Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Oliy liga-2014

13-turning qoldirilgan bahsi. 5 iyul, soat 19:30. Bosh hakam: Olim Tolibjonov

PAXTAKOR

Igor Sergeev (45+1, 46, 53)

3 : 1

BUNYODKOR

Vohid Shodiyev (85)
JAMOALAR TARKIBI
Aleksandr Lobanov
Aleksandr Merzlyakov
Egor Krimes
Boyan Miladinovich
Davron Hoshimov
Akbar Ismatullayev
Kaxi Maxaradze (S)
Vladimir Kozak
Jamshid Iskanderov
Jaloliddin Masharipov
Igor Sergeev
  Akbar To‘rayev
Sahob Jo‘rayev
Xayrulla Karimov (S)
Anvar G‘ofurov
Akmal Shorahmedov
Javlon Ibrohimov
Sardor Sobirxo‘jayev
Sato Minori
Sardor Rashidov
Oleg Zoteev
Aleksandr Pishur
ZAHIRA
Nikita Ribkin
Sherzod Karimov
Temur Hakimov
Anvar Soliyev
Kamoliddin Tojiyev
Abdul Aziz Yusupov
Abbos Maxsitaliyev
  Pavel Bugalo
Dilshod Jo‘rayev
Vohid Shodiyev
Islom Inomov
Karles Koto
Bobur Akbarov
Temur Ayupov
QIZIL KARTOCHKA
 
A.Pishur (10)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" - "Bunyodkor" - 3:1.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
89'
Bugungi uchrashuvni "Paxtakor" stadionida 2412ta muxlis bevosita kuzatib borayotgan ekan.
89'
Jamshid Iskanderov ogohlantirildi
85'
Anvar G‘ofurov tomonidan uzatilgan to‘pga Vohid Shodiyev boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi
85'
GOOOOOOL! Vohid Shodiyev, 3:1!
79'
Vohid Shodiyev o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Lekin Lobanov to‘pni egallab oldi.
76'
"Bunyodkor" tarkibida o‘zgarish: Javlon Ibroximov o‘rniga Dilshod Jo‘rayev maydonga tushdi.
71'
"Paxtakor" tarkibida o‘zgarish: Akbar Ismatullayev o‘rniga Anvarjon Soliyev maydonga tushdi.
70'
"Paxtakor" xavfli hujum tashkil qildi. Yakuniy zarbani Iskanderov yo‘lladi. Noaniq.
68'
Hisobni yiriklashtirib olganidan keyin maydon egalari o‘yin tempini biroz pasaytirishdi
63'
"Paxtakor" tarkibida o‘zgarish: Jaloliddin Masharipov o‘rniga Sherzod Karimov maydonga tushdi.
57'
"Bunyodkor"da yana bir o‘zgarish. Sardor Sobirxo‘jayev o‘rniga Vohid Shodiyev tushdi
54'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Sahob Jo‘rayev o‘rniga Karles Koto tushurildi
53'
Jamshid Iskandarov jarima zarbasidan yetkazilgan to‘pini Maxaradze "Bunyodkor" darvozasiga yo‘lladi!
53'
GOOOOOLLLLL! Kaxi Maxaradze, 3:0!
48'
Hakam Javlon Ibrohimovga sariq kartochka ko‘rsatdi.
46'
Davronbek Hoshimov tomonidan uzatilgan to‘pga Igor Sergeev boshi bilan zarba berib, hisobni 2:0ga oshirdi.
46'
GOOOOLLLL! Igor Sergeev, 2:0!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+1'
Iskanderov burchak to‘pini amalga oshirdi va Hoshimov darvoza tomon zarba berdi. Darvozabondan qaytgan to‘pni Igor Sergeev darvozaga yo‘lladi!
45+1'
GOOOOLLLL, "Paxtakor" hisobni ochdi!
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Ismatullayev tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Karimov qaytarib yubordi
40'
Kaxi MAxaradze jarima maydonchasi yaqiniga kelib, zarba berdi. Akbar To‘rayev to‘pni qaytardi va ikkinchi urinishda uni egallab oldi
37'
Davron Hoshimov to‘pni jarima maydonachsiga uzatayotganida Sahob Jo‘rayevga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
30'
"Qaldirg‘ochlar" jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. To‘p jonli devordan o‘tmadi
29'
Sergeevning bosh bilan bergan zarbasini To‘rayev qiyinchiliksiz egalladi
25'
"Bunyodkor" 10-daqiqadan boshlab maydonda 10 kishi bo‘lib qolganidan keyin ustunlik to‘laligicha "Paxtakor" tomoniga o‘tdi
22'
Iskanderov tomonidan yo‘llagan jarima zarbasi biroz noaniq chiqdi.
20'
Ismatullayev jarimadan to‘p uzatdi. Biroq Sergeevning bosh bilan yo‘llagan yakuniy zarbasi noaniq chiqdi.
15'
Rashidov himoyachilardan o‘tib ketib, to‘pni Shorahmedovga uzatdi. Akmal esa boshqa jamoadoshlariga to‘pni yetkazishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi
10'
Aleksandr Pishur maydondan chetlatilmoqda! Jarima maydonchasi tomon yetkazilgan to‘pni Pishur qo‘li bilan o‘ziga bo‘ysundirgani uchun hakam xushtak chaldi. Pishur va Krimes o‘yinni davom ettirishdi va baravar yiqilishdi. Pishur esa yerda yotgan joyida Yegorni tepdi. Olim Tolibjonov ukrainalik hujumchini maydondan chetlatdi
9'
Zoteev qanotda to‘pni ko‘kragi bilan to‘xtatdi va darvozaga zarba berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi.
7'
Ikkala jamoa ham bugun bir hujumchi bilan o‘yinni boshlashdi. 11-raqamda o‘ynayotgan futbolchilar - Igor Sergeev va Aleksandr Pishur bugun forvard vazifasini o‘tamoqda
6'
Dastlabki daqiqalarda to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik mezbonlar tomonida.
4'
"Bunyodkor" esa bugun durang o‘ynasa ham ochkolar bo‘yicha "Nasaf" bilan tenglashadi va to‘plar nisbatiga ko‘ra qarshiliklardan o‘tib ketadi. G‘alaba esa o‘z-o‘zidan "qaldirg‘ochlar"ni 3-o‘ringa olib chiqadi. Shu bilan birga "Paxtakor" va "Bunyodkor" ochkolari o‘rtasidagi farq 2 ochkoga yetadi
3'
Bugungi o‘yin natijasidan qat’i nazar "Paxtakor" birinchi davrani 2-o‘rinda yakunlaydi. G‘alaba qozonsa, ochkolar bo‘yicha "Lokomotiv"ga yetib oladi
2'
Vladimir Kozakning olis masofadan yo‘llagan zarbasini Akbar To‘rayev egallab oldi
2'
Oliy liganing barcha jamoalari birinchi davradan keyin bir haftalik ta’tilni o‘tkazib, ikkinchi davra tayyorgarligini boshlab yuborishgan
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Bunyodkor" oq, "Paxtakor" ko‘k rangli formada harakat qiladi
'
JChda chorak final o‘yinlari o‘tkazilayotgan kunlarda O‘zPFL Oliy liganing 13-turning qoldirilgan uchrashuvini shu bugunga belgilagan. "Paxtakor" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qilmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli o‘zbek futboli muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.