Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, chorak final

4 iyul, soat 21:00

FRANSIYa

0 : 1

GERMANIYa

Xummels (13)
JAMOALAR TARKIBI
1.Lyoris
2.Debyushi
3.Evra
4.Varan
5.Sako
6.Kabay
8.Valbuena
10.Benzema
11.Grizmann
14.Matyuidi
19.Pogba
  1.Noyer
4.Xyovedes
5.Xummels
6.Xedira
7.Shvaynshtayger
8.O‘zil
11.Kloze.
13.Myuller
16.Lam
18.Kroos
20.Boateng
SARIQ KARTOCHKA
 
Xedira (54)

Matn

90+5'
O‘yin tugadi! Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatining yarim finaliga chiqmoqda!
90+4'
Vuuuuuh, Benzema!!!! Jamoadoshi bilan devor o‘ynab, chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi. Noyer zarbani qaytardi!
90+4'
So‘nggi 60 soniya....
90+2'
Germaniyada o‘zgarish. Toni Kroos o‘rniga Kramer tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
87'
Ehhehehee! Shyurrle yana bir vaziyatdan foydalana olmayapti! Myuller o‘ng qanot bo‘ylab himoyachidan qochib ketdi va to‘pni orqaroqqa - jarima maydonchasiga kirib kelgan Shyurrlega yetkazdi. Andre o‘z zarbasi bilan Evraning qornini nishonga oldi
83'
Germaniyada o‘zgarish. O‘zil o‘rniga Gyotse tushdi
82'
VUuuuuuhhhh, Shyurrrrrrrrle! O‘yin taqdirini hal qilishi mumkin edi! Germaniya qarshi hujumga o‘tdi. O‘zil jarima maydonchasining chap qanotidan to‘pni Myuller tomon uzatdi. Tomasning oyog‘i to‘pga tegmay qoldi, to‘p emas yolg‘iz turgan Shyurrle kelib tushdi. Andrening zarbasi unchalik kuchli chiqmadi va Lyoriya oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi
81'
To‘p Xummelsga tegib, Germaniya darvozasiga kirib ketishiga sal qoldi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Noyer egallab oldi
80'
Fransiya qarshi hujumga o‘tayotganida Shvaynshtayger Grizmanni chalib yiqitdi va ogohlantirish oldi
77'
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p Remiga nasib etdi. Uning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan kuchli zarbasini Noyer qaytardi
76'
Benzama o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida egalladi va bir himoyachini aldab, zarba berdi. To‘shp yo‘liga Xummels g‘ov bo‘ldi! Takroriy hujum paytida Matyuidi chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
75'
O‘zil to‘pni jarima maydonchasiga kirib borgan Myullerga uzatdi. Tomas chiziq yonidan to‘pni yana Mesutga qaytargan paytda himoyachi xavfni bartaraf etdi
73'
Shyurrle chap qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. Lyoriya egallab oldi
73'
Fransiyada yana o‘zgarish: Kabay o‘rniga Rami tushirildi
72'
Vuuuh, o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Benzema jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi, ammo markaziy himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. Karim zarba berishga kech qoldi
71'
Fransiyada o‘zgarish. Sako maydonni tark etdi, Loran Kosyelni o‘yinni davom ettiradi
70'
Fransuzlar o‘z jarima maydonchalari yaqinida to‘pni yo‘qotishdi. To‘pni egallab olgan nemislar o‘ng qanotdagi Myuller orqali o‘ynashdi. Tomasning darvozabon maydonchasi tomon yo‘llagan zarbasi/uzatmasi darvozaning olis ustuni yonidan o‘tib, maydonni tark etdi
69'
Miroslav Kloze o‘rniga Andre Shyurrle tushirildi
68'
Kroos o‘ng tomondan hujumga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi
64'
Fransiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Benzema hujumda fol ishlatdi, deb topildi
62'
Valbuena maydon markazida Shvaynshtayger bilan to‘qnashib ketdi va jarohat oldi
61'
Fransuzlarning burchak to‘pini nemislar qaytarishdi, takroriy hujum paytida Varan bosh bilan darvozaning yuqori burchagiga to‘pni yo‘lladi. Noyer to‘pni egallab oldi
60'
Matyuidi chap qanotda sherigi bilan devor o‘ynadi va qanot bo‘ylab oldinga o‘tdi. Jarima maydonchasiga kirib kelib, o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni sherigiga yetkazishga qaror qildi. To‘p nemis himoyachisining oyog‘idan maydonni tark etdi
58'
Fransiya asta-sekin tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirayotgandek...
56'
Fransiya hujumni chap tomonga ko‘chirdi va Grizmann kuchli zarba bilan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p yo‘l-yo‘lakay himoyachilarga tegib, Valbuena to‘pni egallab, bir himoyachidan o‘tib ketdi, ammo to‘p maydonni tark etdi
54'
... Va Fransiya qarshi hujumga o‘tayotganida Xedira maydon markazida Grizmanni qo‘pollik bilan to‘xtatdi va ogohlantirish oldi
53'
Germaniya xavfli hujum tashkil qildi. Lam jarima maydonchasining o‘ng qanotidan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi...
52'
Burchak to‘pi paytida Xummels Lyorisga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
52'
Nemislar qarshi hujum tashkil qilishdi. To‘p jarima maydonchasining chap qanotidagi O‘zilga yetkazildi. Mesut to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga qaytarayotgandi, to‘p himoyachiga tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
50'
Fransiya jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Evraning boshi tegmay qoldi. Boz ustiga, himoyach ofsaydda qolgandi
48'
O‘zil Klozeni jarima maydonchasi tomon boshladi. Ugo Lyoris to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Fransiya-Germaniya - 0:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Pogba himoyadan chiqishda bir futbolchidan o‘tib ketdi va to‘pni qap qanotda ochilayotgan Benzemaga uzatdi. Karim bir himoyachidan o‘tdi va 13-14 metrlardan zarba berdi. Noyer to‘pni egallab oldi
42'
Matyuidi chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Benzema bosh bilan zarba berdi. To‘p Xummelsning qorniga tegdi va darvozagacha yetib bormadi
37'
Nemislar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Debyushi Klozening oyog‘i ostidan to‘pni qaytarib yubordi
35'
Desham shogirdlari burchak to‘piga o‘yinga kiritishdi. HImoyachining boshidan olis ustun tomon yo‘l olgan to‘pga Mamadu Saxo bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
34'
Vuuuuhhh! Grizman jarima maydonchasining chap qanotidan zarba yo‘lladi. Noyer qaytardi. Benzema yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi!
30'
Germaniya burchak to‘pi ishladi
29'
Fransuzlar nemislarning to‘p yo‘qotishini kutishga va shundan so‘ng qarshi hujumga o‘tishga majbur bo‘lishmoqda
25'
Xedira jarima maydonchasi ostonasidan Myullerni oldinga boshladi. Biroq Evra gavda bilan yaxshi o‘ynadi va Lyoris to‘pni egallab olishi uchun sharoit yaratdi
24'
Germaniya raqibiga to‘pni nazorat qilish imkoniyatini bermayapti. Hozir esa Kloze jarima maydonchasi ichida Kloze yiqildi. Fransuz himoyachisining qo‘li unga tekkan bo‘lishi mumkin, ammo bu penalti emas!
21'
Uchrashuvda hal birorta ham burchak to‘pi amalga oshirilmadi...
17'
Germaniya yana to‘pni nazorat qilmoqda va o‘ziga imkoniyat qidirmoqda
13'
Germaniya jarima zarbasiga ega bo‘ldi. Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni Mats Xummels bosh bilan darvozaga yo‘lladi. To‘p darvozaga kirishdan oldin darvoza to‘siniga tegib kirdi
13'
GOOOOOOL, Xummels, 0:1!
12'
Oldinga uzatilgan to‘pga Grizmann ofsayd chizig‘idan qochib ketdi va darvozabon maydonchasiga kirib kelayotgan Benzema tomon uzatdi. Germaniyalik himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
11'
Valbuena o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Benzema tomon uzatdi. So‘nggi pallada Boateng to‘pni qaytarib qoldi
10'
O‘zil jarima maydonchasining chap qanotidan to‘pni yumshoqqina qilib darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. HImoyachilar bu uzatmani muammosiz qaytarishdi
8'
Fransiyaning javob hujumi. Valbuena chap tomondan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni Benzema tomon uzatdi. Karimning yo‘llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
6'
Germaniya 2ta hujum tashkil qildi. Lam o‘ng tomondan to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida turgan Kloze uzatdi. Miroslav markaziy himoyachilardan o‘tib keta olmadi. Takroriy hujum paytida Xedira jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni Myuller tomon uzatdi. To‘p darvozabonga nasib etdi
2'
Dastlabki imkoniyat nemislarda bo‘ldi. Maydon markazidan qaytarilgan to‘p o‘ng qanotdagi Gyotsega kelib tushdi. U Kloze tomon uzatmani amalga oshirdi, biroq to‘pni himoyachilar qaytarishdi
2'
Kutilganidek, Germaniya to‘pni nazorat qilishga o‘tdi
1'
O‘yin boshlandi. Birinchi bo‘limda to‘pni Germaniya o‘yinga kiritib berdi!
'
Madhiyalardan avval esa har ikkala terma jamoa sardorlari Ugo Lyoris va Filip Lam muxlislarga rasizm qarshi murojaatni o‘qib eshittirishdi
'
Avval Fransiya, keyin Germaniya davlat madhiyalari yangraydi
'
Terma jamoalar maydonda saf tortishdi
'
Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatib borishga taklif etamiz
'
Mundialda chorak final bosqichiga yetib keldik!
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.