Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Yoshlar o‘rtasida OChga saralash

«A» guruhi. 5-tur, 21:00

O‘ZBEKISTON

Z.O‘rinboyev (85)

1 : 2

QATAR

Akram Afif (21, 56-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
Sherzodbek Abduraimov
Dostonbek Tursunov
Abbosjon Otaxonov
Xudoyberdiyev
Azizbek Mamazoitov
Javohir Sohibov
Najmiddin Normurodov
Durbek Kamolov
Zabihillo O‘rinboyev
Sardorbek Azimov
Andrey Sidorov
  1. Hasan
3. Alaviy
5. Abdu
6 al-Xalosiy
8 Ahmad Mu’in
10. Afif
11. al-Jalobiy
12. Umar
17. ash-Shammariy
18. Madibu
21. an-Nasr

Matn

90'
O‘ZBEKISTON U-19 TERMA JAMOASI OSIYo CHEMPIONATI-2014 FINALIGA 2-O‘RINDAN CHIQDI!
90'
O‘YIN TUGADI! U-19 OCH-2014 saralash, «A», 5-tur. O‘ZBEKISTON U-19 – QATAR U-19 1:2. Gol: Z. O‘rinboyev (85) – Akram Afif (23, 56).
90'
Sardorbek Azimovga sariq kartochka. Raqibiga nisbatan qoidabuzarlik qilgani uchun.
90'
Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi. Hisobni tenglashtirish uchun bizda yana 3 daqiqa bor.
89'
Himoyachilarimiz ham hujumga o‘tib ketishyapti, mana, hozir, sal qolsa Ulug‘bekning qanotidan gol bo‘lardi. Biz esa gol urishimiz kerak!
86'
86. Mirjalol Qosimov jarima zarbasini amalga oshirdi, qoyilmaqom qilib. To‘p esa Zabihillo O‘rinboyevning boshidan Qatar darvozasiga borib tushdi.
85'
Mirjamol Qosimov jarima zarbasini amalga oshirdi va GOOOOOOOLLL!!!!
73'
Chap qanotdan hujum qilmoqchi edik, o‘ta olmadik, endi o‘ngga o‘tkazyapmiz.
70'
Uh, Qosimov! Jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab, Yusuf Hasan uzoq burchagini poyladi. Saaal baland ketdi-ya!
70'
Qosimov jarima zarbasini tepdi, yaxshi pas, lekin yana labbaychi topilmadi.
67'
Burchak zarbasi amalga oshirdik. Azimovning pasidan so‘ng Eldor Shomurodov bosh bilan zarba berdi. Baland, ancha baland.
62'
Javohir Sohibov jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Mirjamol Qosimov tushdi.
61'
Sherzodbek Abduraimov to‘pni juda noaniq kiritdi, lekin Akram Afif ofsaydda qolgandi. Hammasi yaxshi tugadi, hozircha.
60'
O‘zbekiston tarkibida o‘zgarish: Durbek Kamolov o‘rniga Maqsudjon Mahmudov maydonga tushdi.
58'
Najmiddin Normurodovning zarbalari buguncha o‘xshamayapti.
57'
Zabihillo O‘rinboyevga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Jarima zarbasi, yaxshi nuqta, gol ursa ham bo‘ladi, shu yerdan.
56'
GOL. Afifda dubl.
55'
55. Qatar 5 daqiqa davomida to‘psiz o‘ynab, bitta pas bilan Afifni oldinga chiqardi, himoyachilarimiz esa uni yiqitishdi.
55'
PENALTI, Afifni yiqitishdi, Abduraimov darvozasiga penalti belgilashdi.
46'
O‘zbekiston tarkibida o‘zgarish: Andrey Sidorov o‘rniga Eldor Shomurodov maydonga tushdi.
45'
Birinchi bo‘lim tugadi. 0:1 xisobda yutkazayapmiz...
45'
Uchrashuv bosh hakami birinchi bo‘limga atigi bir daqiqa qo‘shib berdi.
Taym oxirida jarima zarbasini amalga oshiramiz. Tanaffusgacha hisob 1:1 bo‘lsa ajoyib bo‘lardi!
45'
O‘yinni tenglashtira oldik, shu ketishda hali hisobni ham tenglashtiramiz.
44'
Zaxirada 2 to‘purar hujumchi (Shomurodov Nepalga 3ta, Abdiyev Hindistonga 2ta) va 1 yarim himoyachi bor (Davlatov Nepal va Hindistonga urgan).
42'
Bizning O‘rinboyev Qatarning himoyachisi Abduga nisbatan qo‘pol o‘ynab qo‘ydi. Endi Qatar hujum boshlaydi.
42'
Xato qilmaslik kerak, Qatar qarshi hujumga o‘tsa, ikki kishi bo‘lib ham, juda xavfli bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak.
41'
Taym yakunlanishiga 5 daqiqadan kamroq vaqt kelganida yo o‘zimizga keldik, shekilli. Endi yo‘qotmasligimiz kerak o‘zimizni.
40'
Azimov burchak zarbasini ham jarima zarbasidagidek pastlatib tepdi. To‘pni baribir olib qo‘ydik, hujum qilyapmiz.
40'
Xavf bartaraf etildi va burchakdan to‘p tepamiz...
39'
Jassim Umar Sardorbek Azimovning boshiga tepdi-yov. Sariq oldi, bu qilmishi uchun. Jarima zarbasi tepamiz, xavlfi bo‘lishi mumkin.
37'
Yana bir kamsonli hujumlarimizdan biri, chap qanotdan. Azimov balandlatib oshirdi, Kamolov maydonda saqlab qoldi, lekin chiqdi baribir.
35'
Afif va tashqi ko‘rinishi unga o‘xshab ketadigan chap qanot himoyachisi Saloh al-Yahriy chap qanotda, afsuski, istaganlarini qilishmoqda.
34'
Qatar chiroyli o‘ynayapti, ochig‘i. Individual mahorati kuchli bo‘lgan o‘yinchilar borligini ko‘rsatishyapti, ular ham o‘zlarini ko‘rsatishyapti.
32'
Kamsonli hujumlarimizdan biri to‘p raqib himoyachilari nazorati ostida maydonni tark etishi bilan tugadi. Normurodovning omadi kelmadi.
30'
Agar hakamning qarorlaridan ("O‘yinni davom ettiring!") kelib chiqadigan bo‘lsak, Afif biz yiqitayotganimizdan ko‘ra ko‘proq o‘zi yiqilyapti.
29'
Maydon markazida, oddiy vaziyatda, oddiy to‘p uzatish vaqtida to‘pni oldirib qo‘yapmiz.
29'
Hozircha qatarliklar o‘zlari xohlagancha o‘ynashmoqda.
26'
8-raqamdagi Javohir Sohibov raqamdoshi, Qatar sardori Ahmad Mu’in Duzandehga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Sariq bilan ogohlantirildi
25'
Afif gol urgan vaziyatda qatarliklar himoyamizni chokidan uzishdi. O‘rtadan pas, "tovushdan tez" Afif, ozgina mahorat va gol.
23'
Akram Afif hisobni ochdi! Gol. 1:0. Qatar oldinda.
22'
Qatarning bu zarbasi esa, kutilganidek, xavfli bo‘ldi. Bir amallab bartaraf etildi, qarshi hujum qila olganimiz yo‘q.
21'
Durbek Kamolov Akram Afifga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Afifning baqirishidan u qaytib turmaydigandek edik, yo‘q, bamaylixotir ketyapti.
20'
O‘ng qanotimiz kutilganidek faol emas, chap qanotdagi hujumlarimiz emas yarmidan uzilib qolyapti.
19'
Doston Tursunovning pasidan keyin Qatar darvozabon Yusuf Hasan xavfli o‘ynadi, hujumda ko‘pchilik bo‘lganimizda unga qiyin bo‘lardi.
19'
Oddiy xato va butun bir hujumimiz yo‘qqa chiqdi. Ammo-lekin Qatar o‘yinchilarimizni yaxshi yopyapti, hujum qilayotgan vaqtimiz.
18'
Raqib jarima zarbasini, biz xohlaganimizdek, yaxshi amalga oshira olmadi. To‘pni biz o‘yinga kiritamiz. Hujum qilish kerak.
17'
Qatar o‘ng qanotdan xavfli jarima zarbasi ishladi. Mamazoitov Jassim Shammariyga nisbatan qo‘pol o‘ynab qo‘ydi.
15'
Zabihillo O‘rinboyev malades! To‘p uchun oxirigacha kurashdi, olib qo‘ydi, aldab o‘tdi va juda noqulay holatdan zarba berdi. Oshirsa ham bo‘lardi.
14'
Akram Afif jarima maydonchamizga kirishi bilan Otaxonovga tegib, yiqilib tushdi. Saudiyalik bosh hakam Fahad al-Mirdasiy o‘yinni davom ettirdi
13'
Himoyalanyapmiz. Hozircha Qatar hujumga imkon bermayapti. To‘pni oldirsa, kuchli pressing qilyapti.
13'
Qatarliklar chap qanot yarim himoyasidagi Sardor Azimovning harakatlarini diqqat bilan o‘rgangan shekilli, hozircha imkon berishmayapti unga.
11'
Tezkor qarshi hujum uchun yaxshi imkon yuzaga kelgan edi, biroq to‘p markazda ko‘p turib qoldi. To‘pni yo‘qotdik.
11'
Qatar yoshlar terma jamoasi endi uyg‘onayotganga o‘xshaydi.
9'
Bugun himoyachilarimiz uchun eng asosiy boshog‘rig‘i - 10-raqamdagi Akram Afif bo‘lishi kutilmoqda.
8'
Qatar yoshlari termasi bosh murabbiyi asabiylashib, baqirishni boshladi. Chap qanotimiz tinchimayapti, bu yaxshi.
7'
Ajoyib, ajoyib! Futbolchilarimiz har bir to‘p uchun oxirigacha kurashishmoqda.
6'
Qatarliklarga imkon bermaslik kerak. Hozir qatarning 10-raqamli futbolchisi uch nafar himoyachimizni chalg‘itib, xavfli noaniq zarba berdi.
5'
Endi o‘ng qanotdan hujum. Sidorov to‘pni egallab, qanotdan Durbek Kamolga uzatdi. Kamolovning pasi kutilganidek chiqmadi.
4'
Vakillarimizning ilk xavfli hujumi, chap qanotdan. O‘rinboyev - Azimov kombisi Sardorning pasi bilan tugadi. Sidorov oxirigacha kurashdi
1'
Uchrashuvni vakillarimiz faol boshlashdi.
1'
O‘YIN BOSHLANDI! U-19 OCH-2014 saralash, «A», 5-tur. O‘ZBEKISTON U-19 – QATAR U-19 0:0.
'
U-19 OCH-2014 final bosqichiga chiqqan terma jamoalar soni 8taga yetdi: Myanma, Xitoy, Indoneziya, SH.Koreya, Yaponiya, BAA, Vyetnam, Ummon.
'
Turkmaniston va Hindiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Demak, Hindistonda guruhda 3-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar reytingi tuzilayotganda Turkmaniston va Nepal natijalari chiqarib tashlanadi
'
Turkmaniston va Hindiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Demak, Hindistonda guruhda 3-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar reytingi tuzilayotganda Turkmaniston va Nepal natijalari chiqarib tashlanadi
'
O‘yin yakunlanganidan keyin O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari chigalyozdi mashg‘ulotlarini boshlashadi
'
Ushbu stadionda Turkmaniston va Hindiston jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlanish arafasida
'
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yin bo‘ladigan Dohadagi "Al-Arabiy" stadioniga yetib keldi
'
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yin bo‘ladigan Dohadagi "Al-Arabiy" stadioniga yetib keldi
'
Uchrashuv davomida, shuningdek, Davlatov, Mahmudov, Qosimov, Ismoilov, Hasanov va boshqalar o‘yinni kuchaytirishi mumkin.
'
Eldor Shomurodov va Asliddin Abdiyev kabi to‘purar hujumchilar zaxirada qoldirilgan.
'
Yagona hujumchi – Andrey Sidorov, hujumchi ortida esa – Zabihillo O‘rinboyev harakat qiladi.
'
O‘ng qanot yarim himoyasida tezkor Durbek Kamolov, chap qanotda esa chaqqon Sardorbek Azimov o‘ynaydi.
'
Tayanch yarim himoyasida Najmiddin Normurodov bilan Javohir Sohibov harakat qiladi.
'
O‘ng qanot himoyasida Dostonbek Tursunov, chap qanot himoyasida esa Azizbek Mamazoitov o‘ynaydi.
'
Himoya markazida bu safar Abbos Otaxonov bilan birga Ulug‘bek Xudoyberdiyev harakat qiladi.
'
Bugun darvozani O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi sardori Sherzodbek Abduraimov qo‘riqlaydi.
'
"Sport" kanali esa ushbu bahsni soat 21:55dan boshlab efirga uzatadi. Demak, muxlislarni o‘yinni bir soat kechikib tomosha qilishni boshlashadi.
'
O‘zbekiston va Qatar yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi bahs soat 21:00da boshlanadi.
'
ASSALOM ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.