Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Jahon chempionati-2014

3-o‘rin uchun bahs. 13 iyul, soat 01:00. Bosh hakam: Jamol Haymudiy (Jazoir)

BRAZILIYa

0 : 3

GOLLANDIYa

Van Persi (3-pen.)
Blind (16)
Veynaldum (90+1)
JAMOALAR TARKIBI
12.Julio Sezar
4.David Luiz
3.Tiago Silva
8.Paulinyo
11.Oskar
14.Maksvell
16.Ramires
17.Luis Gustavo
19.Villian
21.Jo
23Maykon
  1.Silessen
2.Vlaar
3.De Vrey
4.Martins Indi
5.Blind
9.Robin van Persi
10.Sneyder
11.Robben
15.Kuyt
16.Klasi
20.Veynaldum

Matn

'
Mundialni biz bilvn kuzatishda davom eting! STADIONda qoling!
'
Gollandiya terma jamoasiga bronza medallari topshiriladi
'
Bugungi ishonchli g‘alaba bilan Gollandiya terma jamoasi muxlislarini tabriklaymiz. Braziliya terma jamoasi muxlislariga sabr tilab qolamiz
90+5'
O‘yin tugadi. Jch-2014ning bronza medali sohibi GOLLANDIYa terma jamoasi
90+2'
Lui Van gal Silessen o‘rniga Vorm maydonga tushirish orqali JChlari tarixidagi 23 ta futbolchidan mundialda foydalangan birinchi murabbiy bo‘ldi
90+1'
Robben qanotdan ochilayotgan Yanmatga to‘pni oshirdi va Yanmat ikkilanib o‘tirmasdan to‘pni jarima maydonchasi ichiga to‘pni oshirdi va bu yerda Veynaldumdan boshqa hech kim yo‘q edi. To‘pni egallab olgan Veynaldim to‘xtatmasdan darvozani ishg‘ol qildi
9+1'
GGGGGGGGGGGGGOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!
90'
Ikkinchi bo‘limga besh daqiqa qo‘shib berildi
89'
Klasi o‘rniga Veltman maydonga tushdi
85'
Robbening burchakdan oshirgan to‘piga Sezar chiqishga xato qildi, uning baxtiga Kyuyt bosh bilan noaniq zarba berdi
83'
Villian bir yo‘la ikki raqibni aldab o‘tgan bir vaziyatda Guzman tirsagi bilan urib raqibni to‘xtatib qoldi
80'
Robben chap qanotdan hujumga o‘tdi va jarima maydonchasi ichiga kirib borib, darvoza tomon zarba berdi, himoyachilar aniqroq harakat qilishdi
75'
Bugungi hakamlik va undagi xatolar juda ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘lishi turgan gap
75'
Robben jarima aydonchasi ichiga yorib kirib bordi, biroq yelkama-elka o‘yinda Fernandinyoga imkoniyatni boy berdi
73'
Ramires o‘rniga Xalk maydonga tushdi
71'
Blind jarohat olib maydonni tark etdi, uning o‘rniga Yanmat tushdi
67'
Jarima maydonchasi ichida Blind Oskardan to‘pni olib qo‘yish jarayonida Oskar yiqilib tushdi va hakam simulyasiya uchun Oskarni ogohlantirdi
65'
Maykonning oshirgan to‘pini Vlaar jarima maydonchasi ichida gavda aralash qo‘l bilan to‘pni qaytardi. Lekin hakam hammasi joyida deb hisobladi.
63'
David Luizning jarimadan tepgan zarbasini Silessen egallab oldi.
61'
Maykon katta tezlikda raqiblarni aldab jarima maydonchasiga yaqinlashayotganda to‘xtaildi
60'
Bugungi o‘yindan kelib chiqib aytish mumkinki, Braziliyaning yarim finaldagi 1-7 natijasi tasodifiy emas
57'
Umuman olganda Skolari ikkita futbolchi almashtirdi va ularning ikkalasi ham Robbenga nisbatan qo‘pol o‘ynamoqda
57'
Maydonga tushishi bilan Ernanes ikkinchi marta o‘ta qo‘pol o‘ynamoqda
56'
Paulinyo o‘rniga Ernanes o‘yinni davom ettiradi
55'
Braziliya xuddi birinchi bo‘limdagi kabi to‘pga ko‘proq egalik qilmoqda, lekin Gollandiya hisobda oldinda bormoqda
53'
Van Persi raqibni aldab o‘tganidan so‘ng ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Fernandinyo qo‘pollik bilan uni to‘xtatib qoldi va ogohlantirildi
50'
Jarimadan o‘yinga kiritilgan to‘pni Robben avvaliga Kyuytga oshirib qayta qabul qilib oldi va jarima maydonchasiga yorib kirib darvozanga zarba berdi, g‘imochidan qaytgan to‘pga de Guzman zarba bera olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi arafasida Luis Gustavo o‘rniga Fernandiyo maydonga tushdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar ikkinchi bo‘limni boshlash uchun maydonga chiqib kelishmoqda
'
birinchi bo‘limdan so‘ng hisob 0-2 Gollandiya oldinda
45+2'
Qo‘shib berilgan daqiqa tugadi. Tanaffus!
45'
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi
43'
Ramiresga nisbatan jarima maydonchasi chizig‘i yaqinida o‘yin qoidasi buzildi
41'
van Persi jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni to‘g‘ri darvozaning o‘ng burchagiga tepdi, Sezar egallab oldi
37'
burchak yaqinidan jarima to‘pi o‘yinga kiritilib berildi va bir yo‘la uch braziliyalik futbolchining don holatda to‘pga tashlanishiga qarmay to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
36'
O‘yinda ancha faol o‘ynayotgan Oskarga nisbatan de Guzman qo‘pol o‘ynadi va ogohlantirildi
33'
Aybdorning o‘zi jarimadan yetkazib berilgan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
33'
Maykon jarima maydonchasi chizig‘i ustida Veynaldum tomonidan yiqitildi
32'
Robben yiqitildi va jarima zarrbasini gollandlar ijro etdi
31'
Nasional stadioniga yig‘ilgan muxlislar hisobning 0-2 ligiga qaramay jonli to‘lqin qilib futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashmoqda
29'
Jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni Luis Gustavo boshi bilan darvozaga noaniq yo‘lladi
28'
martins Indi Oskarni yiqitdi va jarima zarbasi belgilandi
23'
Villian to‘pni balandlatib jarima maydonchasi markaziga yetkazib berdi, Oskar darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni to‘xtata olmadi
21'
Oskar to‘p bilan jarima maydonchasi tomon yaqinlashib keldi va aldamchi harakatlar bilan himoyachini aldab, darvoza tomon zarba berdi. Silessen to‘pni egallab oldi
17'
Qanotdan oshirib berilgan to‘pni David Luiz boshi bilan qaytardi, qaytgan to‘p to‘g‘ri Blindning oyog‘iga kelib tushdi va u vaziyatdan unumli foydalanib darvozaga to‘pni to‘g‘irlab qo‘ydi
17'
GOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! BLIIIIIIIIIINNNNNNNNNNNNDDDDDDD!!!
14'
Hujum vaqtida Oskar to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun jarima zarbasi belgilandi va hujum yakunlanmay qoldi
11'
Tashabbus Gollandiyada va ular birin ketin hujumlar uyushtirishmoqda. Braziliya himoyachilari esa biroz dovdirashmofda
8'
Takroriy lavhalar shuni ko‘rsatdiki, bizningcha penalti yo‘q edi, lekin hakam so‘nggi chora uchun Silvaga qizil kartochka ko‘rsatishi kerak edi
6'
Braziliyaliklar golga hujum bilan javob qaytarishdi. Chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi, bu yerda hujumni Jo va Ramires yakunlay olishmadi
3'
Nima deb o‘ylaysiz, 1938 yilgi rekordni yangilagan Braziliya, o‘sha rekordni yanada yirikroq ko‘rinish bilan o‘zgartira olarmikan?
3'
Ha, Braziliya terma jamoasi uchun bu o‘yin ham dahshatli boshlanmoqda
2'
Robin van persi penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi
2'
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL! VAN PERSIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIII
2'
Silva sariq kartochka bilan ogohlantirildi
2'
Ikkinchi daqiqadayoq Silva jarima maydonchasiga yorib kirayotgan Robbeni tortib yiqitgani uchun hakam penalti belgiladi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Uchrashuvni Gollandiya terma jamoasi boshlab beradi
'
Chigalyozdi mashqlarini bajarish chog‘ida Snayder jarohat oldi va Van Gal tarkibga o‘zgartirish kiritdi. Demak, Snayderning o‘rnida Jonatan De Guzman o‘yinni davom ettiradi
'
Ikki davlat madhiyalari yaangramoqda!
'
Diqqat!!! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
'
Jamoalar maydonda chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda
'
Bir necha daqiqalardan so‘ng Braziliya va Gollandiya terma jamoalari bronza medaliga ega chiqish uchun kurash olib borish maqsadida maydonga chiqib kelishadi
'
Bugun esa sizga ushbu mundialning bronza medali egasini aniqlab olamiz
'
Ungacha esa Braziliyada o‘tgan Jahon chempionatining navbatdagi to‘rt yilning Jahon chempioni unvoni egasini aniqlab olamiz.
'
Yana ikki o‘yindan so‘ng, ikki kundan so‘ng biz navbatdagi Jahon chempionatini yakunlab, Rossiyada bo‘ladigan 2018 yilgi mundialni kutishni boshlaymiz
'
Braziliyada o‘tayotgan Jahon chempionati tobora o‘zining yakuniy pallasiga yetib kelmoqda
'
Assalomu aleykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.