JCH-2014, nimchorak final
| 2 iyul, soat 01:00 | ||
BELGIYaDe Bryuyne (93)
Lukaku (105) |
2 : 1 |
AQShGrin (107)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Kurtua 2.Alderveyreld 4.Kompani 5.Vertongen 6.Vitsel 7.de Bryuyne 8.Fellayni 10.E.Azar 14.Mertens 15.van Byuyten 17.Origi |
1.Xovard 3.Gonsales 4.Bredli 5.Bezler 7.Bisli 8.Dempsi. 11.Bedoyya 13.J.Jons 19.Zusi 20.Kemeron 23.Jonson |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| ' | ![]() |
Belgiya terma jamoasi chorak finalda Argentina bilan bahs olib boradi. |
| ' | Belgiya-AQSh - 2:1. | |
| 120+1' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 120' | ![]() |
Esktra-taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 120' | Tomonlar bir martadan xavfli hujum tashkil qilishdi. Himoyachilar yaxshi o‘ynashdi | |
| 117' | ![]() |
AQSh bosimni oshirmoqda! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni markaziy himoyachilar qaytarib yuborishdi |
| 113' | ![]() |
AQSh hisobni tenglashtirishi uchun biroz omad yetishmadi. Klinsmann shogirdlari jarima zarbasida kombinasiya tashkil etishdi va natijada Dempsi deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida zarba berishga ulgurmay qoldi! |
| 112' | ![]() |
Eden Azar o‘rniga Nosir Shodli tushirildi |
| 111' | ![]() |
AQShning umidi so‘nishiga Xovard yo‘l qo‘ymadi! Lukakuning yaqin masofadan bergan zarbasini qaytardi u! |
| 107' | ![]() |
Yuqorilatib chiroyli uzatilgan to‘p natijasida Grin darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqdi va to‘pni yerga tushirmasdan davrozaga yo‘lladi! |
| 107' | ![]() |
GOOOOLLL! Grin, 2:1! |
| 106' | ![]() |
Ikkinchi ekstra-taym boshlandi |
| 105+3' | ![]() |
Uchinchi taym tugadi |
| 105+2' | ![]() |
AQShda so‘nggi o‘zgarish. Bedoyya o‘rniga Grin tushirildi |
| 105+1' | ![]() |
Ikki daqiqa qo‘shib berildi |
| 105' | ![]() |
Yana bir qarshi hujum, bu safar assistentlik vazifasi de Bryuyne bajardi. LUkaku esa birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘lladi! |
| 105' | ![]() |
GGOOOOOLLLL! Lukaku, 2:0! |
| 104' | ![]() |
Tim Xovard yana jamoasini qutqardi! |
| 103' | ![]() |
Bisli o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Yevropalik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 101' | ![]() |
Jarima maydonchasi ichida Lukaku zarba yo‘lladi. Xovard egallab oldi |
| 100' | ![]() |
Jarima maydonchasiga kirib borayotgan Dempsi tomon uzatilgan to‘p hujumchining o‘ziga tegib to‘xtab qoldi. Natijada yaxshi hujum yakunlandi |
| 97' | ![]() |
Lukaku bergan zarbani Xovard maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 96' | ![]() |
Belgiya qarshi hujumga o‘tdi. LUkaku to‘pni o‘ng qanotda ochilgan Vertongenga uzatdi. Ammo u qaror chiqarishda oqsadi va kutib turib, darvoza tomon zarba berishga qaror qildi. To‘pni Xovard egallab oldi |
| 93' | ![]() |
Zaxiradan maydonga tushgan Lukaku himoyachidan qochib ketib, o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni De Bryuynega uzatdi. Yarim himoyachi AQShlik futbolchilarga nisban to‘pni o‘ng tomonga oldi va darvozaning olis burchagi tomon kuchli zarba berdi. Xovard jamoasini qutqara olmadi! |
| 93' | ![]() |
GOOOOOOL! De Bryuyne, 1:0! |
| 91' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Jons bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 91' | ![]() |
Uchinchi bo‘limni AQSh boshlab berdi. |
| 91' | ![]() |
Origi o‘rniga Romelu Lukaka tushirildi. |
| ' | Kichik tanaffus va keyin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tamiz | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Hozircha hisob - 0:0. |
| 90+3' | ![]() |
Ohohohohooooooo! AQSh burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda belgiyalik himoyachilardan orqada qolib ketdi va Vondalovski yaqin masofadan, darvozabon bilan yuzma-yuz holatda darvozaga to‘pni aniq yo‘llay olmadi! AKs holda o‘yin taqdiri hal bo‘lardi! |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh, Kompaniiii! O‘zining jarima maydonchasi ichida Bedoyyadan to‘pni olib qo‘ydi va o‘z jamoasi hujumini boshladi! Vertongen chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi va Vensen darvoza tomon unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Xovard to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 88' | ![]() |
Belgiya chap qanotdan oldinga o‘tdi va De Bryuyne to‘pni Azarga yetkazdi. Eden o‘tkir burchak ostida Xovard darvozasini ishg‘ol qila olmadi! |
| 86' | ![]() |
AQSh futbolchisi to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berdi va burchak to‘pi ishladi |
| 85' | ![]() |
Origi to‘pni Azardan qabul qildi va 19 metrlardan zarba yo‘lladi. Xovard yana qahramon! |
| 84' | ![]() |
Van Byuyten jarima maydonchasi ichida posbon bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘pga himoya tashlanib, uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 83' | ![]() |
Merales o‘ng qanotda ancha faol. Burchak to‘pi ishladi |
| 80' | ![]() |
Yana Xovaaaard! Bu safar u Azar tomonidan burchakka yo‘naltirilgan kuchli zarbani qaytardi! Ajoyib seyv! |
| 78' | ![]() |
AQSh himoyachisi Gonsalesga tibbiy yordam kerak |
| 76' | ![]() |
Xovaaaaarrrd!!!! Merales birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Xovardning oyog‘iga tekkan to‘p maydonni tark etdi! |
| 74' | ![]() |
Dempsi yana jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
AQShda o‘zgarish. Zusi o‘rniga Kris Vondalovski tushurildi |
| 71' | ![]() |
Origiiii! Sovg‘adan foydalana olmadi! Xovard bunga yo‘l qo‘ymadi. Yosh futbolchi 12-13 metrlardan zarba yo‘llagandi |
| 71' | ![]() |
Dempsi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Kurtua muammoga duch kelmadi |
| 69' | ![]() |
Vitsel 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 67' | ![]() |
Edlin o‘ng qanotdan jarima maydonchasi tomon yetkazgan to‘pni Kurtua egallab oldi |
| 64' | ![]() |
Vertongen zarba berdi, Xovard uni egallab oldi |
| 63' | ![]() |
Belgiya qarshi hujum paytida raqib jarima maydonchasi atrofida son jihatdan ustunlikka erishmoqda, ammo undan foydalana olmayapti |
| 61' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish. Mertens o‘rniga Merales tushirildi |
| 60' | ![]() |
Origi chap qanotdan ikki himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni darvozabon maydonchasidagi Mertensga uzatdi. Dresning zarbasi shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 58' | ![]() |
AQShliklar Belgiya himoyachilarning e’tiborsizligidan foydalanib, darvoza tomon zarba berishdi. To‘p darvozagacha yetib bormadi, himoyachilar qaytarishdi |
| 57' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Origi 12-13 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi! |
| 54' | ![]() |
Vertongen chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi tomon yerlatib uzatdi. To‘p esa belgiyaliklarning ikki nafar hujumchisi va AQSh himoyachilaridan oyoqlari oldidan o‘tib ketdi. Hech kimga tegmadi. |
| 52' | ![]() |
Fellayni ancha olis masofadan ancha noaniq zarba yo‘lladi |
| 47' | ![]() |
De Bryuyne o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi va Mertens bosh bilan uni darvoza tomon burdi. Xovard barmoqlari bila to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+2' | ![]() |
Azar Yeldindan o‘tib keta olmadi, ammo burchak to‘pi |
| 45+1' | ![]() |
De Bryuyne 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Xovard egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Burchakdan to‘pni o‘yinga kiritish navbati AQShga keldi |
| 44' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni Xovard qaytardi |
| 43' | ![]() |
Belgiya burchak to‘pi ishladi |
| 41' | ![]() |
Edlin o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi yerlatib uzatdi, ammo amerikalik futbolchi to‘p muvaffaqiyatli zarba bera olmadi! |
| 39' | ![]() |
AQSh o‘ng tomondan hujum tashkil qildi va jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda Van Byuyten Dempsiga nisbatan faolroq o‘ynadi va to‘pni ortga urib yubordi |
| 36' | ![]() |
Belgiyaning qarshi hujumi paytida Azar zarba berdi va to‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 34' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Dempsi ko‘kragi bilan qaytardi va orqaga pas berdi. Jonsning zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 33' | ![]() |
Zaxiradan tushgan Yedlin burchak to‘pi ishladi |
| 32' | ![]() |
Jonson o‘rniga Yedlin tushirildi |
| 31' | ![]() |
AQSh futbolchisi Jonson to‘p uchun oyog‘ini cho‘zgan paytda uning oyoq payi cho‘zildi. |
| 28' | ![]() |
Azar chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Burchak to‘pi |
| 26' | ![]() |
Belgiyalar hisob ochishlariga Bezer yo‘l qo‘ymadi. Darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qilishga tayyor turgan Felleyni tomon uzatilgan to‘pni himoyachi qaytarib qoldi! |
| 23' | ![]() |
Ehhhhh, De Bryuyne! Belgiya qarshi hujumga o‘tdi va hujumda son jihatdan ustunlikka ega edi. De Bryuyne chap qanotda to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab, darvoza tomon zarba berdi. noaniq! |
| 21' | ![]() |
Vuuuh, AQShning dastlabki xavfli hujumi! Depsi 13-14 metrlardan darvoza tomon unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
AQSh burchak to‘pi ishladi |
| 18' | ![]() |
Kemeron ogohlantirish oldi, taktik fol uchun |
| 16' | ![]() |
Muxlislardan biri maydonga chiqib ketdi. Uni yana olib chiqib ketishdi |
| 14' | ![]() |
Origiga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 12' | ![]() |
Belgiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pga Fellayni bosh bilan zarba berdi. Biroq to‘p darvrozagacha yetib bormadi, himoyachilar qaytarishdi |
| 10' | ![]() |
Belgiya birinchi raqam ostida o‘ynamoqda, to‘pni nazorat qilmoqda |
| 6' | ![]() |
Bisli chap qanotdan oldinga o‘tdi va Felayni ta’qibi ostida to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatgandi, to‘p darvoza to‘riga yuqori tomondan kelib tushdi |
| 2' | ![]() |
Belgiyaning shashti baland. Burchak to‘pi |
| 1' | ![]() |
O‘yinning 37-soniyasida Belgiya hisobni ochishi mumkin edi! Origi darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba berdi. Xovard to‘pni oyog‘i bilan qaytarib qoldi! |
| 1' | ![]() |
Belgiya-AQSH. Boshladik! |
| ' | Madhiyalar yangradi va o‘yinni boshlash uchun barcha narsa tayyor | |
| ' | JCH-2014 nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi bahsdan onlayn translyasiyani boshlaymiz | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli muxlislar |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|