JCH-2014, «A» guruhi
| 24 iyun, soat 01:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) | ||
XORVATIYaPerishich (86)
|
1 : 3 |
MEKSIKAMarkes (72)
Guardado (75) Ernandes (82) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Pletikosa 2.Vrsalko 3.Pranich 4.Perishich 5.Chorluka 6.Lovren 7.Rakitich 10.Modrich 11.Srna 17.Manjukich 18.Olich |
13.Ochoa 2. Roriges 4.Markes 6.Errera 7.Layyun 10.dos Santos. 15.Moreno 18.Guardado 19.Peralta 22.Agilyar 23.Vaskes |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Markes (39)
|
Rakitich (9)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
Nimchorak finalning ikkita juftligi aniq bo‘ldi: Braziliya-Chili, Gollandiya-Meksika. |
| ' | Xorvatiya - Meksika - 1:3. | |
| 90+4' | ![]() |
To‘p Meksikada bo‘lib turganida Ermatovning xushtagi yangradi va o‘yin yakunlandi! |
| 90+1' | ![]() |
Ohhohoho!!! Perishich o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga qaychi uslubida zarba berdi. Ochoa zarbani qaytardi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Rebich butsasi tagidagi tishlar bilan raqib oyog‘iga ochiqchasiga tepgani uchun maydondan chetlatildi! |
| 86' | ![]() |
Hujumni Perishich boshladi va o‘zi yakunladi. Ivan to‘pni jarima maydonchasi yaqinida ochilgan Rakitichga uzatdi. U biroz pauza qildi va to‘pni tavani bilan Perishichga uzatdi. Perishich o‘tkir burchak ostida kuchli zarba bilan Ochoani dog‘da qoldirdi! |
| 86' | ![]() |
GOOOOLLLL! Ivan Pereshich, 1:3! |
| 84' | ![]() |
Parallel o‘yinda Braziliya Kamerun darvozasiga to‘rtinchi golni yo‘lladi. Mezbonlarga guruhda 1-o‘rin kerak! |
| 82' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni futbolchilardan biri bosh bilan ortga o‘tkazib yubordi va Ernandes osonlik bilan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi |
| 82' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Xavyer Ernandes Chicharitoooooo!!!! 0:3!!! |
| 81' | ![]() |
Meksika burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 80' | Meksika o‘zi ishtirok etayotgan JChlarida ketma-ket oltinchi marotaba pley-offga chiqmoqda | |
| 79' | ![]() |
Meksika tarkibida o‘zgarish bo‘ldi |
| 78' | ![]() |
Ohhhh, himoyachi Ektor Moreno! Olich jarima maydonchasi ichida 3 himoyachi orasidan o‘tib ketdi va birga-bir vaziyatda darvozaning olis burchagini nishonga olgandi. Moreno deyarli darvoza chizig‘i ustida to‘pni qaytarib qoldi! |
| 75' | ![]() |
Meksika qarshi hujumga o‘tdi, Chicharito to‘pni jarima maydonchasining o‘ng tomonidagi sherigiga uzatdi va o‘zi qulay pozisiya tanlayotganda yarim himoyachi to‘pni narigi qanotda ochilgan Guardadoga uzatdi. U esa to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 75' | ![]() |
GOOOOLLLLLLL, Guardado, 0:2!!! |
| 74' | ![]() |
Xorvatiya hisobni tenglashtirish uchun o‘ng tomondan hujumga o‘tdi. DArvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Agilyar qaytarib yubordi. Ochoaning qo‘li to‘pga yetmagandi! |
| 72' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni Meksika sardori Markes bosh bilan darvozaga yo‘lladi! |
| 72' | ![]() |
GOOOOOLLLLL!!! Rafael Markes, 0:1 |
| 71' | ![]() |
Chicharito tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilayotgan to‘p Chorlukaning ko‘kragiga tegib, maydonn tark etdi. BUrchak to‘pi |
| 70' | Meksika jismoniy jihatdan ko‘p kuch saqlab qolganga o‘xshamoqda. Ularning hujumlari xavfliroq tus olmoqda | |
| 64' | Ushbu vaziyat yuzasidan birdaniga xulosa chiqarish qiyin. Bir tomondan, zarba kuchli edi, himoyachi va hujumchi orasida masofa yaqin edi, himoyachi ataylab to‘pga qo‘lini uzatmadi, u to‘pga qaramagan holda o‘zini zarba yo‘liga tashladi. Ikkinchidan esa to‘p to‘g‘ri darvoza tomon yo‘l olayotgan edi. | |
| 63' | ![]() |
Meksikaliklar to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Jarima maydonchasining narigi qanotiga borgan to‘pni hujumchi ko‘kragi bilan qaytardi va darvoza tomon zarba berdi. Himoyachi zarba yo‘liga o‘zini qalqon qilayotgan paytda to‘p uning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi. Ermatov burchak to‘pini ko‘rsatdi. Meksikaliklar esa hakamimizga penalti so‘rab murojaat qilishdi... |
| 62' | ![]() |
Meksikada o‘zgarish: Dos Santos o‘rniga Ernandes Chicharito tushirildi |
| 62' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni Chorluka yuqoriga urdi, keyin esa Meksikalik boshqa futbolchi to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 61' | ![]() |
Shimoliy amerikaliklar burchak to‘pi ishlashdi |
| 61' | ![]() |
Meksikaliklarning "standart"i muvaffaqiyatsiz yakunlandi |
| 59' | ![]() |
Xorvatlar to‘pni ikki markaziy himoyachi orasidan oldingi intilayotgan Olichga yetkazishdi. Moreno to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ammo Ivisa uni yiqitdi va qoidani buzdi |
| 58' | ![]() |
Xorvatiya bosh murabbiyi va-bankka qo‘l urmoqda. Himoyachi Vrsalko o‘rniga hujumkor yarim himoyachi Kovachich tushirildi |
| 57' | ![]() |
Meksikaliklar qisqa uzatmalar orqali jarima maydonchasi ichida turgan Dos Santosga yetkazishdi. HImoyachi to‘pni tepib yuborishga muvaffaq bo‘ldi |
| 54' | O‘yin tempi yuqori, ammo hujumlar xavfli vaziyatgacha yetib bormayapti | |
| 50' | ![]() |
To‘p burchakdan yetkazib berilayotganda Olich himoyachini itarib qulayotgani uchun Ermatov Meksika foydasiga jarima zarbasi belgiladi |
| 49' | ![]() |
Xorvatiya bosimni oshirmoqda. BUrchak to‘pi ishladi |
| 48' | ![]() |
Rakitich o‘ng qanot chizig‘i yonidan to‘pni o‘yinga kiritadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limn Xorvatiya boshlab berdi |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | ![]() |
Hozircha hisob - 0:0. Ammo o‘yin harorati oshib bormoqda. Ermatov esa hammasini nazoratda ushlab turibdi. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Endi esa meksikalik hujumchi hujumda fol ishlatdi |
| 45+1' | ![]() |
Meksikalik chap qanot himoyachisi Srnaga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Ikki futbolchi orani ochdi qilishga kirishayotganda Ermatov ularni murosaga keltirib qo‘ydi |
| 45' | ![]() |
O‘zbekistonlik hakam birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berdi |
| 42' | ![]() |
Meksika to‘pni o‘yinga kiritib bergan vaziyatda Moreno Xorvatiya darvozasi Ochoaga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Uning ustiga sakradi. Bosh hakam darhol o‘yinni to‘xtatdi |
| 40' | ![]() |
Srna jarimadan yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
Ravshan Ermatov ikkinchi marta sariq kartochkaga murojaat qildi! Xorvatiya qarshi hujumga o‘tdi va Meksika sardori Markes o‘z jarima maydonchasi yaqinida Pereshichni ortdan tepib yiqitdi. Haqqoniy ogohlantirish |
| 38' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi Meksika ijrosida |
| 37' | ![]() |
Gaurdado chap qanotda bir himoyachidan o‘tib ketdi va ikkinchi himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. BUrchak to‘pi |
| 36' | ![]() |
Meksika burchakdan to‘pni o‘yinga kiritadi |
| 34' | Bugun ochiq o‘yin ko‘rmaymiz! Hozircha Meksika to‘laligicha himoyada, Xorvatiya gol urib oladigan bo‘lsa, ular himoyaga yotishadi | |
| 32' | ![]() |
Darvoqe, narigi o‘yinda Kamerun hisobni tenglashtirdi! |
| 31' | ![]() |
Vaskez 30 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 29' | ![]() |
Jarima maydonchasi ichiga yetkazilgan to‘pni xorvat hujumchisi bosh bilan Perishichga qoldirdi. Yarim himoyachining 17 metrdan yo‘llagan zarbasi kuchli, ammo darvozaga aniq bormadi |
| 27' | ![]() |
Oho! Pranich 25 metrlardan kuchli zarba yo‘llaydi. To‘p darvoza ustidan taxminan yarim metr yuqoridan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Meksika yaxshi himoyalanmoqda |
| 24' | ![]() |
To‘pni yana xorvatlar nazorat qilishmoqda |
| 19' | ![]() |
Vuuuhh, Meksikada yana bir ajoyib imkoniyat! To‘p jarima maydonchasiga - Peralta tomon uzatdi. U "podkat" orqali to‘pni darvozabonning ustidan oshirmoqchi o‘lgandi, to‘p sakrab ketgani uchun u o‘z g‘oyasini amalga oshira olmadi.... |
| 19' | ![]() |
Parallel kechayotgan o‘yinda Braziliya Kamerun darvozasini ishg‘ol qildi. Neymar musobaqadagi uchinchi golini urdi |
| 16' | ![]() |
Vuuuuuhhhhh! Xorvatiyani darvoza to‘sini goldan qutqarib qoldi!!! Erreraning 18 metrlardan yo‘llagan zarbasini Pletikosa qaytara olmagandi!... |
| 14' | ![]() |
Xorvatlarda yana bir golli vaziyat yuzaga keldi. BUrchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasiga tashqarisiga chiqdi va u yana darvozabon maydonchasiga uzatildi. Olich o‘tkir burchak ostida to‘pni bosh bilan Manjukichga yetkazganida himoyachi xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 13' | ![]() |
Xorvatiya tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. To‘p o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Lovrenga yetkazildi. U zarba bermaydi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 10' | ![]() |
Luka Modrich va Markes maydon markazida bosh bilan to‘qnashib ketishdi. "Real" futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 9' | ![]() |
Ermatov cho‘ntagidan dastlabki sariq kartochkani olishga majbur bo‘ldi. Rakitich Vaskesga nisbatan tik oyoq bilan o‘ynadi. |
| 7' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga xorvat hujumchisi oyoq bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo to‘p darvoza ustidan ancha yuqoridan o‘tib ketdi |
| 6' | ![]() |
Guardado bosh bilan to‘pni darvozabonga uzatgandi, Ochoa unga ulgurmadi. Shaxmatranglilarda yana bir burchak to‘pi |
| 6' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni meksikaliklar qaytarishdi |
| 5' | ![]() |
Xorvatiya burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 3' | Bugungi o‘yinda Xorvatiyaga faqat va faqat g‘alaba kerak. Meksikani esa durang ham qanoatlantiradi. Biroq meksikaliklar 1/8 finalda Gollandiyaga qarshi o‘ynashdan qochish maqsadida xorvatlarni yirikroq hisobda mag‘lub etishga urinib ko‘rishar | |
| 1' | ![]() |
Ermatovning xushtagi yangradi! Meksika to‘pni o‘yinga kiritib berdi. |
| ' | O‘yindan oldingi mini-qur’a yakunlandi. | |
| ' | So‘nggi tur oldidan Meksika 4, Xorvatiya esa 3 ochkoga ega bo‘lib turishibdi. Shuningdek, bugun Kamerun (0) bilan o‘ynaydigan Braziliya hisobida ham 4 ochko mavjud | |
| ' | Har ikkala davlat madhiyalari yangradi. Jamoalar o‘zaro va hakamlar bilan so‘rashib chiqishmoqda | |
| ' | Endi navbat Meksika madhiyasiga | |
| ' | Xorvatiya madhiyasi yangramoqda... | |
| ' | ![]() |
FIFA madhiyasi sadolari ostida, Meksika va Xorvatiya terma jamoalari o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovning ortidan maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|