JCH-2014, yarim final
| 10 iyul, 01:00. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya) | ||
GOLLANDIYa |
0 : 0 |
ARGENTINA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Romero 2.Garay 4.Sabaleta 8.Enso Peres 6.Bigliya 9.Iguain 10.Messi 14.Maskerano 15.Demichelis 16.Roxo 22.Lavessi |
1.Silessen 2.Vlar 3.de Vrey 4.Martins Indi 5.Blind 6.Nayjel de Yong 9.van Persi. 10.Sneyder 11.Robben 15.Kyuyt 20.Veynaldum |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! Mundialni biz bilan kuzatishda davom eting. STADIONda qoling! | |
| ' | Braziliya va Gollandiya musobaqaning uchinchi o‘rini uchun kurashadi | |
| ' | Demak, finalda Germaniya - Argentina qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz! | |
| ' | Penaltilar seriyasi - bu lotoreya! Lotoreyada omad Argentinaga kulib boqdi. Aniqrog‘i gollandlarning o‘zlari penaltilarni noaniq tepib, final yo‘llanmasini raqibga topshirishdi! | |
| ' | QUVONCh VA ALAM KO‘Z YOSHLARI! | |
| ' | ![]() |
ARGENTINA FINALDA O‘YNAYDI! |
| ' | ![]() |
Maksi Rodrigeeeeeees! 4-2! |
| ' | Maksi rodriges gol ursa, Argentina finalda! | |
| ' | ![]() |
Kyuyt! 3-2! |
| ' | ![]() |
Aguero! 3-1! |
| ' | ![]() |
Snayder! 2-1! Romerooooooooo to‘pni qaytarmoqda! |
| ' | ![]() |
Garay! 2-1! |
| ' | ![]() |
Robben! 1-1! |
| ' | ![]() |
Messi! 1-0! |
| ' | ![]() |
Vlar! 0-0! Romero to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Qur’aga ko‘ra birinchi zarbani Gollandiya beradi |
| ' | ![]() |
Lotoreya!!! |
| ' | O‘tgan o‘yinda Gollandiyaga yordam bergan Krul endi jamoasiga yordam berolmaydi. Bugun qahramon bo‘lish navbati Silessenga | |
| 120+1' | ![]() |
Junayt Chaqir qo‘shimcha bo‘limlarni ham yakunladi va jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif qildi |
| 120+1' | Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘ramiz | |
| 120' | ![]() |
Bir daqiqa qo‘shib berildi |
| 119' | ![]() |
Maskerano bugun Robbenga umuman o‘yin bermadi,hozir ham uning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 117' | ![]() |
Messi qanotdan himoyachilarni aldab o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi, biroq Maksi Rodrigesning zarbasi kuchsiz chiqdi va darvozabon ushlab oldi. |
| 115' | ![]() |
UXXX! Palasio hozir o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin edi. Darvozabon bila birga bir vaziyatda futbolchi boshi bilan kuchsiz zarba berdi va Silessen uni egallab oldi |
| 112' | Maydonda hech qanday vaziyat yuzaga kelgani yo‘q. Futbolchilar to‘pni u yoqdan bu yoqqa tepib yurishipti | |
| 108' | ![]() |
Sabaletaning jarohati jiddiy ko‘rinadi. shifokorlar unga yordam ko‘rsatib maydonga qaytarishga harakat qilishmoqda. Sabelya uch ta futbolchi almashtirish huquqidan foydalanib bo‘lgan, Sabaleta qaytishi shart |
| 107' | ![]() |
Kyuyt bilan to‘qnashuvda Sabaleta jarohat oldi. Unga shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda |
| 106' | ![]() |
Qo‘shimcha taymlarning so‘nggisi boshlandi! |
| ' | Jamoalar murabbiylardan so‘nggi ko‘rsatmani qabul qilishmoqda | |
| 105' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limning birinchisi tugadi |
| 105' | ![]() |
Argentina burchak to‘pi tepdi. |
| 105' | ![]() |
105Messi to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi, Silessen qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 105' | ![]() |
Yan Xuntelar ogohlantirildi |
| 103' | ![]() |
Raqib to‘pni robbendan olib qo‘ydi, robben esa hakamga o‘yin qoidasi buzildi degan ma’noda qaradi. Biroq hakam o‘yinni davom ettirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bu holat Snayder va Robbenning e’tiroziga sabab bo‘ldi |
| 100' | ![]() |
Lavessi o‘rniga Maksi Rodriges o‘yinni davom ettiradi |
| 98' | ![]() |
Robben jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi, uning kuchli zarbasini Romero egallab oldi |
| 97' | ![]() |
Robben bu safar uch himyaochi orasidan qochib ketib darvoza tomon zarba berdi. Bu safar ham Maskerano zarbani bartaraf etdi |
| 96' | ![]() |
Van Persi maydonni tark etdi, uning o‘rniga Xuntelar maydonga tushdi |
| 96' | O‘tgan vaqt davomida esda qolarli vaziyat bo‘lmadi | |
| 92' | ![]() |
Hujum vaqtida Van Persi Sabaletaga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 91' | ![]() |
HAkam qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisini boshlashga ruxsat berdi |
| ' | Asosiy vaqtda ikkala jamoa ham natija uchun o‘ta ehtiyotkor futbol namoyish etishdi. Umid qilamizki yarim soat davomida ochiq futbol ko‘ramiz | |
| ' | Qo‘shimcha bo‘limlarni kim boshlab berishiga sardorlar oydinlik kiritib olishdi | |
| ' | Jamoalar bir oz nafas rostlab olishadi va shundan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlar boshlanadi | |
| 90+3' | ![]() |
Hakam asosiy vaqt tugaganligini e’lon qildi. Hisob 0-0. Qo‘shimcha bo‘limlar guvohi bo‘lamiz |
| 90+2' | ![]() |
So‘nggi daqiqaqalarda tashabbus to‘liq gollandlarda va Argentina himoyalanmoqda |
| 90' | ![]() |
UXXXX! Robben o‘yini qahramoni bo‘lishi mumkin edi. Uning o‘zi jarima maydonchasi ichiga yorib kirib bordi va himoyachilarni aldab o‘tib darvozaga zarba berayotgani Maskerano to‘pga oyog‘ini qo‘yishga ulgurdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Aguero darvoza tomon zarba berishi mumkin edi, biroq so‘nggi lahzada himoyachilar unga xalaqit berib qolishdi |
| 86' | ![]() |
Gollandiyaliklar jonlanib qolishdi va burchak zarbasi ijro etishdi. Xavfni himoyachilar bartaraf etishdi |
| 83' | ![]() |
Markos Roxo Silissenning hushyorligini tekshirib ko‘rish uchun uzoqdan zarba berdi. Darvozabon o‘z o‘rrnida |
| 81' | ![]() |
Iguain maydonni tark etdi, uning o‘rniga Aguero tushdi |
| 80' | ![]() |
Enso Peres o‘rniga uchrashuvni rodrigo Palasio davom ettiradi |
| 75' | ![]() |
UXXX! Argentina hisobni ochishi mumkin edi. Maydon markazida Messi yiqitildi, to‘p uning jamoadoshlarida qolganligi sababli hakam o‘yinni to‘xtatmadi va Lavessi qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Iguain darvoza tomon zarba berdi, to‘p darvozaga kirdi, biroq qanot hakami offsayd qayd etdi |
| 73' | ![]() |
Messi jarima zarbasi tepdi, ancha noaniq |
| 70' | Argentina hujum qilishga harakat qilmoqda, himoyachilar ishonchli harakat qilishdi | |
| 67' | ![]() |
Yanmat raqib bilan to‘qnashuvda jarohat oldi va shifokorlar unga yordam ko‘rsatishdi |
| 64' | Gollandiya to‘pni nazorat qilishga, Argentina raqibga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda | |
| 62' | ![]() |
de YOng o‘rniga Klasi o‘yinni davom ettiradi |
| 60' | ![]() |
Hujum vaqtida Bigliyaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 57' | ![]() |
UX! Argentina xavfli hujum tashkil qildi. Lavessining o‘ng qanotdan jarima maydonchasi markaziga havolatib oshirib bergan to‘piga Iguaindan avvalroq himoyachilar bosh bilan qaytarirb yuborishdi |
| 54' | ![]() |
Robben hujum uyushtirishga harakat qildi, biroq himoyachilar unga so‘nggi zarbani berishga yo‘l qo‘yishmadi |
| 50' | ![]() |
Messi offsaydda qolib ketdi |
| 48' | ![]() |
Demicheles Robbeni ushlab qolgani uchun ogohlantirildi |
| 47' | ![]() |
Demicheles robbeni ushlab qoldi va jarima zarbasi belgilandi |
| 46' | ![]() |
Martins Indi o‘rniga Yanmata maydonga tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar ikkinchi bo‘limni boshlash uchun maydonga chiqib kelishmoqda |
| 45+2' | ![]() |
Junayd Chaqir jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Hisob 0-0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Martins Indining bu safragi Messini to‘xtatib qolishini hakam kechirmadi va sariq kartochkani cho‘ntagidan chiqardi |
| 42' | ![]() |
Snayder darima zarbasi tepdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 40' | ![]() |
Argentina hujum qilishga harakat qilmoqda, Gollandiya futbolchilari tartibli harakat qilimoqda |
| 37' | ![]() |
Endi Martins Indi o‘zidan o‘tib ketayotgan Messini ataylab yiqitgani uchun hakam uni og‘zaki ogohlantirdi |
| 36' | ![]() |
Demicheles Snayderning ochiqchasiga zarba berdi, Chaqir hozircha futbolchini og‘zaki ogolantirish bilan kifoyalandi |
| 34' | ![]() |
Enso peres o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi |
| 33' | Messiga to‘p kelishi hamonoq uning qarshisida ikki-yoki uch nafar raqib futbolchisi paydo bo‘lmoqda, hozircha Messiga erkin o‘ynashga qo‘yib berishmayapti | |
| 30' | ![]() |
Gollandiya o‘zining o‘yindagi birinchi burchak to‘pini tepdi, ikki marta darvozaga Snayder kuchli zarba berdi, ikkala zarbani ham Romero qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 29' | Biz kecha bu paytda siz bilan xokkey ko‘rayotgan edik, bugun futbol ko‘ramiz shekilli, haliyam hisob 0-0 | |
| 27' | ![]() |
Maskerano to‘p uchun kurashda Veynaldum bilan to‘qnashib ketib jarohat oldi, shifokorlar unga yordam ko‘rsatishmoqda |
| 25' | Gollandiya darvozaboni o‘ta qaltis harakat qilib Iguanni aldab o‘tdi va to‘pni sheriklariga oshirib berdi. | |
| 23' | ![]() |
Enso Peres o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilmoqda va uning faolligi evaziga Argentina burchak to‘pi tepadi |
| 21' | ![]() |
Argentina Gollandiyaning chap qanotidan hujum ko‘proq tashkil etishmoqda |
| 19' | ![]() |
Argentina burchakdan to‘p tepadi |
| 18' | O‘yin maydon markazida davom etmoqda | |
| 14' | ![]() |
UX! Messining jarimadan bergan kuchli zarbasini Silessen egallab oldi |
| 14' | ![]() |
Jarima maydonchasi chizig‘i yonida Enso Peres yiqitildi va jarima zarbasi. Messi uchun yaxshi imkoniyat |
| 13' | ![]() |
Maskerano yaxshi harakat qilib to‘pni Robbendan olib qo‘ydi, biroq u qaytargan to‘p Snayderga kelib tushdi, Snayderning darvoza tomon tepgan to‘pi noaniq |
| 9' | ![]() |
Lavessiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi va jarima to‘pi. Messi to‘p oldida |
| 7' | To‘p nazorati to‘liq gollandlar ixtiyorida bo‘ldi so‘nggi ikki daqiqa davomida | |
| 6' | ![]() |
O‘yindan tashqari holatda Robben qolib ketdi |
| 5' | ![]() |
Ochiq futbol namoyish etish nimalarga olib kelishini kechagi o‘yindan so‘ng xulosa qilishgan shekilli, ehtiyotkorlik bilan o‘ynashmoqda |
| 3' | Gollandiya hujum uyushtirishga harakat qilib ko‘rdi, Kuyt so‘nggi lahzada noaniq harakat qilib to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi | |
| 2' | Ikkala jamoa ham ehtiyotkorlik bilan to‘pga egalik qilishmoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘yinni Argentina terma jamoasi boshlab berdi |
| ' | Yaqinda 88 yoshida vafot etgan Alfredo Di Stefano sharafiga jamoalar bir daqiqa sukut saqlashdi | |
| ' | O‘yin bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. "Real" afsonasi Di Stefano xotirasi uchun... | |
| ' | ![]() |
Messi va Van Persi o‘yinni kim boshlab berishini aniqlab olishmoqda |
| ' | Endi navbat Argentina madhiyasiga | |
| ' | Dastlab Niderlandiya davlat madhiyasi yangraydi | |
| ' | ![]() |
Diqqat! Gollandiya va Argentina terma jamoalari hakamlar ortidan maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | JCH-2014ning ikkinchi yarim final bahsini kuzatib borishga barchangizni taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|