Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

O‘zbekiston kubogi, yarim final

javob o‘yini, 1 iyul, soat 20:00. Bosh hakam: Baxtiyor Namozov

NASAF

Artur Gevorkyan (27-pen.)

1 : 1

BUNYODKOR

Vohid Shodiyev (95)
JAMOALAR TARKIBI
25.Suyunov
4.M.Karimov
5.Qorayev
9.Shomurodov
10.To‘rayev
17.Gevorkyan (S)
20.Boydullayev
23.A’zamov
28.Muhammadiyev
32.H.Karimov
34.Sayfiyev
  1.To‘rayev
2.Shorahmedov
4.Karimov (S)
6.G‘ofurov
8.Ibrohimov
9.Sato
11.Pishur
21.Rashidov
27.Sobirxo‘jayev
33.Zoteev
48.Komilov
ZAHIRA
30.Yusupov
7.Baxritdinov
14.Ubaydullayev
19.Taran
27.Yunusov
33.Hamrobekov
41.Allaniyozov
  1.Bugalo
5.Jo‘rayev
10.Berdiyev
14.Shodiyev
15.Inomov
19.O‘rinboyev
28.Hamdamov
SARIQ KARTOCHKA
Farrux Sayfiyev (53)
 
Akram Komilov (19)
Oleg Zoteev (53)
Javlon Ibrohimov (69)
Zabihillo O‘rinboyev (72)
QIZIL KARTOCHKA
Hamza Karimov (90)
 
Zabihillo O‘rinboyev (90)

Matn

'
Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi final bahsida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari kuch sinashishadi.
120'
Texnik nosozlik tufayli translyasiyamiz uzilib qoldi. O‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi va "Bunyodkor" O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi
100'
Artur Gevorkyanning jarima zarbasidan yo‘llagan to‘pi noaniq chiqdi.
99'
"Nasaf" tarkibida o‘zgarish: Botir Qorayev o‘rniga Azamat Allaniyozov maydonga tushdi.
95'
Ibroximov to‘pni Shodiyevga uzatdi. Vohid darvozabonni aldab o‘tib, o‘tkir burchakdan darvozani aniq nishonga oldi - 1:1.
94'
Gol!! Vohid Shodiyev, hisobni tenglashtirdi 1:1
91'
Uchinchi taym boshlandi.
'
Har biri 15 daqiqadan iborat 2ta qo‘shimcha bo‘limlar o‘ynaladi.
90+5'
Asosiy vaqt tugadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob - 1:1.
90'
Zabihillo O‘rinboyev va Hamza Karimov hakam tomonidan maydondan chetlatilishdi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi.
88'
Kenja To‘rayev uzoqdan uzatilgan to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytarishga ojiz edi. Ammo zarba noaniq.
82'
Erkin Boydullayevning 30 metrlar uzoqlikdan kutilmagan yo‘llagan kuchli zarbasini Akbar To‘rayev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
79'
Boydullayev ajoyib pasi bilan To‘rayevni oldinga birga bir chiqardi. Hujumchimizning darvozabon ustidan oshirib yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi
77'
Bunyodkor tarikbida o‘zgarish. Sardor Sobirxo‘jayev o‘rniga Dilshod Jo‘rayev maydonga tushdi.
77'
Gevorkyan-Muhammadiyev kombinasiyasidan keyin Shuhratning chap oyoqda bergan zarbasi o‘xshamadi.
76'
Yana "Nasaf" gol urishga yaqin edi. Gevorkyanning yaqin masofadan o‘tkir burchakdan yo‘llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.
75'
"Nasaf"ning havfli hujumi. Gevorkyanning chiroyli pasidan keyin Kenja To‘rayev to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llashga urinishi samarali chiqmadi
73'
"Nasaf" tarkibida o‘zgarish: Ilhom Shomurodov o‘rniga Ilhom Yunusov maydonga tushdi.
72'
Zabihillo O‘rinboyev hakamga e’tiroz bildirigani uchun ogohlantirildi.
70'
Darvozagacha chamasi 22 metrlardan belgilangan to‘pni Gevorkyan darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni oldidan o‘tib ketdi.
69'
Javlon Ibrohimov jarima maydonchasiga kirib borayotgan Kenja To‘rayevga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va ogohlantirish oldi
68'
"Bunyodkor" tarkibida o‘zgarish. Oleksandr Pishur o‘rniga Vohid Shodiyev maydonga tushdi.
67'
Uchrashuvni 8773 nafar tomoshabin bevosita stadiondan turib tomosha qilmoqda.
57'
Zabihillo O‘rinboyev bu yil "Bunyodkor"ning asosiy tarkibida o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazmoqda.
56'
"Bunyodkor" tarkibida ilk o‘zgarish. Oleg Zoteev o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev maydonga tushdi.
53'
Bir-birlari bilan tortishgani uchun Sayfiyev va Zoteevga ogohlantirish ko‘rsatildi.
50'
Akramjon Komilovning chap qanotdan uzatgan pasini himoyachilar qaytarishdi. Burchak zarbasi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
"Bunyodkor" klubi Tvitter sahifasi xabar berishicha, o‘yinning 1-daqiqasidayoq Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan golni bekor qilgan hakamlar, xatoga yo‘l qo‘yishgan. To‘p uzatilayotgan paytda Rashidov ofsaydda bo‘lmagan ekan. Qanot hakami Gaynulin xatoga yo‘l qo‘ydi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘zbekiston kubogi. Yarim final. Javob uchrashuvi. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:0
45+1'
Sardor Rashidov tomonidan qoyilmaqom jarima to‘pini Suyunov qiyinchilik bilan qaytardi.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
40'
Javlon Ibrohimov uch futbolchidan o‘tib ketdi va zarba berishga qulay vaziyat hosil qildi. Biroq u to‘pni sherigiga oshirishni afzal ko‘rdi.
37'
Yana "Nasaf"ning xavfli hujumi. Gevorkyan o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib Kenja To‘rayevga uzatdi. Kenjaning zarbasi noaniq.
35'
Sobirxo‘jayev sherigi Zoteev bilan "devor" uslubida o‘ynab, darvozaga zarba berdi. Suyunov to‘pni egallab oldi.
35'
"Bunyodkor"ning davomli hujumi Rashidovning yerlatib bergan zarbasi bilan yakunlandi. Suyunov to‘pni egallab oldi.
34'
Erkin Boydullayevning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
32'
Gevorkyan maydon markazidan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Shomurodovning boshi bilan bergan zarbasini To‘rayev egallab oldi.
28'
Yana "Nasaf"ning tezkor hujumi. Gevorkyan uzatib bergan to‘pni Kenja To‘rayev darvozaga yo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ydi...
27'
GOL! Artur Gevorkyan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi 1:0.
25'
"Nasaf"ning navbatdagi hujumi paytida Akmal Shorahmedov Farruh Sayfiyevga nisbatan "korpus" o‘ynadi va raqibini yiqitdi. PENALTI!
20'
"Nasaf"ning hujumi. Shomurodov boshi bilan to‘pni sherigi Kenja To‘rayevga uzatdi. Kenjaning kuchli zarbasi noaniq chiqdi.
19'
Akram Komilov maydon markaziga yaqin joyda Gevorkyanga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.
16'
Sardor Rashidovning burchakdan oshirgan to‘piga Pishur boshi bilan zarba berdi. Birozgina noaniq.
15'
Shorahmedovning pasidan so‘ng Zoteev boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘llashga tayyor edi. So‘nggi lahzada Muhammadiyev to‘pni qaytardi.
13'
Chap qanotdan yorib kirgan Farruh Sayfiyev uzoq burchakka zarba berdi. Akbar To‘rayev to‘pni qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi.
12'
Maydonda keskin kurash kechmoqda. To‘p egallani bilan har ikkala jamoa a’zolari oldin intitilishmoqda.
9'
"Nasaf"ning o‘ta xavfli hujumi. Muhammadiyevn yetkazib bergan to‘pni Kenja To‘rayev chamasi 5-6 metrlardan darvozaga yo‘lladi. G‘ofkrov to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi. O‘yindagi eng havfli vaziyatni yuzaga keltirishdi mezbonlar.
7'
"Bunyodkor" hozircha maydonda ustunlik qilmoqda. "Qaldirg‘ochlar"ga to‘p tushishi bilan hujumga tezkor o‘tishmoqda.
6'
Rashidov chiroyli pas oshirdi. Suyunov to‘pga chiqishda xatolikka yo‘l qo‘ydi. Pishur esa boshi bilan to‘pni darvozaga to‘g‘riladi. So‘nggi lahzada Suyunov to‘pni egallab oldi.
4'
Bunyodkor" futbolchilari burchakdan to‘pni o‘yinga kiritishdi. Ikkinchi urinishda Suyunov to‘pni egallab oldi.
1'
Uchrashuv mehmonlarning hujumi bilan boshlandi. Sardor Rashidovning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘ridan o‘rin oldi. Ammo ofsayd...
1'
O‘yin boshlandi!
'
Qarshi shahridagi Markaziy stadion maydoniga PFL madhiyasi sadolari ostida "Nasaf" va "Bunyodkor" a’zolari chiqib kelishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.