JCH-2014, «H» guruhi
| 3-tur, 27 iyun, soat 01:00 | ||
JAZOIRSulaymoniy (60)
|
1 : 1 |
ROSSIYaKokorin (6)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Mboli 20.Mandi 5.Allish 4.Belkalem 6.Mesba 14.Bentaleb 12.Mejaniy 10.Feguliy 11.Brahimiy 18.Jabu 13.Sulaymoniy |
1.Akinfeev 2.Kozlov 14.V.Berezuskiy 4.Ignashevich 23.D.Kombarov 8.Glushakov 20.Fayzulin 17.Shatov 19.Samedov 9.Kokorin 11.Kerjakov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Mesba (39)
|
Kombarov (57)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
Rossiya terma jamoasi nimchorak final yo‘llanmasini qo‘ldan chiqardi! Jazoir esa pley-offga chiqdi |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! |
| 90+3' | ![]() |
Junayt Chaqir o‘yinga 4 daqiqa qo‘shib beribdi |
| 90+2' | ![]() |
Maydon tashqarisiga chiqib ketgan to‘pni yanada uzoqqa tepib yuborgani uchun Jazoirning zaxiradagi futbolchisi ogohlantirish oldi |
| 90+1' | ![]() |
Jazoirda futbolchi almashdi. Sulaymoniy o‘rniga Sudaniy tushirildi |
| 90' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pga Kozlov bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 90' | ![]() |
Rossiya burchak to‘pi ishladi |
| 87' | ![]() |
Samedov jarima to‘pini to‘g‘ri darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Mboli to‘pni egallab oldi! |
| 87' | ![]() |
Nabil G‘ilos ogohlantirish oldi |
| 84' | Hujum, to‘p nazorati to‘laligicha ruslarda. | |
| 83' | ![]() |
Samedov yetkazgan to‘pga Kokorin yeta olmadi |
| 82' | ![]() |
Rossiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 81' | ![]() |
Kerjakov o‘rniga Kanunnikov tushdi |
| 80' | ![]() |
Kombarov chap qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga aniq yetkaza olmadi |
| 79' | ![]() |
Bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotan Belgiya Koreya darvozasini ishg‘ol qildi |
| 78' | ![]() |
Samedov o‘ng qanotdan markazga ko‘chdi va jarima maydochnasiga kirayotgan futbolchi tomon to‘pni uzatgandi, to‘p darvozabon tomon o‘tib ketdi |
| 76' | ![]() |
Rossiya tavakkal qilishga, oldinga o‘tishga majbur. Hozircha ruslarning hujumi o‘xshamayapti |
| 74' | ![]() |
Jazoir qarshi hujumga o‘tdi va Feguliy jarima maydonchasiga kirmasdan zarba berdi. Akinfeev to‘pni egallab oldi |
| 71' | ![]() |
Yosin Brahimiy o‘rniga Yebda tushirildi |
| 70' | ![]() |
Vuhhhh! O‘ng qanotdan Samedov-Kerjakov to‘p uzatmalaridan keyin Aleksandr jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi! Jazoirlik futbolchi to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
Oleg Shatov o‘rniga Alan Dzagoyev maydonga tushdi |
| 64' | ![]() |
Endi afrikalik futbolchi 18 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Igor Akinfeev to‘pni egallab oldi |
| 62' | ![]() |
Igor Denisov 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Mboli to‘pni avval qo‘lidan chiqarib yubordi va ikkinchi urinishda uni egallab oldi |
| 60' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Sulaymoniy bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Akinfeev to‘pga chiqishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 60' | ![]() |
GOOOOOLLL, Sulaymoniy, 1:1! |
| 59' | ![]() |
Kozlov ogohlantirish oldi |
| 58' | ![]() |
Sulaymonov jarima zarbasidan yetkazilgan to‘pga bosh bilan zarba berdi. Zarba Akinfeev uchun xavfli bo‘ldi. Biroq zarba berilayotganda qoida buzilgan deb topildi |
| 57' | ![]() |
Kombarov ogohlantirish oldi. O‘zidan o‘tib ketayotgan Feguliyning tortib qolgani uchun |
| 53' | ![]() |
Kerjakov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Jazoirlik himoyachi to‘pni qaytardi |
| 48' | J.Koreya-Belgiya o‘yinida hozircha hisob ochilmadi. Biroq birinchi bo‘lim so‘ngida belgiyalik Stiven Defur maydondan chetlatildi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Rossiya hujum tashkil qildi. Kokorinning uzatmasidan keyin Kerjakov himoyachilar ta’qibi ostida darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Jazoir chap qanot chizig‘i yonidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pga Belkalem bosh bilan zarrba berdi. Noaniq |
| 43' | ![]() |
Jazoirning navbatdagi burchak to‘pidan keyin yana SUlaymoniy bosh bilan zarba berdi. Yana Akinfeev to‘pni egallab oldi |
| 39' | ![]() |
Mesba ogohlantirish oldi. O‘ng qanotdagi bayroq yonida Samedovni tortib yiqitgani uchun |
| 36' | ![]() |
Brahimiy jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Akinfeev konsentrasiyani yo‘qotayotgani yo‘q |
| 34' | ![]() |
Tomonlar bir martadan hujum tashkil qilishdi. Himoyachilar va darvozabon xatoga yo‘l qo‘yishmadi |
| 29' | ![]() |
Jazoir burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sulaymoniy bosh bilan bergan zarbasini Akinfeev bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 27' | ![]() |
Afrikaliklar tez harakat, tez fikrlash orqali hozir yana butun boshli Rossiya himoya chizig‘ini xavotirga soldi. So‘nggi pasni berishda futbolchi sustkashlikka yo‘l qo‘ydi |
| 26' | ![]() |
Jazoirliklar bir tepar uslubidagi qisqa paslar orqali Rossiya mudofaasini yorib o‘tishga urinishmoqda. Mesba jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. AKinfeev to‘pni egallab oldi |
| 26' | ![]() |
Oleg Shatov jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va darvoza tomon zarba berdi. BIroz noaniq |
| 20' | ![]() |
Rossiyaliklar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Samedov o‘ng qanotdan markaz tomon keldi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatgan paytda Kokorin ofsaydda qoldi |
| 19' | ![]() |
Samedov to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga ko‘tardi. Kokorinning bu safarga zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 18' | To‘p maydon markazida saqlanib qolayotgani yo‘q | |
| 14' | ![]() |
Vuhhh! Jazoirliklarning ikki nafar futbolchisi to‘pni bir-biriga oshirib Rossiya jarima maydonchasiga kirib keldi va so‘nggi uzatmani Akinfeev qaytarib yubordi |
| 10' | ![]() |
HIsobni ochib olgan ruslar to‘pni nazorat qilishga intilishmoqda |
| 6' | ![]() |
Dimitriy Kombarov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi va Kokorin bosh bilan darvozaning yuqori burchagini nishonga oldi! |
| 6' | ![]() |
GOOOOLLLL! Kokorin, 0:1! |
| 5' | ![]() |
Sufyon Feguliy boshidan jarohat oldi. Uning boshi qonamoqda |
| 4' | Eslatib o‘tamiz, "N" guruhida Belgiya 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Jazoirda 3, Rossiyada esa 1 ochko bor. Janubiy Koreya ham 1 ochkoga ega. Ammo ular bugun Belgiya bilan o‘ynashmoqda, boz ustiga, koreyaliklarning to‘plar nisbati ancha salbiy | |
| 1' | ![]() |
To‘pni o‘yinga oq formadagi jazoirliklar kiritib berishdi. Rossiya esa qizil kiyimda harakat qiladi |
| ' | O‘yinni boshlash uchun barcha narsa tayyor. | |
| ' | Ikki davlat madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Jazoir va Rossiya terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi. Aynan mana shu o‘yinda "N" guruhida nimchorak finalga chiqadigan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ladi. | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|