JCH-2014, nimchorak final
| 1 iyul, soat 01:00. Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya | ||
GERMANIYaShyurrle (92)
O‘zil (119) |
2 : 1 |
JAZOIRJabu (120+1)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Noyer 4.Xyovedes 7.Shvaynshtayger 8.O‘zil 13.Myuller. 16.Lam (S) 17.Mertesaker 18.Kroos 19.Gyotse 20.J.Boateng 21.Mustafiy |
23.Mboliy 3.G‘ulom 4.Belkalem 5.Allish 8.Lasen 10.Feguliy 13.Sulaymoniy 15.Sudaniy 19.Taider 20.Mandiy 22.Mustafo |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| ' | ![]() |
Diqqat qiling: Chorak finalda Fransiya - Germaniya to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz! |
| ' | Yana bir dahshatli o‘yin yakuniga yetdi! Jazoir juda zo‘r o‘ynadi, nomdor raqibiga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Ammo Germaniya mahorat evaziga g‘alaba qozondi | |
| 120+3' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 120+3' | ![]() |
Vuuuuhhhhhh! O‘yinning eng so‘nggi soniyasida Majid Bugerra jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Noyer bu zarbani o‘tkazib yubora olmasdi, haqi yo‘q edi! |
| 120+1' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Jabu kuchli zarba bilan Noyer darvozasiga yo‘lladi! Eh, ikki daqiqa oldin O‘zilning goli bo‘lmaganidami a???!!! |
| 120+1' | ![]() |
GOOOOOLLLL!!! Jabu, 2:1!!!! |
| 120' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi! |
| 119' | ![]() |
O‘zil va Shyurrle to‘pni bir-birlariga uzatishdi va Andrening zarbasini himoyachi qaytardi. Qaytgan to‘pga yetib kelgan Mesut kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladi! |
| 119' | ![]() |
GOOOOOLLLLL!!! O‘zil, 2:0! |
| 118' | ![]() |
Germaniya 10-15 soniya orasida 2ta o‘ta xavfli hujum tashkil etishdi. Kramer to‘pni o‘ng qanotdagi O‘zilga uzatib, o‘zi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon bergan zarbasini Mboliy qaytarib qoldi. O‘zil esa darvozabonni ham aldab o‘tib, deyarli so‘nggi chiziq ustidan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi, to‘pni markaziy himoyachi qaytarib yubordi |
| 117' | ![]() |
Shyurrle o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va sherigiga to‘pni yetkazayotganida afrikalik futbolchi to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 116' | So‘nggi 5 daqiqa... | |
| 113' | ![]() |
Jazoir o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi. Jarima maydonchasi tomon yetkazilgan to‘pni Mertesaker bosh bilan qaytarib yubordi |
| 109' | ![]() |
Shvaynshtayger o‘rniga Kramer tushirildi |
| 108' | ![]() |
Jarima zarbasi yaxshi amalga oshirildi. Ammo afrikalik hujumchilardan hech bir to‘pga yeta olmadi, Noyer to‘pga ega chiqdi |
| 107' | ![]() |
Filip Lam ogohlantirish oldi. Jarima zarbasi |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar tomoq xo‘llashadi, darvozalarni almashishadi va yana 15 daqiqa. Jazoir hali taslim bo‘lgani yo‘q! | |
| 105+1' | ![]() |
Hakamning xushtagi yangradi. |
| 105' | ![]() |
Bir daqiqa qo‘shib berildi |
| 104' | ![]() |
Xedira chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasining orqaroq tomoniga uzatdi. To‘p nemislarga emas, afrikaliklarga nasib etdi |
| 103' | ![]() |
Lyov jamoasi burchak to‘pi ishladi |
| 101' | ![]() |
Vuuuuhhh, Jazoir burchak to‘pidan keyin gol urishiga sal qoldi. Mustafoning zarbasi shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 100' | ![]() |
Sudaniy o‘rniga Jabu o‘yinni davom ettiradi |
| 99' | ![]() |
Myuller 23 metrlardan to‘pni darvozaning olis burchagiga aylantirdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 98' | ![]() |
Feguliy chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yaqiniga ochilayotgan Sulaymoniyga uzatdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi |
| 97' | ![]() |
Jarohat olgan Allish o‘rniga Majid Bugerra tushirildi |
| 96' | ![]() |
O‘zil deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayoganida o‘zi zarba berish o‘rniga Allishni aldashga qaror qildi, ammo himoyachi to‘pni undan olib qo‘ydi |
| 95' | ![]() |
Myuller jarima maydonchasi chizig‘i ustida yo‘llagan zarbasiga himoyachi oyoq qo‘yib qoldi |
| 92' | ![]() |
Jazoirliklar chap qanotda to‘pni yo‘qotishdi va nemislar o‘sha qanotdan hujum tashkil qilishdi. Myuller yetkazib bergan to‘pni Shyurrle tavani bilan darvozaga yo‘lladi. Mboliy zarba yo‘nalishini ko‘rmay qoldi |
| 92' | ![]() |
GOOOOLLLL!!! Shyurrleeee, 1:0! |
| 91' | ![]() |
Uchinchi bo‘limni Germaniya boshlab berdi |
| ' | Kushimcha bo‘limlarni ko‘ramiz. Yana 30 daqiqa | |
| 90+5' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin to‘pni Rays Mboliy egallab oldi! HAkamning xushtagi yangradi. Asosiy vaqt yakunlandi. Hisob - 0:0! |
| 90+4' | ![]() |
Shyurrle o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Lam to‘pni darvozaga yo‘llashga tayyor edi! Allish to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi |
| 90+3' | Overtaym ko‘radiganga o‘xshaymiz. | |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Germaniyaning qarshi hujumi o‘ta xavfli bo‘ldi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Shvaynshtayger bosh bilan xotirjam zarba berdi! Mboliy aqlbovar seyv bilan to‘pni egallab oldi |
| 89' | ![]() |
Bugun Noyer so‘nggi himoyachi vazifasini juda yaxshi bajarmoqda! Manuel yana SUlaymoniyga nisbatan tezroq yugurdi va to‘pni tepib yubordi. |
| 88' | ![]() |
Nemislar allambalo uslubda jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kimdir u yoqqa yugurdi, kimdir yiqilib tushdi... Yakunda to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan O‘zilga jonli devorning ustidan yetkazilmoqchi bo‘lindi. Ammo to‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 85' | ![]() |
Allishga tibbiy yordam ko‘rsatishga 1 daqiqa ketgandi. Endi Feguliy o‘zini to‘p yo‘liga qo‘rg‘on qildi. To‘p uning qo‘liga tekkani uchun Richchi jarima zarbasi belgiladi |
| 84' | ![]() |
Afrikaliklar tezkor qarshi hujumga o‘tishayotganida to‘pni yo‘qotishdi. O‘zil darvozabon maydonchasi tomon to‘pni uzatayotganida, to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 83' | ![]() |
Jazoir chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Nemis himoyachilari to‘pni Sulaymoniygacha o‘tishiga yo‘l qo‘yishmayapti |
| 82' | ![]() |
VUUUUH, MYULLEEEER! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Tomas jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundi, bir himoyachini aldab o‘tdi, ammo so‘nggi zarbani darvoza tomon aniq yo‘llay olmadi! |
| 81' | ![]() |
Jazoirliklarning qarshi hujumi esa samara keltirmadi |
| 80' | ![]() |
VUUUUUHHHH! Germaniya! Vuuuuh, MBOLIY! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Myuller bosh bilan kuchli zarba berdi. Zarbani Mboliy qaytardi. Qaytgan to‘pga Shyurrle zarba berdi. Bu safar himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 79' | ![]() |
Myuller o‘ng qanot bo‘ylab himoyachilardan juda chiroyli o‘tib ketdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Shveynshteyger bosh bilan bergan zarba olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 76' | ![]() |
Jazoirda futbolchi o‘zgartirildi. Teyder o‘rniga Brahimiy tushirildi |
| 75' | ![]() |
Jazoir 2ta xavfli hujum tashkil qildi. Dastlab Sulaymoniyning kuchli zarbasini Noyer egallab oldi. Keyingi vaziyatda esa Boateng yaxshi o‘ynab, ikkiga-ikki vaziyatda to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 74' | ![]() |
To‘p yon qanotdan o‘yinga kiritilganidan keyin Feguliy zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 74' | ![]() |
Sudaniy Boatengdan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib borayotganida himoyachiga urilib yiqilidi. O‘yin qoidasi buzilmadi deb topildi. |
| 73' | ![]() |
Jarima zarbasini jazoirliklar qaytarishdi. Qayta tashkil etilgan hujum paytida Andre Shyurrle jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Mboliy to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Myullerga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi |
| 71' | ![]() |
Olis masofadan Sulaymoniy tomon yetkazilgan to‘pga Noyer jarima maydonchasini tashlab chiqdi va bosh bilan to‘pni urib yubordi |
| 70' | ![]() |
MUstafiy o‘rniga Sami Xedira tushirildi |
| 68' | ![]() |
Germaniya safida arabcha familiyaga ega bo‘lgan Mustafiyga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 64' | ![]() |
G‘ulom to‘pni chap qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatdi. Boateng to‘pni qaytarib qoldi |
| 62' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi |
| 61' | ![]() |
Nemislar burchak to‘pi ishlashdi |
| 60' | ![]() |
Shyurrle o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p bir necha himoyachilardan o‘tib ketdi, ammo Myullerga kelib tushishidan oldin so‘nggi himoyachi uni qaytarib qoldi |
| 58' | ![]() |
Jazoirning ikkinchi bo‘limdagi kamsonli hujumlaridan biri. Feguliy to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berdi. HImoyachilar qaytarishdi |
| 54' | ![]() |
VUUUUHHH! Germaniyaliklar to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Myullerga uzatishdi va Tomas to‘pn Lamga qoldirdi. Jamoa sardorining zarbasi Mboliyning barmoqlariga tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Posbonning qo‘liga tegmaganda, to‘p "to‘qqizlik"ka kirishi mumkin edi |
| 49' | ![]() |
Jazoir qarshi hujumga o‘tdi va 4 hujumchi 4 himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Nemislar xavfni bartaraf etishdi! |
| 47' | ![]() |
Germaniya ikkita xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Shyurrle to‘pni Lamga uzatdi va o‘zi jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Sulaymoniyning oyog‘iga tegib, darvozabonning ustidan oshib, darvoza ustuni yonida o‘tib ketdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga esa Mustafiy bosh bilan kuchli zarba yo‘lladi. Mboliy to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Germaniyada o‘zgarish yuz berdi. Gyotse o‘rniga Shyurrle tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa |
| 44' | ![]() |
Kroos olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 41' | ![]() |
Ohohoho!!! Endi Rays Mboliy vaziyat qahramoniga aylandi! Nemis yarim himoyachilaridan biri yo‘llagan kuchli zarba Mboliyga tegib qaytdi va Gyotsega nasib qildi. Hujumchining birga-bir vaziyatda tepgan to‘pni Mboliy qorni bilan qaytarib qoldi! |
| 39' | ![]() |
UUUUHHHHHHH, G‘ulom 23 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p germaniyalik himoyachilardan biriga tegib, shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 37' | ![]() |
O‘zil olis masofadan zarba yo‘llaydi. Mboliy to‘pni oyoqlari bilan qaytarib qoldi |
| 35' | ![]() |
Mustafiy o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi va Myuller bosh bilan zarba berdi. Noaniq biroz |
| 34' | ![]() |
Germaniya to‘pni to‘liq nazorat qilmoqda. Ammo afrikaliklarning hujumi xavfli bo‘lmoqda. Sudaniy chap qanotdan to‘pni qabul qilib oldinga o‘tayotganidan ofsayd qayd etildi |
| 31' | ![]() |
Jazoir o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab oldi va qarshi hujum tashkil qildi. Gyotse Feguliyga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi Darvozagacha 22 metrlardan "standart" |
| 28' | ![]() |
Jazoirliklar yana bir marta Noyer va Germaniya himoyachilarini taxlikaga solishdi. Manuel jarima maydonchasini tark etishga va to‘pni uzoqlashtirishga majbur bo‘ldi |
| 24' | ![]() |
O‘zilning navbatdagi uzatmasidan keyin darvozabon to‘pni darvoza ustdan oshirib yubordi |
| 23' | ![]() |
O‘zil o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p uchun kurashda Myuller himoyachidan ustun keldi, ammo zarba ancha noaniq bo‘ldi |
| 19' | ![]() |
Ohohoho, Jazoir!!! Afrikaliklar chap hujumni chap qanotga ko‘chirishdi va G‘ulom darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi! Olis burchakka yo‘llangan kuchli zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. G‘ulom to‘pni sheriklaridan biriga yetkazsa ham bo‘lardi |
| 17' | ![]() |
VUuuuhhhh, Sulaymoniy juda chiroyli gol sohibiga aylandi. QAnotdan yetkazilgan to‘pni u bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Biroq to‘p uzatilayotgan paytda hujumchi ozgina ofsaydda qolishdi. Hakamlar buni payqashdi |
| 14' | ![]() |
Vuuuuuh, Feguliy! U jarima maydonchasiga kirib keldi va 3 nafar himoyachi orasida o‘tib kelib, o‘tkir burchak ostida sheriklariga to‘ni aniq yetkaza olmadi! |
| 14' | ![]() |
Bastian 25 metrlardan kuchli zarba berdi! Mboliy to‘pni yuqoriga urib yuborib, keyin qayta qabul qilib oldi! |
| 10' | ![]() |
Burchak to‘pi esa nemislar uchun xavfli bo‘lmadi |
| 9' | ![]() |
Vuh, Jazoir! Afrikaliklar to‘pni maydon markazidan qochib ketgan Sulaymoniyga yetkazishdi. Noyer o‘z jarima maydonchasini tashlab chiqdi va hujumchi uni aldab o‘tib, qanotdagi chiziq yonidan to‘pni darvozaga yo‘llamoqchi bo‘lganida Germaniya posboni to‘pga oyog‘i bilan tashlandi va to‘p maydonni tark etdi |
| 7' | ![]() |
O‘zil - Mustafiy kombinasiyasidan so‘ng jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Myuller tomon yetkazilgan to‘pni Rays Mboliy egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Lam o‘ng qanotda oldinga o‘tayotgan Mustafiy tomon to‘pni yetkazdi. Hakam bayroqchasini ko‘tardi. Takroriy lavha ofsayd yo‘qligini ko‘rsatdi. Germaniya yaxshi imkoniyatdan mahrum bo‘ldi |
| 2' | Odatdagi o‘yin debyuti. Barcha xushyor | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | O‘yinni nemislar boshlab beradigan bo‘lishdi | |
| ' | Madhiyalar yangramoqda | |
| ' | Bugungi o‘yinni mezbon hakam Sandro Richchi boshqarib boradi | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 7 daqiqa qolganida jamoalarning maydonga chiqish kelishiga ruxsat beriladi | |
| ' | Germaniya va Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn ravishda kuzatib borishga barchangizni taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli muxlislar |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|