Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, «V» guruhi

23 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Navof Shukrulloh (Bahrayn)

AVSTRALIYa

0 : 3

ISPANIYa

Vilya (36)
Torres (70)
Mata (82)
JAMOALAR TARKIBI
1.Rayan
19.Makgouen
22.Uilkinson
6.Shpiranovich
3.Devidson
15.Edinak
17.Makkey
13.Bozanich
7.Lekki
9.Taggart
11.Our.
  23.Reyna
5. Xuanfran
15. Ramos
2.Albiol
18.Alba
6.Inyesta
14.Alonso
17. Koke
20.Kasorla
7.Vilya
9.Torres.

Matn

'
Ha, qadrli futbol muxlislari, Ispaniya Avstraliyani yirik hisobda mag‘lub etdi, biroq, Ispaniya bir oz kech uyg‘ondi. Ikkala terma jamoa bilan ham shu yerda xayrlashamiz.
90+3'
O‘yin tugadi
90+1'
Edinak Silvaga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun ogohlantirildi
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
UXXXX!!! Silva qariyb 17 metrdak kuchli aylanma zarba yo‘lladi, biroz aniqlik yetishmadi
88'
Shpiranovich Silvani qo‘li bilan tortib to‘xtatgani uchun ogohlantirildi
87'
Devidson qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi, Ramos xavfni bartaraf etdi
85'
Alonso o‘z o‘rnini Silvaga bo‘shatib berdi
82'
Jarima maydonchasi markazidan qanotda to‘pni qabul qilgan Mata Rayan oyoqlari orasidan darvozani ishg‘ol qildi. Ushbu vaziyatda avstraliyaliklar sun’iy offsaydni yaratishda xatoga yo‘l qo‘yishdi
82'
GGGGGOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL MATAAAAAAAAAAAAAAA
81'
Hammasi joyida. Albiol maydonga qaytdi
80'
Lekki Albiolga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi va Albiol jarohat oldi.
77'
Biz o‘yinimizdan biroz chetlashib Chili -Gollandiya o‘yiniga e’tibor qaratamiz. Ushbu o‘yinda hisob ochildi.Leroy Fer boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi
76'
Bu orada ispanlar hujum uyushtirib burchak to‘pi ishlashga muvaffaq bo‘lishdi
75'
Agar siz bizning translsiyani o‘qib, guruhning narigi o‘yinini ko‘rolmayotgan bo‘lsangiz, Gollandiya- Chili bahsida hisob hozircha ochilmaganini eslatib o‘tamiz.
74'
Xuan Fran o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi
72'
Bozanich maydonni tark etdi, uning o‘rniga Breshiano tushdi
70'
Inyesta o‘zining super pasi bilan Torresni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi va El-nino aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
70'
GGGOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!!! TORRRRRRRRRREEEEEESSSSSS
68'
Kasorla o‘rniga Fabregas maydonga chiqdi
64'
Avstraliya raqibga nisbatan faol harakat qilmoqda va hisobni tenglashtirishga ancha yaqin kelishmoqda
63'
Avstraliyaliklar raqibga bosim o‘tkazishga harakat qilishmoqda. Oqibatda, Ispanlar to‘pni yo‘qotib qo‘yishmoqda
62'
Ramos ogohlantirildi
61'
Our o‘rniga Troysi maydonga chiqdi
57'
Vilya ko‘z yoshlarini yashira olmayapti, u jahon chempionatida ko‘proq ishtirok etishni, gollar urishni xohlagandi, biroq, del Boske avvalgi o‘yinlarda Kostaga ishonch bildirdi
56'
Hozircha yagona gol muallifi Vilya o‘rniga Xuan Mata tushirildi
56'
Torres yana o‘yindan tashqari holatda
54'
Torres o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi
50'
Butun boshli Avstraliya terma jamoasi huju qilish haqida o‘ylamoqda, Ispaniyadan esa David Vilya jon kuydirmoqda
48'
Avstraliya ikkinchi bo‘limni ham faol boshladi. Ikki marta ketma-ket hujum uyushtirishga erishdi. Ikkala vaziyatda ham himoyachilar yaxshi o‘ynadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Taggart o‘rniga Xelloran maydonga tushirildi
'
Ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Avstraliya - Ispaniya 0-1!
45+1'
Avstraliya burchakka yaqin joydan jarima zarbasi amalga oshirdi, himoyachilar yaxshi harakat qilib xavfni bartaraf etdi
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
UXXXXXXX!!! Ispaniya xavfli xujum uyushtirdi. Kasorla qanotdan himoyachini aldab o‘tdi va darvoza chizig‘i bo‘ylab to‘pni jarima maydonchasiga oshirdi, Uilkinson faolroq harakat qilib hujumni bartarf etdi
44'
Alba qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga oshirdi, darvozabon o‘z o‘rnida
43'
Avstraliya jarima zarbasi ishladi, jarima maydonchasiga oshirib berilgan to‘pga Reyna hammadan avval yetib keldi
41'
Koke darvoza tomon ancha olisdan zarba yo‘lladi, Rayan qiyinchilik bilan bartaraf etdi.
40'
Burchak to‘pi amalga oshiriladi Ispaniya tomonidan
36'
Qanotdan to‘pni Kasorla juda ajoyib tarzda jarima maydonchasiga yetkazib berdi va Vilya qiynalmasda to‘pni "pyatka" qilib darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi
36'
GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! VILYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYa
36'
Vilya chap qanotdagi futbolchilarga master-klass o‘tmlqda
34'
Vilya ajoyib harakat qilib, qanotdan darvoza chizig‘i ustiga to‘pni oshirdi, Torres va Koke to‘pga tegish o‘rniga uni kuzatib qolishdi
33'
Raqib jarima maydonchasida Ramos o‘yin qoidasini buzdi
32'
Chap burchakdan "qizil furiya" to‘pni o‘yinga kiritadi
29'
Ispaniya hujum uyushtirishga harakat qilib ko‘rdi, Kasorla noaniq harakat qilib to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
26'
Torresning futbolkasini Uilkonson tortib yirtdi, Torres futbolka almashtirdi. Aytish mumkinki, Torres bugun maydondagi futbolchilardan "bitta ko‘proq ko‘ylak yirtdi"...
25'
Endi hujum qilish navbati Ispaniyada edi, Vilya bir oz noaniq harakat qildi
24'
Bu orada Avstraliya hujum uyushtirdi, hujumchi to‘pni o‘zida ko‘p ushlab qoldi va ispaniyalik himoyachilar olib qo‘yishdi
24'
Sekin-asta Ispaniya tashabbusni o‘z qo‘liga olmoqda
23'
Ispaniyaning o‘ta xavfli hujumi, markazdan yorin kirgan Torres Kasorlaga oshirdi va Kasorli yaqin masofadan kuchli zarba berdi, darvozabon Rayan o‘z o‘rnida
19'
Ispaniya tarkibida Vilya faol harakat qilmoqda, hozir ham uning o‘zi markazdan to‘pni qabul qilib hujumga o‘tdi, biroq uni hujumda hech kim qo‘llamadi
19'
Ispaniya jarima zarbasiga ega bo‘ldi. 30 metrlar...
16'
Ispaniya qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasi ichiga kirib kelishdi va darvoza tomon berilgan zarbani himoyachi qaytardi
15'
Musobaqa bilan xayrlashib bo‘lgan ikki terma jamoa muxlislar uchun tomoshabop futbol namoyish etib ularning mehrini qozonish o‘rniga, natija uchun o‘ynayotgandek...
11'
Ispaniyaliklar navbatdagi "qovun"ni tushrishlari mumkin edi, biroq ularning baxtiga avtraliyalik futbolchi yaxshi o‘ynay olmadi
11'
Bugungi o‘yinda durang natija qayd etilsa ham guruhda 3-o‘rinni yashil qit’a vakillari egallashadi
10'
Bugungi o‘yindagi natija faqatgina FIFAning terma jamoalar reytingiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin
10'
Del Boske o‘z shogirdlariga "kalla"ni ishlatib o‘ynashlari kerakligini uqtirmoqda
9'
Har ikkala jamoa nimchorak final yo‘llanmasidan mahrum bo‘lib ulgurgan. Shu bois terma jamoalarda shiddat unchalik ko‘zga tashlanmayapti. Ayniqsa, ispanlarda ancha tushkun holatda
9'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi. Maydonda hozircha teng kurash kechmoqda
6'
Ketma-ket follar, endi Vilya raqib qo‘polligidan aziyat chekdi
6'
David Vilyaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Nuqta darvozagacha ancha olis
5'
Avtraliya jarimadan to‘pni o‘yinga kiritdi, to‘p uchun kurashda avtraliyaliklar jarima maydonchasida o‘yin qoidasini buzishdi
5'
Ispaniyalik futbolchilar o‘yin qoidasini buzishdi
5'
Avstraliya yarim himoyachisi Metyu Lekki 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq.
4'
avstraliya hujum uyushtirdi. reyna to‘pga chiqishga kech qoldi va Taggart ham to‘pga ulgurmadi
3'
O‘yinning debyutida avstraliyaliklar faolroq ko‘rinishmoqda
2'
Avstraliya dastlabki daqiqalardan hujum uyushtirishga harakat qilishmoqda
1'
Bugungi o‘yinni qit’adoshimiz bahraynlik Navof Shukrullo boshqarib boradi
1'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar madhiyalari yangramoqda
'
Bugun musobaqa bilan guruh bahslaridayoq xayrlashgan Avstraliya va jahonning amaldagi chempionlari Ispaniya o‘rtasidagi bahsni siz bilan kuzatib boramiz
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Gollandiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlandi!
'
Braziliyada o‘tayotgan JChdan olib borayotgan onlayn translyasiyalarimizni davom ettiramiz
'
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.