JCH-2014, chorak final
| 6 iyul, soat 01:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) | ||
GOLLANDIYa |
0 : 0 |
KOSTA RIKA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Silessen 2.Vlar 3.de Vrey 4.Martins Indi 5.Blind 9.van Persi (S) 10.Sneyder 11.Robben 15.Kyuyt 20.Veynaldum 21.Depay |
1.Navas 2.Akosta 3.Gonsales 4.Umanya 5.Borxes. 7.Bolanyos 9.Kempbell 10.Ruis 15.Dias 16.Gamboa 17.Texeda |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Dias (37)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
Penaltilar seriyasi - bu omad! Omad esa kuchlilarga kulib boqadi. Van Gal penaltilar seriyasiga ham maxsus reja ishlab chiqqan ekan. Uning rejasi ish berdi va Gollandiya muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga chiqdi |
| ' | ![]() |
GOLLANDIYa TERMA JAMOASI - YARIM FINALDA! |
| 4:3' | ![]() |
Umanya! Gol emas! Tim Krul yana bir zarbani bartaraf etdi! |
| 4:3' | ![]() |
Dirk Kuyt! 4:3! |
| 3:3' | ![]() |
Bolanyos! 3:3 |
| 3:2' | ![]() |
Sneyder! 3:2! |
| 2:2' | ![]() |
Gonsales! 2:2! |
| 2:1' | ![]() |
Robben, 2:1! |
| 1:1' | ![]() |
Ruis! Darvozabon zarbani qaytardi! HIsob o‘zgarmay qoldi. |
| 1:1' | ![]() |
Van Persi! 1:1! Navas to‘pni qaytarishiga oz qoldi. JAmoa sardori darvozaning burchagini nishonga oldi |
| 0:1' | ![]() |
Borxes, 0:1! Darvozabon to‘p yo‘nalishini topdi, ammo to‘pni qaytara olmadi |
| ' | ![]() |
Darvozada Gollandiya darvozaboni Tim Krul. To‘p yonida esa Borxes |
| ' | ![]() |
Mini-qur’aga ko‘ra, Kosta-Rika birinchi bo‘lim zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Hisob - 0:0, ammo o‘yin dahshatli! |
| 120+2' | ![]() |
O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari yakunlandi. Navbat penaltilari seriyasiga |
| 120+1' | ![]() |
Gollandiya darvozabonini o‘zgartirdi. Silessen o‘rniga Tim Krul tushirildi. Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik boshlandi |
| 120' | ![]() |
Ikkinchi qo‘shimcha bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 119' | ![]() |
VUUUUHHHHHH! Kosta-Rika darvozasining to‘sini to‘p zarbidan titrab ketdi! Sneyder jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni olis burchakka aylantirgandi!!! |
| 118' | ![]() |
Gollandiya burchak to‘pi ishladi! |
| 117' | ![]() |
Vuuuuh, Kosta-Rika! O‘yin taqdirini hal qilishi mumkin edi! Urenya mutlaqo erkin tarzda darvozabon bilan yuzma-yuz holatda kuchli zarba yo‘lladi. Silessen to‘pni oyoqlari bilan qaytarib qoldi! |
| 115' | ![]() |
BUrchak to‘pi esa samarasiz bo‘ldi |
| 115' | ![]() |
Uuuhhh, Kosta Rika jonlanib qoldi! Dastlab darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqayotgan hujumchining oyog‘i ostidan himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi. To‘p esa Bolanyosga kelib tushdi. Uning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 114' | ![]() |
Gollandiya hujumchisi ofsaydda qoldi. U hattoki birga-bir vaziyatda zarba berishga ham ulgurgandi. Shuni ham Navas qaytardi |
| 113' | ![]() |
Bolanyos Gollandiya jarima maydonchasi ichida 2 nafar futbolchini aldab o‘tdi, ammo uchinchisiga to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 111' | ![]() |
Dirk Kuyt o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. To‘pni Navas egallab oldi, ammo Xuntelar unga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Natijada ogohlantirish oldi |
| 110' | ![]() |
Van Persining g‘oyasini Xuntelaar tushunmadi |
| 108' | ![]() |
Burchak to‘piga Xuntelar zarba berdi. Noaniq |
| 108' | ![]() |
Jarima zarbasidan keyin darvozaga zarba berilmadi, biroq burchak to‘pi ishlandi |
| 107' | ![]() |
Robben o‘ng qanotda bir nafar himoyachidan qochdi va ikkinchisidan o‘tib ketayotganida chalib yiqitildi. AKosta ogohlantirish oldi |
| 106' | ![]() |
Ikkinchi qo‘shimcha taym boshlandi |
| 106' | ![]() |
Bruno Martins Indi o‘rniga Yan Xuntlar maydonga tushirildi |
| 105+2' | ![]() |
Birinchi qo‘shimcha bo‘lim yakunlandi. Yana 15 daqiqa... |
| 105+2' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Navas mushtlari bilan urib yubordi |
| 105' | ![]() |
Birinchi over-taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 103' | ![]() |
To‘p jarima maydonchasiga yetkazilayotgandan kosta-rikalik himoyachining qo‘liga tegdi. Ermatov jarima zarbasi belgiladi. Sneyderning jarimadan bergan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 102' | ![]() |
Robben o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni chap oyog‘iga moslab zarba berdi. HImoyachilar zarba yo‘liga g‘ov bo‘lishdi |
| 98' | Ermatov Kosta-Rika hujumchisining raqib jarima maydonchasi ichida yiqilishiga ishonmadi va to‘g‘ri qildi. Penalti yo‘q! | |
| 96' | ![]() |
Kosta-Rikada o‘zgarish: Yelsin Texeda o‘rniga Kobero tushirildi. |
| 95' | ![]() |
Avvalgi vaziyatda to‘p uchun sakrab, yerga tushayotganida Navas Kuytga urilib ketdi va jaorhat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 94' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘piga chiqishda Navas xatoga yo‘l qo‘ydi va himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 93' | ![]() |
Yana Navas! Burchakdan yetkazilgan to‘pga Kuyt bosh bilan zarba berdi. Darvozabonya na bir marta seyv namoyish qildi! |
| 91' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi |
| 90+4' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0! |
| 90+3' | ![]() |
Ohohohohoho!!!!! Van Persining jarima zarbasini Navas mushtlari bilan urib yubordi, ammo bu bilan xavf yakunlanmadi. Gollandiyalik yarim himoyachi jarima maydonchasining chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. To‘p kyuyt va De Vreydan o‘tib ketib, Van Persiga borib tushdi. Jamoa sardorining zarbasi esa darvoza chizig‘ida turgan himoyachiga va undan keyin darvoza to‘siniga tegib, ortga qaytdi! Qaytgan to‘p gollandiyalik hujumchidan maydonni tark etdi! Vuh! |
| 90+1' | ![]() |
Robbenga nisbatan jarima maydonchasining o‘ng qanoti yonida o‘yin qoidasi buzildi. Standart! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 84' | ![]() |
Navaaaas!!! Van Persi himoyachidan qochib ketib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Kosta-Rika posboni to‘pni qaytardi |
| 80' | ![]() |
Gollandiya jarima zarbasini ishladi va Sneyderning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi |
| 78' | ![]() |
Gamboa zambilda maydonni tark etdi. Uning o‘riga Deyv Murey tushirildi |
| 77' | ![]() |
Robben jarima maydonchasi ichida Kosta-Rika futbolchilariga rosa boshog‘riq bo‘lmoqda. Gollandiya burchak to‘pi ishladi |
| 76' | ![]() |
Gollandiyada o‘zgarish: Depay o‘rniga Lens tushirildi |
| 74' | ![]() |
Gamboa xavfli o‘yin namoyish qilgani uchun jarima zarbasi belgilandi. Sneyder yetkazib bergan to‘pga Veyneldum bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 70' | ![]() |
Kosta-Rika yarim himoyachisi Gamboa to‘p uchun sakradi va muvaffaqiyatsiz qo‘ngani uchun oyog‘idan jarohat oldi |
| 68' | ![]() |
Robben o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va van Persi bilan "devor" o‘ynab, o‘zi zarba bermoqchi bo‘lganida, himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 67' | ![]() |
Kosta-Rika hujumga o‘tdi va Gamboa o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasia uzatishga harakat qildi. To‘p narigi qanotga o‘tib ketdi |
| 66' | ![]() |
Joel Kempbell maydonni tark etdi. Markos Urenya o‘yinni davom ettiradi. Bu Kosta Rikadagi o‘zgarish edi |
| 65' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pga Gonsales bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
Martins Indi ogohlantirish oldi. Raqib futbolchisini quchoqlab tortib qolgani uchun |
| 63' | ![]() |
Bahodir Qo‘chqorov ofsayd qayd etdi. Van Persi o‘yindan tashqari holatda! |
| 62' | ![]() |
Kosta Rika darvozaga 30 metrlardan jarima to‘pini ishladi. Bolanyos to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘llashga qaror qildi. Noaniq! |
| 60' | ![]() |
Kosta Rika hujum tashkil qildi va to‘p uchun kurashdi Kempbel jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo‘q deb hisobladi Ermatov |
| 58' | ![]() |
Robben o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasi yaqinidagi Kuytga uzatdi. Dirkning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 56' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga de Vrey bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegdi va darvozagacha bormadi |
| 56' | ![]() |
Van Persi jarima maydonchasiga kirib keldi va bor-yo‘g‘i burchak to‘pi ishladi |
| 52' | ![]() |
Robbenning o‘zi to‘pni yuqoridan emas, yerlatib, jarima maydonchasi chizig‘i ustiga oshirdi. Olomondan ajralib chiqqan Kuyt to‘pga zarba berdi. Noaniq. |
| 51' | ![]() |
Robben o‘ng qanotda ikkin himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida Umanya unga oyoq qo‘yib qoldi. Ogohlantirish va jarima zarbasi |
| 50' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda ham o‘yin sur’ati o‘zgarmayapti. Gollandiya to‘pni nazorat qilib, raqib darvozasiga yo‘l qidirmoqda |
| 48' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Silessen egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Birinchi bo‘limga katta ustunlik niderlandlar tomonida bo‘ldi. Ammo bu ustunlikni hisobda aks ettirish ularga nasib etmadi. Darvozabon Xesus Navas yaxshi o‘ynamoqda | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Hujumda faqat Gollandiya |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Van Persi raqib jarima maydonchasi ichida himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 42' | ![]() |
Robben to‘pni himoyachilar orasidan o‘tkazib, Van Persini birga-bir vaziyatga chiqardi. Navas chaqqonlik qilib, to‘pni egallab oldi |
| 39' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin to‘p ortga qaytarildi. Yevropaliklar hujumni boshqatdan tashkil qilishadi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuhhh! Sneyder jarima zarbasini juda chiroyli tarzda burchakka yo‘lladi. NAvas ijrochida chiroyli seyv! |
| 37' | ![]() |
Dias Robbenga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. Darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi! |
| 36' | ![]() |
Gollandiya qarshi hujumga o‘tgan paytda kosta-rikaliklar maydon markazida Robbenni chalib yiqitishdi |
| 35' | ![]() |
Kosta-Rika yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Kempbell tomonidan qaychi uslubida berilmoqchi bo‘lgan zarba o‘xshamay qoldi |
| 33' | ![]() |
Robben hujumda fol ishlatgani Ermatov tomonidan qayd etildi |
| 32' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni darvozabon Silessen egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Van Persi o‘yin qoidasini buzdi. Davrozagacha 30 metrlar bor |
| 29' | ![]() |
Xesus Navas yana bir marta Kosta-Rikani qutqarmoqda. Gollandiya qarshi hujumga o‘tgan hujumga o‘tdi va Van Persi to‘pni Depayga yetkazdi. Memfisning chap qanotdan yo‘llagan zarbasini darvozabon oyog‘i bilan qaytardi |
| 28' | ![]() |
Kosta-Rika chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi, to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi |
| 25' | ![]() |
Abduhamidullo Rasulov yana bir marta gollandiyalik hujumchilarning ofsaydda qolganini qayd etdi |
| 23' | ![]() |
MAydon markazidan yetkazilgan to‘pda Depay ofsaydda deb topildi A.Rasulov tomonidan |
| 21' | ![]() |
Vuuuuuuhhhh! O‘ng qanotdan jarima maydonchasi tashqarisiga yetkazilgan to‘pni Dirk Kuyt chap qanotda ochiq turgan Sneyderga yetkazdi. Uesli 14-15 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon Navas qaytardi. Qaytgan to‘pga yana Kuyt zarba berdi. Bu safar Kosta-Rika darvozaboni to‘pni egallab oldi |
| 18' | ![]() |
Gollandiyaning dastlabki daqiqalarda bosimini bartaraf etgan Pinto shogirdlari endi o‘zlarini ancha erkin his qilib, to‘pni nazorat qilishmoqda va hujum tashkil qilish yo‘llarini qidirishmoqda |
| 14' | ![]() |
van Gal shogirdlari raqib mudofaasini yorib o‘tish imkoniyatlarini qidirishmoqda. Hozircha Kosta-Rika imkoniyat bermayapti |
| 11' | ![]() |
Kosta-Rika yarim himoyachisi o‘ng qanotdan oldina o‘tdi va deyarli burchakka yaqin joydan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p yevropalik futbolchiga nasib etdi |
| 10' | ![]() |
Van Persi hujumda himoyachini tortib qolgani uchun Ermatov xushtak chaldi |
| 9' | ![]() |
BUrchak to‘pidan keyin to‘p qaytarildi. Gollandlar boshqatdan hujum tashkil etishadi |
| 8' | ![]() |
Robben o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 6' | Kosta-Rika qarshi hujumga o‘tdi, ammo jarima maydonchasiga yaqin joyda to‘pni yo‘qotdi | |
| 4' | Jamoalar tavakkal qilishga, oldinga o‘tishga shoshilishmayapti... | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Gollandiya o‘zining an’anaviy och qizil rangli formasida, Kosta-Rika esa oq rangli formada o‘ynaydi. Hakamlar brigadasi esa to‘q ko‘k rangli formalarda o‘yinni boshqarishadi |
| ' | Avval Gollandiya, so‘ngra Kosta-Rika davlat madhiyalari.... | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Jamoa sardorlari rasizmga qarshi kurash matnini o‘qib eshittirishmoqda |
| ' | Ushbu juftli g‘olibi yarim finalda Argentina bilan to‘qnash keladi | |
| ' | Gollandiya va Kosta-Rika jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Ravshan Ermatov boshqarib borishidan xabaringiz bor | |
| ' | Chorak finalning so‘nggi bahsi boshlanishiga 15 daqiqa qoldi | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|