Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Jahon chempionati-2014

Final, 13 iyul, soat 23:59. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya)

GERMANIYa

Mario Gyotse (113)

1 : 0

ARGENTINA

JAMOALAR TARKIBI
1. Manuel Noyer
4.Benedikt Xyovedes
5. Mats Xummels
7.B.Shvaynshtayger
8.Mesut O‘zil
11.Miroslav Kloze
13.Tomas Myuller
16. Filipp Lam
18.Toni Kroos
20.Jerom Boateng
23.Kristof Kramer
  1.Serxio Romero
2.Ezekyel Garay
4.Pablo Sabaleta
6.Lukas Bigliya
8.Enso Peres
9.Gonsalo Iguain
10.Lionel Messi
14.Xavyer Maskerano
15.Martin Demichelis
16.Markos Roxo
22.Ezekyel Lavessi
SARIQ KARTOCHKA
Shvaynshtayger (29)
Xyovedes (32)
 
Maskerano (64)
Aguero (65)

Matn

'
Bir oy davom etgan navbatdagi Mundial yakuniga yetdi! Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur!
'
Shaxsiy sovrinlar ichida Xames Rodriges "Oltin butsa", Pol Pogba esa eng yosh futolchiga atalgan sovringa ega bo‘ladi
'
GERMANIYa TERMA JAMOASI OLTIN MEDALLARIN QABUL QILISh UCHUN YUQORIGA KO‘TARILMOQDA!
'
Argentina futbolchilariga kumush medal topshirildi
'
Finalni boshqargan hakamlar esdalik uchun oltin medallar
'
Nazarimizda, bu sovringa Robben munosibroq edi
'
Lionel Messi - JCH-2014ning eng yaxshi futbolchisi! "Oltin to‘p unga topshirildi
'
Manuel Noyer - "oltin qo‘lqop" sohibi!
'
Demak, shaxsiy mukofotlar:
'
Birozdan keyin taqdirlash marosimi o‘tkaziladi
'
Evropa jamoasi ilk marta Amerikada qit’asida o‘tkazilgan Mundialda g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda. Buni Germaniya uddaladi
'
Finalda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan argentinaliklarga ham minnatdorchilik bildiramiz!
'
Nazarimizda, musobaqadagi eng kuchli terma jamoa chempionlikni qo‘lga kiritdi. Germaniya bunga haqli edi!
'
GERMANIYa - 4 KARRA JAHON CHEMPIONI!!!
120+4'
Nihoyat! Nikola Rissolining final xushtagi yangradi!
120+4'
Hakam hamon imkon bermoqda. Endi Bastianga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
120+3'
Ehhh, Messi o‘zi zarba berishga qaror qildi va bu zarba ancha noaniq bo‘ldi!
120+3'
Darvozagacha 25 metrlar! So‘nggi imkoniyat
120+2'
Bastianga tibbiy yordam ko‘rsatildi. U maydonni tark etadi
120+1'
Germaniyada so‘nggi o‘zgarish. O‘zil o‘rniga MErtezaker tushirildi
120+1'
Shvaynshtayger jarima maydonchasiga yaqin joyda MEssini chalib yiqitdi. Leo va Argentina uchun so‘nggi imkoniyat!
120'
Qo‘shimcha bo‘limlarga 2 daqiqa qo‘shib berildi
119'
O‘zil jarima maydonchasi o‘ng tomonida to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. To‘p hech kimga nasib qilmaji
119'
Argentina bosim tashkil qilmoqda. Ammo bu bosim qarshisida nemislar shoshib qolishmayapti
118'
Vuhhh! Chap qanot bayroqchasi yonidan yetkazib berilgan to‘pga Messi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
116'
Argentina ixtiyorida 5 daqiqacha vaqt bor
113'
Shyurrle chap qanotdan bir futbolchini aldab o‘tib, burchakdagi bayroqcha yonigacha bordi va to‘pni jarima maydonchasi tomon uzatdi. Argentinaliklar Gyotseni nazoratsiz qoldirishdi. Gyotse esa to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va uni yerga tushirmasdan darvozani ishg‘ol qildi!!!
113'
GOOOOOOLLLLL!!!! MARIO GYOTSEEEE!!! 1:0!!!!
112'
Bastian maydonga qaytdi
109'
Shvaynshtaygerga nisbatan fol ishlatildi. Uning yuzidan qon oqmoqda.
107'
Germaniya "standart" vaziyatdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p qaytarildi
106'
Ikkinchi qo‘shimcha bo‘lim boshlandi!
'
Futbolchilar tomoq xo‘llash bahonasida murabbiylardan ko‘rsatmalarni qabul qilishmoqda
105'
Birinchi qo‘shimcha bo‘lim yakunlandi
104'
Lam o‘ng qanotda to‘pni egallab, markaz tomon ko‘chdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan sherigiga to‘pni uzadi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi
98'
Agar Palasio gol ura olganida, Argentina o‘yinning qolgan daqiqalarida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga tish-tirnog‘i bilan harakat qilardi!
97'
VUUUUUUUHHHHH!!! PALASIOOOO! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Palasio ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va darvoza tomon yaqinlashdi. Rodrigo posbonning ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi! Ammo noaniq bo‘ldi zarba. Palasioda variantlar ko‘p edi. Ammo ana shu variantlarni tanlashda unga texnik pand berdi
96'
Qo‘shimcha bo‘limlarning boshidagi shiddatdan keyin o‘yin tempi biroz tushdi, Argentina ko‘proq himoyalanmoqda. Biroq Germaniya to‘pni his qilishni boshlasa, ular hamisha xavfli
92'
Argentinada ham yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Aguero o‘tkir burchak ostida darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi
91'
Shyurrle chap qanotda to‘pni O‘zilga uzatdi, ammo o‘zi himoyachiga urilib yiqildi. To‘pni jarima maydonchasi ichida O‘zil qabul qilganini ko‘rgan Rissoli o‘yinni to‘xtatmadi va Shyurrle o‘rnida turib oldingi bordi va Mesutdan to‘pni qabul qildi va 9-10 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Romero to‘pni qaytardi!
91'
VUUUUUUHHHH SHYURRLE VA ROMERO!!!
91'
Uchinchi bo‘lim yoki qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi
'
Mini-qur’aga ko‘ra, uchinchi bo‘limni germaniyaliklar boshlab berishadi.
90+4'
90 daqiqa yakunlandi! Navbat qo‘shimcha bo‘limlarga!
90+3'
Argentina qarshi hujumga o‘tdi va chap qanotda ochilgan Agueroga to‘p yetkazildi. Serxio qarshisidagi himoyachini aldab o‘ta olmadi
90+3'
Germaniyaliklar to‘pni jarima maydonchasi atrofida aylantirishdi, ammo Myullerning uzatmasi himoyachiga tegib qoldi va xavf bartaraf etildi
90+2'
Argentinaliklarning xatosidan keyin Mario Gyotse to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Romero to‘pni egallab oldi
90+1'
Adashmasak, Messi markazidan yerlatib uzatilgan pas orqali ikki hujumchini darvozabon birga-bir vaziyatga chiqarib yubormoqchi bo‘ldi. So‘nggi pallada markaziy himoyachi to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi va xavfni bartaraf etdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Germaniyada o‘zgarish: Kloze o‘rniga Mario Gyotse tushirildi
87'
Argentina markazdan hujum tashkil qildi. Messi to‘pni egallab olib, jarima maydonchasi yaqinigacha keldi va to‘siqqa duch keldi
86'
Argentinada o‘zgarish: Fernando Gago maydonga tushdi, Enso Peres o‘rniga
84'
Argentinaning hujumi paytida o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni bir urinishda Messi jarima maydonchasi tashqarisidan Aguero tomon uzatdi. Serxio esa yiqilib tushdi va to‘pga bora olmadi
83'
Germaniya so‘nggi 3-4 daqiqa davomida o‘z o‘yinini topib olgandek!
82'
O‘zil o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yaqinlashib kelayotgan Kroos tomon uzatdi. Tonining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
80'
BUrchak to‘pidan keyin nemislar hujumning ikkinchi to‘lqinini yuzaga keltirishdi. Argentinaliklar bir amallab to‘pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular Xyovedesga jarima maydonchasi ichida zarba berishga va to‘pni sheriklariga uzatishga yo‘l qo‘yishmadi
78'
Vuuhhh, Messi jarima maydonchasi yaqinida himoyachilar ta’qibi ostida yiqilay-yiqilay deb to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan Palasioga uzatdi. Ammo Rodrigo bu uzatmani kutmagandi. Noyer egallab oldi
76'
Argentinada o‘zgarish: Gonsalo Iguain o‘rniga Rodrigo Palasio tushirildi
75'
Messi o‘ng qanotdan markaz bo‘ylab ko‘chdi, chap oyoqda zarba berish uchun imkoniyat kutdi va zarba berdi! Zarbaga aniqlik yetishmadi!
70'
UUUUHHHH, GERMANIYA! Ular bu o‘yinda ilk marta jarima maydonchasi ichida to‘pni qisqa paslar orqali davroza tomon yaqinlashishdi. Ammo Shyurrle to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborgani uchun Romero uni egallab oldi!
69'
Maskerano olis masofaga to‘p uzatish orqali to‘pni o‘ng qanotda ochilgan Peresga yetkazdi. Yarim himoyachi to‘pni aniq manzil - Iguain tomon yetkazayotganida Shvayni to‘pni qaytarib qoldi
68'
Argentina raqibiga o‘z o‘yinini namoyish qilishga imkon bermayapti hozircha
67'
Kloze Bigliyaga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha masofa olis edi. Shu bois to‘p jarima maydonchasiga uzatma shaklida yetkazildi. Noyer egalladi to‘pni
65'
Serxio Aguero navbatdagi kartochka sohibi. Kerakmas joyda raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
64'
Maskerano maydon markazidagi xatosini Klozega nisbatan qoida buzish evaziga to‘g‘rilashga urindi. Sariq kartochka
63'
Argentina burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘ga Aguero va himoyachi baravar zarba berishi oqibatida to‘p maydonni tark etdi. Rissoli darvoza oldidan erkin zarba tepilishi kerakligini ta’kidladi
62'
Argentina to‘pni maydonning o‘zi tomonida yo‘qotdi. Shyurrle o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tomon uzatmani amalga oshirdi. O‘zil to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi va to‘p maydonni tark etdi
61'
Lam o‘ng qanotdan markaz tomon yurdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Myuller uning bunday qilishini kutmagandi
59'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Kloze bosh bilan zarba berdi. To‘p yo‘nalishi aniq bo‘ldi, biroq Romero to‘pni egallab oldi
57'
Juda bahsli vaziyat! Maydon markazidan to‘p oldinga - Iguain tomon uzatildi. Sakrayotgan to‘pga Iguain va Noyer intilishdi. MAnuel to‘p sakrab, uni mushtlari bilan urib yubordi. Ammo sakragan paytda Gonsaloga juda yomon urildi. Bahsli vaziyat shundaki, Noyer musht bilan to‘pni urib yuborayotganida to‘p jarima maydonchasiga kirganmidi yoki hali kirmaganmidi?
54'
Rissoli jarima maydonchasi ostonasida Shyurrlega nisbatan buzilgan o‘yin qoidasini qayd etmadi. Nemislarga bor-yo‘g‘ri burchak to‘pi berdi xolos.
51'
Argentinaliklar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ostonasi tomon uzatdi. To‘p Iguainga kelib tushdi, ammo u to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
48'
Argentina ikkinchi bo‘limni juda shiddatli boshladi
47'
VUUUUUUUUHH, MESSSSIIIII! Jamoadoshlaridan biri Messini juda chiroyli pas orqali darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Leoning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasiga birozgina aniqlik yetishmadi - to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Uuhhhhh! Chiroyli uzatmadan keyin Iguain darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo Gonsalo birozgina ofsaydda qolgan ekan. Laynsmen adashmadi
46'
Ikkinchi bo‘limni Argentina boshlab berdi
46'
Argentinada o‘zgarish: Lavessi o‘rniga Serxio Aguero maydonga tushdi
'
Har ikkala jamoada gol urish yaqqol imkoniyatlar bo‘ldi. Bir bo‘lim davomida 4-5ta bunday vaziyatlar - final uchun yomon natija emas
'
Tan olish kerak, birinchi bo‘lim kutilganidan-da shiddatliroq va qiziqarliroq o‘tdi. Haqiqiy finalga xos o‘yin!
'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+2'
VUUUUHHHHHH!!! To‘p darvoza temirlarini larzaga keltirdi!!! Burchakdan yetkazilgan to‘pni Xyovedes bosh bilan zarba berdi! To‘p esa darvoza ustuniga tegib, Myullerga kelib tushdi. To‘p Myuller darvozaga kirib ketayotganida Romero to‘pni egallab oldi! Bos ustiga, Myuller ofsaydda qolgan ekan
45+1'
Germaniya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi. Ikkinchi burchak to‘pi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Myuller jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni Kloze tomon uzatdi. Miroslav birozgina to‘pga yeta olmadi
43'
Germaniya maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor hujumga o‘tdi. So‘nggi zarbani berish uchun to‘p Kroosga yetkazildi. Toni tomonidan 17 metrlardan yo‘llangan zarbani Romero egallab oldi
42'
Kloze to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Janubiy amarikaliklar to‘pni bosh bilan qaytarishdi
40'
Ohhohoho, Messssiiiii!! Maydon markazidan oldinga uzatilgan to‘p natijasida Messi oldinga o‘tdi, bir himoyachidan qochib ketdi va o‘tkir burchak ostida Noyer oldigacha yaqinlashib keldi hamda to‘pni uning yonida sekin dumalatib o‘tkazdi. Yordamga yetib kelgan germaniyalik himoyachi to‘pni qaytarib yubordi!
37'
Serxioooo Romeroooo! Shyurrlening 12-13 metrlardan yo‘llagan zarbasini maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! Hujum chap qanotdan tashkil etilib, Andre tomon uzatilgandi
36'
BUrchak to‘pini Noyer egallab oldi
36'
Messi raqib jarima maydonchas tashqarisida to‘pni egallab olib, oldinga bordi va chap qanotda Lavessi, o‘ng qanotda Iguain ochildi. U Gonsalo variantini tanlagandi, so‘nggi damda nemis himoyachisi to‘pni qaytarib yuborishga ulgurdi
34'
Germaniyaning ikkinchi sariq kartochkasi! Xyovedesga ataldi bu "sariq"
32'
Germaniyada majburiy o‘zgarish. Yuqoridagi vaziyatda jarohat olgan Kramer o‘rniga Andre Shyurrle maydonga tushdi
30'
Goooool EMAS! Lavessi o‘ng qanotda to‘pni egallab olgan vaziyatda juda katta bo‘sh zonaga ega bo‘ldi. U darhol to‘pni jarima maydonchasi tomon aylantirdi va Iguain bitta urinishda to‘pni darvozaga yo‘lladi! Biroq Gonsalo ofsaydda qolgandi! Lavessi biroz shoshmaganida jamoadoshlarining ofsaydda chiqishiga imkon berardi
29'
Shvaynshtayger ogohlantirish oldi. Lavessini chalib qolgani uchun
28'
Lamning uzatmalari xavfli bo‘lmoqda. U o‘ng qanotdan to‘pni (himoyachilar orasidan o‘tkazib) jarima maydonchasidagi Myuller tomon uzatdi. Tomas to‘pga biroz yeta olmadi. SHU bilan birgalikda u ofsaydda qolgandi
28'
To‘p maydon markazidan jarima maydonchasi tomon otlangan Kloze tomon uzatildi. Romero oldinga chiqdi va to‘pni egallab oldi
27'
Nemislar hozircha raqib mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti
25'
Bu o‘yinda Yoaxim Lyov shogirdlari to‘pni nazorat qilayotgani hech narsani anglatmaydi, do‘stlar! Argentina butunlay boshqacha "nastroy" bilan chiqqan o‘yinga!
23'
Lam o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Myuller to‘xtatib bergan to‘pni Kloze egallab, himoyachidan o‘tib ketishga harakat qilgandi, argentinalik himoyachi bunga imkon bermadi
21'
Voy Iguain, voy Gonsalo! Tovbaaa! Bunday sovg‘adan foydalanish kerak edi-ku! Germaniya himoyasi deyarli maydon markazidan bosh bilan to‘pni orqaga - darvozabonga uzatayotganida Iguain o‘sha "ofsayd" tomonlarda yurgandi. Gonsaloda turli variantlar bor edi. U oldinroqqa yurishi, darvozabonga yaqin borishi mumkin edi. Ammo u jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darhol zarba berishga qaror qildi va noaniq zarba berdi!
19'
Kramer safga qaytdi
18'
Kristoff Kramer to‘qnashuv paytida jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi
17'
Lam to‘pni jarima maydonchasiga kirib borgan Klozega uzatdi, ammo Miroslav qarshisida turgan bir himoyachini aldab o‘ta olmadi
15'
Germaniya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi va Enso Peres o‘z jarima maydonchasi oldidan to‘pni maydonnning raqib tomoniga olib o‘tdi. O‘zil uni oxirigacha ta’qib qildi
14'
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
14'
Demichelis Klozega nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 24 metrlar...
13'
Lam o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasi chizig‘i usti tomon uzatdi. Kloze to‘pga biroz yeta olmadi
11'
Vuuuuuh, bugun Argentina shunchaki himoyada yotmoqchi emas! Nemislar ozgina imkon berishsa, ular hujumga o‘tishadi! Argentina burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Noyer to‘pni egallab oldi
9'
Leo Messi maydon markazidan o‘ng qanot bo‘ylab Xummelsdan ikki marta o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib kelib, to‘pni orqaroqqa uzatdi. To‘p argentinaliklargacha yetib kelmadi. Boz ustiga, Messida variant ko‘p emasdi. Sabelya shogirdlari jarima maydonchasi ichida kamchilikni tashkil qilishdi
6'
Germaniya terma jamoasi boshlang‘ich tarkibida o‘zgarish yuz bergan. Sami Xedira jarohat tufayli maydonga tusha olmadi. O‘yinni Kristof Kramer boshladi
5'
Germaniyaning hujumi! O‘zil jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni chap tomondagiga uzayotgandi, to‘p u tomonga o‘tmadi va himoyachiga tegib, darvozabonga kelib tushdi
4'
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi va argentinalik tezda qarshi hujumga o‘tishdi. Iguain juda ham o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Noaniq
4'
Nemislar to‘p atrofida "majlis" o‘tkazishmoqda...
3'
Roxo jarima maydonchasi tashqarisida Myullerga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi!
2'
Nemislar ilk marta to‘pni jarima maydonchasiga olib kirishdi. Argentinaliklar to‘pni qaytarishdi
2'
O‘yin boshidanoq ko‘rinib turibdi, Argentina bugun himoyada juda zich o‘ynaydi!
1'
O‘YIN BOSHLANDI! KETDIK! OMAD BARCHAGA!
'
O‘yinni boshlash uchun barcha narsa tayyor!
'
GERMANIYa davlat madhiyasi yangradi. Endi navbat ARGENTINA gimniga!
'
Bugungi o‘yinni Ermatov boshqarishi kerak edi! U bilan go‘zalroq va qiziqarliroq bo‘lardi FINAL!
'
Diqqat qiling, GERMANIYa va ARGENTINA terma jamoalari "MARAKANA" maydonida FIFA feyr-pley madhiyasi sadolari ostida!
'
Germaniya o‘zining oq rangli (ko‘kragida qizil hoshiyasi bor), Argentina esa to‘q ko‘k rangli futbolkalaarda o‘ynaydi
'
Bugun Germaniya va Argentina terma jamoalari oltindan bo‘lgan mana shu kubok uchun bahs olib borishadi!
'
Ispaniya terma jamoasi yetakchisi jahon KUBOGIni "Marakana" stadioniga olib chiqib kelmoqda!
'
Jamoalar maydonda chigalyozdi mashg‘ulotini o‘tib bo‘lishdi va kiyinish xonasiga yo‘l olishmoqda
'
Mashhur "Marakana" stadionida turnirning yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
'
Kim chempion: Germaniya yoki Argentina, bu savolga aynan bugun aniqlik kiritamiz. Buning uchun bizga 90 daqiqalik o‘yin yetarli bo‘ladimi, yoki 120 daqiqa, balki penaltilar seriyasi. Ko‘ramiz
'
Barchangizni Jahon chempionatining final uchrashuvidan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyamizni kuzatib borishga taklif etaman
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.