JCH-2014, nimchorak final
| 30 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Mark Geyger (AQSh) | ||
FRANSIYaPogba (79)
Yobo (90+1-avtogol) |
2 : 0 |
NIGERIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Lyoris 2.Debyushi 3.Evra 4.Varan 6.Kabay 8.Valbuena 9.Jiru 10.Benzema. 14.Matyuidi 19.Pogba 21.Kosyelni |
1.Enyema 2.Yobo 5.Embrouz 7.Musa 8.Odemvingi 9.Emenike. 10.Obi Mikel 11.Mozes 13.Oshaniva 17.Onazi 22.Omeruo |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! Mundialni biz bilan kuzatishda davom eting. STADIONda qoling! | |
| ' | ![]() |
Fransiya chorak finalda Germaniya- Jazoir o‘yini g‘olibi bilan bahs olib boradi. |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. Fransiya - Nigeriya 2-0! |
| 90+4' | ![]() |
Valbuena o‘rniga Sissoko tushdi |
| 90+1' | ![]() |
Fransiyaning ikkinchi goli Grizman emas Yobo hisobigan avtogol sifatida yozildi. |
| 90+1' | ![]() |
Burchakdan to‘pni fransuzlar o‘yinga kiritishdi, Valbuena jarima maydonchasi ichiga to‘pni oshirib berdi, bu yerda bir o‘zi qolgan Grizman to‘p uchun kurashga kirishdi va bunga chalg‘igan Yobo darvozabonni ham chalg‘itib o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOOOOOLLLL !!! GRIZMAAAAAAN |
| 90' | ![]() |
Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Mozesning o‘rniga Nvofor o‘yinna davom ettiradi |
| 85' | ![]() |
Nigeriya burchak to‘pi tepdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 84' | Gol o‘tkazib yuborga Nigeriya bir oz faollashib qoldi | |
| 82' | ![]() |
Grizman yaqin masofadan darvozaga aniq va kuchli zarba qo‘lladi, bu vazyaitda yana darvozabon Enyama aniq harakat qilib to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 79' | ![]() |
Burchakdan oshirib berilgan to‘pga Enyama chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va hammadan baland sakragan Pogba boshi bilan zarba berib darvozani ishg‘ol qildi |
| 79' | ![]() |
GOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! POGBAAAAAA |
| 79' | ![]() |
Fransiya burchakdan to‘p tepadi |
| 79' | ![]() |
Enyama bugungi o‘yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lsa kerak, Benzemaning bosh bilan bergan zarbasini qaytarib maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 77' | ![]() |
Kabay darvoza tomomn kuchli va aniq zarba berdi, to‘p darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi, qaytgan to‘pga himoyachilar ulgurib xavfni bartaraf etishdi |
| 74' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisidan fransuzlar juda kuchli zarba berishdi Enyama qiyinchlchik bilan to‘pni qaytardi |
| 69' | ![]() |
UXXXXX!!!! Benzema judayam xavfli hujum uyushtirdi,darvozabon bilan birga bir chiqib borgan Benzema to‘pni yaqin masofadan darvoza tomon tepdi, to‘p darvozabondan o‘tib bo‘sh qolgan darvozaga kirib ketayotganida Mozes to‘pni qaytarib yubordi va hisob o‘zgarmay qoldi |
| 66' | ![]() |
Jamoalar shu darajada ehtiyotkorlik bilan o‘ynashmoqdaki, natijada hujumda to‘p yo‘qotilmoqda |
| 63' | ![]() |
Jiru o‘rniga Grizman maydonga tushdi |
| 59' | ![]() |
Onazi o‘rniga Gabriyel maydonga tushirildi |
| 54' | ![]() |
Matyuidi hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. |
| 50' | ![]() |
Oshanivagi tibbiy yordpamk ko‘rsatilmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Fransiya - Nigeriya o‘yinida hozircha hisob ochilmadi 0-0 |
| 45+2' | ![]() |
Mark Geyger birinchi bo‘lim yakunlanganini e’lon qildi |
| 45+2' | ![]() |
Onazi raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun jarima zarbasi belgiladi, undan fransuzlar foydalan olishmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi taymga ikki daqiqa vat qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
UXXXX!!! Emenike o‘ng qanot jarima maydonchasi chizig‘i yaqinidan o‘ta kuchli va xavfli zarba berdi, Lyoris o‘zining ajoyib seyvi bilan to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishda qo‘li bilan o‘ynadi |
| 39' | ![]() |
Fransiya yana markazdan hujum uyushtirdi, Valbuyenaning oshirib bergan to‘pini Debyushi darvozaga zarba berish bilan yakunlashga harakat qildi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi |
| 37' | ![]() |
Nigeriya chap burchakdan to‘p tepdi, biroq to‘p hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 34' | Pogba juda faol o‘ynashga harakat qilyapti, biroq uni sheriyeklari tushunishmayapti yoki Pogba oshirayotgan to‘plarga kech qolishyapti | |
| 32' | ![]() |
Fransiya burchak to‘pi tepadi |
| 29' | Jiru to‘p uchun kurashda Obi Mikelning yuziga tirsagi bilan zarbabergani uchun hakam tomonidan og‘zaki ogohlantirildi | |
| 24' | ![]() |
Nigeriya burchak to‘pi amalga oshirdi, to‘p uchun kurashda Lyorisga nisbatan xavfli o‘yin namoyish etildi |
| 22' | ![]() |
UXXXX!!! Fransiya o‘ta xavfli hujum tashkil qilishdi, Pogba maydon markazidan raqiblarni aldab o‘tib qanotdagi sherigiga to‘pni oshirda va o‘zi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib odib kuchli zarba berdi, Enyama darvozasini muqarrar goldan saqlab qoldi |
| 19' | ![]() |
Qanotdan jarima maydonchasiga oshirilgan to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurgan Eminike darvozani ishg‘ol qildi, biroq qanot hakami offsayd qayd etdi |
| 18' | ![]() |
Endi Pol Pogba raqibga nisbatan xavfli o‘ynadi, fransuzlar qo‘pol o‘yin ko‘rsatishmoqda |
| 16' | ![]() |
Matyuidi jarima maydonchasi chizig‘i yaqinida Odemvingini yiqtdi va 25 metrlardan Nigeriya jarima zarbasi tepadi |
| 15' | ![]() |
Benzema chap qanotda to‘pni qabul qilib oldi va uni jarima maydonchasiga yetkazib berdi,uni egallab olgan Jiru darvozaga zarba berayotganda himoyachi uni to‘sib qoldi |
| 13' | ![]() |
Bu orada Pogba bilan kurashda jarohat olgan Onazi maydondan olib chiqib ketildi |
| 12' | ![]() |
Kabay o‘ng qanotda burchakka yaqin joyda raqibni yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi |
| 10' | 10 daqiqaqa ortda qoldi, aytarli e’tibor tortadigan vaziyatlar sodir etilmadi | |
| 5' | Hozircha ikkala terma jamoa navbati bilan hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda, ikkala jamoa tarkibida ham himoyachilar aniqroq o‘ynashyapti | |
| 3' | ![]() |
Nigeriyaliklar o‘ng qanotdan burchak to‘pi tepishdi |
| 2' | ![]() |
Fransiya terma jamoasi a’zolari hujum uyushtirishga harakat qilib ko‘rishdi, Debyushining qanotdan jarima maydonchasiga oshirgan to‘pini himoyachilar qaytardi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
To‘pni o‘yinga nigeryailiklar kiritib berishadi |
| ' | AQShlik Mark Geyger o‘yinni boshqarib boradi. U hozir o‘yinni qaysi jamoa boshlab berishi haqidagi savolga oydinlik kirityapti | |
| ' | Fransiya va Nigeriya madhiyalari yangradi | |
| ' | Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|