Angliya Premyer ligasi, 1-tur
| 16 avgust, soat 21:30 | ||
ARSENALLoran Koselni (45)
Aaron Remzi (90+1) |
2 : 1 |
KRISTAL PELASXangeland (35)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Shchensni Debyushi Kosyelni Chembers Gibbs Kasorla Arteta Sanches Uilsher Remzi Sanogo |
Speroni Uord Xangeland Kelli Denn Panchon Edinak Bolazi Ledli F.Kempbell Shamax |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kalum Chambers (44)
Santi Kasorla (60) |
Jeyson Pancheon (49)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Jeyson Pancheon (89)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
"Arsenal" katta qiyinchilik bilan ilk turdan g‘alaba qozondi. |
| 90+6' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90+5' | ![]() |
"Kristal Pelas" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda Shamax darvozabonga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. |
| 90+4' | ![]() |
Mehmonlar vaziyatni o‘nglash uchun istak boru, ammo kuch qolmadi |
| 90+2' | ![]() |
"Arsenal"ni raqibni xato qilishga majbur qildi! "Kanonirlar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin raqib to‘pni egallab olgandi, ammo mezbonlar to‘p uchun kurash olib borishdi va to‘pni qayta o‘zlariga olishdi. Chemberlen Loran Koselni tomon to‘pni yetkazdi va u bosh bilan to‘pni Olivye Jiruga uzatdi. To‘p himoyachiga tegib, Matye Debyushiga kelib tushdi. Uning zarbasini Xulian Speroni qaytardi, biroq to‘pga yaqin kelgan Aaron Remzi darvozani ishg‘ol qildi! |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOL! Aaron Remzi, 2:1!!! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Mehmonlar safida so‘nggi o‘zgarish: O`Kife o‘yinni davom ettiradi. Yannik Bolasi maydonni tark etdi |
| 89' | ![]() |
Jeyson Pancheon raqib hujumini qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun maydondan chetlatildi |
| 85' | ![]() |
"Kristal Pelas"da o‘zgarish: Duayt Geyl maydonga tushdi, Freyzer Kempbell maydonni tark etdi |
| 84' | ![]() |
Venger shogirdlari to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda. Biroq so‘nggi hal qiluvchi uzatmani muvaffaqiyatli amalga oshirishga himoyachilar yo‘l qo‘yishmayapti |
| 78' | ![]() |
Sanchesning o‘zi "standart"danto‘pni olis burchakka aylantirmoqchi bo‘ldi, ammo ijro muvafaqqiyatsiz chiqdi |
| 77' | ![]() |
Martin Kelli qo‘pol tarzda Aleksisga nisbatan podkat ishlatgani uchun ogohlantirish oldi |
| 76' | ![]() |
O‘zgarish: Jarohatlangan Skott Dann o‘rniga Demyen Dileyni tushdi. |
| 75' | ![]() |
"Kristal Pelas" futbolchisi Skott Dann jarohat oldi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi |
| 73' | ![]() |
Sanchem Remzi bilan "devor" o‘ynadi va darvoza tomon zarba berdi. Speroni o‘z jamoasini goldan qutqardi |
| 73' | ![]() |
Aleksis chap qanotda to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasiga uzatmani amalga oshirdi. Olivye Jiru to‘p uchun kurashda himoyachiga yutqazdi |
| 70' | "Arsenal"ga O‘zil yetishmayapti, nazarimizda, uning o‘rni bilinmoqda | |
| 69' | ![]() |
"Kanonirlar" tarkibida uchinchi o‘zgarish: Jek Uilshir o‘rniga Aleks Oksleyd-Chemberlen tushirildi |
| 68' | ![]() |
Maruan Shamax ogohlantirish oldi. Uilshirga nisbatan qoida buzgani uchun |
| 65' | ![]() |
Aleksis Sanches raqib jarima maydonchasi tashqarisida himoyachini fint orqali aldab o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo hakam hujumchi fol ishlatdi deb topdi. Chililik futbolchi hakamning qaroridan norozi bo‘ldi |
| 64' | ![]() |
Kasorla o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pga Monrealdan ko‘ra himoyachi chaqqonroq o‘ynadi |
| 63' | ![]() |
Shamax o‘z jarima maydonchasi ichida gavda bilan to‘p uchun kurash olib borayotganida to‘p uning qo‘liga tegdi. Hakam penalti belgilamadi |
| 62' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Yaya Sanogo o‘rniga Olivye Jiru tushirildi |
| 60' | ![]() |
Santi Kasorla qo‘pol podkat uchun ogohlantirish oldi |
| 57' | Bugun Sanchesning o‘yini qovushmayapti. Venger uni tez orada almashtirsa ajabmas | |
| 54' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Kiran Gibbs o‘rniga Nacho Monreal tushirildi |
| 51' | ![]() |
"Kanonirlar" asta-sekin bosimni oshirishmoqda |
| 49' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi Jeyson Pancheon ogohlantirish oldi. |
| 48' | ![]() |
"Arsenal" hujum haqida o‘ylashi tabiiy, shunday bo‘lmoqda ham |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi Darvoza tomon zarbalar: 8-1. Aniq zarbalar: 2-1. To‘p nazorati: 74%-26%. Ofsayd: 0-1. Burchak to‘plari: 4-1. Follar: 7-8. Sariq kartochka: 1-0. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Kristal Pelas" - 1:1 |
| 45+1' | ![]() |
Aleksis Sanches to‘p uchun kurashda jarima zarbasini ishladi. Kasorla to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi va Loran Koselni bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 45+1' | ![]() |
GOOOOLL!! Loran Koselni, 1:1!!! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
"Arsenal" himoyachisi Kalum Chambers ogohlantirish oldi. U Freyzer Kempbellni qo‘li bilan tortib, maydonga yiqitdi |
| 42' | ![]() |
Santi Kasorlaning uzatmasiga "Arsenal" futbolchilaridan hech kim yeta olmadi |
| 40' | Arsen Venger shogirdlari o‘tgan mavsumning 1-turida "Aston Villa" 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi | |
| 38' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. O‘sha Xangelandning o‘zi xavfni bartaraf etdi |
| 35' | ![]() |
Mehmonlar hisobni ochishdi! Dastlab Shamaxning kuchli zarbasini Shchensni oyoqlari bilan qaytarib qoldi. Burchakdan yetkazib berilgan to‘pni "Kristal Pelas"ning 33 yoshli yangi futbolchisi Xangeland bosh bilan darvozaga yo‘lladi! |
| 35' | ![]() |
GOOOOOLLL, Xangeland, 0:1! |
| 34' | To‘pni muomala qilish statistikasi biroz o‘zgardi - 75-25%. | |
| 31' | ![]() |
Dastlabki golga tortadigan vaziyat! Santi Kasorla yaqin burchakka kuchli zarba yo‘lladi! "Kristal Pelas" darvozaboni Speroni mahorat bilan to‘pni bartaraf etdi |
| 29' | ![]() |
Yaya Sanogoning kuchli zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Tashabbus "kanonirlar"da, ammo hozircha golga tortadigan vaziyatlar yuzaga kelgani yo‘q |
| 24' | ![]() |
Sanches muvozanatni saqlay olmay, o‘zi ham yiqildi, raqibni ham yiqitdi |
| 22' | ![]() |
Mehmonlar hujumchisi jamoasiga himoyada yordam berishdan tashqari hujumda ham ochilishga harakat qilmoqda. Biroq to‘p ungacha yetib bormayapti |
| 20' | ![]() |
"Arsenal" o‘yin shiddatini biroz tushirdi va endi hujumning boshqa yo‘llarini izlamoqda |
| 18' | ![]() |
Aleksis Sanches to‘pni ko‘kragi bilan to‘xtatdi va raqib ustidan to‘ni o‘tkazib, darvoza tomon zarba bermoqchi bo‘lganida himoyachi uni "zararlantira" oldi |
| 17' | ![]() |
Kasorlaning uzatmasi yomon chiqmadi. Faqat Sanogoning zarbasi kuchli chiqmadi. Natijada darvozabon to‘pni osonlik bilan egallab oldi |
| 15' | ![]() |
Kiran Gibbs qanotdan hujumga qo‘shildi va burchak to‘pi ishladi |
| 14' | ![]() |
Sanches o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. "Kristal Pelas" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi |
| 13' | ![]() |
"Burgutlar"ning barcha 11 nafar futbolchisi o‘z jarima maydonchalari atrofida joylashishgan va ular faqat himoya haqida qayg‘urishmoqda, oldinga o‘tish haqida o‘ylashmayapti |
| 12' | ![]() |
O‘yinning dastlabki daqiqalarida to‘pni nazorat qilish bo‘yicha statistika - 80-20%! |
| 9' | ![]() |
Sanogo raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘ziga kelishini (rekoshet holatda) kutmagani uchun vaziyatdan foydalana olmadi |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va turli yo‘nalishlarda hujum tashkil qilishga urinishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yaratilmadi |
| 2' | ![]() |
"Arsenal" ilk daqiqalardanoq oldinga tashlandi. Uilshir markazdan jarima maydonchasiga yorib kirmoqchi bo‘lganida Maruan Shamax unga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | Demak, mehmonlar bugun osonlikcha taslim bo‘lishmaydi. Ular yaxshi shakllangan jamoa sifatida "Arsenal"dan ochko tortib olishga harakat qilishadi | |
| ' | "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Toni Pyulis may oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi. Vaholanki, u o‘tgan yilning noyabr oyida jamoani qabul qilib olgandi | |
| ' | Xabaringiz bor, bir hafta avval bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi bahsida "kanonirlar" "Siti" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 7-8 daqiqa qolmoqda. | |
| ' | Londonning "Arsenal" jamoasi 1-turda "Emireyts"da "Kristal Pelas"ni qabul qiladi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! angliya futbolidan zavq olishda davom etamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|