Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, chorak final

5 iyul, soat 21:00

ARGENTINA

Iguain (8)

1 : 0

BELGIYa

JAMOALAR TARKIBI
Romero
Sabaleta
Demichelis
Garay
Basanta
Bigliya
Maskerano
Lavessi
Messi
Di Mariya
Iguain
  Kurtua
Alderveyreld
van Byuyten
Kompani
Vertongen
Vitsel
Fellayni
De Bryuyne
Miralyas
Azar
Origi
ZAHIRA
Orion
Anduxar
Kampanyaro
Fernandes
Gago
Peres
Rodriges
Fernandes
Alvares
Palasio
Aguero
  Minyole
Bossyut
Vermalen
Lomberts
Siman
Defur
Dembele
Yanuzay
Shadli
Lukaku
Mertens

Matn

'
Shu bilan biz ham matnli translyasiyani yakunlaymiz, xayr, sog‘ bo‘ling!
90+5'
O‘yin tugadi va Argentina yarim finaldi!!!1:0!
90+5'
Belgiyaning so‘nggi imkoniyati ham samarasiz ketdi, eh!!!Avvaliga Garay darvozaga to‘pni yo‘naltirolmadi, keyin qaytgan to‘pni Vitsel yuqoriga yo‘naltirdi!!!
90+4'
Messiiiiii! O‘zining beshinchi golini urishi mumkin edi, ammo Kurtuaning mahorati bunga yo‘l qo‘ymadi!!!
90+3'
Argentina himosida ish qizg‘in!!!
90'
Argentina bosh murabbiyi Sabelya zahiradagi o‘yinchilardan birini tinchlantirib, joyiga o‘tqazib qo‘ydi. Hayajonli daqiqalar.
90'
O‘yinga 5 daqiqa qo‘shildi.
90'
Sabaleta maydonda yiqilib yotibdi.
88'
Belgiya burchakdan to‘p tepdi, oshirilgan to‘pga belgiyaning ikki o‘yinchisi talashib qoldi, xavf bartaraf etildi.
86'
Argentinaning qarshi hujumi!!! Messi Palasioni darvozabon bilan birga-bir chiqarmoqchi bo‘ldi, ammo to‘pga birinchi bo‘lib Kurtua ulgurdi.
85'
Belgiyaning hujumlari shiddatli tus olmoqda, De Bryuynening zarbasi rikoshet bilan mydon tashqarisiga chiqib ketdiyu Burchak to‘pidan Belgiyaga naf bo‘lmadi.
81'
Argentanda o‘zgarish: Hozircha yagona bo‘lib turgan gol muallifi Iguain maydonni tark etdi, uning o‘rnida Fernando Gago harakat qiladi.
77'
Ishonish qiyin: Argentina himoyalanmoqda.
76'
Belgiyaning so‘nggi almashtirishi: Azar maydonni tark etdi, uning o‘rniga Nosir Shadli o‘yinni oxiriga yetkazib qo‘yadigan bo‘ldi.
75'
Raqibini to‘xtatib qolgani uchun Bigliya ogohlantirildi.
73'
Fellayni jarima maydoni ichida uch himochiga qarshi kurash olib bordi, ammo uddalay olmadi.
71'
Argentinada o‘zgarish: Lavessi o‘rniga Palasio o‘ynaydi.
70'
Messi chap qanotda uchta belgiyalik futbolchini "sayr" qildirmoqda.
69'
Alderveyreld raqibiga oyog‘ini baland ko‘targani uchun ogohlantirildi.
68'
Belgiyaliklarning hujumlari ko‘payganini qayd qilishimiz mumkin.
62'
Ikki daqiqa ichida belgiyaliklarning ikki hujumi bemamar ketdi.
61 '
Belgiya "tirilmoqda".Chap qanotda oshirilgan to‘pga Fellayni bosh bilan zarba berdi, to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi.
59'
Belgiyada birdaniga ikki o‘zgarish: Origi va Miralyas o‘rniga Lukaku va Mertens tushdi.
59'
Lavessi jarima maydon ichiga xotirjam yetib keldi va raqiblarini ham shu tarzda aldab o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo belgiyalik himoyachilar undan to‘pni olib qo‘yishdi.
55'
Iguain!!! Bir necha raqibi qurshovida jarima maydonchasi ichiga kirib kelib to‘pni darvozaga zarb bilan tepdi, aynan shu zarb bilan tepgani uchun to‘p noaniq ketdi ya’ni darvoza to‘sini ustidan.
53'
Messi jarima to‘pini jarima maydoni ichiga oshirdi, bu to‘pga ham hech kim ulgurmadi.
52'
Raqibini qulatgani uchun Azar sariq kartochka oldi.
50'
Iguain o‘zinig harakatlari evaziga jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va darvozaga zarba berdi, ammo biroz nomaniq.
48'
Messi o‘ng qanotdan jarima to‘pini tushunarsiz oshirdi, to‘pga hech kim yetib kelmadi yoki harakat qilmadi.
45'
Ikkinchi bo‘lim o‘zgaishlarsiz boshlandi.
45'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+2'
Birinchi bo‘lim tugadi. 1:0. Oldinda Argentina. Tanaffus.
45'
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi. Belgiyaning hisobni tenglashtirish uchun shuncha vaqti bor.
44'
Azar chaqqon harakatlar bilan maydon markazidan jarima maydoni oldiga Fellayniga to‘p oshirdi, ammo Maruan sherigiga aniq to‘p oshira olmadi.
43'
Argentina burchak to‘pi tepdi va bu hujum xavfli chiqmadi.
41'
Belgiyaning hujumi. Autdan kritilgan to‘p keyinchalik jarima maydoncha ichiga oshirildi, Miralyasning boshi bilan bergan zarbasi birz noaniq ketdi.
39'
Messining zarbasi kuchli va biroz noaniq.Zarba aniq bo‘lganda Kurtua hech narsa qila olmas edi.
39'
Messi jarima to‘pini tepmoqchi.
38'
Jarima maydoni chizig‘i yaqinida Messini chalib yiqitishdi. Jarima zarbasi tepiladi.
36'
Belgiya navbatdagi hujumni boshlashi mumkin edi, ammo De Bryuyne noaniq harakat qildi.
35'
Jarima maydoni ichida De Bryuyne to‘pni qulay qabul qila olmadi va sherigiga to‘p oshira olmadi.
33'
Argentinada katta yo‘qotish. Jarohat olgan Anxel Di Mariya maydonni tark etyapti. Uning o‘rniga Enso Peres tushdi.
28'
Messidan maydon markazidan zargarona pas! Di Mariya to‘pni darvozaga yo‘naltirgan edi, ammo to‘pga Kompani g‘ov bo‘ldi.
26'
Azar 23 metrlardan darvozaga zarba berliYU Romerolan qaytgan to‘pga Origi yetib kela olmadi.
24'
Belgiyaliklar hujumda, ammo Azar to‘pni oldirib qo‘ydi, to‘p bir belgiyaliklar maydoniga boib keldi va yana Belgiya hujumda.
22'
Di Mariya tovoni bilan jarima maydonchasi ichidagi Iguainga chiroyli to‘p oshirmoqchi bo‘ldiYU ammo Gonsalo bu to‘pga yeta olmadi.
19'
Mssi maydon markazida Fellyniga qo‘pol o‘ynadi.Jarima to‘pi.
17'
Belgiyaliklarni burchak to‘pi samarasiz yakunlandi.
13'
De Bryuynening 18 metrdan bergan zarbasi noaniq ketdi.
10'
Belgiya hisobni tenglashtirish uchun harakatlarni oladi. Ikki daqiqa ichida ikki hujum, ammo yevropaliklar xavfli vaziyat yarata olmayaptilar.
8'
Messi maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va chap qanotga Di Mariyaga uzatdi, Di Mariyaning Sabaletaga oshirgan to‘pi himoyachining oyog‘iga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirib, jarima maydonchasi ichida turgan Iguainga kelib tushdi. Gonasalo esa birtepar usulida darvozaning chap burchagini, Kurtauaning o‘ng burchagini ishg‘ol qildi! 1:0.
8'
Gooooooollll! 1:0! Iguain!
3'
Tezkor gol ko‘rishimiz mumkin edi. Messi chap qanotga Lavessiga to‘p oshirdi, Esekiyel to‘pni maydoncha ichidagi sherigiga oshirmoqchi edi, ammo Belgiya himoyachisi aniq harakat qildi.
3'
Maydon markazida Fellayni va Maskerano o‘rtasida kurash. Fellayni Maskeranoni turtib yubordi. Hakam Fellaynini haq deb topdi.
2'
To‘p bilan Belgiya muomala qilmoqda.
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni belgiyaliklar o‘yinga kiritishdi.
0'
Madhiyalar ijro etildi.
'
Qisqacha statistika: ushbu terma jamoalar O‘ZARO 4 bor duch kelganlar 3 marta janubiy amerikaliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 marta yevropaliklarning qo‘llari baland kelgan.Qizig‘i - biron marta durang fayd etilmagan.
'
Asalomu alaykum, hurmatli futbol muxlisslari! Jahon chempionati chorak finalida Argentina-Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan matnli translyasiyani boshlaymiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.