Ispaniya La-ligasi
| 10-tur. 26.10.2013. 21:00 | ||
BARSELONANeymar (19)
Sanches (79) |
2 : 1 |
REAL MADRIDXese (90)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Valdes Dani Alvesh Maskerano Pike Adriano Xavi Fabregas Buskets Inyesta Neymar Messi. |
Diyego Lopes Ramos Karvaxal Pepe Marselo Varan Beyl Di Mariya Xedira Modrich Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
Pedro Song Sanches Puyol Montoyya Pinto Xose Roberto |
Rodriges Benzema Ilyaramendi Arbeloa Koentrau Isko Kasilyas |
|
Matn
| ' | E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! | |
| ' | Bitta ko‘p gol urgan "Barsa" g‘alaba qozondi va "Real" bilan ochkolar o‘rtasidagi farqni 6 ochkoga yetkazdi. | |
| ' | Har ikkala jamoa bosh murabbiylari foydali o‘yinchi almashtirishni amalga oshirishdi | |
| ' | Madrid esa o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Shuningdek, jamoalar 4 kun avval qiyin uchrashuvni o‘tkazishgani sezilib turdi. | |
| ' | Bugun "Barselona" raqibga nisbatan biroz yaxshiroq o‘ynadi. Ammo g‘alabani o‘ta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritdi. | |
| 90+4' | ![]() |
Ushbu vaziyatda esa hakamning xushtagi chalinib, o‘yin yakunlandi! |
| 90+3' | ![]() |
Messi va Xavi jarima maydonchasining o‘ng qanotida jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Leonel kutilmaganda oldinga intildi va o‘tkir burchak ostida Diyego Lopes bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, to‘pni orqaroqdagi Dani Alveshga uzatdi. Braziliyalik futbolchining zarbasi esa madridlik futbolchilardan biriga tegdi. |
| 90+1' | Ronaldu jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lmoqda! U chap qanotdan tezkor qarshi hujum uyushtirdi hamda markazda ochilayotgan Xeseni payqab, to‘pni unga yetkazdi. Yosh hujumchi esa kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! | |
| 90+1' | ![]() |
Goooool! "Real" bitta javob to‘pi urishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
Xedira hisobdagi farqni bittaga qisqartirishi mumkin edi!!! Mehmonlar standartni tezda amalga oshirishdi. Jarima maydonchasining chap qanotidagi Xediraga to‘p yetkazildi. U esa o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va to‘pni darvozaning olis burchagi tomon yo‘lladi. Ammo VAldes to‘pni qaytardi. |
| 84' | ![]() |
Neymar o‘rniga Pedro Rodriges tushirildi. |
| 83' | ![]() |
Alvesh "Real" darvozasiga uchinchi golni urishi mumkin edi. U o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi. Ammo birga-bir vaziyatda Diyego Lomesni dog‘da qoldira olmadi! |
| 81' | ![]() |
"Real" hujumga otlanmoqda. Ronaldu to‘pni o‘ng qanotdagi Xesega yetkazdi. Uning jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pini Song bosh bilan bartaraf etdi |
| 80' | ![]() |
Ronaldu yo‘q joydan ogohlantirish oldi |
| 79' | Neymar maydon markaida qisqa paslardan keyin to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Sanchesga yetkazdi. U esa bir himoyachidan o‘tib ketib, Varanga ro‘baro‘ keldi. Chililik futbolchi Varanni aldashga harakat qilmadi. Aksincha to‘pni himoyachining ham, darvozabonning ustidan o‘tkazib, hisobni 2:0ga yetkazdi. | |
| 79' | ![]() |
Goool! Aleksis Sanches! 2:0. |
| 77' | ![]() |
Mezbonlarda ham futbolchi almashdi. Inyesta o‘rniga Aleksandr Song tushdi |
| 76' | ![]() |
"Real"ning so‘nggi almashtirishi. Di Mariya o‘rniga Xese tushdi |
| 75' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Messi darvoza tomon zarba bermoqchi edi, "Real" himoyachilari bunga yo‘l qo‘yishmadi |
| 74' | "Barselona" charchadi yoki kuchini tejamoqda. Madrid ancha jonli o‘ynamoqda | |
| 72' | ![]() |
"Barselona"ni goldan darvoza to‘sini qutqarib qoldi. Modrich to‘pni Benzamaga yetkazdi. U esa darvoza tomon o‘girildi va kuchli zarba yo‘lladi. To‘pning to‘singa tegishi natijasida chiqqan ovoz Madridgacha eshitildiyov... |
| 71' | ![]() |
Bahsli vaziyat! Benzema uzatma orqali Ronalduni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga boshladi. Krishtianu esa Maskerano bilan to‘qnashuvdan keyin yiqildi. Referining xushtagi jim |
| 70' | ![]() |
"Barselona" tarkibida ilk futbolchi almashtirish. Fabregas o‘rniga Sanches tushirildi. |
| 69' | ![]() |
Marselo chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Karim Benzema bosh bilan zarba berdi. Noaniq. Boz ustiga Karim ofsaydda qolib ketgan ekan |
| 66' | Di Mariya yaxshi imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Sheriklari unga ajoyib pas uzatishgandi. Anxel jarima maydonchasi yoyi ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysindira olmadi. Valdes to‘pga ega chiqdi. | |
| 65' | Ikkinchi bo‘lim ancha jonli o‘tmoqda. Tomonlarning qarama-qarshi hujumlar ostida | |
| 64' | ![]() |
Marseloga sariq kartochka. Raqib hujumini to‘xtatib qolgani uchun |
| 61' | ![]() |
Anchelotti ikkinchi o‘zgarishga qo‘l urdi. Beyl o‘rniga Benzema maydonga tushdi. Ronaldu chap qanotga o‘tib, Karim hujumda o‘ynaydi |
| 59' | ![]() |
Inyesta qarshi hujumga o‘tib ketayotganida Xedira uni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Germaniyalik futbolchiga sariq kartochka |
| 59' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Pike to‘pni bosh bilan qaytarib yubordi. Di Mariya esa darvoza tomon zarba berdi. Valdes o‘z o‘rnida! |
| 58' | ![]() |
Endi esa Neymarning holatiga o‘xshash vaziyatda Ronaldu zarba berdi!!! O‘ziga yetkazilgan to‘pni portugaliyalik futbolchi darvoza tomon yerlatib tepdi. Valdes esa to‘pni oyoqlari bilan qaytardi. To‘p havoga ko‘tarilib, maydonni tark etdi. |
| 56' | Pepe to‘pga zarba beraman deya Fabregasning orqasidan tepib yiqitdi. BU vaziyat jarima maydonchasi ichida ro‘y berdi. Penalti yo‘q. | |
| 56' | ![]() |
Serxio Ramos o‘rniga Illaramendi tushdi. |
| 53' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Diyego Lopesning ishonchli o‘yini tufayli Neymarga dublni nishonlash nasib etmadi. Braziliyalik futbolchi tomon uzatilgan diagonal pasdan keyin Neymar darvozaning yaqin burchagiga zarba yo‘lladi. Lopes to‘pni egallab oldi. |
| 51' | ![]() |
"Real"ning xavfli hujumi! Xedira jarima maydonchasiga chap qanotdan kirib keldi va to‘pni o‘ng tomonda ochilgan Beylga uzatdi. U bosh bilan to‘pni Ronalduga yetkazmoqchi bo‘lganida himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 50' | Madrid pressingga e’tibor qaratayotgan bo‘lsa-da, to‘p kataloniyaliklarda hozircha | |
| 49' | Dani Alvesh o‘ng qanotda Pepega yutqazdi. Boz ustiga o‘yin qoidasini ham buzdi | |
| 47' | Ramos Inyesta oyog‘ining orqa tomonidan tepgan vaziyat janjalga aylanib ketishga sal qoldi. Hammasi joyida | |
| 46' | ![]() |
Madrid burchak to‘pi ishladi. Bugungi barcha standartlar Di Mariya tomonidan amalga oshirilmoqda. Burchakdan yetkazilgan to‘pni darvozabon Valdes egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Hozircha tarkiblarda o‘zgarishlar yo‘q |
| ' | Ikkinchi taymni kutamiz | |
| ' | Birinchi bo‘limdagi hisob o‘yinga mos deb ayta olamiz. Boisi, "Barselona" to‘pni yaxshi nazorat qilish bilan birga, raqib himoyasiga ko‘proq bosim o‘tkazdi. Messi 14 metrlardan aniq zarba yo‘llaganida, hisob 2:0 ko‘rinishiga kelgan bo‘lardi. Madridliklar esa qandaydir og‘ir harakat qilishmoqda. | |
| 45' | ![]() |
Darvoqe, bo‘lim tugashi arafasida Garet Beyl ogohlantirish oldi. Xerard Pikega nisbatan xavfli o‘yin namoyish qilgani uchun |
| ' | Tanaffus. ------------- | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 1:0, "Barsa" foydasiga |
| 44' | Bo‘lim yakunlari ham "Barsa"ning hujumlari ostida o‘tmoqda. | |
| 41' | Jabrlanuvchining "standart"dan yo‘llagan zarbasini madridlik himoyachilar qaytarishdi | |
| 41' | Pepe endi jarima maydonchasi atrofida Messini chalib yiqitdi. Jarima zarbasi! | |
| 36' | Messi tomon uzatilgan to‘pga Pepe ega chiqdi. Portugaliyalik futbolchi Messiga erkin o‘ynash imkoniyatini bermaslikka harakat qilyapti | |
| 35' | ![]() |
Adriano ogohlantirildi. "Real" hujumini qoidaga xilof ravishda to‘xtatib qolgani uchun |
| 33' | Xavfli vaziyatlar ancha kamayib qoldi. jamoalarning kombinasiyalari himoya chizig‘idan o‘tmayapti | |
| 29' | Mehmonlar asta-sekin hujumga o‘tayotgandek ko‘rinmoqda. Ammo qarshi hujumda maydon egalarini o‘tkazib yuborishi mumkin edi. Alvesh Varandan o‘tib keta olmadi | |
| 26' | Beyl darvoza tomon 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Biroq to‘p yo‘nalishi ancha noaniq bo‘ldi | |
| 25' | "Real" futbolchilariga ishtiyoq yetishmayotgandek. Har holda Mourinyo "Real"i bilan solishtirganda shunday ko‘rinmoqda | |
| 23' | To‘p bilan yana "Barsa" muomala qilmoqda. Ular o‘z imkoniyatlarini, mehmonlarning ojiz nuqtasini kutishmoqda | |
| 20' | ![]() |
Go‘yoki endi "Real" futbolchilari hujumga o‘tishi kerak edi. Ammo undan bo‘lmadi. Messi hujumga otlandi va darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatda darvozaning olis burchagini yo‘llagandi. Ammo zarbaga aniqlik yetishmadi! |
| 19' | Andres Inyesta to‘pni o‘zi bilan olib yurib, juda qulay tarzda Neymarga yetkazdi. Braziliyalik futbolchi noqulay vaziyatda bo‘lsa ham darvozani ishg‘ol qila oldi! | |
| 19' | ![]() |
Gollllll!!! Neymar hisobni ochmoqda! |
| 17' | Neymarning kuchsiz zarbasini Diyego Lopes egallab oldi | |
| 15' | Hozircha "Real" hujum qilmayapti. Mezbonlar esa juda katta ustunlik bilan to‘pni nazorat qilishyapti | |
| ' | ||
| 14' | ![]() |
Ogohlantirishlar bo‘yicha hisob tenglashdi. Serxio Ramov dastlab Neymarga nisbatan qo‘pol o‘ynadi, biroq qoida doirasida. Ikkinchisida esa tirsagi bilan uning ko‘kragiga zarba berdi. Malyenko uni kechirmadi |
| 12' | ![]() |
Mezbonlarning ilk xavfli pozision hujumi. Messi va Neymar bir-birlarini tushunib harakat qilishdi. Leoning zarbasini "Real" darvozaboni egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Buskets chap qanotdan Di Mariyaga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi |
| 7' | Hamon ehtiyotkorlik birinchi planda. Jamoalar to‘pni behuda yo‘qotmaslikka harakat qilishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q. | |
| 5' | "Barsa" o‘z uslubiga sodiq qolgan holda to‘pni nazorat qildi va Fabregasning zarbasi noaniq bo‘ldi | |
| 3' | "Nou Kamp" kuylamoqda. Muxlislar bilan to‘lib-toshgan bu arena | |
| 2' | O‘yin ancha xotirjam boshlandi. Razvedka. Maydonga moslashish jarayoni | |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI. O‘yinni "Real" boshlab berdi |
| ' | Jamoalar maydonga chikib kelishdi | |
| ' | Uchrashuv boshlanishiga chorak soat qolmoqda. | |
| ' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga 28 daqiqa qoldi |
| ' |
Jamoalar tarkibi ma’lum bo‘ldi. O‘yin boshlanguniga qadar ularni tahlil qilib turishingiz mumkin |
|
| ' | Yana 45 daqiqadan so‘ng "Barselona" va "Real" o‘rtasida navbatdagi "El-klassiko" boshlanadi | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|