Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, nimchorak final

30 iyun, soat 01:00. Bosh hakam: Benjamin Uilyams

KOSTA-RIKA

Ruiz (52)

1 : 1

GRESIYa

Papastatopulos (90+1)
JAMOALAR TARKIBI
1.Navas
15.Dias
6.Duarte
4.Umanya
16.Gamboa
9.Kempbell
7.Bolanyos
10.Ruis
17.Texeda
3.Gonsales
5.Borxes
  1.Karnezis
20.Xolebas
15.Torosidis
19.Papastatopulos
2.Manyatis
22.Samaris
10.Karagunis
7.Samaras
16.Xristodulopulos
4.Manolas
14.Salpingidis
SARIQ KARTOCHKA
Duarte (42)
Texeda (48)
Granados (56)
Ruis (70)
 
Samaris (36)
Manolas (72)
QIZIL KARTOCHKA
Duarte (66)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Chorak finalda Gollandiya - Kosta Rika to‘qnashuvi kutib turibdi!
'
Gresiya deyarli 1 soat davomida maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynadi. Bu vaqt davomida greklar bitta gol urishga erishishdi, ammo o‘yin taqdirini penaltilar seriyasigacha hal qila olishmadi. Natijada Kosta Rika posboni penaltilar seriyasida bitta zarbani qaytardi! Kosta Rika futbolchilari penalti tepishni juda yaxshi mashq qilishibdi.
5:3'
Umanya, goooool!!! Kosta Rika — chorak finalda!!!!
4:3'
Gekasning zarbasini Kosta Rika darvozaboni Navas qaytardi! Hisob - 4:3!
4:3'
Joyel Kempbel, 4:3!
3:3'
Xolebas, 3:3!
3:2'
Gonsales, 3:2!
2:2'
Kristodulopulos, 2:2!
2:1'
Bryan Ruiz! Gol! Kosta-Rika - Gresiya - 2:1
1:1'
Mitroglu. Chap oyoq bilan darvozabonning chap tomoniga to‘pni yo‘lladi! Kosta-Rika - Gresiya - 1:1
1:0'
Borxes. Markaz bo‘ylab darvoza to‘sini ostiga to‘pni yo‘lladi! Kosta-Rika - Gresiya - 1:0
'
Yo‘q, penaltilar seriyasini Kosta Rika boshlab berarkan. To‘p yoniga Borxes yaqinlashdi.
'
Futbolchilar maydon markazidagi aylana ichiga kirishdi
'
Penaltilar seriyasini Gresiya boshlab beradigan bo‘ldi
'
Benjamin Uilyams Gresiya bosh murabbiyi Fernando Santushni zaxira o‘rindig‘idan chetlatdi. U penaltilar seriyasini tribunadan turib kuzatadi
120+2'
O‘yin yakunlandi! Kosta-Rika-Gresiya - 1:1. Navbat penaltilar seriyasiga!
120+1'
Ehhe-hehehee! Mitroglu birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi!
120+1'
Ikki daqiqa qo‘shib berildi
120'
Greklar burchak to‘pini amalga oshirishdi. Xavf bartaraf etildi
118'
Gresiyaning qarshi hujumi esa Mitrogluning noaniq zarbasi bilan yakunlandi
117'
Kosta Rika qarshi hujumga o‘tdi. 4 himoyachiga qarshi 3 hujumchi... Kempbell to‘pni oldirib qo‘ygani uchun hujumga erta barham berildi
116'
Gresiya burchak to‘pi ishladi
114'
Kosta Rikaning burchak to‘pi Gresiya uchun taxlikali bo‘ldi, biroq yevropaliklar tezkor qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Besh nafar grek ikki nafar markaziy himoyachiga qarshi chiqib borishdi. To‘p o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Kristodulopulosga yetkazildi. Uning zarbasini esa Navas qaytarib qoldi! Gresiya bemalol o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin edi!
112'
KONKAKAF vakili burchak to‘pi ishladi
109'
Kosta Rika jarima zarbasini amalga oshirdi. Gonsales jarima maydonchasi ichida chalqancha zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Biroz noaniq
108'
Darvozabon tibbiy yordamni qabul qildi va o‘yinni davom ettiradi
107'
Greklar Gekas yo‘nalishi bo‘ylab to‘pni uzatishdi. Darvozabon chaqqonlik qilib, to‘pni egallab oldi. Gekas esa darvozabonni tepib yubordi.
106'
Qo‘shimcha bo‘limning ikkinchisi boshlandi
'
Futbolchilarga bir oz nafas rostlab olish uchun kichik tanaffus berildi
105'
Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisi tugadi.
103'
Kosta Rika qanotdan hujum uyushtirdi, jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni Katsuranis jon holatda tashlanib maydonchadan uzoqlashtirdi
102'
Mitroglu hujum vaqtida himoyachini yiqitdi va jarima zarbasini Navas amalaga oshiradi
99'
Samarasga nisbatan qo‘pollik va jarima maydonchasi yaqinida standart vaziyat.
97'
Gresiya burchak to‘pi tepayotganda, kosta-rikalik futbolchilarga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi va jarima zarbasi belgilandi
96'
Kosta-Rika vaqtni cho‘zishga, Gresiya gol urishga harakat qilmoqda
95'
Qanotdan oshirib berilgan to‘pga Mitroglu sakradi va Gekasni chalg‘itdi, natijada gEkas noaniq zarba berdi
92'
Mitroglu offsaydda qolib ketdi
92'
Gresiya ancha faol boshladi
91'
Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisi boshlandi
'
Uilyams sardorlar bilan qo‘shimcha bo‘limlarni kim boshlab berishiga aniqlik kiritib oldi
'
Demak, qo‘shimcha bo‘limlarni boshlashga jamoalar tayyor
90+5'
Uchrashuvning asosiy vaqti nihoyasiga yetdi. Jamoalar 15 daqiqdan ikkita qo‘shimcha taymlarda g‘olib nomini aniqlashga harakat qilishadi
90+2'
UXXXX Mitroglu hozir qahramonga aylanishi mumkin edi, uning bosh bilan yo‘llagan zarbasini Navas qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
90'
o‘yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Avvaliga Gresiyalik futbolchi jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvoza tomon zarba berdi, Navas to‘pni qaytrdi, qaytgan to‘p Papastatopulosning oyog‘iga kelib tushdi va u ikkilanmasdan darvozaga aniq zarba yo‘lladi
90+1'
GGGGGOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL
89'
Navas vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirildi
87'
Lazaros o‘ng qanotdan bir himoyachini osonlik bilan aldab o‘tib to‘pni jarima maydonchasi markaziga yetkazib berdi, navas hammdan faol g‘arakat qilib to‘pni egallab oldi
87'
Ruiz vaqtni cho‘zish maqsadida to‘pni burchakka olib bordi, karagunis Ruizni yiqitdi
84'
Gresiya burchak to‘pi tepdi, himoyachilar to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi
83'
Bolnyos o‘z o‘rnini Brnesga bo‘shatib berdi
82'
Son jihatda ustun bo‘lgan Gresiya o‘yinda ushbu ustunlikdan foydalana olayotgani yo‘q va Gresiyaningsonda ustunlgi sifatda ko‘rinmayapti
81'
Gresiya yana bir bor jarima zarbasi amalga oshirdi, himoyachilar raqibni xato qilishga majbur qilishdi
79'
Gresiya 25 metrlardan jarima zarbasi amalga oshiradi
78'
Manyatis o‘rniga Katsuranis maydonga tushdi
76'
Gamboa maydrnni tark etdi, Akosta maydonga chiqdi
72'
Manolasga sariq kartochka, Kempbellni orqasidan chalib yiqitgani uchun
71'
Bitta ko‘p o‘ynayotgan Gresiya jonlanib qoldi, Navas yaxshi o‘ynadi
70'
Hakam sariq kartochkalar yog‘irini yog‘dirmoqda, Ruis ogohlantirildi qo‘polligi uchun
68'
Salpingidis o‘z o‘rnini Gekasga bo‘shati b berdi
66'
Duartega qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi va Kosta-Rika 10 kishi bo‘lib o‘yinni davom ettiradi
66'
Elsin Texeda maydonni tark etdi va Kubero maydonga chiqdi
64'
Kosta-Rika goldan so‘ng bir oz xotirjam o‘ynamoqda, Gresiya esa hujum qilish haqida bosh qotirayotgani yo‘q. MAydonda hech qanday holat sodir etilayotgani yo‘q
58'
Samaris maydonni tark etdi uning o‘rniga Mitroglu maydonga tushdi
56'
Kosta-Rikaning zaxiradagi darvozaboni Esteban Granados ogohlantirildi, negaligini faqat Benjamin biladi
54'
Jarima maydonchasi ichida to‘pni Torosidis qo‘li bilan o‘ynadi, hakam buni ko‘rmadi
52'
Chap qanotda Bolnyos himoyachini aldab o‘tib, sherigi Ruisga to‘pni oshirdi. Ruis esa ikkilanib o‘tirmasdan 16 metrlardan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.
52'
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL
49'
Gresiya burchak to‘pi tepdi, Papastatopulosning bosh bilan bergan zarbasi noaniq
48'
Karagunisni yiqitgani uchun Texeda ogohlantirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Ikkinchi bo‘lim boshlanishaafasida
'
Birinchi bo‘limda guruh bahslarda chiroyli o‘yin namoyish etgan Kosta-Rikani ko‘rmadik. Tanaffusla Bentu o‘z shogirdalrini ruhlantira olar
45+2'
Birinchi yuo‘lim yakunlandi. Kosta-Rika - Gresiya 0-0!
45+1'
Gresiyalik futbolchi yana offsaydda qolib ketdi
45'
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi
43'
Karagunis to‘g‘ri darvozaga zarba berishga qaror qildi va navas qiyinchiliksiz to‘pni egallab oldi
43'
Duarte jarima maydonchasi yaqinida Karagunisni yiqitgani uchun ogohlantirdi va jarima zarbasi
42'
Kempbell hujum vaqtida himoyachilarni yiqitdi
39'
Endi Salpingidis offsaydda
38'
UXXXXXX Salpingidis qanotdan oshirilgan to‘pni Navasning darvozasiga aniq yo‘llagandi, Navas o‘zining chiroyli seyvi bilan qaytardi.
36'
Kempbell hujumga o‘tib ketayotgan vaqtda Samaris tomonidan to‘xtatildi va hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi
34'
Ikkala terma jamoa ham sust harakat qilmoqda
32'
Gresiyaliklar bugungi o‘yinda offsayd bo‘yicha rekord o‘rnatishmoqchi shekilli, Samaras yana offsaydda
31'
Kosta-Rika burchak zarbasi amalga oshirdi,Karnezis qiynalmasdan to‘pni egallab oldi
30'
Qanotdan Karagunisning oshirib bergan to‘pi uchun Samaras kurash olib borayotganida, hakamlar Samaras o‘yindan tashqari holdaligini qayd etishdi
28'
Gresiya uzooooq hujum uyushtirdi, Karagunisning yakuniy zarbasi bir oz olisdan berildi va kuchsiz
22'
Jarima zarbasi teilgandan so‘ng gresiyaliklar yaxshi harakat qilib to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi
22'
Burchak to‘pini tepilgandan so‘ng Kempbell hujum uyushtirishga harakat qildi. Kragunis raqibni jarima chizig‘ining ustida yiqitdi, hakam penalti emas jarima zarbasi belgiladi
21'
Kosta-Rikaning qanotdan uyushtirayotgan xuxjumini Manyatis qaytardi
18'
Torosidis o‘yinan tashqari holatda
15'
Karagunis burchak to‘pini amalga oshirdi, samarasiz
14'
Manolas maydon markazida Kempbellga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
10'
Gresiyali futbolchi Samaras o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi
7'
Avvaliga Texedaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi, to‘p Bolanyosda qolgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatmadi, biroq Bolanyosning darvoza tomon bergan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
4'
Gresiyaliklar maydon markazida to‘pni bir-birlariga yetkazib berishda xatoga yo‘l qo‘yishdi va to‘pni egallab olgan kosta-rika futbochilari hujum uyushtirishga harakat qilishdi, himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi
4'
Kosta-Rika hujum uyushtirdi, Gamboaning uzoqdan bergan zarbasi noaniq
3'
Xozircha Gresiya ko‘proq to‘p bilan muoamala qilmoqda
1'
Gresiyalik futbolchiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi, Xristodulopulosning zarbasi noaniq
1'
O‘yinni kosta-rikaliklar boshlab berdi
'
Navbat ikki davlat madhiyalariga
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Kosta-Rika va Gresiya o‘zaro to‘qnashmagan va bu to‘qnashuv ular uchun birinchisi
'
Gresiya hisob bo‘yicha uchinchi jahon chempionati bo‘lgan ushbu musobaqada ilk bora nimchorak finalga chiqdi.
'
Kosta-Rik JChlari tarixida 1990 yilda guruhdan keyingi bosqichga chiqqan va bugungi nimchorak final ular uchun ikkinchisi
'
Gresiya esa Kotd-Ivuar va Yaponiya terma jamoalarini musobaqa bilan xayrlashishga majbur qilib, Kolumbiya bilan guruhdan chiqdi.
'
Faqat Kosta-rikaning guruhda Italiya, Angliyani uyiga ravona qilib, guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda nimchorak finalga chiqqanini, hato Urugvay ham ushbu jamoadan keyin ikkinchi o‘rinni egallaganini eslatib o‘tmoqchimiz
'
Ushbu jamoalarning nimchorak finalgacha bosib o‘tgan yo‘li haqida ortiqcha gapirishning hojati bo‘lmasa kerak. Zero siz bu haqda saytimizda berilgan yangiliklar orqali bilib olgansiz.
'
Bugun sizning e’tiboringizga Kosta-Rika va Gresiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni havola etamiz
'
Braziliyada o‘tayotgan Jahon chempionati o‘yinlaridan olib borayotgan onlayn translyasiyalarmizni davom ettiramiz
'
Assalomu aleykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.