Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, «A» guruhi

24 iyun, soat 01:00

KAMERUN

Matip (28)

1 : 4

BRAZILIYa

Neymar (17)(34)
Fred (50)
Fernandinyo (85)
JAMOALAR TARKIBI
16.Itandj
3.Nkulu
7.Ngemo
8.Mukandjo
10.Abubakar
12.Bedimo
13.Shupo-Moting
17.Mbia
18.Eno
21.Matip
22.Nyom
  12.Julio Sezar
2.Dani Alves
3.Silva
4.David Luiz
6.Marselo
7.Xalk
8.Paulinyo
9.Fred
10.Neymar
11.Oskar
17. Gustavo
SARIQ KARTOCHKA
Eno (12)
 

Matn

'
Mundialni biz bilan kuzatishda davom eting! STADIONda qoling!
'
Shunday qilib, Braziliya terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egalladi va ular endi nimchorak finalda Chili termasiga qarshi bahs olib boradi
'
Kamerun - Braziliya 1-4!
90+4'
Hakam o‘yinga yakun yasadi. O‘yin tugadi
90+2'
Braziliya hujum uyushtirdi, Villianning zarbasi kuchsiz chiqdi va darvozabon egallab oldi
90'
4 daqiqa qo‘shib yerildi
87'
Kamerun jarima zarbasi tepadi
85'
Oddiy vaziyatda Stefan Mbia to‘pni o‘yinga kiritishda xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan foydalangan Fernandinyo to‘pni qiynalmasdan darvozaga kiritdi
85'
GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL! FERNADINYOOOOOOOOOOOOOOOOO
82'
Chicharito Meksikani 0-3 hisobida oldinga olib chiqdi.
80'
Gustavo oqsoqlanib maydonni tark etmoqda
80'
Shupo-Moting o‘rniga Makun maydonga tushdi
79'
Salli Gustavoga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va ogohlantirildi
77'
Marselo qanotdan hujum uyushtirishga harakat qildi, to‘p autga chiqib ketdi
74'
Meksika hisobni 2-0 ga yetkazib oldinga chiqib oldi
74'
Dani Alveshga tibbiy yordam ko‘rsatildi
73'
Bu orada narigi o‘yinda Meksika hisobni ochdi
72'
Abubakr Vebo bilan o‘rin almashdi
72'
Neymar o‘z o‘rnini Villianga bo‘shatib berdi
68'
Ney1mar hujum uyushtirishga harakat qildi, himoya ishonchli harakat qildi
64'
Xalk o‘z o‘rnini Ramiresga bo‘shatib berdi
62'
O‘yin tempi biroz susaydi
58'
Mukanjo maydonni tark etdi, Salli o‘yinni davom ettiradi
51'
Takroriy lavha shuni ko‘rsatdiki Fred to‘p oshirilayotgan vaziyatda off-sayd holatida edi. Hakam off-sayd qayd qilishda xatoga yo‘l qo‘ydi, bizningcha
50'
Ketma-ket hujumlar natijasida braziliyaliklar Kamerun himoyachilarini yana bir xato qilishga majbur etishdi. Qanotdan to‘pni egallab olgan Luiz jarima maydonchasiga to‘pni oshirib berdi va to‘p to‘g‘ri Fredga yetib keldi, Fred bosh bilan gol urdi
50'
GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL FREEEEEEEEEEDDDDDDDDDDD
49'
Neymar darvozaga to‘g‘ri zarba berdi darvozabon qiynchilik bilan qaytardi burchak to‘pi
48'
Eno Neymarni yiqitid va hakam jarima zarbasi belgiladi
48'
Braziliya burchak to‘pi tepadi
47'
Fredning kuchli zarbasini darvozabon qiynchilik bilan bartaraf etdi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
'
Paulinyo o‘z o‘rnini Fernandinyoga bo‘shatib berdi
'
Ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda
'
Kamerun - Braziliya 1-2! Tanaffus
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+1'
Braziliyaning xavfli hujumi, 3 kishi bo‘lib xujum uyushtirishdi, Xalkning yakuniy zarbasi yo‘oiga himoyachi g‘ov bo‘ldi.
45'
Birinchi bo‘limga bir daqiqa qo‘shib berildi
44'
Kamerun jarima zarbasi ijro etdi, Silva qiyinchilik bilan to‘pni tepib yubordi.
43'
Luiz raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va jarima zarbasi belgilandi
42'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi
38'
Kamerun burchak to‘pi tepdi, kamerunlik futbolchining zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
35'
Bu Neymarning musobaqadagi to‘rtinchi goli va u endi to‘purarlar bahsida yaqqol peshqadamga aylanib oldi
34'
Sherigidan to‘pni qabul qilib olgan Neymar raqib himoyachilarini chalg‘itib, aldab o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan ajoyib zarba yo‘llab darvozani ishg‘ol qildi
34'
GGOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!!! NEYMAAAAAAAAAAAAARRRRRRRRRRR
33'
uxx xavfli vaziyat. Burchakdan oshirib berilgan to‘pni kamerunlik futbolchi boshi bilan darvozaga yo‘lladi, himoyachilar xavfni bartarf etshdi
33'
Kamerun burchak to‘pi tepadi
32'
Kamerun osonlikcha taslim bo‘lmoqchi emas
30'
Nyom o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi
28'
Alvesh raqib bilan to‘p uchun kurashda chap qanotda Nyomga imkoniyatni boy berdi va natijada Nyom oshirgan to‘p Matipga yetib keldi va u bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
28'
GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! KAMERUUUUUUNNNNNNNNN
25'
Kamerun burchak to‘pi tepadi
25'
Kamerunning hujumi, to‘p himoyachiga tegib maydonni tark etid
21'
Braziliyaning yana bir xavfli hujumi. yana chap qanotdan hujum tashkil qilindi, bu safar Paulinyo to‘pni Fredga oshirgandi, darvozabon ishonchli o‘ynadi
19'
Uxxxxx! Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi, Itandj to‘pni qaytardi
17'
Gustavo chap qanotdan Neymarni to‘p bilan ta’minladi va Neymar hech bir qiyinchiliksiz ikki himoyachi orasidan darvozani ishg‘ol qildi
17'
GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL NEYMAAAAAAAAAAARRRRRRRR
16'
Kamerun terma jamoasidagi intizom ancha izidan chiqqan ko‘rinadi, Nyom o‘yin to‘xtatilgan vaziyatda Neymarni turtib yubordi.
14'
To‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga zarba berildi, Sezar egallab oldi
14'
Kamerun jarima zarbasi tepadi
13'
Kamerunning xavfli xujumi Luiz tomonidan bartaraf etildi
12'
O‘yindagi ilk sariq kartochka Enoga ko‘rsatildi, Marseloga nisbatan qo‘pol o‘yini uchun
10'
Kamerun burchakdan to‘p tepdi, himoyachilar bartaraf etdi
9'
Kamerunning xujumi. Mbianing zarbasi himochiga tegib maydonni tark etdi
6'
Xalk ajoyib harakat qilib to‘pni Fredga oishirib berdi, himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi
4'
Braziliya o‘ljasiga tashlangan yaralangan sherday harakat qilmoqda ilk daqiqalarda
2'
Braziliyaning o‘ta xavfli hujumi. Super hujum tashkil qlindi, so‘nggi soniyalarda himoyachi to‘pga o‘zini tashladi
1'
Braziliya o‘yinni boshlashi bilan xujumga o‘tdi va jarima zarbasi ishlab oldi. Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i yonida
1'
O‘yin boshlandi
'
O‘yinni Yunas Eriksson boshqarib boradi
'
Kamerun va Braziliya bir marta 1994 yilgi JChda durang o‘ynashgan
'
Bizga ham mana shunday mundiallarda terma jamoamiz futbolchilari bilan birgalikda baralla davlatimiz madhiyasi kuylash nasib qilib qolar. Havas qildik
'
QOYIL! Butun Nasional Stadiumdagi muxlislar terma jamoa bilan birgalikda madhiyani baralla kuylashdi.
'
Ushbu jamoalar o‘zaro 4 marta to‘qnash kelishgan va shundan uchtasi Braziliya g‘alaba qozongan. 2003 yilgi Konfederasiyalar kubogida bugun maydonga tusha olmaydigan Eto'Oning goli evaziga Kamerun Braziliya ustidan hozircha yagona bo‘lib turgan g‘alabani qo‘lga kiritgan.
'
Jamoalar madhiyalari yangramoqda
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Bugungi o‘yinda Braziliyani durang natija ham qanoatlantiradi
'
Xorvatiyada 3 ochko va Meksikada esa 4 ochko va ular ikkinchi o‘rinda
'
Xozircha Braziliya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib guruhda peshqadamlikni qo‘lga olgan. Kamerun esa hali biror marta g‘alaba qozonmagan holda so‘nggi o‘rinda bormoqda.
'
Bugun musobaqa mezbonlari, chempionat g‘olibligiga asosiy da’vogar hisoblanayotgan Braziliya terma jamoasi Kamerun terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi
'
Braziliya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining bir-biridan qiziqarli bahslaridan olib borayotgan onlayn translyasiyalarimizni davom ettiramiz
'
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.