Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, nimchorak final

28 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Xovard Uebb (Angliya)

BRAZILIYa

David Luis (18)

1 : 1

CHILI

Aleksis Sanches (32)
JAMOALAR TARKIBI
12.Sezar
2.Alvesh
3.Silva
4.Luis
6.Marselo
5.Fernandinyo
17.Gustavo
11.Oskar
7.Xalk
9.Fred
10.Neymar
  1.Bravo
18.Xara
17.Medel
5.Silva
4.Isla
20.Arangis
21.Dias
2.Mena
8.Vidal
11.Vargas
7.Sanches.
SARIQ KARTOCHKA
Xalk (55)
Gustavo (60)
Jo (94)
Alvesh (105+1)
 
Silva (40)
Pinilya (102)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat! Yana bir soatdan keyin boshlanadigan Kolumbiya - Urugvay bahsidan uyushtiriladigan onlayn translyasiyani ham o‘tkazib yubormang!
'
Vuuuhhh, qanday o‘yin a? Qoyil-qoyil! Barcha futbolchilarga qoyil! O‘yinning o‘zi ham, penaltilar seriyasi dahshatning o‘zginasi! Bu kecha omad pentakampeonlar tomonida bo‘ldi!
3:2'
Gonsalo Xara! Shtangaaaaa!!!! Braziliya chorak finalga chiqmoqda!
3:2'
Neymar! Bravoni alday oldi va to‘pni burchakka mixlab qo‘ydi! Braziliya - Chili - 3:2!
2:2'
Dias! Chililik futbolchi darvoza markazi tomon zarba berdi va hisobni tenglashtirdi, Braziliya - Chili - 2:2!
2:1'
Xalk! Vuuuhhh, Bravo! "Zenit" futbolchisining kuchli zarbasini oyog‘i bilan qaytardi! Braziliya - Chili - 2:1!
2:1'
Gutyerres! Kuchli zarba bilan Chilining penaltilar seriyasida dastlabki golini urmoqda! Braziliya - Chili - 2:1!
2:0'
Marselo! "Real" himoyachisining zarbasi Bravoning qo‘liga tegdi, ammo to‘p baribir darvoza to‘riga borib tushdi! Braziliya - Chili - 2:0!
1:0'
Aleksis Sanches! Vuuuuhhh, Sezar! "Barsa" hujumchisining burchakka yo‘llagan zarbasini qaytardi! Braziliya - Chili - 1:0!
1:0'
Villian! Eh, "Chelsi" futbolchisining zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Bravo boshqa tomonga tashlangandi! Braziliya - Chili - 1:0!
1:0'
Chililik Pinilyaning zarbasini Sezar qaytardi! Braziliya - Chili - 1:0!
1:0'
Gol! Braziliya - Chili - 1:0!
'
Braziliya penaltilar seriyasini boshlab beradi. DAvid Luis nuqta oldida!
'
Hakam darvozabonlarga qoidalarni tushuntirib o‘tdi
'
Yana Uebb va jamoa sardorlari. Kim birinchi bo‘lib tepadi?
'
Jamoalar maydon markazidagi aylana tomon yo‘l olishmoqda. Hayajonli daqiqalar...
'
Umuman olganda, Uebb o‘yinni yaxshi boshqardi.
'
Agar o‘yinning 120-daqiqasida Pinilya tepgan to‘p darvozaga kirganida bormi, butun Braziliya motam tusiga kirardi...
'
Penaltilar seriyasida penalti tepadigan futbolchining mahorat va albatta ko‘p narsa darvozabonlarga bog‘liq! Sezar yoki Bravo, Braziliya yoki Chili?
'
Murabbiylar penalti tepadigan futbolchilar ro‘yxatini tuzishmoqda
120+2'
120 va yana qanchadir daqiqa davom etgan o‘yini yakunlandi. Navbat penaltilar seriyasiga!
120+2'
Burchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarildi va Ramires kuchli zarba yo‘lladi! Noaniq
120+1'
Braziliya qarshi hujumga o‘tdi va Neymar to‘pni o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib kelgan Joga uzatdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarsiga chiqarib yuborishdi
120+1'
Uebb yana 2 daqiqa qo‘shib berdi
120'
Vuuuuuuuuuhhhhh!! VUhhhhhh! Pinilyaning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytmoqda!!!! Braziliyani ustun qutqarmoqda!
120'
Xalkning zarbasi anchagina noaniq bo‘ldi
120'
So‘nggi daqiqa!
117'
Braziliya yarim himoyachisi jarima zarbasini to‘g‘ri jarima maydonchasi tomon uzatdi. Chili to‘pni qaytardi
116'
O‘yin tugashiga 4 daqiqa qoldi. Braziliya to‘liq hujumda. Chili butun jamoa bo‘lib himoyalanmoqda
113'
Chili hujumga o‘tdi va Diasning 25 metrlardan noaniq zarbasi bilan yakunlandi
112'
Villian jarima to‘pini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima maydonchasiga emas, narigi tomonda bo‘sh turgan Alveshga uzatdi. Danining zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
110'
Pinilya jarima maydonchasi ostonasida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va darhol zarba yo‘lladi. Zarba ancha nnoaniq
110'
O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasi...
108'
Chililik Medel jarohat olibdi. U maydonni zambilda tark etmoqda. Uning o‘rniga Roxas tushirildi
107'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Jo bosh bilan zarba berdi. Noaniq
106'
Marseloning uzatmasdan keyn Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatayotginad chililik himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi
106'
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi!
106'
Braziliyada o‘zgarish. Oskar o‘rniga Villian tushirildi
'
Skolari shogirdlariga so‘nggi ko‘rsatmalarni bermoqda. U bekorga Chilidan xavotir olmagan ekan
'
Tomoq xo‘llanadi, tomonlar almashinadi va so‘nggi 15 daqiqa o‘ynaladi
105+2'
Qo‘shimcha bo‘limning dastlabki 15 daqiqasi tortda qoldi
105+2'
Aleksis tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
105+1'
Dani Alvesh ogohlantirish oldi
105'
Qo‘shimcha bo‘limning birinchisiga 1 daqiqa qo‘shib berildi
104'
Chililiklar hujum tashkil qilishdi. Sanches to‘pni o‘ng qanotga yetkazdi. Yarim himoyachi to‘pni jarima maydonchasiga uzatayotganida braziliyalik himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
103'
Vuuuuh, Xalk! 23 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Bravo to‘pni qaytarib yubordi!
102'
Davi Luisni ortidan yiqitgani uchun Pinilya ogohlantirish oldi
101'
Xalk o‘ng qanotdan bir himoyachi ta’qibi ostida to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Oskar bosh bilan zarba berdi va Bravo to‘pni egallab oldi
100'
Jo olis masofadan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib o‘z kuchini yo‘qotdi va Bravo to‘pni egallab oldi
99'
To‘p bilan ko‘proq mezbonlar muomalada bo‘lishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
95'
Oho! Dias deyarli maydon markazidan belgilangan jarimadan to‘pni to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Kuchli, ammo noaniq
94'
Chili posboni to‘pni egallab olganidan keyin Jo darvozabonning qorni aralash qo‘liga tepib yubordi. Buning uchun hujumchi ogohlantirildi
93'
Neymar jarimadan to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi. To‘p himoyachining boshiga tegib, maydonni tark etdi
92'
Xalk to‘p bilan markazdan chap qanot tomon ko‘chdi va jarima maydonchasi chizig‘i oldida unga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
91'
Uchinchi bo‘limni Chili boshlab berdi.
'
JAmoa sardorlari va hakamlar qo‘shimcha bo‘limni qaysi jamoa bosh berishi kerakligi haqidagi savolga oydinlik kiritishdi.
'
Bizni yana 30 daqiqa qiziqarli o‘yin va balki, penaltilar seriyasi ham kutmoqda
'
Hozircha hisob - 1:1
'
Taxminan 5-6 daqiqadan keyin qo‘shimcha bo‘limlar boshlanadi. Xabaringiz bor, har biri 15 daqiqadan iborat 2ta qo‘shimach bo‘limlar o‘ynaladi
'
Xakamning xushtagi bilan o‘yinning asosiy vaqti yakunlandi, o‘yinning o‘zi emas.
90+3'
Sanches tomonidan yetkazilgan to‘p hech kimga tegmay, narigi qanotdan maydonni tark etdi
90+2'
Chili burchak to‘pi ishladi
90+1'
Uebb 3 daqiqa qo‘shib berdi
90'
Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Chili raqib jarima maydonchasiga dadil kirib borishdi. Futbolchilar so‘nggi zarbani berishga ulgurishmadi
90'
Braziliya jarima maydonchasi ostonasida chililik futbolchilardan biri yiqildi, ammo jarima zarbasi yo‘q deb hisoblandi
87'
Arturo Vidal maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Pinilya tushurildi
85'
Braziliya bosimni oshirmoqda. Chili esa o‘yin tempini tushirishga harakat qilmoqda
83'
Vuuuuhhh, Xalk! U 3 nafar himoyachi orasidan o‘tib ketib, jarima maydonchasi ichidan zarba yo‘lladi. Bravoga "bravo"! U jamoani goldan qutqardi!
82'
Mezbonlarning yana bir xavfli hujumi! Jo qanotdan yetkazilgan to‘pga tavani bilan zarba bermoqchi bo‘ldi. Himoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishdi
81'
Alvesh chiroyli uzatma bilan jarima maydonchasi ichiga kirib borgan Neymarning boshiga to‘pni "qo‘ndirdi"! "Barsa" hujumchisining zarbasini esa Sezar egallab oldi!
76'
Xalk chap qanotdan chap oyoqda noaniq zarba yo‘lladi
74'
Vuuuuuhhhh, Jo! Xalk chap tomondan to‘pni darvozabon maydonchachiga yetkazib berdi. To‘p Jo oyog‘iga tegmay qoldi!
70'
O‘yin tempi biroz tushdi. Mehmonlar to‘pni nazorat qilish evaziga o‘yin tempini tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.
67'
Olis masofadan uzatilgan to‘pni Xalk jarima maydonchasining chap qanotida qabul qildi va bir himoyachini aldab o‘tmoqchi bo‘lganida, himoyachiga urilib, maydonga yiqildi. Penalti yo‘q albatta
65'
Vuuuuuhhhhh, Julio Sezar Braziliyani goldan qutqardi! Chili futbolchilari o‘ng qanotdan qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi va Arangis 8-9 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p burchakroqqa yo‘llanganida Sezarga va Braziliyaga qiyin bo‘lardi!
64'
Fred maydonni tark etdi, Jo o‘yinni davom ettiradi
61'
To‘p nazorati qizillar tomonida. Brazaliya tezkor qarshi hujumda o‘ynamoqda
60'
Braziliyalik yarim himoyachi Gustavo Vidalga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi
58'
Darvoqe, Xalq gol urishdan avval to‘pni qo‘li bilan to‘xtatgani uchun sariq kartochka ham olgandi.
57'
Chilida futbolchi almashdi. Vargas o‘rniga Gutyerres tushirildi.
55'
Xalk zarba berishdan oldin jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan emas, bilagi bilan qaytarganini hakamlar aniqlay olishdi
55'
Xalk to‘pni darvozaga yo‘lladi, ammo bu gol inobatga olinmadi!
54'
Chili posboni Bravo jarima maydonchasi tashqarisida jamoadoshi uzatgan to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va Fred yugurib kelayotganini ko‘rib, to‘pni autga tepib yubordi!
53'
Alvesh o‘z qanotidan to‘pni jarima maydonchasi tomon uzatdi. Bravo egallab oldi
49'
Fernandinyo 24 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
48'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Sezar mushtlari bilan uzoqlashtirdi
47'
Vidalga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. O‘ng qanotdan jarima to‘pi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. O‘yinchilar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Bunday o‘yinlarda o‘yinning so‘nggi qismida ko‘ch saqlab qolgan jamoa g‘alaba qozonadi. Ko‘ramiz, kuzatishda davom etamiz
'
Birinchi bo‘lim yuqori sur’atda o‘tdi. To‘p maydon markazida umuman saqlanmadi. Faqat hujum, hujum va yana hujum.
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+3'
Bu safar himoyachilar qaytargan to‘pni Mena darvoza tomon tepdi. Noaniq
45+2'
Yana bir burchak to‘pi. Tyagu Silva to‘pni qaytarib yubordi
45+1'
Chili burchak to‘pi ishladi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Neymar ikki himoyachidan o‘tib ketib, maydonning so‘nggi chizig‘idan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Fred bosh bilan to‘pni darvoza tomon bura olmadi
44'
Endi chililiklar o‘z darvozalariga yaqin joyda to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritishganidan keyin mezbonlar to‘pni egallab olishdi! Fred jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llaganda esa himoyachi to‘pni qaytarishga ulgurdi
42'
Ohohoho! Dani Alvesh olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Darvoza to‘sini ostiga yo‘l olayotgan to‘pni Bravo maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
41'
Vidal ofsaydda qolib ketdi
40'
Chili futbolchisi Fransisko Silva ogohlanlantirish oldi
39'
Vuuuuhhhh, Neymar va Fred! Uzoqdan yetkazilgan to‘pni Neymar himoyachilardan qochib ketib, jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi zarba berishga ulgurmadi. HImoyachi to‘pni qaytarmoqchi bo‘lgan paytda esa Fred to‘pga oyoq qo‘ydi. AMmo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
38'
Braziliya 2ta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bravo to‘pni qaytardi
36'
Vuuuuuhhhh, Neymaaaarrrrr! Oskar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga ko‘tarib berdi. Neymarning bosh bilan bergan zarbasi Chili himoyachisiga tegib, darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi!
32'
Braziliya himoyachilari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Ular to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritishdi, ammo pressing uyushtirgan chililiklar to‘pni egallab olib, darhol jarima maydonchasiga uzatishdi. Sanchas to‘pni egallab oldi va 12-13 metrlardan yo‘llagan zarba bilan olis burchakni nishonga oldi!
32'
GOOOOOLLLLLL! Aleksiiiis Sanchesssss, 1:1!
30'
Har daqiqada fol. Jamoalar bir-birlarini ayashmayapti
29'
Vidal Neymarga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘yin namoyish qildi. Uebb yana kartochkani olishga shoshilmayapti. Bunaqada nazoratni qo‘ldan chiqarib qo‘yadi hakam
28'
Braziliya futbolchisi o‘ng qanotda o‘zi tomon uzoq masofadan uzatilgan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi tomon uzatdi. Ammo Fred u yerda yiqilib tushgandi. To‘pni himoyachi egallab oldi
27'
Chili raqib mudofaasini yorib o‘tishga qiynalmoqda
26'
Neymaaaar! Yuqori tezlik bilan bir himoyachidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib borib, o‘zi uchun noqulay bo‘lgan chap oyoqda zarba berdi. Noaniq
24'
Gol urilgan vaziyat bir necha marta takroran namoyish qildi. To‘p Luisning emas, chililik Xaraning oyog‘iga tegib darvoza to‘riga borib tushibdi
22'
Marselo Aleksisga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. O‘ng qanotdan jarima to‘pi
18'
Burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Tyagu Silva bosh bilan darvozaning olis ustuni tomon berdi. Himoyachilar bilan bir chiziqda turgan Luis to‘pni oyog‘i bilan darvozaga burib yubordi!
18'
GOOOOOLLLL!!! David Luis! 1:0!
17'
Bu safar Xalq o‘ng qanotdan jarima to‘pini darvoza tomon aylantirdi. Bravo mushtlari bilan to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi. Burchak to‘pi
16'
Neymar deyarli maydon markazidan to‘p bilan qochdi, 2 himoyachi ta’qibi ostida. Jarima maydonchasi ichiga kirdi, zarba berish uchun qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo zarba bermadi va to‘pni sherigiga uzatdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi!
15'
Braziliya raqib jarima maydonchasining chap tomonidan standartga ega bo‘ldi. Neymar tomonidan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni posbon Bravo egallab oldi
13'
Xalk Neymar bilan "devor" o‘ynadi va jarima maydonchasi ichida yiqildi. Luis uni biroz turtgandi, ammo bu penalti emas. Uebb - haq! Bundan 2 daqiqa avval Vargas Braziliya jarima maydonchasi ichida xuddi shunday tarzda yiqitilgandi. O‘shanda ham penalti berilmagandi
9'
O‘yin tempi ancha yuqori
6'
Chililik futbolchi olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
5'
Braziliya burchak to‘pini o‘yinga kiritib berdi. Qaytarilgan to‘pni Marselo jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon yo‘lladi. Biroz noaniq!
4'
Bu safar mehmonlar maydon markazida Neymarga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Ushbu vaziyat ham ogohlantirishga tortishi mumkin edi. Ammo Xovard endi sariq kartochka bera olmaydi. Bu borada hisob tenglashdi
3'
Fernandiyo chililik XAraga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘yin namoyish qildi. Vaziyat hech shubhasiz "sariq"qa tortardi. Ammo o‘yinning debyuti bo‘lgani uchun Uebb Fernandinoni ayadi.
2'
Chili chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. JArima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni mezbon himoyachilari bartaraf etishdi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Chili qizil, Braziliya sariq rangli futbolkalarda harakat qilishadi
'
Uchrashuvni Chili terma jamoasi boshlab beradigan bo‘ldi
'
O‘yinni Xovard Uebb boshchiligidagi ingliz hakamlari guruhi boshqarib boradi
'
Har ikkala davlat madhiyalari yangraydi
'
Diqqat qiling, Braziliya va Chili terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda!
'
Har ikkala jamoa yetakchilari, klubdoshlar — Neymar va Sanches tribuncha ostida maydonga chiqish yo‘lakchasida quchoqlashib ko‘rishishdi
'
Skolari shogirdlari o‘yindan o‘yinga kuchayib borishmoqda. Chili esa chempionatga yuqori formada tashrif buyurgani ko‘zga tashlandi
'
Musobaqa mezboni Braziliya bugun Chili bilan to‘qnash keladi
'
JCH-2014da eng muhim va intrigaga boy pallalar boshlanmoqda
'
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.