Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, nimchorak final

1 iyul, soat 21:00. Bosh hakam: Yonas Eriksson (Shvesiya)

ARGENTINA

Di Mariya (118)

1 : 0

SHVEYSARIYa

JAMOALAR TARKIBI
1.Romero
2.Garay
4.Sabaleta
5.Gago
7.Di Mariya
9.Iguain
10.Messi
14.Maskerano
16.Roxo
17.Fernandes
22.Lavessi.
  1.Benalyo
2.Lixtshtayner
8.Inler
10.Jaka
11.Behrami
13.Rodriges
18.Mehmedi
19.Drmich
20.Juru
22.Sher
23.Shakiri
SARIQ KARTOCHKA
Fernandes (74)
 
Jaka (36)

Matn

'
Shu bilan matnli translyasiyamizni yakunlaymiz, sog‘ bo‘ling!
120+5'
O‘yin tugadi! Argentina chorak finalda!
120+3'
Shakiri tepgan to‘p jonli devorga tegib qaytdi.Shveysariya imkoniyatdan foydalana olmadi.
120+3'
Shveysariyada so‘nggi imkoniyat! Jarima to‘pi!!!
120'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shildi.
120'
Jemayli hisobni tenglashtirishi mumkin edi! U qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvoza tomon yo‘naltirdi. Ustunnnnn! Ustundan qaytgan to‘p Jemaylidan maydonni tark etdi.
115'
Bu safar Messi jarima maydonchasi ichiga aniqroq to‘p uzatdi, bu safar Di Mariya to‘pga ulgurdi va to‘pni darvozaga yo‘lladi! 1:0.
115'
Goooooooooooooooool!
114'
Messining jarima maydoni ichiga oshirgan to‘piga Di Mariya ulgurmadi.
113'
Shveysariyaning so‘nggi almashtirishi -Blerim Jemayli Mehmedi o‘rniga maydonga tushdi.
112'
Argentina hujumda.Messi burchak to‘pini amalga oshirdi, himoyailardan qaytgan to‘pni Di Mariya darvozaga yo‘naltirdi, ammo juda noaniq.
111'
Maskeranoning zarbasi raqibga tegib qaytdi.
109'
Argentinaning yana bir hujumi besamar ketdi.
108'
Di Mariyaning jarima maydoni tashqarisidan bergan xavfli zarbasini Benalyo mahorati ila bartaraf etdi.
107'
Mehmedi o‘yin qoidasini buzdi.
106'
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi.
106'
"To‘rtinchi taym"da Argentinada o‘zgarish - Gago o‘rniga Lukas Bilya tushdi.
105'
Birinchi ekstra taym tugadi.
105'
1 daqiqa qo‘shildi.
105'
Argentinada o‘zgarish - Roxo o‘rniga Basanta tushdi.
105'
Shakiri hujumga halaqit bergan hakamga e’tiroz bildirdi.
102'
Shakiri oldinga intildi, ammo sheriklari uni qo‘llamagach, to‘pni behuda yo‘qtishni istamadi va ortga qaytdi.
97'
Juru va Sher Iguainni o‘rtaga olib yiqitishdiYU hakam jim.To‘pga Messi yetib kelib sheriklariga uzatdi, qanot hakami offsayd qayd qildi.
94'
Messi o‘ng qanotdan jarima to‘pini jarima maydoni ichiga yetkazdi, Palasio to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun keldi va boshi bilan darvozaga to‘p yo‘naltirdi. Banlyo yiqila turib to‘pni qaytardi.
93'
Messi sariq kartochka olishi mumkin edi, ammo hakam to‘p shveysariyaliklarda ekani sabab o‘yinni to‘xtatib o‘tirmadi
92'
Argentinaning burchak to‘pi xavfli chiqdi, Benalyo mahorat ko‘rsatdi.
91'
Birinchi ekstra-taym boshlandi.
90+3'
Qo‘shib berilgan vaqt tugadi. Navbat qo‘shimcha vaqtga.
90+1'
Shveysariyalik Romero jarima to‘pi tepdi, to‘p Sherning boshidan maydonni tark etdi
90'
Uchrashuvga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Markos Roxo raqibiga qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi.
86'
Shveysariyaning faollashmoqda ammo uning navbatdagi hujumi besamar ketdi.
84'
Roxo fint ishlatibraqiblarni aldab o‘tdi va Di Mariyaga to‘p oshirdi. Di Mariyaning tepgan to‘pi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Argentina burchakdan tshp tepadi.
82'
Shveysariyada o‘zgarish - Drmich o‘rniga Xaris Seferovch tushdi
79'
Messining zarbasini Benalyo qatardi, qaytgan to‘pga Palasio yetib kelganda Juru uni turtib yiqitdiyu Argentinaliklar penalti talab qilishdi, ammo hakam burchakldan to‘p tepilishini ko‘rsatdi.
78'
Mehmedini sheriklari qo‘llamadilar.
74'
Argentinada birinchi o‘zgarish - Lavessi o‘rniga Rodrigo Palasio tushdi.
74'
O‘sha Fernandes raqibiga qo‘po o‘ynagani uchun ogohlantirildi.
73'
Shveysariya hujum qilishga urinmoqda, Frnandes raqib hujumini bartaraf etdi.
69'
Drmich raqib jarima maydonchasi ichida raqibi futbolkasini tortib qolgani uchun jarima to‘pi belgilandi.
68'
Messining 18 metrdan bergan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi.
67'
Shveysariyaliklar o‘z darvozalaridan 30 metr uzoqlikda qoida buzishdi. Jarima zarasi.
62'
Tashabbus Argentina terma jamoasi tomonda
51'
Xitsfeld jamoasining navbatdagi hujumi noaniq zarba bilan yakunlandi
50'
Shakiri jarima to‘pini Argentina darvozasining yuqori burchagi tomon aylantirdi. Romero to‘pni egallab oldi
48'
Messi o‘ng tomondan belgilangan jarima to‘pini darvozabon maydonchasi tomon yetkazdi. Yevropaliklar to‘pni qaytarishdi
46'
Argentinaning xavfli hujumi burchak to‘pi bilan yakunlandi
46'
Ikkinchi bshlim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob - 0:0
45'
Xitsfeld shogirdlari burchak to‘pi ishlashdi
44'
Argentinaning chap qanotdan uyushtirgan hujumini qizillar qaytarishdi
41'
Messining dastlabki urinishini himoyachilar qaytarishdi, Leo takroriy urinish bilan to‘pni Di Mariyaga uzatdi. Anxelning 14 metrdan yo‘llagan zarbasini Benalyo egallab oldi
39'
Drmich himoyachidan qochib ketib, Argentina darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo Romeroning ustidan to‘pni o‘tkazmoqchi bo‘lganida, posbon to‘pni egallab oldi!
36'
Jaka ogohlantirish oldi
35'
Jerdanning o‘zi to‘pni "standart"dan darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Benalyo to‘pni qaytardi
34'
O‘ng qanot chizig‘i yonida Shakiriga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
32'
Messidan to‘pni qabul qilib olgan Di Mariya 15 metrlarda zarba yo‘lladi, to‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi
30'
Argentina burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi, ammo to‘p hech kimga tegmay, narigi qanotdan maydonni tark etdi
28'
Vuuuuuhhhh! Shveysariyaning ikkinchi burchak to‘pi o‘ta xavfli bo‘ldi. Jaka 12-13 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Romero to‘pni qaytarib qoldi!
27'
Jerdan Shakiri jarima to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p qaytarildi, ammo Shakirining o‘zi burchak to‘pi ishladi
25'
Messi o‘ngroqda belgilangan jarima zarbasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga yo‘llashga urindi. Yuqoridan o‘tib ketdi
23'
Evropaliklarning kichik hududiy ustunligidan keyin to‘p yana Argentina nazoratiga o‘tdi
19'
Shveysariya yaxshi himoyalanmoqda. Raqibga bo‘sh zonalar taqdim etmayapti
18'
Messining uzatmasiga Di Mariya yetib bora olmadi
16'
Argentinaliklarning navbatdagi hujumini ham Benalyo bartaraf etdi
13'
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Benalyo hech kimga imkoniyat qoldirmadi
10'
Argentina jarima zarbasini ishladi. Lavessi jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pni yevropaliklar qaytarishdi
8'
Shveysariya burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Inlerning zarbasi esa ancha noaniq bo‘ldi
6'
Argentina jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘pni shveysariyaliklar qaytarishdi
4'
Argentinaliklar tashabbusni qo‘lga kiritishga harakat qilishmoqda
1'
Bu JChdagi nimchorak finallarning tartib bo‘yicha yettinchisi hisoblanadi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Argentina va Shveysariya terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi. Ikki mamlakat madhiyalari yangrab bo‘ldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.