JCH-2014, chorak final
| 5 iyul, soat 01:00 | ||
BRAZILIYaTiagu Silva (7)
David Luiz (68) |
2 : 1 |
KOLUMBIYaXames Rodriges (80-pen.)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Julio Sezar 3.Silva 4.David Luiz 5.Fernandinyo 6.Marselo 7.Xalk. 8.Paulinyo 9.Fred 10.Neymar 11.Oskar 23.Maykon |
1.Ospina 2.Sapata 3.Yepes 6.K.Sanches 7.Armero 9.Gutyerres. 10.Xames Rodriges 11.Kuadrado 13.Guarin 14.Ibarbo 18.Suniga |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
Yarim finalda Germaniya va Braziliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladilar! |
| 90+5' | ![]() |
Ispaniyalik hakamning xushtagi yangradi! Braziliya - Kolumbiya - 2:1. Mezbonlar yarim finalda! |
| 90+4' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p kolumbiyalik huujmchining boshidan maydonni tark etdi |
| 90+4' | ![]() |
Kolumbiya jarima zarbasi ishladi |
| 90+3' | ![]() |
Kuadradooo bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘llashiga oz qoldi. Zarba biroz noaniq chiqdi |
| 90+2' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Ramires to‘pga yetib bora olmadi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh, braziliyaliklar o‘z jarima maydonchalari ichida xatoga yo‘l qo‘yishlariga sal qoldi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasi boshlandi |
| 87' | ![]() |
Neymar maydonda yotibdi. Jarohat oldi |
| 86' | ![]() |
Paulinyo maydonni tark etdi. Ernanes maydonga tushirildi |
| 86' | ![]() |
Qizillar burchak to‘pi ishlashdi |
| 85' | ![]() |
Kolumbiya tezkor qarshi hujumga o‘tdi va to‘p chap qanotga uzatilgan paytda hujumchi ofsaydda qolib ketdi |
| 83' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Fred bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ikkinchi uzatmani braziliyaliklar yon tomonga qaytarishdi |
| 83' | ![]() |
Xalk o‘rniga Ramires tushdi |
| 82' | ![]() |
Burchakdan to‘pidan keyin kolumbiyalik futbolchi bosh bilan darvozaga zarba berdi. Birozgina noaniq |
| 81' | ![]() |
Bu Rodrigesning JCH-2014dagi oltinchi goli! |
| 80' | ![]() |
GOOOOOLLLL! Xames Rodriges, 2:1!!! |
| 78' | ![]() |
Julio Sezar ushbu qoidabuzarlik uchun sariq kartochka oldi |
| 77' | ![]() |
Xames to‘pni Guaringa uzatdi va Guari birga-bir vaziyatda to‘pni Sezarning ustidan oshirib undan o‘tib ketayotganida Julio hujumchini oyog‘i bilan chalib yiqitdi. Haqqoniy penalti! |
| 77' | ![]() |
PENALTI! Braziliya darvozasiga! |
| 77' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi chizig‘i ustidan himoyachini alday olganida, uyog‘iga darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketardi. Himoyachi ishonchli o‘ynadi |
| 75' | ![]() |
Kuadrado tomonidan berilgan zarbani Sezar egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasining o‘ng burchagidan chap oyoqda to‘pni olis ustun tomon aylantirdi. Ustundan yarim metrdan masofadan o‘tib ketdi to‘p |
| 71' | ![]() |
Ramos tomon uzatilgan to‘pni Julio Sezar egallab oldi! |
| 68' | ![]() |
Vuuuuuh, David Luiz dahshatli zarba bilan darvozaning yuqori burchagi aniq nishonga oldi! 30 metrlardan! |
| 68' | ![]() |
GOOOOOOOLLLLL! David Luiz, 2:0!!! |
| 67' | ![]() |
Xames Rodriges ogohlantirish oldi. U Xalkni chalib yiqitdi |
| 66' | ![]() |
Kolumbiya gol urdi! Ammo laynsmen bayroqchasini ko‘tarib, ofsaydni qayd etmoqda |
| 64' | ![]() |
Tiagu Silva o‘yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirish oldi. Braziliyaliklar to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishgan paytda Ospina to‘pni egallab oldi va oldingi chiziqdagi sheriklariga yetkazmoqchi bo‘lganida Silva uning yo‘liga to‘siq bo‘ldi |
| 63' | ![]() |
Kudrado chap qanotdan oldinga o‘tgan Neymarga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Standart |
| 60' | ![]() |
Kolumbiyaliklar 3ga 3 ko‘rinishida hujumga o‘tishdi, ammo David Luiz so‘nggi uzatmani qaytarib qoldi |
| 57' | ![]() |
Kolumbiya chiroyli hujum tashkil qildi. Guarin 18 metrlardan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon zarba berdi. Noaniq |
| 53' | ![]() |
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Ospina to‘pni egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Neymar yetkazib bergan to‘pni mehmonlar himoyachisi Sapata bosh bilan maydon tashqarisiga urib yuborgandi. Ispaniyalik hakam buni payqamay qoldi |
| 51' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda |
| 50' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi, takroriy hujum paytida to‘pni Sezar egallab oldi |
| 49' | ![]() |
Xalk Sunigaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi deb topildi. Jarima zarbasi. Darvozagacha 25 metrlardan |
| 46' | ![]() |
Kolumbiyada o‘zgarish: Vargas o‘rniga Ramos tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Neymar darvozaning olis yuqori burchagiga aylantirdi! To‘p darvoza to‘sini ustidan yarim metr yuqoridan o‘tib ketdi |
| 43' | ![]() |
Endi esa xuddi shu nuqtadan - davrozagacha 18 metrlardan Braziliya jarima zarbasini qo‘lga kiritdi |
| 38' | ![]() |
Kolumbiyaliklar to‘pni turgan joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tepishmadi, bir-birlariga uzatish orqali zarba berishga qaror qilishdi. Jonli devorni tashlab chiqqan braziliyalik futbolchiga tegib qaytdi to‘p |
| 36' | ![]() |
Kolumbiya shundoqqina jarima maydonchasi ostonasidan jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi! |
| 30' | ![]() |
Neymar to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Xalk tomon uzatib, o‘zi jarima maydonchasining o‘ng qanotiga kirib bordi, ammo to‘p Xalkka nasib etmadi |
| 28' | ![]() |
Marselo chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasidagi Xalkka yetkazdi. U bir himoyachini aldadi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. Ospina to‘pni qaytardi! |
| 27' | ![]() |
Marseloning jarima maydonchasi chizig‘idan yo‘llagan zarbasi Fredga tegib, maydonni tark etdi |
| 26' | ![]() |
Gutyerres himoyachining ustidan oshirib to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgani sherigi tomon uzatgandi, hujumchi to‘pga yetib bora olmadi |
| 21' | ![]() |
Vuuuuuhhh, Kolumbiya! Xames Rodriges ikki futbolchini aldagan holda maydon markazini kesib o‘tdi. Natijada 4 nafar kolumbiyalik futbolchi 3 nafar braziliyalikka qarshi chiqib borishdi. Birga-bir vaziyatga chiqaruvchi uzatma Tiagu Silvadan o‘tmiy qoldi! |
| 20' | ![]() |
Xalk chap qanotda Neymardan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi ichida darvoza tomon zarba berdi! Ospina to‘pni qaytardi!!! |
| 17' | ![]() |
Braziliya burchak to‘pidan keyin yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Qaytarilgan to‘pni Xalk yana jarima maydonchasiga olib kirdi va chap qanotdan darvozabon maydonchasiga to‘pni uzatdi. David Luisdan ko‘ra Yepes chaqqonroq harakat qildi va to‘pni qaytardi |
| 16' | O‘yin tempi yuqori. To‘p maydon markazidan umuman saqlanmayapti | |
| 11' | ![]() |
Vuuuhhhh, Kolumbiya o‘zining shiddati bilan bugun mezmonlarning tinkasini quritadigan ko‘rinadi. Kuadroda raqib jarima maydonchasi ostonasida to‘pni egallab oldi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘p Sezar darvozasi ustuni yonidan bir necha sm masofadan o‘tib ketdi! |
| 9' | ![]() |
Kolumbiyalik futbolchining masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 7' | ![]() |
Neymar burchakdan yetkazib bergan to‘pga avval David Luiz sakradi, ammo to‘p undan o‘tib ketdi. Olis ustun yoniga kelgan Tiagu Silva darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi! |
| 7' | ![]() |
GOOOLLLLLLL! Tiagu Silva, 1:0!!! |
| 6' | ![]() |
Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi. Sapata tezlikda unga yutqazmadi va to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 5' | ![]() |
Neymarning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 4' | ![]() |
Sanches Fredga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima zarbasi |
| 1' | ![]() |
Kizil rangli formada o‘ynayotgan kolumbiyaliklar darhol to‘pni oldinga chiziqqa yetkazishdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi va egallab olishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Yana ikki daqiqadan keyin Braziliya va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh chorak final bahsi boshlanadi | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli muxlislar |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|