JCH-2014, yarim final
| 9 iyul, soat 01:00. Bosh hakam: Marko Rodrigez (Meksika) | ||
BRAZILIYaOskar (90)
|
1 : 7 |
GERMANIYaMyuller (11)
Kloze (23) Kroos (25, 26) Xedira (29) Shyurrle (69, 79) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Sezar 4.D. Luis 5.Fernandinyo 6.Marselo 7.Xalk 9.Fred 11.Oskar 13.Dante 17.Luis Gustavo 20.Bernard 23.Maykon |
1.Noyer 4.Xuvedes 5.Hummels 6.Xedira 7.Shvaynshtayger 8.O‘zil 11.Kloze 13.Myuller 16.Lam 18.Kroos 20.Boateng |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
BRAZILIYA-GERMANIYa - 1:7. Bundestim — dastlabki finalchi!!! |
| 90+2' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Oskar jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o‘tdi va Noyer bilan yuzma-yuz vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOOOLLLLL! Oskar, 1:7! |
| 90' | ![]() |
O‘zil birga-bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yoidan o‘tib ketdi |
| 89' | ![]() |
Eh, Oskar! Hech bo‘lmasa bitta gol urishi mumkin edi. O‘ng qanot o‘tkir burchak ostida to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi.... |
| 88' | ![]() |
Sakkizinchi gol ortiqchalik qilardi... |
| 87' | O‘yin tugashini kutyapti barcha | |
| 85' | ![]() |
Ramires 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Burchak yo‘l olayotgan to‘pni Noyer egallab oldi |
| 82' | Shyurrle ushbu o‘yinda dublga erishmoqda va JCH-2014dagi gollari sonini 3ta yetkazdi | |
| 79' | ![]() |
To‘p o‘ng qanotdagi chiziqdan otib berildi va shundan so‘ng jarima maydonchasiga yetkazildi. Shyurrle to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, to‘rga borib tushdi... |
| 79' | ![]() |
0:7! Shyurrle! |
| 76' | ![]() |
Germaniyada o‘zgarish: Xedira o‘rniga Yulian Draksler tushirildi |
| 74' | ![]() |
Mezbonlar o‘zlari ham tushunmagan holda nimalardir qilishga urinishmoqda. Bu harakatlar samara berishiga ularning o‘zlari ham ishonishmayapti ochig‘i.... |
| 69' | ![]() |
Filipp Lam jarima maydonchasi ichida o‘zi zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni sherigiga uzatdi. Shyurrle esa bitta zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi! |
| 69' | ![]() |
GOL! Andre Shyurrle, 6:0! |
| 68' | ![]() |
Dante ogohlantirish oldi. Klubdoshi Myullerni tepib yiqitgani uchun |
| 66' | ![]() |
Sezarning jarima maydonchasini tashlab chiqishi mezbonlarni yana bir goldan qutqarib qoldi. Shyurrle biroz kech qoldi |
| 65' | ![]() |
Braziliyaning ikkinchi bo‘lim boshidagi shashti pasayib qoldi... |
| 64' | ![]() |
Germaniyaning qarshi hujumi paytida to‘p yaxshiyam Marselo oyog‘iga tegib qoldi va Sezarga nasib etdi. Aks holda oltinchi to‘p... |
| 62' | ![]() |
Eh, Maykon! Hujumga qo‘shildi, jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, bir himoyachini aldab o‘tdi, zarba berish kerak bo‘lgan paytda esa o‘zidan-o‘zi yiqilishga qaror qildi! O‘yinni juda yaxshi boshqarib borayotgangan Marko Rodriges bugun bunday simulyasiyalarga ishonmaydi! Aksincha, Maykonga ogohlantirish berish kerak edi! |
| 61' | ![]() |
Ohhoho!!! Myullerning yuqori burchakka yo‘llagan zarbasi Sezar qaytarishga ulgurdi! |
| 60' | ![]() |
Myuller Sezar bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, darvozabon oyoqlari bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 59' | ![]() |
Fredning zarbasini Noyer egallab oldi |
| 58' | ![]() |
JChlari final bosqichida gol urish bo‘yicha rekordchiga aylangan Miroslav Kloze maydonni tark etdi. Andre Shyurrle o‘yinni davom ettiradi |
| 57' | ![]() |
Germaniya hujumga o‘tishni ham unutmayapti. Myuller chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi ichida to‘pni ortga qaytardi. Himoyachilar va darvozabon to‘pni egallab olishdi |
| 54' | ![]() |
Yuqoridagi vaziyatlarda Oskar va Paulinyo birga-bir vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Ulardan hech bo‘lmasa bittasi golga aylanganidami, o‘yin yanada shiddatli tus olardi! |
| 53' | ![]() |
VUuuuuhh! Braziliya butunlay boshqacha kayfiyatda chiqib keldi maydonga! Noyer ikki marta birga-bir vaziyatda berilgan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! Vuuuuh, bu nemislar! 5:0 hisobida g‘alaba qozonayotib ham aslo bo‘shashishni xayollariga keltiimaydi-ya! |
| 51' | ![]() |
Ular shunday qilishmoqda ham! Hozir mezbonlar o‘zlarining dastlabki gollarini urishlariga sal qoldi. Xalk jarima maydonchasi chizig‘i ustida maydonchaning o‘ng qanotida ochilgan Ramiresga uzatdi va "Chelsi" yarim himoyachisi to‘pni darvozabon maydonchasidagi Oskar tomon uzatdi. Noyer to‘pni qaytarib yubordi! |
| 48' | ![]() |
Braziliya oldinga borishi shart! Muxlislar uchun, Vatan uchun! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Hozircha Germaniya terma jamoasi 0-5 hisobida oldinada bormoqda |
| 45+1' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Oskarga nisbatan qo‘pollik ishlatildi, jarima zarbasini Braziliya tepadi |
| 41' | ![]() |
Braziliya hujum uyushtirishga harakat qilib ko‘rdi, Oskarning xarakatlarini himoyachilar bartaraf etishdi |
| 38' | ![]() |
O‘yin hozircha maydon markazida kechmoqda |
| 37' | Savol tug‘iladi: Nahotki birgina Silvaning Braziliya himoyasidagi o‘rni shu darajada yuqori? Bugun Braziliya himoyasi Silvasiz bedarvoza shaharga o‘xshab qolmoqda | |
| 36' | ![]() |
Xalk o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi |
| 33' | Nemislar bir oz dam olishga qaror qilishdi va gollar yomg‘iri to‘xtadi | |
| 29' | ![]() |
Ko‘z o‘ngimizda Germaniya Braziliyani o‘z maydonida gollar yomg‘iri bilan "ko‘mib tashlamoqda" |
| 29' | ![]() |
GOOOOOOOOOOLLLL! XEDIRA! |
| 26' | ![]() |
Xedira chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va Kroosga to‘pni oirshdi. Kroos xuddi mashg‘ulotdagidek qiyinchiliksiz darvozasini ishg‘ol qildi |
| 26' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL! KROOOOOOOOSSSS! |
| 25' | ![]() |
o‘zil o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni yetkazib berdi, yo‘l-yo‘lakay to‘pga Myuller zarba berishga urindiyu, to‘p undan o‘tib ketib Kroosga kelib tushdi va Kroos uzoqdan aniq zarba bilan Hisobni 0-3 ga yetkazdi |
| 25' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL! KROOOOOOOOOOOOOOOOOOSSSSSSSS! |
| 24' | ![]() |
Kloze Jahon chempionatlarining rekordchi to‘purari 16 gol! |
| 23' | ![]() |
Toni Kroos jarima maydonchasi ichiga to‘pni oshirib berdi, avaliga Klozening ilk zarbasini Sezar qaytardi ikkinchi zarba oldida Sezar ojiz qoldi |
| 23' | ![]() |
GGGGGGGGGGGGGGGOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!! KOLOOOZEEEEEEEEEEEEEEEEEEEE |
| 20' | ![]() |
Kloze jarima maydonchasi tashqaoisidan darvozaga zarba berishga harakat qildi, biroq zarba kuchsizroq chiqdi |
| 17' | ![]() |
Marselo qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va Lam to‘pga ulgurib maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, Boateng esa simulyasiya ishlatgani uchun Marseloga e’tiroz bildirdi |
| 16' | ![]() |
Bernard raqibi Kroosni yiqitgani uchun hakam jarima zarbasi belgilandi |
| 13' | ![]() |
David Luiz maydon markazini kesib o‘tib, to‘pni Xalkka oshirdi, Xalk to‘pni oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 11' | ![]() |
Burchakdan to‘pni Toni Kroos o‘yinga kiritib berdi va jarima maydonchasi ichida e’tiborsiz qoldirilgan Myuller darvozani ishg‘ol qildi |
| 11' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL! MYULLLLLLEERRRRR |
| 10' | ![]() |
Germaniya burchak to‘pi tepadi |
| 7' | ![]() |
O‘zilning faolligi evao‘iga to‘p jarima maydonchasiga yetkazib berildi va Xedira darvoza tomon zarba berdi,zarba yo‘liga Toni Kroos o‘zi istamagan holda "to‘g‘anoq" bo‘ldi |
| 5' | ![]() |
Hozircha Braziliya ko‘proq hujum uyushtirishga harakat qilmoqda, nemislar esa xotirjam harakat qilishmoqda |
| 4' | ![]() |
Xalk qanotdan hujum uyushtirishga harakat qildi va to‘pni jarima maydonchasiga oshirib berdi, to‘pga hammadan avval Noyer egalik qildi |
| 3' | ![]() |
marseloning uzoqdan bergan zarbasi noaniq ketdi |
| 3' | Hozircha Braziliya ko‘proq to‘pga egalik qilmoqda va o‘yin Germaniya darvozasi joylashgan tomonda davom etmoqda | |
| 2' | ![]() |
Braziliya burchak to‘pi tepadi |
| 1' | Ilk daqiqalardan Braziliya hujumga o‘tmoqda | |
| 1' | ![]() |
Meksikalik hakam Marko Rodrigez o‘yinni boshlashga ruxsat berdi. Boshladik |
| ' | ![]() |
O‘yinni Germaniya terma jamoasi a’zolari boshlab beradi |
| ' | Sezar va Luis madhiya vaqtida Neymarning futbolkasini ushlab olgan holda kuylashdi | |
| ' | ![]() |
QOYIL! Butun stadion Braziliya madhiyasini futbolchilarga jo‘r bo‘lib kuyladi |
| ' | ![]() |
Ikki terma jamoalar madhiyalari yangramoqda |
| ' | ![]() |
Germaniyani Lam sardor sifatida boshlab tushgan bo‘lsa, Braziliyani ilk marta David Luis sador sifatida maydonga boshlab chiqdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | Tarkiblarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, jarohat olgan Neymarning o‘rniga kutilganidek Villian emas, Bernard tushirilganini guvohi bo‘lasiz. Tiago Silvaning yo‘qligini Dante bildirmaslikka harakat qiladi | |
| ' | Braziliya esa o‘z darvozasidan Germaniyaga nisbatan bitta ko‘p (4 ta) gol o‘tkazib yuborgan | |
| ' | ![]() |
Jahon chempionati davomida ikkala jamoa ham 10 tadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan |
| ' | Ikkala terma jamoa so‘nggi bor 2011 yil avgustda to‘qnash kelishgan va unda nemislar Shyurle, Shvaynshtayger, Gyosening gollari hisobiga 3-2 hisobida g‘alaba qozongan.Braziliyaliklar safida gollarni Neymar va Robinyo kiritgan. | |
| ' | Jamoalar maydonda chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda | |
| ' | ![]() |
Bugun e’tiboringizga Braziliya - Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni havola qilamiz |
| ' | ![]() |
Barchangizni Jahon chempionatining yarim final bahsini saytimiz orqali kuzatishga taklif etamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu aleykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|