Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa superkubogi-2014

12 avgust, soat 23:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya)

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (29, 48)

2 : 0

SEVILYa

JAMOALAR TARKIBI
Iker Kasilyas
Daniel Karvaxal
Pepe
Serxio Ramos
Fabiu Koentrau
Toni Kroos
Luka Modrich
Xames Rodriges
Garet Beyl
Krishtianu Ronaldu
Karim Benzema
  Betu
Fernando Navarro
Federiko Fasio
Nikolas Parexa
Koke
Daniel Karrisu
Gjegoj Krixovyak
Denis Suares
Vitolo
Aleyks Vidal-Parreu
Karlos Bakka
ZAHIRA
Keylor Navas
Rafael Varan
Marselo
Alvaro Arbeloa
Aser Ilyarramendi
Anxel Di Mariya
Isko
  Mariano Barbosa
Diogu Figeyrash
Xayro Samperio
Visente Iborra
Luismi
Xose Antonio Reyes
Yago Aspas

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Madridliklar mavsumni sovrin bilan boshlaydigan bo‘lishdi. Ular o‘z tarixlarida ikkinchi marta Yevropa superkubogini qo‘lga kiritishdi
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Sevilya" - 2:0.
90+3'
O‘yin tugashiga bir necha soniya qolganida Beyl hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishi mumkin edi. Uning jarima maydonchasi chizig‘i ustidan yo‘llagan zarbasini Betu qaytardi.
90+2'
Andalusiyaliklar qo‘shimcha daqiqalarda hujumkorlikni oshirishga qaror qilishdi. Biroq Kasilyas va mudofaa chizig‘i vakillari xavfni bartaraf etishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
!!! Karlos Bakka ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilgan futbolchi darvozaning yaqin burchagi tomon zarba yo‘lladi. Iker Kasilyas mahoratini namoyish qilib, jamoasini yaqqol goldan qutqardi!
86'
Anchelotti ham so‘nggi o‘zgarishdan foydalandi. Luka Modrich o‘rniga maydonda Asyer Ilyaramendi paydo bo‘ldi.
85'
"Sevilya"da so‘nggi o‘zgarish: Koke o‘rniga Diogu Figeyrash tushirildi
84'
Fabiu Koentrau o‘rniga Marselo tushirildi
82'
Krishtianu Ronaldu va "Sevilya" himoyachisi jarima maydonchasi ichida to‘qnashib ketishdi. Portugaliyalik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
79'
"Sevilya" oldinga o‘tish haqida o‘ylamayapti. Ular o‘z darvozalaridan yana to‘p olib chiqmaslikka harakat qilishmoqda
75'
Beyl qanotda tezligini namoyish qildi va Navarrodan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Ronaldu esa to‘pga yeta olmadi
73'
Modrich 25 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoo‘a to‘sini ustidan o‘tib ketdi
72'
"Real"da ham o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Isko tushirildi
68'
"Sevilya" bosh murabbiyi dastlabki o‘zgarishga qo‘l urdi. Aleks Vidal-Parreu o‘rniga Yago Aspasni tushirdi
68'
Biroz avval "Sevilya" futbolchisi Fernando Navarro Beylga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirish oldi
68'
Betu bu safar Xames Rodriges tomonidan chap qanotdan yo‘llangan kuchli zarbani reaksiya ko‘rsatib qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! BUrchak to‘pi
63'
Karim Benzema o‘zi uchun juda qulay imkoniyat yaratdi. Uning chap oyoqda pastgi burchak tomon yo‘llagan zarbasini Betu oyoqlari bilan qaytarib qoldi
61'
"Sevilya" qarshi hujumga o‘tdi. Vitolo raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olayotganida sirpanib ketdi va to‘pni madridliklarga sovg‘a qildi.
59'
Xabaringiz bo‘lsa kerak, Kardiff Beyl tug‘ilib o‘sgan shahar hisoblanadi. U o‘z yurtida yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Raqib futbolchilarni tinkasinii quritmoqda
57'
Ikkinchi bo‘limni shiddat bilan boshlagan andalusiyaliklar ikkinchi goldan keyin o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi. "Madrid" esa to‘pni nazorat qilish orqali, biroz "nafas rostlamoqda"
54'
Toni Kroos "Real" tarkibidagi dastlabki sariq kartochasini ishladi. U raqib futbolchisiga nisbatan "podkat" qo‘llayotganida oyog‘ini yuqori ko‘tarib yubordi
52'
"Real" bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Madridliklar yana raqib darvozasi tomon bosimni oshirishmoqda
48'
Kroos markaz bo‘ylab to‘pni Benzema tomon uzatdi. Karim to‘pni qabul qilib, jarima maydonchasiga kirib kelgan Ronalduni to‘p bilan ta’minladi. Krishtianu to‘p bir marta teginish orqali darvozani ishg‘ol qildi.
48'
GOOOOOL!!! Ronaldu, 2:0
46'
Andalusiyaliklar ikkinchi bo‘limni ancha jonli boshlashdi. To‘pni qabul qilib olgan Bakka jarima maydonchasi yarim doirasigacha yaqinlashib keldi va zarba berdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI
'
Birinchi bo‘limdan keyin o‘yin statistikasi quyidagicha bo‘ldi: To‘p nazorati - 60%-40%; Zarbalar - 5-2; aniq zarbalar - 3-1, Burchak to‘plari - 9-3.
45+2'
Birinchi bo‘ilm yakunlandi. Tanaffus
45+1'
Hisobdagi farqni oshirish uchun Benzema yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Beyldan to‘pni qabul qilgan fransuz futbolchisi so‘nggi damda uni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi va imkoniyatni ko‘kka sovurdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
O‘yindagi ikkinchi sariq kartochka. Bu safar Karvaxal "podkat"da Mbiaga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Klatenburg cho‘ntagidan sariq kartochkani chiqardi
43'
Modrichning burchakdan yetkazgan to‘pni Betu osonlik bilan egallab oldi
42'
Ronalduning o‘zi jarima to‘pini amalga oshirdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
41'
Vitolo haqli ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketgan Ronaldu ortidan tepib yiqitdi
39'
Modrichdan to‘pni qabul qilib olgan Beyl oldinga o‘tdi va o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachilardan biriga tegib maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
35'
Burchak to‘pidan Emeri shogirdlari unumli foydalana olishmadi
34'
!!! Hisob tenglashishi mumkin edi! Xames Rodriges to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtira olmadi. Bakka Serxio Ramosga nisbatan bosim o‘tkazdi va to‘pni yonida turgan Karrisga uzatdi. Daniel yerlatib darvoza tomon zarba berdi. Lekin to‘p Kasilyasning tizzasiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi.
30'
"Sevilya" vaziyatni o‘nglash maqsadida darhol oldinga o‘tdi. Bakkaning uzatmasidan keyin Vitolo o‘yindan tashqari holatda qoldi
29'
Beyl chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasining nariga qanoti tomon uzatdi. BArchadan tez harakat qilgan Ronaldu yiqilayotib to‘pni oyoq cho‘zdi va darvozani ishg‘ol qildi!
29'
GOOOOOLLL! Krishtianu Ronaldu, 1:0!
26'
!!! Ajoyib pas! Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va Benzemadan uzatmani qabul qilib oldi va ikki nafar himoyachidan qochib ketib, o‘tkir burchak ostida Betu bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. "Sevilya" darvozaboni ushbu duelda g‘olib chiqdi. Posbonga yordamga kelgan himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
22'
Rekoshet natijasida to‘p "Sevilya" darvozasidan o‘rin olishi mumkin edi. Koentrau o‘ng qanotdan oldingi o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. Himoyachining to‘pga oyoq qo‘yishi natijasida to‘p darvoza tomon yumalay boshladi. Fasio darvozabonga yordamga keldi va xavfni bartaraf etdi
20'
Karvaxal o‘z qanotida to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi va Emeri shogirdlari hujumga o‘tishdi. Vitolo jarima maydonchasining burchagidan to‘pni qabul qilib, darvoza tomon zarba berdi. Kasilya zarbani qaytardi
19'
Kasilyas urib yuborgan to‘pni Ronaldu egallab oldi va qanotdan ochilgan Rodriges tomon uzatmani amalga oshirdi. Xamesning chiroyli uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasi ichidan darvozani ishg‘ol qila olmadi!
18'
Koke tomonidan darvozabon maydonchasi tomon yetkazilgan to‘pni Kasilyas mushtlari bilan urib yubordi
17'
Andalusiyaliklarning qarshi hujumi natijasida Bakka Pepe bilan yuzma-yuz vaziyatda qoldi va portugaliyalik himoyachi raqib hujumchisini chalib yiqitdi.
16'
Krishtianuning yana bir zarbasi "Sevilya" darvozaboniga muammo tug‘dirishi mumkin edi, ammo Ramos ofsaydda qolib ketgandi.
14'
Jabrlanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan zarba natijasida to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
13'
"Sevilya" himoyachisi o‘z jarima maydonchasi yaqinida Ronalduga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Jarima zarbasi belgilandi
11'
Burchak to‘pi madridliklarga hech qanday xavfli vaziyatni taqdim etmdi. Hozircha "Real" to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda, ular ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda
11'
Beylning uzatmasidan keyin to‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
9'
Garet Beyl penalti ishlashni istagandi, ammo Klatenburg uning himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqilishiga uchmadi.
4'
Ronaldu olis masofadan zarba yo‘llab ko‘rdi. Betu osonlik bilan to‘pni egallab oldi
4'
Maydonda hozircha jim-jitlik. Futbolchilar asosan to‘pni bir-birlariga uzatib, uni nazorat qilishga intilishmoqda
2'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni bartaraf etish madridliklarga muammo tug‘dirmadi.
2'
Dastlabki burchak to‘pini "Sevilya" qo‘lga kiritdi.
1'
O‘yin boshlandi!
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Unay Emeri Rakitichning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilib ko‘radi
'
"Sevilya" esa jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jamoa yetakchisi Ivan Rakitich "Barsa"ga sotib yuborildi.
'
"Real" o‘z tarkibini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirdi. Ulardan Toni Kroos va Xames Rodriges bugun asosiy tarkibda o‘yinni boshlashadi.
'
Ispaniyada esa "Barselona"dan boshqa jamoalarni "Real" bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ammo bu futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsumning so‘nggi turlaridan birida andalusiyaliklar "Real"ni mag‘lub etib, madridliklarning chempionlikdan mahrum bo‘lishlariga o‘z "hissa"larini qo‘shishgandi
'
Bugungi o‘yin natijasidan qat’i nazar, kubok Ispaniyaga yo‘l oladi.
'
UYEFA ushbu mavsumdan boshlab boshqacharoq yo‘l tutishga qaror qildi. YECHL va Yevropa ligasining saralash bosqichida hali pley-off o‘yinlari o‘tkazilgani yo‘q, ammo biz bugun superkubok g‘olibini nomini bilib olamiz
'
Odatda Superkubok bahsi avgust oyining oxirida, Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng Monako shahrida bo‘lib o‘tardi
'
Bugun birgalikda Yevropa superkubogi uchun kechadigan "Real Madrid" va "Sevilya" jamoalari o‘rtasidagi bahsni kuzatib boramiz.
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! Barchangizni onlayn translyasiya sahifamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.