Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, nimchorak final

29 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Pedro Proensa (Portugaliya)

GOLLANDIYa

Sneyder (88)
Xuntelar (90+4-pen.)

2 : 1

MEKSIKA

Dos Santos (48)
JAMOALAR TARKIBI
1.Silessen
2.Vlar
3.de Vrey
5.Blind
6.N. de Yong (9)
9.van Persi
10.Sneyder
11.Robben.
12.Verxag
15.Kyuyt
20.Veynaldum
  13.Ochoa
2.Rodriges
3.Salsido
4.Markes
6.Errera
7.Layyun
10.dos Santos
15.Moreno
18.Guardado
19.Peralta.
22.Agilyar
ZAHIRA
Bruno Martins Indi (9)  

Matn

'
Meksika terma jamoasi ketma-ket oltinchi marotaba pley-offga chiqdi va oltinchi marotaba pley-offning ilk o‘yinidayoq ortga qaytmoqda!
90+7'
O‘yin yakunlandi! Gollandiya terma jamoasi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi!
90+6'
Akino to‘pni jarima maydonchasi ostonasida turgan sherigiga uzatib, o‘zi jarima maydonchasiga yorib kirdi. Ammo u to‘pga yetib bora olmadi
90+5'
Layyun to‘pni o‘ng qanotda ochilgan Akinoga uzatdi. Uning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasini Silessen egallab oldi!
90+4'
GOOOOLLLLL! Xuntelar, 2:1!
90+3'
Robben chap qanotdan himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yorib kirdi va maydonning so‘nggi chizig‘i ustida to‘pni to‘xtatdi. Meksika sardori Rafael MArkesdan o‘tib ketayotganida himoyachi Robbenning oyog‘idan ilib qoldi
90+3'
Penaltiiii!!!! Meksika darvozasiga!!!
90'
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Robben to‘pni burchakdan yetkazib berdi va gollandiyaliklardan bir to‘pni bosh bilan darvozaga emas, ortga qaytardi. Sneyder esa 10-12 metrlardan kuchli zarba bilan to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi!
88'
GOOOOOLLL!!! Sneyder, 1:1!!!!
85'
Burchak to‘pi qaytarildi, ammo to‘p yana jarima maydonchasiga yetkazildi. Xuntelaar yaqin masofadan darvoza tomon zarba yo‘lladi. Ochoa zarbani qaytardi. Xuntelaar ofsaydda qolgandi
84'
BUrchak to‘pi. Nederlandiya
79'
Oho-ho-ho! Meksikalik yarim himoyachi ikki nafar golland orasida o‘tib ketdi va 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi!
79'
O‘yin davom etadi
76'
Ikkinchi bo‘limning 30 daqiqasi ortda qoldi. Suv-taym. 2 daqiqalik suvxo‘rlik
75'
Gollandiyada o‘zgarish: Van Persi o‘rniga Klaas Yan Xuntelaar tushirildi
75'
Robben tomonidan burchakdan yetkazilgan to‘pga Vlar bosh bilan zarba berdi. Noaniq
75'
Meksikada o‘zgarish: Peralta o‘rniga Xavyer Ernandes tushirildi
74'
Vuuuuhh, yana Ochoaaaa!!! Robben chap qanotdan bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yorib kirdi va o‘tir burchak ostida zarba berdi. Ochoa to‘pni qaytarib qoldi. BUrchak to‘pi
71'
Meksikaliklarning kam sonli hujumlaridan biri. Errera to‘pni chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p hech kimga nasib etmadi
69'
Gollandiya chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
67'
Robben jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo Proensa unga ishonmadi
66'
Meksika hujumchisi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi, ammo ofsayd!
65'
Nederlandlar burchak to‘pin o‘yinga kiritishdi. Jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarilgan to‘pga yevropalik yarim himoyachilardan biri zarba berdi. Noaniq
62'
Gollandiya bosimni oshirmoqda. Robben jarima maydonchasining chap qanotdagi burchagidan to‘pni ko‘tardi, ammo Sneyder unga biroz yeta olmadi
61'
Meksikada o‘zgarish: Dos Santos o‘rniga Akino tushirildi
59'
Vuuuuhh! Robben chap qanotdan markaz tomon ko‘chdi va to‘pni Sneyderga berdi. Sneyderning zarbasi esa himoyachining oyog‘iga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi
57'
Vuuuuuhh, Ochoaaaaaa! To‘p burchakdan yetkazib berilganidan keyin De Vrey 5-6 metrdan darvoza tomon zarba berdi. Ochoa dahshatli seyv bilan to‘pni qaytarib qoldi. To‘p uning qo‘lidan keyin darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi!
57'
Gollandlar burchak to‘pi ishlashdi
56'
Gollandiyada o‘zgarish: Verxag o‘rniga Memfis Depay tushirildi
53'
Darvozagacha 28 metrlardan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi
52'
Meksika jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi
51'
Meksika jarima zarbasini amalga oshirdi. Errera o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi va hujumchining bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
48'
Dos Santos 22-23 metrlardan chap oyoq bilan kuchli zarba yo‘lladi va darvozaning olis pastki burchagina aniq nishonga oldi. Silessen to‘pga tashlanishga kech qoldi!
48'
GOOOOLLLLL!!!! Dos Santos, 0:1!!!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Havo haroratining yuqoriligi futbolchilarning harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda nazarimizda. Ayniqsa, yevropaliklar og‘ir harakat qilishmoqda
'
Hozircha Gollandiya - Meksika - 0:0
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+3'
Avvalgi to‘qnashuvda jarohat olgani uchun Ektor Moreno zambildan maydondan tashqariga olib chiqib ketildi
45+2'
Vuuh, Meksika himoyasi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Sneyder to‘pni egallab olib, oldinga bordi va to‘pni chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Robbenga uzatdi. Aryen ikki himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida himoyailar to‘pni qaytarib qolishdi. Robbenning o‘zi yiqildi. Penalti esa yo‘q
45'
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Meksikaning qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda! Dos Santos sheriklaridan to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydonchasiga kirib kelib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi! Silessen to‘pni oyoqlari bilan qaytarib qoldi
42'
Robben burchak to‘pini sherigiga uzatib, qayta qabul qilib oldi va jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
38'
Meksikaliklar javob hujumini tashkil qilishdi. Muvaffaqiyatsiz
37'
Gollandiya raqibi mudofaa qo‘rg‘onini faqatgina to‘pni olis masofadan yetkazish orqali yorib o‘tmoqda. Sneyder jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va darvozabon maydonchasi tomon yekazmoqchi bo‘lgandi, darvozabonning o‘zi to‘gp ega chiqdi
30'
Portugaliyalik Pedro Proensa o‘yinda bir daqiqalik tanaffus e’lon qildi. Oldindan belgilangan qoidaga ko‘ra, havo harorati 32 darajadan oshsa, har bir bo‘limning 30-daqiqasida bir daqiqadan tanaffus beriladi. Futbolchilar tomoqlarni xo‘llab olishmoqda. Bunday holat JCH-2014da ilk marta kuzatilmoqda
28'
Meksika hujumchisi dos Santos 17 metrdan darvozani o‘qqa tutdi. Silessen to‘pni egallab oldi
26'
Maydon markazidan to‘p Van Persi tomon yetkazildi. Jamoa sardori jarima maydonchasi ichida to‘pni oyog‘ining uchi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo o‘tkir burchak ostida sakrab turgan to‘pni darvoza tomon aniq yo‘llay olmadi
19'
Hujumlarning xavflilik darajasi oshib bormoqda! Gollandiya jarima maydonchasi ichida Vlar oyog‘i bilan, Errera esa oyog‘i bilan to‘pga tashlandi. To‘p har ikkalasiga ham tegdi va ushbu joyga yugurib kelayotgan Silessen ustidan o‘tib... darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
18'
Gollandiyaning javob hujumi! Verxag jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni jamoadoshlariga uzatdi. To‘p meksikaliklarga nasib etdi
17'
Ohohoho! Meksika hisobni ochishi mumkin edi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Errera ko‘kragi bilan qaytardi va uni ortga qaytardi. Dos Santos to‘pni Layyunga berdi va yarim himoyachining qiyin vaziyatda yo‘llagan zarbasi shundoqqina darvoza ustuni yonginasidan dumalab o‘tib ketdi...
16'
Burchak to‘pi Meksika uchun xavfli bo‘lmadi
15'
Meksikaliklar maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi. Robben to‘p bilan jarima maydonchasining chap qanotiga yaqinlashib keldi va to‘pni jarima maydonchasi ichiga uzatayotganida to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
14'
Meksika dadilroq o‘ynamoqda. Layyun chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasi yaqinidagi dos Santosga uzatdi. Hujumchi to‘pga biroz yeta olmadi
13'
golland himoyachisi Vlar to‘pni raqibiga oldirib qo‘ydi va meksikalik yarim himoyachining jarima maydonchasiga uzatgan to‘pini markaziy himoyachi qaytarib yubordi
9'
Gollandiyada majburiy o‘zgarish: Jarohat olgan Nayjel de Yong o‘rniga Bruno Martins Indi tushirildi
8'
To‘p bilan ko‘proq gollandlar muomalada bo‘lishmoqda. Meksika esa kuchli kuchli pressing evaziga to‘pni egallab olishga va tezkor qarshi hujum tashkil qilishga urinmoqda.
7'
Maydonda bir-birga bog‘langan 3ta rangli shart uchib yuribdi.
5'
Layyun ijrosida yana zarba, yana o‘sha nuqtadan. Bu safar to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
2'
Darvoza tomon dastlabki zarbani Meksika futbolchisi Layyun berdi. To‘p balanddan o‘tib ketdi
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga Meksika kiritib berdi
'
Bir daqiqadan keyin o‘yin boshlanadi
'
Bugungi o‘yinda rasmiy mezbon - Gollandiya!
'
Ayni paytda Meksika davlat madhiyasi yangramoqda
'
JCH-2014ning yana bir qiziqarli o‘tishi kutilayotgan nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan bahsini kuzatib borishga taklif qilamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.