XXXI yozgi olimpiada saralash uchrashuvi
| O‘yin tugadi | ||
O‘zbekiston (U23)Kenja To‘rayev (27)
Oleg Zoteev (86) |
2 : 0 |
Avstraliya (U23) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12 S.Quvvatov 2 A.Ismatullayev 3 A.Hojiakbarov 4 S.Mustafoyev 5 I.To‘xtaxo‘jayev 7 O.Qilichev 8 SH.Karimov (S) 9 K.To‘rayev 11 T.Abduxoliqov 13 O.Zoteev 18 F.Musayev |
1. Metyu Rayyan 2. Metyu Fosshini 3. Sebastyan Rayal 4. Metyu Turman 5. Aziz Behich 6. Oliver Bozanich (S) 7. Mate Duganjich 8. Bejamin Kantarovski 9. Jeyson Xoffman 10. Mitchell Nikols 11. Rokko Viskonte |
|
| ZAHIRA | ||
|
1 A.To‘rayev 6. D.Rahmatullayev 10 J.Ibrohimov 14 Z.Primov 15 B.Omonov 16 J.Hasanov 17 I.Nagayev |
||
Matn
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv yakuniga yetdi, azizlar!!!! BIZ YUTDIK!!! London tomon juda katta qadam tashlandi! Vakillarimiz 8 ochko jamg‘arib, guruhdagi peshqadamlikni saqlab qolishdi! |
| 90+3' | ![]() |
Vakillarimiz himoyaga yotmasdan mudom hujumga o‘tishmoqda. Mana , hozir ofsaydda qolishdi, azamatlar! |
| 90+2' | ![]() |
Mehmonlar hujumi bartaraf etildi. Va Kenja oldinga boshlandi. U to‘pni yo‘qotdi! Hech qisi yo‘q endi!!! Olg‘a O‘zbekiston! |
| 90' | ![]() |
O‘yinning asosiy qismiga 4 daqiqa qo‘shib berildi. Bu orada Kenja To‘rayev A7 zonada juda yaxshi imkoniyat hosil qildi va zarba berishda sirpanib ketdi! |
| 88' | ![]() |
Bu o‘yinni yutdik birodarlar. Hozir avstraliya o‘ng burchakdan to‘p kiritishdi. Bosh berilgan zarbadan so‘ng Hojiakbarov qutqarib qoldi goldan! U boshi bilan to‘pni yiroqlashtirdi... |
| 87' | ![]() |
Nagayev hozir Zoteev singari imkoniyatga ega bo‘ldi biroq himoyachilar halaqit qilishdi. Burcha to‘pi! |
| 86' | Oleg Zoteevga to‘p S7 zonada kelib tushdi va u bir zarba bilan chap to‘qqizlikni nishonga oldi... | |
| 85' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! Oleeeeeg ZOTEEEEEEEVVV!!!! |
| 84' | ![]() |
Vakillarimiz qarshi hujumda. Nagayev o‘ng qanotdan yorib kirmoqda. Xavf bartaraf etildi lekin to‘p vakillarimiz nazoratida... |
| 84' | ![]() |
Maydon markazida mehmonlar jarima to‘pi ijro etishadi. N10 zonada |
| 83' | ![]() |
Fozil Musayev zarbaviy pozisiyaga chiqarildi va to‘p yo‘liga raqib g‘ov bo‘ldi. Burchakdan to‘p tepamiz. Qilichev... |
| 82' | Karim Bulut Islom To‘xtaxujayevni ushlab qoldi. Biroq Hakam jim. Bu orada to‘p Quvvatovga yetib bordi.. | |
| 81' | ![]() |
10 daqiqa qoldi... Bu orada Musayevni tutib qolgan Nikolas Metyu sariq kartochka oldi |
| 79' | ![]() |
Avstarliyaliklarning ikki hujumi samarasiz yakunlandi |
| 77' | ![]() |
Abduqahhor Hojiakbarov oxirigacha kurash olib bordi, biroq yakuniy zarba berish imkoniyatga ega bo‘lmadi... |
| 75' | ![]() |
Mehmonlarda o‘zgarish. Millati turk bo‘lgan Karim Bulut Rokko Viskonte o‘rniga tushirildi. |
| 75' | ![]() |
Sardorlik bog‘ichi Fozil Musayevda. Avstraliyaning bir hujumi bartaraf etildi. |
| 74' | Bu orada vakillarimiz yaxshi hujum uyushtirishdi. Kenjaning zarbasi kuchsiz chiqdi... | |
| 73' | ![]() |
Jasur Hasanov Sherzod Karimov o‘rniga maydonga tushirilmoqda... |
| 73' | Jasur hasanov maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Sardorimiz o‘rniga tashlansa kerak... | |
| 72' | ![]() |
Salim Mustafoyevga nisbatan Xorffman qo‘pollik ishlatdi... |
| 71' | ![]() |
Mehmonlar keyingi daqiqalarda o‘ta faol. Ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tishmoqda. Hisobdagi farqni oshirishimiz kerak... |
| 70' | ![]() |
Zoteev qoida buzdi. Hushyor bo‘lish kerak. Sariq oluvdi bu futbolchimiz... |
| 69' | ![]() |
Hozir Bobur omonidan undan o‘zgan rpaqib futbolchisi oldidagi to‘pni oida buzmasdan tepib yubordi. Raqib esa Quvvatov bilan yakkama yakka chiqib borayotgandi.... |
| 68' | ![]() |
Tarkibimizda yana bir o‘zgarish. Akbar Ismatullayev o‘rniga Bobur Omonov tushdi. Mehmonlarda esa Rayal o‘rniga Myuller tushdi. |
| 66' | ![]() |
Boyagi vaziyatda avstraliyaliklar ofsaydda ham qolishgan ekan. Bu orada kenja juda yaxshi poziyadan qiyshiq zarba berib imkoniyatni sovurdi... |
| 65' | ![]() |
Avstraliyaliklarning yana bir goli inobatga olinmadi. Chunki mehmonlar qoida buzishgan edi. |
| 65' | ![]() |
Sherzod Karimov o‘ngdan Behichni aldab o‘tib jarima maydonga to‘p uzatdi. |
| 64' | Hozir vakillarimiz to‘pni autga chiqarib yuborishgandi. Lekin avstraliyaliklar qaytarishmadi. Hujum boshlashdi va bu hujum bartaraf etildi... | |
| 63' | ![]() |
Havodagi kurashda Fozil Musayev jarohat olganga o‘xshayapti... |
| 63' | ![]() |
Ivan Nagayev chapdan yorib kirdi va yarim zarba yarim pas uzatdi. To‘pni darvozaga burib qo‘yadigan odam topilmadi... |
| 62' | ![]() |
Jarima zarbasidan so‘ng to‘p Oleg Zoteevga kelib tushdi lekin u juda baland zarba berdi... |
| 62' | E1 zonadan jarima to‘pi tepamiz...SH.Karimov ijro etmoqda... | |
| 61' | Ketma ket zarbalar... Bir marta Quvvatov qutqargan bo‘lsa, ikkinchi va yakuniy zarba qiyshiq berildi | |
| 61' | ![]() |
Avstraliyachap burchakdan to‘pni o‘yinga kiritadi |
| 60' | Ayni daqiaqalarda o‘ng burchagimiz qinidan aut otishadi.Xavf bartaraf etildi. Qarshi hujumdamiz... | |
| 59' | Vakillarimiz yana bir bor hujumga o‘tishdi. Kenja to‘rayev chapdan Zoteevni olg‘a boshladi. Uning to‘p oshirishi xato bo‘ldi. | |
| 57' | Endi chap qanotdan aut otamiz... Salim otadi. | |
| 56' | ![]() |
Oybek Qilichev jarima maydonimiz yonidan dribling qilib markazdan o‘tib ketdi. Uni qo‘pollik bilan to‘xtatishdi... U maydona yotibdi |
| 55' | Metyu Rayan to‘pni egallab oldi. Qarshi hujum bartaraf etildi. Endi bizni navbatimiz... | |
| 53' | Kenja To‘rayevning olisdan bergan zarbasi qaytarildi. Vakillarimiz kombinasion hujumda... Yo‘q, to‘p oldirildi... Vakillarimiz aut otishadi. Xavf saqlanmoqda... | |
| 52' | ![]() |
Avstarliyaliklar hujumga o‘tishda Islom To‘xtaxujayev nisbatan fol ishlatishdi. |
| 50' | ![]() |
Oleg Zoteev va Igan Nagayevga sariq kartochka ko‘rsatildi. |
| 48' | Avstarpliyaliklar yana hujumga o‘tib yakuniy zarbani noto‘g‘ri berishdi. | |
| 48' | ![]() |
Mehmonlarni hujumi vakillarimiz uchun xayrli yakun topdi. Akbar Ismatullayev - barakalla! |
| 47' | ![]() |
Ilk daqiqalardanoq vakillarimiz chap qanotdan hujum uyushtirishdi. Salim Mustafoyev - Oleg Zoteev bog‘lamasi samarali o‘yin ko‘rsatmoqda... |
| 46' | Endi ekranlaringizning chap tomonida Avstraliya darvozasi, o‘ng tomonida O‘zbekiston darvozasi bo‘ladi. | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni olimpiyachilarimiz boshlab berishdi. |
| ' | Nima deyish mumkin? Birinchi bo‘limda vakillarimizda 4 marta 100% gollik imkoniyat yuzaga keldi. Lekin birortasida gol kiritilmadi. Olimpiyachilarimiz ushbu imkoniyatdan foydalana olishmadi. Kenja To‘rayev esa individual harakatlari evaziga gol kiritdi - uzoqdan. Avstraliyaliklarning hisobga olinmagan goliga kelsak, bu holatda 100 foizlik ofsayd borligi takroriy lavha ko‘satilganda yaqqol bilindi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan akamlar juda adolatli qarorlar chiqarishmoqda. | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘limga yakun yasaldi. 1:0 - Oldinda O‘ZBEKISTON!!! |
| 45+1' | ![]() |
Vakillarimizdan Islom To‘xtaxujayev N6 zonadan belgilangan jarima nuqtasidan zarba berdi... Baland! |
| 45' | ![]() |
Nagayev yaxshi pozisiya tanlay olmadi va ofsaydga tushdi. 1-bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 44' | ![]() |
Sherzod Karimov 100% lik golli vaziyatni ko‘kk sovurdi. Zoteev Qilichev bilan chap qanotdan devor uslubida o‘ynab to‘pni Sherzodga uzatdi. Sherzod M7 zonadan to‘pni darvozabonga tepib o‘tiribdi... |
| 43' | Birinchi bo‘lim uchun mana shu hisob yetarli. Hisobni saqlab qolishga urinishyapti vakillarimiz... | |
| 41' | ![]() |
Avstraliyaliklar gol urishdi. Lekin Hakam o‘yinchi ofsayd holati bo‘lgani uchun golni inobatga olmadi... |
| 39' | Vakillarimiz o‘yinni to‘liq nazorat qilishmoqda. Keyingi 5 daqiqada avstraliyaliklar maydon markazidan o‘ta olishgani yo‘q. O‘ng qanot himoyachimiz Salim Mustafoyev ajoyib o‘ynamoqda | |
| 37' | ![]() |
Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Ivan Nagayev maydonga tushirildi |
| 37' | ![]() |
Kenja to‘rayevning yana bir zarbasini darvozabon ushlab oldi. |
| 36' | ![]() |
Fozil Musayev maydon markazida o‘yin qoidasini buzdi. To‘p yana vakillarimizda... |
| 33' | ![]() |
Oybek Qilichev olisdan sal noaniq zarba berdi. Agar to‘g‘ri borganda mehmonlar posboni hech narsa qila olmasdi. Vakillarimiz muz maydonga ko‘nikib bo‘lishdi... |
| 32' | ![]() |
Hozir Qilichev burchakdan to‘pni oshirgach, Karimov juda o‘ulay pozisiyadan to‘rni darvozaga yo‘llay olmadi. Musayev, To‘rayev va qilichevlar ham ketidan to‘pga yeta olishmadi... |
| 32' | ![]() |
Vakillarimiz burchak to‘pini amalga oshirishadi |
| 31' | ![]() |
Hozir Zoteev chapdan yorib kiryatuvdi. Rayal to‘pni tepib yubordi... |
| 30' | Qarshi hujumda o‘ynatgan Avstraliya endi hujum qilishga majbur! Bu esa vakillarimizga qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi, albatta! | |
| 29' | ![]() |
Bozanichning S7 zonadan bergan zarbasini Quvvatov ushlab oldi |
| 27' | ![]() |
Kenja TO‘RAYEVVVVV!!!! U J6 zonadan darvoza tomon tepdi va to‘p darvozaga kirib ketdi! |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!!!! |
| 26' | ![]() |
Nihoyat avstraliyaliklar o‘yin qoidasini buzishdi... |
| 26' | ![]() |
Jarima maydonimiz yaqinida taranglik saqlanib turilibdi... |
| 25' | ![]() |
Avstraliyaliklar YE1 zonadan jarima tepib urchak ishlab olishdi. |
| 23' | ![]() |
Hozir avstraliyaliklar to‘pni autdan jarima maydonimizga qadar otdi va darvozamiz tomon zarba berildi! Quvvatovga Xudo quvvat bersin - qutqardi! |
| 21' | Olimpiyachilarimizning to‘laqonlik o‘ynashlariga maydon juda xalaqit bermoqda. To‘p asosan havodan oshirilmoqda.Hozir Zoteev chapdan Abduxoliqovga to‘pni uzatgan edi. Darvozabon chaqqonlik qildi | |
| 20' | Kenja qoida buzdi va hushtakdan so‘ng zarba berdi. Hakam sariq kartochka ko‘rsatishi mumkin edi! Ayadi Kenjani | |
| 18' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘p bartaraf etilgach mehmonlar tezkor qarshi hujumga o‘tib yana V4 zonadan zarbaviy pozisiyadan qiyshiq zarba berildi. |
| 17' | ![]() |
Kenjaning faolligi evaziga burchak ishladik. Gol ham bo‘lishi mumkin edi |
| 16' | ![]() |
Oleg Zoteev chapdan to‘pni jarima maydoniga havolatdi. To‘pni mehmonlar posboni ushlab oldi. Maydonda teng kurash kechmoqda. |
| 13' | ![]() |
Sherzod Karimov o‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tib jarima maydoniga to‘pni havolatdi. Biroz baland |
| 12' | ![]() |
Avstarliyaliklar YE1 zonadan jarima to‘pi tepishdi. Xavf bartaraf etildi |
| 10' | ![]() |
Sherzod karimov o‘ngdan yorib kirib, ko‘ndalang uzatma berdi. Kenja yakuniy zarba berishda biroz adashdi. N7 zonadan |
| 9' | ![]() |
Ayni vaqtda vakillarimiz yaxshi kobinasiya uyushtirishdi. Biroq chap qanotda to‘pni bo‘ysundirish oson bo‘lmadi Kenjaga. Bu orada qarshi hujumga otlanganAvstraliyaliklar juda yaxshi imkoniyat hosil qilishdi. V4 zonadan yaxshi vaziyatdan to‘pni qiyshiq yo‘llashdi. To‘g‘ri borganda Sanjar hech narsa qilolmasdi... |
| 6' | ![]() |
Kenja to‘rayev K6 zonadan zarba berdi. To‘p muz ustida sakrab uchdi. Agar to‘g‘ri borganda gol bo‘lardi! |
| 5' | ![]() |
Avstraliyaliklar jarim maydinimizga bostirib kirib, S4 zonadan zarba berishdi. To‘xtaxo‘jayev to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi. |
| 2' | ![]() |
Burchakdan to‘p oshirilgach, Fozil Musayev darvoza tomon zarba berdi. Avstraliya darvozaboni to‘pni qo‘lidan siqardi biroq ikkinchi urinishda egallab, tezkor qarshi hujum boshladi. To‘p Sanjar Quvvatovda... |
| 1' | ![]() |
Hozir monitoringizda tasvirlangan maydonchaning o‘ng toomnida Avstraliya darvozasi. Chapida esa O‘zbekiston darvozasi. Hozir Kenja N3 zonadan yorib kirodli va burchak ishladi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. Avstraliyaliklar maydon markazidan boshlab berishdi. |
| ' | Madhiyalar ijro etib bo‘lindi. Aytish mumkinki futbolchilarimizning barchasi baland ovozda kuylashdi! Bu haqiqiy patriotizm! | |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Hozir madhiyalar ijro etiladi. | |
| ' | Uchrashuvni Abdulloh Bolida boshchiligidagi qatarlik hakamlar guruhi boshqarib borishadi | |
| ' | Jamoalar maydonda mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Maydonning holati juda yomon. Qor yog‘ib muzlagan. O‘yin zarg‘aldoq rang koptokda o‘tkaziladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|