Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, nimchorak final

29 iyun, soat 01:00. Bosh hakam: Byorn Kuypers (Gollandiya)

KOLUMBIYa

Xames Rodriges (28, 50)

2 : 0

URUGVAY

JAMOALAR TARKIBI
1.Ospina
2.Sapata
3.Yepes
6.K.Sanches
7.Armero
8.Agilyar
9.Gutyerres.
10.Xames
11.Kuadrado
18.Suniga
21.J.Martines
  1.Muslera
3.Godin
6.A.Pereyra
7.K.Rodriges
10.Forlan
13.Ximenes
16.M.Pereyra
17.Arevalo
20.A.Gonsales
21.Kavani
22.M.Kaseres

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+3'
O‘yin yakunlandi! Kolumbiya ham chorak finalda! 1/4 finalda bu jamoa Braziliya bilan bahs olib boradi!
90+2'
Kolumbiyalik futbolchiga nisbatan o‘yn qoidasi buzildi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Kolumbiya qarshi hujumga o‘tdi va hujumchi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi
89'
Kolumbiya o‘z tarixida ilk marta JChning chorak finaliga chiqishga yaqin turibdi. Ular shu paytgacha bir martagina guruhdan chiqishgandi
88'
Darvozabon maydonchasi tomon yetkazilgan to‘p Ospinaga nasib etdi
87'
Kavani jarima zarbasi ishladi
86'
Burchak to‘pi urugvayliklarga naf keltirmadi
85'
O‘yin qahramoni Xames Rodriges maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Adrian Ramos tushirildi
85'
Kavani jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Ospina darvoza burchagiga kirib ketayotgan to‘pni qaytarib yubordi. Burchak to‘pi
84'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Ospina egallab oldi
84'
Godin jarima zarbasini ishladi va o‘z jarima maydonchasi tomon bordi
82'
Urugvayliklar raqib himoyachini yorib o‘tish uchun bu safar qisqa paslardan foydalanishdi. Ammo muvaffaqiyatsiz chiqdi bu urinish
81'
Kuadrado maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Fredi Guarin tushirildi
79'
Urugvay bitta javob to‘pini urshi mumkin edi. Maksi Pereyra o‘ng tomon jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘p unga kelib tushdi. Ammo birga-bir vaziyatda berilgan zarbani David Ospina qaytarib qoldi!
78'
Kolumbiya futbolchisi Pablo Almero ogohlantirish oldi
77'
Urugvay zaxiradagi futbolchisi Lugano ogohlantirish oldi. U maydon chetidagi to‘qnashuv paytida maydonga yugurib chiqqandi. Urugvay keyingi bosqichga chiqsa, Lugano maydonga tusha olmaydi
77'
Urugvay shoshilmoqda, ammo bu hech qanday naf berayotgani yo‘q. Kolumbiya esa asosiy vaqtini himoyada o‘tkazmoqda.
74'
Aravelo jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatgandi, bu zarba bo‘lib chiqdi. Darvozaning yuqori burchagiga yo‘l olayotgan to‘pni posbon mushti bilan maydon tashqarisiga urib yubordi
69'
Burchak to‘pidan keyin Kavani to‘pni darvoza tomon burishga urindi, muvaffaqiyatsiz
68'
Gastian Ramiresning jarimadan yo‘llagan zarbasi avval jonli devorga tegib qaytdi. FUtbolchining o‘zi to‘pni jarima maydonchasidagi sherigiga uzatdi. Hujumchining zarbasi kolumbiyalik himoyachining oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi
68'
Gutyerres o‘rniga Mexiya tushirildi
67'
Urugvay jarima zarbasi ishladi
64'
Vuuuuuh, urugvaylik Kristian Rodriges jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va dahshatli zarba yo‘lladi. Ospina zarbani bir amallab qaytardi!
63'
Kolumbiya burchak to‘pi ishladi
60'
Oskar Tabares ikkita o‘zgarish qildi. Forlan va Pereyra maydonni tark etishdi va ularning o‘rniga Stuani va Rameres tushirildi
59'
Kavani 22 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Ospina to‘pni ishonch bilan egallab oldi
55'
Rodriges o‘yinda dublga erishmoqda. Uning JChdagi gollari soni esa 5taga yetdi va Mundial to‘purarlari orasida karvonboshiga aylandi
50'
Hujum o‘ng qanotdan juda chiroyli rivojlandi. Xuan Kuadrado to‘pni Xames Rodrigesga uzatdi va o‘zi jarima maydonchasiga kirib bordi. Rodriges esa hujumga Jekson Martinesni qo‘shdi va u chap qanotda bo‘sh turgan Pablo Armero ko‘rdi. U to‘pni darvozaning olis ustuni tomon uzatdi. Kuadrado bosh bilan to‘pni Rodriges tomon uzatdi va Xames yaqin masofadan davrozani ishg‘ol qildi!
50'
GOOOLLLLL! Xames Rodriges, 2:0!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Gol o‘tkazib yuborganidan keyin Urugvay biroz faollashgandi. To‘p nazorati yana Kolumbiya tomoniga o‘tdi
39'
Urugvayda yaxshi imkoniyat! Alvaro Gonsales jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Ospina to‘pni qaytardi
36'
Gutyerres 17 metrlardan zarba yo‘lladi. Aniq, ammo kuchsiz. Muslera to‘pni egallab oldi
'
Kolumbiyada jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangani ko‘rinib turibdi
33'
Kavanining zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
32'
Urugvay endi hujumga o‘ta boshladi va jarima zarbasi ishladi
28'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Xames Rodriges ko‘kragi bilan qaytardi va to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘lladi. To‘p avval darvoza to‘siniga tegib, keyin chiziqni kesib o‘tdi. Juda chiroyli gol!
28'
GOOOOLLLL! Xames Rodriges, 1:0!
25'
Kolumbiya yarim himoyachisi Agilyar jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko‘rsatildi
23'
Suniga darvoza tomon noaniq zarba yo‘lladi
21'
Kolumbiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jekson Martinesning zarbasi kuchsiz chiqdi
20'
Suniga to‘pni o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasia yetkazdi. Urugvaylik himoyachini to‘pni qaytardi
17'
Kolumbiya to‘pni nazorat qilib, Urugvay mudofaasini yorib o‘tish yo‘llarini qidirmoqda
14'
Diyego Forlan olis masofadan zarba berishga qaror qildi, noaniq
8'
O‘yinda ehtiyotkorlik yo‘q emas. Hozircha ochiq o‘yin bo‘layotgani yo‘q
5'
Rodriges to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Urugvay posboni to‘pni yuqoriga urib yubordiyu, ammo egallab ola bilmadi
4'
Dastlabki daqiqalarda kolumbiyaliklar to‘pni nazorat qilishga intilishmoqda va ular jarima zarbasini ishlashdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Kolumbiya sariq, Urugvay esa havorang futbolkalarda "Marakana"ga chiqib kelishdi
'
Suares 4 oyga futbol bilan xayrlashganidan keyin Urugvay biroz kuchsizlangandek. Ammo Janubiy Amerika jamoalari bir-birlariini yaxshi bilishadi. Shu bois, bu o‘yin ham tengkurashlar ostida kechishi kutilmoqda!
'
Ikki davlat madhiyalari yangradi.
'
Nimchorak final №2. Kolumbiya - Urugvay!
'
JCH-2014dan onlayn translyasiyalarimizni davom ettiramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.