Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, «V» guruhi

23 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Bakari Gasama (Gambiya)

GOLLANDIYa

Fer (77)
Depay (90+2)

2 : 0

CHILI

JAMOALAR TARKIBI
1.Silessen
5.Blind
3.de Vrey
2.Vlar
7.Yanmat
17.Lens
6.N.de Yong
10.Sneyder
20.Veynaldum
11.Robben
15.Kyuyt
  1.Bravo
4.Isla
18.Xara
2.Mena
17.Medel
5.Silva
20.Arangis
16.Gutyerres
21.Dias
7.Sanches
11.Vargas.

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Toshkent vaqti bilan soat 01:00dan boshlab "A" guruhining 3-tur bahslari ham e’tiboringizga onlayn translyasiya shaklida havola etiladi
'
Gollandiya guruhda 100 foizli ko‘rsatkich bilan 1-o‘rinni egalladi. Chili esa 6 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi. Bugun soat 01:00da boshlanadigan "A" guruhi o‘yinlaridan keyin bu ikki jamoaning 1/8 finaldagi raqiblari ma’lum bo‘ladi.
90+4'
HAkamning xushtagi yangradi. O‘yin yakunlandi.
90+2'
Gollandiya qarshi hujumga o‘tdi. Robben bir himoyachini aldab o‘tib, olis ustun tomon kelayotgan Depayga to‘pni yetkazdi. Memfis darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi!
90+2'
GOOOOOOLLLLL!!! Memfis Depay, 2:0!!!
90+1'
Nederlandiya darvoza oldida burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Xavf bartaraf etildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Navbatdagi burchak to‘pidan keyin Medel bosh bilan zarba berdi. Noaniq
88'
Burchak to‘pi qaytarildi va to‘p yana jarima maydonchasiga qaytarildi. Sanches to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va darvozaga zarba berishga chog‘lanayotganida De Yong to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
88'
Chili burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. BU ishni yana bir marta takrorlaydi
84'
Robben yana tezlik olib, ikki himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida ularga urilib yiqildi. Ammo bu fol emas
81'
Burchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarildi va Pinilyaning zarbasi aniq bo‘lmadi
81'
Vargas maydonni tark etdi. Pinilya o‘yinni davom ettiradi
80'
Chili burchak to‘pi ishladi
77'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni hozirgina zaxiradan tushgan Fer bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
77'
GOOOOLLLL! Leroy Fer, 1:0!
76'
Depay 23 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni yuqoriga urib yubordi
75'
Sneyder maydonni tark etdi. Leroy Fer maydonga tushirildi
74'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Dirk Kuyt bosh bilan zarba berdi. Noaniq
74'
Sneyder to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. HImoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
73'
Chililiklar o‘z jarima maydonchalarining chap tomonida to‘pni yo‘qotishdi va keyin Robbenga nisbatan qoida buzishdi. Jarima to‘pi
70'
Chilida o‘zgarish: Silva o‘rniga Valdiviya tushirildi
69'
Gollandiyada o‘zgarish: Lens o‘rniga Memfis Depay maydonda paydo bo‘ldi
66'
Robben himoyachilar orasidan o‘tdi va jarima maydonchasiga kira solib zarba berdi. Zarba Bravoning o‘ziga to‘g‘ri keldi
65'
Jarima to‘pini Sanchas maydonning so‘nggi chizig‘i ustida egalladi va bir himoyachidan o‘tib ketdi, o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. Silessen to‘pni qaytardi
64'
Blind ogohlantirish oldi. Sanchesni chalib yiqitgani uchun
61'
Robben tomonidan "standart"dan yetkazilgan to‘pni ham, Sneyder tomonidan keyingi berilgan zarbani ham himoyachilar qaytarishdi
59'
Chililiklar chap tomondan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. Silessen to‘pni egallab oldi
56'
Sanches 30 metrdan zarba yo‘lladi. Yuqoriga ketdi bu to‘p
55'
Gollandlar maydonning ikkinchi yarmida to‘pni egallab olishgan paytda xavfliroq ko‘rinishmoqda. Ammo hujumni yakunlashda ularga aniqlik yetishmayapti
54'
O‘yin asosan maydon markazida. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
47'
Aleksis jarima maydonchasiga kirib borgan jamoadoshiga to‘pni aniq yetkaza olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi! Gollandiya-Chili - 0:0. Tanaffus
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
So‘nggi daqiqalar ketma-ket jarima zarbalari bilan yodda qolmoqda. Gollandiya amalga oshirgan jarima zarbasini himoyachilar qaytarishdi
44'
Chili hisobni ochishiga sal qoldi. Diaz olis masofadan belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Gutyerres to‘p yo‘nalishini bosh bilan o‘zgartirdi, mo‘ljalda biroz adashdi
42'
Gollandiyalik Lens maydon markazida to‘pni egallab oldi va oldingi intilib, 25 metrlardan zarba berdi. Ancha noaniq
40'
Vuuuuhhhh! Robbbeeeennn! Uchar golland maydon markazidan 30-35 km/soat tezlikda to‘p bilan yugurib bordi, 2 himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
37'
Chililiklar to‘pni chap qanotdan jarimasiga yetkazishdi va Aleksis Sanches hali to‘pga yetib bormasidan yiqildi. Yiqitildi. Ammo penalti yo‘q
37'
Van Persi o‘yinni tribunada o‘tirib kuzatmoqda. U avvalgi ikkita o‘yinda bittadan sariq kartochka olgan
35'
Gollandiyada yana bir yaxshi imkoniyat. To‘p jarima maydonchasiga yetkazib berildi va de Vrey bosh bilan zarba berdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
33'
Gollandiya maydonning ikkinchi yarmida to‘pni egallab oldi va qarshi hujumga o‘tdi. Robben markazdan jarima maydonchasi yaqiniga bordi va to‘pni chap tomonga uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi. Gollandiyalik yana bir futbolchi esa to‘pni egallab oldi va bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasi ichida o‘z zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni sherigiga uzatishga qaror qildi. HImoyachi to‘pni qaytardi!
30'
O‘yinning uchdan bir qismi ortda qoldi. Maydonda tengkurash kechmoqda
29'
Xabaringiz bor, ushbu jamoalar o‘zaro guruhdagi 1-o‘rin masalasiga oydinlik kiritishmoqda. Guruhda 2-o‘rinni olgan jamoa nimchorak finalda Braziliya bilan to‘qnash kelishi mumkin. Bugungi o‘yindagi durang natija gollandlarga 1-o‘rinni taqdim etadi.
25'
Gollandiya jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi. Sneyder to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaning yaqin burchagiga yo‘llashga qaror qildi. Bravo to‘pni egallab oldi
22'
O‘yinda hisob ochilmadi. Hozircha hisob - 0:0
20'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Texnik muammo tufayli Gollandiya-Chili o‘rtasidagi o‘yindan onlayn translyasiya biroz kechikib bo‘lsa-da boshlaymiz va davom ettiramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.