JCH-2014, «G» guruhi
| 3-tur, 26 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) | ||
AQSh |
0 : 1 |
GERMANIYaMyuller (55)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Xovard 23.Jonson 3.Gonsales 5.Bezler 7.Bisli 13.J.Jons 15.Bekkerman 19.Zusi 4.Bredli 14.Devis 8.Dempsi |
1.Noyer 20.J.Boateng 17.Mertesaker 5.Xummels 4.Xyovedes 16.Lam 18.Kroos 7.Shvaynshtayger 8.O‘zil 13.Myuller 10.Podolski |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Gonsales (38)
|
Xyovedes (11)
|
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | Demak, o‘zbekistonlik hakamlar ham pley-offga chiqishdi). | |
| ' | Bugun Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi yana bir ajoyib o‘yinni o‘tkazishdi | |
| ' | Shuningdek, AQSh ham 1/8 finalga chiqdi. Portugaliya va Ronaldu JChni tark etadigan bo‘lishdi | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Germaniya terma jamoasi 7 ochko bilan G guruhida 1-o‘rinni egalladi |
| 90+3' | ![]() |
Ehhhhhhhh, Bedoyyayayayayayayaya!!!! AQSh tezkor qarshi hujum tashkil qildi va Bedoya 12 metrlardan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Zarba yo‘liga Lam to‘g‘anoq bo‘ldi!!! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Mesut O‘zil o‘rniga Andre Shyurrle tushirildi |
| 85' | ![]() |
O‘zil to‘pni 11 metrli nuqta atrofida turgan Kloze tomon uzatdi. Miroslav ofsaydda qolganini A.Rasulov ko‘rsatdi |
| 83' | ![]() |
Germaniya terma jamoasida ajoyib imkoniyat. O‘zil jarima maydonchasining o‘ng qanotidan davrozabon maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘ni Gyotsega yetkazdi. Mario to‘pni o‘ziga bo‘ysindirishda xatoga yo‘l qo‘ydi va himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 82' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu nihoyat ushbu JChdagi birinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliya hisobda oldinga chiqib oldi |
| 80' | ![]() |
Xyovedes jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba berdi. Zarba aniq, ammo kuchsiz |
| 75' | ![]() |
Shvaynshtayger maydonni tark etdi, uning o‘rniga Gyotse tushirildi |
| 75' | Bugungi o‘yinda Klinsmann shogirdlarini mag‘lubiyat ham nimchorak finalga olib chiqishi mumkin, agar parallel kechayotgan o‘yinda durang qayd etilsa yoki Gana g‘alaba qozonmasa | |
| 73' | ![]() |
AQShning ikki futbolchisi Bedoya va Jons o‘zaro to‘qnashib ketishdi va jarohat olishdi |
| 71' | ![]() |
Nemislar qarshi hujum tashkil etishdi. Shvaynshtayger himoyachilar orasida o‘tkazib, to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan sheriklariga uzatgandi. Ammo AQShlik himoyachi to‘p oyoq qo‘yib qoldi |
| 70' | ![]() |
Mana hozir ular burchak to‘pini qo‘lga kiritishdi |
| 69' | ![]() |
AQSh hisobni tenglashtirish haqida o‘ylayotgani bor gap. Ammo niyatni amalga oshirish yo‘lidagi harakatlar muvaffaqiyatli chiqayotgani yo‘q. |
| 65' | ![]() |
Darvoqe, Gana terma jamoasi Portugaliya darvozasini ishg‘ol qildi. Asamoa Gyan JCH-2014dagi o‘zining ikkinchi golini raqib darvozasiga kiritdi |
| 62' | ![]() |
Bekkerman ogohlantirish oldi. Bastianni yiqitgani uchun |
| 59' | ![]() |
AQShda o‘zgarish. Bedoya maydonga tushdi. |
| 58' | Bu Myullerning JCH-2014dagi to‘rtinchi goli bo‘ldi! | |
| 55' | ![]() |
Germaniya burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi va Xyovedes bosh bilan bergan zarbani Xovard bir amallab qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Tomas Myuller esa jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni darvozaning olis burchagiga joyladi! |
| 55' | ![]() |
GOOOOLLLLLL!!!! Myuller, 0:1! |
| 54' | ![]() |
Germaniya jarima zarabsini o‘yinga kiritdi va burchak to‘pi ishladi |
| 51' | ![]() |
Myuller jarima maydonchasining chap burchagidan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatgandi, u hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 47' | ![]() |
Boateng o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. O‘zil bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Bo‘lim boshida Kloze maydonga tushirildi. Podolski o‘rniga |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Portugaliya - Gana - 1:0 (1-bo‘limdan so‘ng) | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha AQSH-Germaniya - 0:0 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
AQSh burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmasdan qarama-qarshi tomondan maydonni tark etdi. |
| 39' | ![]() |
Podolski jarima maydonchasiga chap tomon kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Xovard to‘pni egallab oldi |
| 38' | ![]() |
AQSh himoyachisi Omar Gonsales qarshi hujum paytida o‘zidan o‘tib ketayotgan Shvaynshtaygerni qo‘pollik bilan yiqitdi va ogohlantirish oldi |
| 35' | ![]() |
O‘zil jarima maydonchasi ichida Boatengdan to‘pni qabul qildi va chap oyoqda darvoza tomon yerlatib zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi |
| 31' | ![]() |
Portugaliya-Gana o‘yinida hisob ochildi! Afrikalik Boye o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi |
| 29' | ![]() |
AQSh futbolchisi Jons jarima maydonchasi tashqarisida o‘zidan oldinda yugurib borayotgan Ravshan Ermatovga urilib yiqildi... Kam holatlarda bo‘lsa ham, futbolda bunday vaziyatlar uchrab turadi |
| 27' | Parallel kechayotgan o‘yinda ham hisob ochilmadi hozircha. Portugaliya - Gana - 0:0 | |
| 26' | ![]() |
Nemislar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 22' | ![]() |
AQShda dastlabki xavfli vaziyat! Zusi jarima maydonchasining chap burchagida to‘pni qabul qildi va sal markazroqqa o‘tib kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustidan bir necha santimetr yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 20' | ![]() |
Myuller 22 metrlardan zarba berdi. Kuchsiz zarba va Xovard to‘pni qo‘liga oldi |
| 18' | Mazkur hujum paytida AQSh himoyachilari to‘psiz oldinga o‘tayotgan O‘zilni yiqitishgandi. Hujum davom etayotgani uchun o‘zbekistonlik hakam o‘yinni to‘xtatmaslikka qaror qilgandi. Shu bois, Shvaynshtaygerning Ermatovga bildirgan e’tirozi noo‘rin | |
| 18' | ![]() |
Bastian to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni himoyachilar orasidan o‘tkazib, Podolski tomon uzatdi. Darvozabon o‘z vaqtida oldinga chiqdi va to‘pni egallab oldi |
| 16' | ![]() |
Lam Podolski orqali "devor" o‘ynadi va jarima maydonchasiga kirib bordi. HImoyachi yana biroz chaqqonlik qildi va to‘pni qaytardi |
| 12' | ![]() |
Bu galgi nemislar hujumi Lam orqali tashkil etildi. U raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni o‘ng qanotda ochilgan Boateng tomon yetkazdi. Boateng to‘pni Podolski tomon uzatgandi, Bezler to‘pga tashlanib, uni qaytarib yubordi |
| 11' | ![]() |
Ravshan Ermatov Germaniya himoyachisi Xyovedesga ogohlantirish ko‘rsatdi. U AQShning tezkor qarshi hujumini maydon markazida to‘xtatib qoldi |
| 10' | ![]() |
Nemislar burchak to‘pini jarima maydonchasi tashqarisida turgan futbolchiga yetkazishdi. Zarba himoyachilarga tegib qaytdi. Hujumning ikkinchi to‘lqini paytida to‘p darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Xyovedes va Podolski tomon uzatildi. Xyovedes zarba berish uchun oyog‘ini cho‘zdi. Natijada na sherigiga zarba berish imkonini qoldirdi, na o‘zi zarba berdi. To‘p uning oyog‘iga tegib ortga qaytdi |
| 9' | AQSh to‘laligicha himoyalanmoqda | |
| 8' | ![]() |
O‘zildan to‘pni qabul qilib olgan Podolski chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Xovard to‘pni egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Shvaynshtayger to‘pni jarima maydonchasining o‘ng tomonida turgan Boatengga yetkazdi. U esa to‘pni to‘xtatmasdan darvozabon maydonchasiga uzatdi va Xovard uni egallab oldi |
| 2' | ![]() |
Germaniya dastlabki hujumdayoq xavfli vaziyat yaratdi. To‘p o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berildi. Podolski qaychi uslubida to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi. Ammo to‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi. Vaholanki, unga hech kim xalal bermayotgandi. U to‘pni ko‘kragi bilan to‘xtatib, keyin zarba berishi ham mumkin edi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Maydon uzra yomg‘ir yog‘moqda | |
| ' | Germaniya qizil-qora yo‘l-yo‘l, AQSh oq formada o‘ynaydi. Hakamlar esa ko‘k rangli kiyimda o‘yinni boshqarishadi | |
| ' | Dastlab AQSH, so‘ngra Germaniya madhiyasi yangraydi | |
| ' | ![]() |
Ermatov boshchiligidagi hakamlar, AQSh va Germaniya terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi. |
| ' | Shuningdek, parallel boshlanadigan o‘yinda Gana va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Bu jamoalar hozir 1 ochkoga ega | |
| ' | G guruhi peshqadamlik qilayotgan AQSh va Germaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Bu ikki jamoa hisobida 4tadan ochko mavjud | |
| ' | Braziliyada davom etayotgan JChda bugun guruh bahslariga yakun yasaladi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|