatan koreyaliklar o‘yin qoidasini buzishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
O‘yinni boshlash uchun hamma narsa tayyor, hakam ruxsat bersa kifoya |
| ' | ![]() |
Ikki davlat madhiyalari yangradi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | Bugun sizning e’tiboringizga H guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni havola etamiz | |
| ' | ![]() |
Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan JCH-2014 o‘yinlaridan olib borayotgan onlayn translyasiyamizni davom ettiramiz |
| ' | ![]() |
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|