Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

O‘zbekiston kubogi, yarim final

javob o‘yini, 1 iyul, soat 19:30. Bosh hakam: Valentin Kovalenko

PAXTAKOR

Akbar Ismatullayev (9)
Igor Sergeev (80)

2 : 2

LOKOMOTIV

Farhod Tojiyev (47, (61)
JAMOALAR TARKIBI
12.A.Lobanov
23.A.Merzlyakov
2.E.Krimes
4.B.Miladinovich
24.D.Hoshimov
5.A.Ismatullayev
29.V.Kozak
7.K.Maxaradze (s)
10.J.Iskanderov
36.J.Masharipov
11.I.Sergeev
  1.I.Nesterov
2.I.Suyunov
4.B.Yo‘ldoshev
20.I.To‘xtaxo‘jayev (s)
24.I.Rahimov
17.S.Mustafoyev
18.F.Musayev
88.L.To‘rayev
77.J.Hasanov (kat)
16.J.Hasanov (kich)
10.Farhod Tojiyev
ZAHIRA
N.Ribkin
SH.Karimov
T.Hakimov
J.Boltaboyev
A.Soliyev
K.Tojiyev
J.Sohibov
  26.S.Karimov
7.S.Abdullayev
8.A.Xolmatov
12.S.Rahmonov
21.K.Abramov
41.Q.Ro‘ziyev
99.V.Shevchenko

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. JCh o‘yinlari bor kunga kubok o‘yinini belgilagan PFLga rahmat aytib Argentina - Shveysariya o‘yiniga o‘tamiz. STADIONda qoling!
90+4'
O‘yin tugadi. 2-2! Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Lokomotiv" finalga yo‘l oldi
90+3'
Jasur Hasanov o‘rniga Sardor Rahmonov tushdi
90+1'
Paxtakor burchak to‘pi tepdi, himoyachilar qaytarishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga to‘rt daqiqa qo‘shib berildi
90'
Islom To‘xtaxo‘jayev ogohlantirildi
89'
Burchakdan Hasanov to‘g‘ri darvozaga zarba berdi, himoyachiga tekkan to‘pni Lobanov egallab bo‘ldi
89'
Lokomotiv burchak to‘pi tepadi
88'
Lokomotiv hujumini To‘rayev noaniq zarbasi bilan yakunladi
85'
Iskandarov qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga oshirib berdi, to‘pga hammadan balan sakragan Sergeev zarba berdi, bir oz noaniq
84'
Akbar Ismatullayev ogohlantirildi
83'
Lokomotiv futbolchilari jarimadan to‘pni o‘yinga kiritishadi
80'
Chap qanotda xatoga yo‘l qo‘ygan himoyachilar Merzlyakovni o‘tkazib yuborishdi va Merzlyakovning jarima zarbasiga aniq oshirgan to‘pini Igor Sergeev qiyinchiliksiz Nesterov darvozasiga yo‘lladi
80'
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!!! SERGEEEEEEEEEEEEEEEVVVVVVVVVVVV
78'
Egor Krimes o‘rniga Jamshid Boltaboyev tushirildi
77'
Farxod Tojiyev o‘rniga Vyacheslav Shevchenko tushirildi
77'
Davron Hoshimov ogohlantirildi
75'
Siz Argentina va Shveysariya o‘yinini ko‘rishni boshalagan vaqtingizda bizda hisob 1-2 va o‘yin davom etadi
70'
Kaxi Maxaradze o‘rniga Sherzod Karimov maydonga tushdi
68'
Jarohat olgan kichik Jasur Hasanov o‘rniga Sadriddin Abdullayev maydonga chiqdi
66'
kichik Jasur Hasanov to‘p uchun kurashda yiqildi va shifokorlar unga yordam ko‘rsatishdi
64'
Farxod Tojiyev ikki raqib orasidan to‘pni odirib qo‘ydi va alamzadalik bilan Miladonovichga tashlanib uni yiqitdi va ogohlantirildi
61'
Chap qanotdan katta tezlikda raqibni aldab o‘tgan katta Jasur Hasanov qiynalmasdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni Tojiyevga oshirdi, Farxod Tojiyev bunday imkoniyat qo‘ldan boy beradigan hujumchi emas va kuchli zarba bilan Lobanovni dog‘da qoldirdi.
61'
GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!!! TOJIYEEEEEEEEEEEEVVVVVVVVVVVVVV
58'
"Lokomotiv" futbolchilari to‘p uchun kurashda o‘zlariniyam, raqibniyam ayamasdan harakat qilishmoqda
54'
Jaloliddin masharipov o‘rniga Anvarjon Soliyev tushdi
53'
Katta tezlikda yonidan o‘tib ketayotgan futbolchini qo‘oi bilan ushlab yiqitgani uchun Ilhom Suyunov ogohlantirildi
50'
Paxtakor burchak to‘pi tepdi, Iskandarovning oshirib bergan to‘piga Sergeev bosh bilan zarba berdi va to‘p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi, qaytgan to‘pni himoyachilar to‘pni qaytarishdi
49'
Endi "Paxtakor" futbolchilari finalga chiqishlari uchun ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishlari shart, "Lokomotiv" esa bugungi o‘yinda durang qilsa yoki bitta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lsa ham finalga yo‘l oladi
48'
Ismatullayev jarima zarbasini ijro etdi, maxaradze jarima maydonchasi ichida yiqildi, aynan uning o‘zi yiqilgani uchun hakam penalti belgilamadi
47'
maydon markazidan hujum tashkil qilgan "Lokomotiv" futbolchilari, Tojivga to‘pni yetkazib berishdi va Farxod kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
47'
GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL! TOJIYEEEEEEEEEEEEVVVVVVVVVV
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va hozir ikkinchi bo‘lim boshlanadi
'
Xozircha hisob 1-0 "Paxtakor" oldinda. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra 1-1. Futbolchilar tanaffusga chiqishdi, biz esa paxtakor markaziy stadionida chipta sotib olgan omadli chipta egalarini aniqlab olamiz. Lotoreya!
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+1'
Fozil Musayev 18 metrlardan darvozaga zarba berdi bir oz noaniq
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
42'
Egor Krimes qo‘pol o‘yini uchun ogohlantirildi
40'
Maydon markazini bosib o‘tgan Ilhom Suyunov o‘ttiz besh metrlardan darvozaga zarba berib, zerikib qolgan Lobanovni sergaklantirdi
37'
Davron Hoshimov 20 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba berdi, avvaliga to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborgan Nesterov uni qayta egallab olldi
36'
Masharipovga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun Salim Mustafoyev ogohlantirildi
31'
Lokomotivning o‘ta xavli hujumi! Tojiyev va Hasanov chiroyli kombinasiya tashkil etishid, Jasurning pasidan so‘ng Lobanov bilan birga bir vaziyatda qolgan Tojiyev darvozabonning o‘ziga qaratib to‘pni tepdi va Lobanov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
27'
jamshid Iskandarov raqibning bir yo‘la to‘rt futbolchisini aldab to‘pni sherigiga oshirdi va bu muxlislarning olqishiga sabab bo‘ldi
24'
Paxtakor futbolchilari raqibga nisbatan keskin o‘ynashmoqda, maydon markazida yana jarima zarbasi
22'
Lutfulla To‘rayevga nisbatan Maxaradze o‘ta qo‘pol o‘ynadi, hakam uning sariq kartochkasi borligi uchun ayashga qaror qildi
21'
Jarima zarbasini Jasur Hasanov ijro etdi va himoyachilar xavfni bartarf etdi
20'
To‘p uchun kurashda davron Hoshimov raqibga tirsagi bilan zarba berib yubordi va hakam o‘yin qoidasi buzilgani sabali jarima maydonchasi chizig‘i yaqinida jarima zarbasi belgiladi
18'
Katta Jasur Hasanovga nisbatan maydon markazida qo‘pol o‘ynalgani sababli Kovalenko jarima zarbasi belgiladi
14'
Jaloliddin Masharipov burchak to‘pi ishladi
12'
O‘ng qanotda "Lokomotiv" futbolchisi yiqitildi va jarima zarbasi belgilandi, samarsiz
11'
Gol o‘tkazib yuborgandan so‘ng "Lokomotiv" futbolchilari jonlanib qolishdi
9'
Jarima zarbasidan Akbar Ismatullayev to‘pni aniq darvozaga yo‘llab hisobni ochdi
9'
GOOOOOLLLLLLLLL! AKBAAAAAAARRRRRRRR
7'
Chap qanotdan Lokomotivchilar "Paxtakor" a’zosiga nisbatan qo‘pol o‘ynashdi va jarima to‘pi
6'
Maxaradze Jasur Hasanovga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi
5'
UXXXXX!!! Paxtaokr maydon markazida to‘pni egalla oldi va Iskandarovning pasidan so‘ng Serggev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, Nesterov aniq harakat qildi
4'
Hozircha dastlabki daqiqalarda tashabbus Paxtakor tomonida
3'
Hoshimov va Iskandarov qanotda yaxshi o‘ynab, to‘pni jarima maydonchasi ichiga yetkazib berdi, Sergeev to‘pga boshi bilan bir oz kuchli zarba berib yubordi
1'
Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq hujumga o‘tgan paxtakorchilar offsaydda qolib ketishdi
1'
O‘yinni Paxtaokr futbolchilari boshlab berishdi
'
Kovalenko sardorlar bilan o‘yinni kim boshlab berishi haqida kelishib oldi
'
O‘yinni boshlash uchun hamma narsa tayyor va futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Bugungi o‘yinni FIFA toifasidagi hakam Valentin Kovalenko boshqarib boradi
'
Hozircha 31-32,35-36 sektorlar muxlislar bilan deyarli to‘lib bo‘ldi
'
Jamoalar chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda
'
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvida "Lokomotiv" o‘z maydonida 1-0 hisobida g‘alaba qozongan
'
Biz sizning e’tiboringizga ushbu sahifada poytaxtning ikki jamoasi "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi yarim final javob bahsini havola etamiz
'
Bugun O‘zbekiston kubogining yarim final javob uchrashuvlari Toshkent hamda Qarshi shaharlarida o‘tkaziladi
'
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.