JCH-2014, «D» guruhi
| 3-tur, 24 iyun, soat 21:00 | ||
KOSTA-RIKA |
0 : 0 |
ANGLIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Navas 16.Gamboa 15.Dias 6.Duarte 19.Miller 9.Kempbell 17.Texeda 10.Ruis 3.Gonsales 14.Brenes 5.Borxes. |
13.B.Foster 16.Jons 12.Smolling 5.Keyxill 23.Shou 21.Barkli 7.Uilsher 8.Lempard 20.Lallana 17.Milner 9.Starrij. |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Soat 01:00da bo‘lib o‘tadigan yana 2ta o‘yinni biz bilan kuzatib boring | |
| ' | Kosta-Rika 1/8 finalda "S" guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan bahs olib boradi | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! Kosta Rika 7 ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi! Angliya esa JCH-2014ni birorta ham g‘alabasi tark etadigan bo‘ldi! |
| 90+3' | So‘nggi 60 soniya... | |
| 90+1' | ![]() |
Angliyada burchak to‘pi. Jerrard tomonidan yetkazilgan to‘pni angliyaliklar darvozaga yo‘llay olishmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Jerrard to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Runi boshi bilan to‘pga yeta olmadi |
| 88' | ![]() |
Runiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 30 metrlar... |
| 86' | Angliya terma jamoasi futbolchilari charchashdi. Kosta Rika dadilroq ko‘rina boshladi | |
| 83' | ![]() |
Urugvay Italiya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Italyanlar o‘yinning 60-daqiqasidan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynashmoqda |
| 82' | Inglizlar mudofaani yorib o‘tishga qiynalishmoqda | |
| 80' | ![]() |
Ueyn Runi 22 metrlardan to‘pni darvozabonning ustidan oshirib darvozaga joylamoqchi bo‘ldi. Posbon to‘pni yuqoriga urib yubordi |
| 78' | ![]() |
Kosta Rikada ham o‘zgarish: Borxes maydonni tark etdi va Barrantes o‘yinni davom ettiradi |
| 76' | ![]() |
Milner o‘z o‘rnini Runiga bo‘shatib berdi |
| 73' | ![]() |
Uilsher o‘rniga Jerrard tushirildi |
| 71' | ![]() |
BUrchak to‘pi paytida darvozabonga nisbatan hujum uyushtirildi |
| 70' | ![]() |
Kosta Rika qarshi hujumga o‘tdi va burchak to‘piga ega bo‘ldi |
| 69' | ![]() |
Yana Starrij! Bugun ungi biroz tezlik, biroz aniqlik yetishmayapti! Burchak to‘pi! |
| 65' | ![]() |
Ohohohoho!!! Bugun Starrijning omadi kelmayapti! U jamoadoshi bilan "devor" o‘ynadi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi! |
| 63' | ![]() |
Kosta Rika maydonning ikkinchi yarmida to‘pni egallab oldi va Balanyos 24 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Foster to‘pni egallab oldi |
| 62' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish: Lallana o‘rniga Rahim Sterling tushirildi |
| 60' | ![]() |
Jarima zarbasi jonli devorga tegdi va xavf bartaraf etildi |
| 60' | ![]() |
Gonsales Barklini to‘xtatib qolgani uchun "sariq" oldi. Standart. 25 metr |
| 59' | ![]() |
KRda futbolchi almashdi. Balonyos maydonda paydo bo‘ldi |
| 58' | ![]() |
Angliyaning chap qanotdan tashkil etgan hujumini Navas bartaraf etdi |
| 58' | ![]() |
KR hujum tashkil qildi. Kempbell to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Borxesga uzatgandi, hujumchi to‘pga yeta olmadi |
| 57' | ![]() |
Angliya yarim himoyachisi Adam Lallana ogohlantirish oldi |
| 53' | ![]() |
Barkli ogohlantirish oldi |
| 49' | ![]() |
Starrij ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. U jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yakkama-yakka holatda to‘pni to‘xtatishda kichik xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni uzoqlashtirib qo‘ydi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni Angliya boshlab berdi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga qo‘shimcha vaqt belgilanmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
KR tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Hujumchi jarima maydonchasi ichiga kirib, yanada oldinga intilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni to‘xtatdi, himoyachini aldab o‘tdi va zarba berdi. To‘p himoyachining beliga tegib yuqoriga ko‘tarilgan vaziyatda Foster uni egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Lempard chap qanotda belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Angliya yaxshi hujum tashkil qildi. Barkli 2 himoyachini aldab o‘tib, darvoza tomon zarba berdi. Noaniq bo‘ldi bu zarba |
| 39' | ![]() |
O‘yin boshida KR to‘pni ko‘proq nazorat qilayotgan bo‘lsa, endi ular e’tiborni ko‘proq himoyaga qaratishmoqda. |
| 36' | ![]() |
Angliya qarshi hujum tashkil qildi. Milner chap qanotda to‘pga amallab yetib oldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 33' | ![]() |
Vuuuuhh, Starrij! Bosh bilan bergan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 33' | ![]() |
Ketma-ket uchinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritadi inglizlar |
| 32' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi. To‘p bir kishilik jonli devorga tegib, maydonni tark etdi |
| 31' | ![]() |
Angliya terma jamoasi burchak to‘pi ishladi |
| 30' | ![]() |
KR hujum tashkil qilayotganda hujumchi ofsaydda deb qayd etildi |
| 27' | ![]() |
Angliyada juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Milner chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi va futbolchilardan biri to‘pni bosh bilan Starrijga tashlab berdi. Daniel esa 6-7 metr masofada darvozabon bilan yuzma-yuz holatga zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. BIroq himoyachi juda yaxshi harakat qilib, to‘pni undan olib qo‘ydi |
| 26' | ![]() |
Angliyada yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. So‘nggi uzatma ingliz hujumchilariga nasib etmadi |
| 25' | ![]() |
Burchakdan yetkazilganto‘pni Foster egallab oldi |
| 24' | ![]() |
Vuuuuhhh, Borxes jarima zarbasini darvozaning yuqori burchagi tomon aylantirdi. To‘p avval Angliya posboni Foster qo‘liga, keyin esa darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi! |
| 24' | ![]() |
Kempbellga nisbatan Lallana o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 28 metr |
| 18' | Parallel uchrashuvda Urugvay va Italiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishmoqda. Ikkala jamoa hisobida 3tadan ochko bor. Durang natija ham Italiyani keyingi bosqichga olib chiqadi. Shu bois SUares va Ko faqat g‘alaba uchun o‘ynashga majburlar | |
| 15' | Xabaringiz bor, Kosta-Rika 2-turdan keyin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Angliyada esa bunday imkoniyat qolmagan. Ular bugun faqat muxlislar uchun o‘ynashmoqda. Bugungi o‘yinda durang natijaga erishsa ham KR o‘z guruhida 1-o‘rinni egallaydi | |
| 12' | ![]() |
Angliya terma jamoasi hujumchisi shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustunini deyarli silab o‘tib ketdi! |
| 10' | ![]() |
KR hujumchisi Brenes darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida futbolchi ofsaydda qoldi. Ooozgina ofsayd |
| 6' | ![]() |
KR chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 5' | ![]() |
To‘p nazorati ko‘proq KR tomonida |
| 2' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki xavfli vaziyatni JCh kashfiyoti Kosta-Rika terma jamoasi yaratishdi. MUsobaqa kashfiyoti Joyel Kempbellning zarbasi Kexillning beliga tegib, shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Hakm rekoshetni payqamay qoldi |
| 2' | KR (Kosta-Rika) qizil, Angliya oq rangli futbolkalarda harakat qilishmoqda | |
| 1' | ![]() |
Kosta-Rika va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|