Osiyo kubogi-2015 saralash
| «E» guruhi. 4-tur, 17:00 | ||
VYETNAM |
: |
O‘ZBEKISTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Eldorbek Suyunov Anzur Ismoilov Odil Ahmedov Davron Hoshimov Vitaliy Denisov Aziz Haydarov Fozil Musayev Server Jeparov (s) Sanjar Tursunov Vohid Shodiyev Igor Sergeev |
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchu rahmat. Translyasiyani O‘tkir Jalolxonov olib bordi. G‘alabalar hamroh bo‘lsin! | |
| ' | Bu g‘alabadan keyin terma jamoamiz hisobidagi ocholar soni 7taga yetdi va biz ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldik. | |
| ' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 91' | ![]() |
Jamoa sardoriga qizil kartochka ko‘rsatildi. Raqiblar sardori bu ishi uchun har qanaqa rangdagi kartochkaga munosib edi. |
| 90' | Raqib futbolchisi juda qo‘pol harakat qildi va Anzur Ismoilovga jarohat yetkazishi mumkin edi, lekin maydonda raqib jamoa sardori yotib oldi. | |
| 90' | Sardor Rashidov. Terma jamoa tarkibida ikkita uchrashuv ikkita gol. Yashavor Sardor | |
| 89' | Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooolllllllll | |
| 87' | Lokomotivning oxirgi vaqtlardagi to‘purari Islom To‘xtaxo‘jayev jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pga bosh bilan zarba berdi, lekin zarbaga aniqlik yetishmadi | |
| 86' | Vakillarimiz burchakdan to‘p tepadi | |
| 85' | ![]() |
Igor Sergeev juda yaxshi zarbani amalga oshirdi, lekin to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 83' | Davron Hoshimov o‘rniga Islom To‘xtaxo‘jayev maydonga tushdi | |
| 82' | Server Jeparov chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin to‘p jonli devorga tegdi | |
| 80' | Ajoyiiiiiiiiiiiib. Jamshid juda ajoyib harakatlar bilan chap qanotdan oldinga bordi. To‘pni Igor Sergeevga yetkazib berdi, lekin uning zarbasiga aniqlik yetishmadi | |
| 77' | Jamshid Iskandarov Azizi Haydarovdan to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydonchasiga yorib kirishga harakat qildi, lekin himoyachi bunga yo‘l qo‘ymadi | |
| 74' | ![]() |
Vohid Shodiyevning o‘rniga Jamshid Iskandarov maydonga tushdi |
| 73' | Sardor Rashidov chap qanotdan juda chiroyli tarzda raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi. Lekin himoyachiar to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi esa befoyda bo‘ldi. | |
| 71' | Juda yaxshi hujum. Sardor Rashidovning maydonga tushgani Serverga juda katta erkinlik yaratib berdi. Bu gal sardorimiz o‘ng qanotdan juda yaxshi o‘ynab to‘pni Shodiyevga kesib tashladi. Vohid ham original yo‘lni tanlab darvoza tomon zarba berdi. Uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. | |
| 69' | Mezbonlar burchakdan to‘p tepishadi | |
| 65' | Odi Ahmedovning navbatdagi reydi, lekin bu gal ham uni qo‘llab-quvvatlayidan futbolchi yetishmadi. Bugun Odil eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘lmoqda. | |
| 63' | Mezbonlar qarshi hujumdan foydalanishi mumkin edi, lekin ularning bergan zarbasiga aniqlik yetmadi | |
| 58' | Igor yana bir golga mualliflik qilishi mumkin edi, lekin Server Jeparovning yetkazib bergan to‘pini darvozaga yo‘llashda noaniqlikka yo‘l qo‘ydi | |
| 56' | ![]() |
Igor Sergeev umuman kerak bo‘lmagan vaziyatda sariq kartochka oldi. Hech qanday kurash bo‘lmayotgan holatda Igor raqibni ortidan chaldi va hakam uni ogohlantirdi |
| 51' | Darvoqe, birinchi bo‘limda harakat qilgan Sanjar Tursunov o‘rniga maydonga Sardor Rashidov tushdi | |
| 51' | Maydon egalari vakili maydonga qaytmadi. Darvozabonning zarbasi jiddiy bo‘lib chiqdi va Nguin maydonni tark etdi. Uni to‘g‘ri tibbiyot xodimlarining ambulance mashinasiga olib ketishdi. | |
| 48' | Terma jamoamiz ikkinchi bo‘limni juda faol boshladi. Ikkinchi golga o‘xshash vaziyatda Denisov ikkinchi golini urish uchun harakat qilgan edi. Lekin raqib darvozaboni bira to‘la ikkita futbolchini maydonga qulatdi. Igor Sergeev hamda raqib himoyachilaridan biri maydonda yotibdi. | |
| 46' | Daxshatli gol. Fantastik gollllllllllll. Denisov tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Igor Sergeev bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. | |
| 46' | Gooooooooooooooooooooooooooooool | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. |
| 45' | Birinchi bo‘lim tugashiga yaqin terma jamoamiz burchakdan to‘p tepadi | |
| 42' | Shu o‘rinda terma jamoa ustozi Mirjalol Qosimovning topqirligiga qoyil qolish kerak. O‘tgan o‘yinda Sardor Rashidov debyut o‘yinida gol urgan edi. Bugun esa Vohid ilk o‘yinda birinchi golini urdi. | |
| 40' | Darvozabon himoyachi tomonidan uzatib berilgan to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va buxorolik hujumchimiz hisobni ochdi. | |
| 40' | Golll gollll golllllllllllllllllllll. Vohid Shodiyev chinakamiga gol urdi. | |
| 40' | Goooooooooooooooooooooooooooooooollllllllllllllllllllllllll | |
| 37' | O‘yin sovub qoldi. Umuman aytishga arziydigan holat bo‘lgani yo‘q. | |
| 35' | Chaqir nikli muxlisimiz bugungi o‘yin Nasaf jamoasining stadionida bo‘lib o‘tyapti deb o‘ylamoqda. Bugun aynan o‘sha stadionga o‘xshab ketadigan arenada 10 ming ham muxlis ko‘rinmaydi. Aslida bu stadionga 30 ming muxlis sig‘ishi aytilgan edi. | |
| 33' | Vohid Shodiyev terma jamoadagi birinchi golini kiritidi, lekin hakam hushtagidan keyin ancha o‘tgach. hakam uni kechirdi va sariq kartochka ko‘rsatmadi. Bu holatda van Persi bo‘lganida qizil kartochka olgan bo‘lardi. | |
| 32' | Raqib futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va yiqilib tushdi, lekin hakam penaltini o‘ylama qabilida qo‘lini ko‘tardi. | |
| 30' | Server Jeparov o‘yinni to‘liq o‘z nazoratiga oldi va asta-sekin maydon markazini o‘ziniki qilib oldi. | |
| 27' | Terma jamoamiz hujum qilmay qo‘ydi. Balki bu taktik o‘yin bo‘lishi mumkin. | |
| 25' | ![]() |
YO‘q, bugun mezbonlar futbol o‘ynashmoqchi emas. To‘psiz holatda raqib futbolchisi Sever Jeparovning yuziga zarba berdi va mamlakatda yakkakurashlar vatani ekanini isbotladi. Tan Tay mehmonlar sardori sariq kartochka bilan siylandi. |
| 24' | Sanjar Tursunov qanotda faol harakat qilmoqda. U ishlagan burchak to‘pini Server Jeparov ajoyib tarzda jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Anzur Ismoilov tomonidan bergan zarbani esa Vohid Shodiyev qaytardi. Buning ustiga u debyutanimiz o‘yindan tashqari holatda edi. | |
| 19' | Ko‘z tegmasin, Odil Ahmedov bugun juda zo‘r o‘ynamoqda. Himoya markazida to‘pni egallab olgan Odil maydon markaziga qadar yetib keldi, lekin sheriklari hujumni rivojlantira olishmadi. | |
| 16' | Bugun mezbonlar mehmondo‘st emasliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Server Jeparovga qarshi qo‘pollik qilgani yetmaganday unda do‘q urishga ham ulgurishdi. Bizning sharhlovchilar esa bu haqda hech narsa deyishmayapti. | |
| 14' | Raqiblarimiz burchak zarbasini amalga oshirishdi, lekin jamoa sardorining zarbasiga aniqlik yetishmadi. | |
| 12' | Odil Ahmedov bugun Osiyo kubogidagi o‘yinlarni eslaydigan bo‘ldi. U bugun himoya markazida harakat qilmoqda. U hu vaqtgacha bitta reyd qilib ulgurdi. | |
| 11' | Juda yaxshi imkoniyat bo‘lga edi, lekin terma jamoamiz raqibning shoshqaloqligidan foydalana olmadi. Har ikki qanotdan ham to‘p jarima maydonchasiga yetkazib berildi, lekin u yerda hujumchi yo‘q edi. | |
| 9' | Dastlabki daqiqalardagi faollik yo‘qoldi. Terma jamoamiz sustlashib qoldi. | |
| 6' | Vohid Shodiyev jud faol harakat qilmoqda. Fozil Musayev ham terma jamoani sog‘inib qolgan ekan. Buni maydonda ko‘rsatmoqda. | |
| 5' | Vakillarimiz ustunlikni qo‘lga olishdi. Terma jamoamiz burchakdan to‘pni o‘yingakiritishmoqda. | |
| 1' | O‘yin boshlandi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|