Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
| 20 avgust, soat 21:00 | ||
OZARBOYJON |
0 : 0 |
O‘ZBEKISTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Salaxat Agayev Rasim Ramaldanov Ruslan Abishov Ufuk Budak Mohir Shukurov (s) Raxid Amirguliyev Vagif Javadov Rufat Dadashov Rauf Aliyev Dmitriy Nazarov Tugrul Erat |
Eldorbek Suyunov Egor Krimes Islom To‘xtaxujayev (S) Salim Mustafoyev Davron Hoshimov Sardor Rashidov Fozil Musayev Jamshid Iskandarov Vladimir Kozak Navruz Olimov Ivan Nagayev |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Islom To‘xtaxo‘jayev (28)
Egor Krimes (42) |
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+6' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! Ozarboyjon-O‘zbekiston - 0:0 |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin so‘ngida ozar futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida himoyachilarimiz to‘pni uzoqlashtirishga ulgurishdi. Boz ustiga, futbolchi ofsaydda qolgan ekan |
| 90+3' | ![]() |
Ozarboyjonda o‘yinchi o‘zgardi |
| 90+2' | ![]() |
Farrux Sayfiyev bir necha himoyachilarni aldab o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo so‘nggi uzatmani oshirishga himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Sardor Rashidov jarima to‘pini darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachi bosh bilan uni qaytardi |
| 90' | ![]() |
Terma jamoamiz jarima zarbasi ishladi. |
| 88' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin to‘pni egallab olgan O‘zbekiston tezlik bilan oldinga o‘tdi, ammo bir himoyachi ikki futbolchimizdan to‘pni olib qo‘ydi va xavfni bartaraf etdi |
| 87' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi |
| 87' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Mustafoyev bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 85' | ![]() |
Burchak to‘pidan Ozarboyjon ham foydalana olmadi |
| 85' | ![]() |
Mezbon yarim himoyachisi chap qanotdan Hoshimovdan o‘tib ketayotgandi, Davron to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi |
| 83' | ![]() |
Nurmatov va Ramaldanov to‘qnashib ketishdi va ayni daqiqadan o‘rinlaridan turib, o‘yinni davom ettirishmoqda |
| 81' | ![]() |
Yaxshimi-yomonmi terma jamoamiz hujum tashkil etmoqda. So‘nggi pallada ozarboyjonlik himoyachilar xushyor o‘ynashmoqda |
| 80' | ![]() |
Vladimir Kozak o‘rniga Azim Ahmedov tushirildi |
| 79' | ![]() |
Taym-aut. Kun issiq, tomoqni xo‘llash kerak |
| 78' | ![]() |
Ozarboyjon anchadan beri xavfli hujum tashkil qilmagandi. O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasiga yetkazib berilganidan keyin himoyachilarimiz zarba yo‘liga g‘ov bo‘lishdi |
| 77' | ![]() |
Sardor Rashidov to‘pni yuqori burchakka chiroyli tarzda aylantirdi. Salaxat Agayev to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi |
| 76' | To‘p oldida Sardor Rashidov | |
| 75' | ![]() |
Terma jamoamiz shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida "standart" ishladi. |
| 74' | ![]() |
Fozil Musayev o‘rniga Dilshod Jo‘rayev o‘yinni davom ettiradi |
| 72' | Har ikkala terma jamoa ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda... | |
| 70' | ![]() |
Farrux Sayfiyev chap qanotdan hujumga o‘tdi va burchak to‘pi ishladi |
| 70' | O‘yin tempi yuqori emas. O‘zbekiston hujum tashkil qilishga urinmoqda. Mezonlar esa hech bir jihatlari bilan ajralib turishgani yo‘q | |
| 69' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Iskandarov o‘rniga Farrux Sayfiyev o‘yinni davom ettiradi |
| 68' | ![]() |
Kozak o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasidagi NUrmatov tomon uzatdi. Biroq u himoyachi bilan to‘p uchun kurashda yiqildi va to‘pni darvozabon egallab oldi. Penalti yo‘q |
| 67' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilib, oldinga o‘tgan Rufat Dadashev o‘yindan tashqari holatda qolgandi |
| 65' | ![]() |
Ozarboyjonlik hujumchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo u ofsaydda qolgandi |
| 63' | ![]() |
Taxminan ikki daqiqa davomida futbolchilarimiz o‘ng qanotda o‘z hukmronligini namoyish qilishdi |
| 61' | ![]() |
Terma jamoamiz juda yaxshi hujum tashkil qildi. Biroq Vladimir Kozak 7-8 metrlardan darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 60' | ![]() |
Ozarlarda o‘zgarish yuz berdi |
| 59' | ![]() |
Nurmatov yana bir imkoniyatni qo‘ldan chiqardi |
| 58' | ![]() |
Shahzod Nurmatov oldinga boshlandi. U bir himoyachini aldadi va zarba berayotganida boshqa himoyachi uning oyog‘i ostiga tashlanib, xavfni bartaraf etdi |
| 57' | ![]() |
Sardor Rashidov ikkinchi bo‘limda o‘ng qanotda o‘ynamoqda. Uning zarbasi ancha noaniq chiqdi |
| 56' | ![]() |
Ozarboyjon burchak to‘pidan keyin Rauf Aliyev 7-8 metrlardan zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo uning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 55' | ![]() |
Terma jamoamiz o‘ng qanotda kichik kombinasiyalar orqali yaxshi hujum tashkil qildi. Faqat jarima maydonchasi ichi tomon yetkazilgan to‘p hujumchigacha o‘tmay qoldi |
| 54' | ![]() |
Mezbonlarning hujumi paytida to‘pni darvozabonimiz egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Terma jamoamizda ikkita o‘zgarish yuz berdi. Yegor Krimes va Navruz Olimov o‘rniga Bobur Yo‘ldoshev va Igor Sergeev tushirildi |
| 52' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Ivan Nagayev o‘rniga Shahzod Nurmatov tushirildi |
| 51' | ![]() |
Terma jamoamiz hujumini Jamshid boshladi va Rashidov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Markaziy himoyachini to‘pni uzoqlashtirdi |
| 49' | ![]() |
Ozarlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 48' | ![]() |
Salim Mustafoyev chap qanotdan to‘pni eplab jarima maydonchasiga yetkazib bera olmadi |
| 47' | ![]() |
O‘ng qanotdan yuqoridan yetkazilgan to‘pni Suyunov egallab oldi |
| 47' | ![]() |
Sardor Rashidov ofsaydda qolib ketdi |
| 46' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi bo‘limni boshlab berdi |
| 46' | ![]() |
Ozarboyjon terma jamoasida o‘zgarish yuz berdi |
| ' | ![]() |
Terma jamoalar maydonga qaytishdi |
| ' | ![]() |
Darvoqe, birinchi bo‘lim tugash arafasida Azim Ahmedov maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagandi, ammo ulgurmadi |
| ' | Ozarboyjon esa o‘ziga kelib olganidan keyin 3 ta xavfli hujum tashkil qildi. Ikkita vaziyatda terma jamoamizni Suyunov qutqargan bo‘lsa, bir vaziyatda mezbonlarning zarbasiga aniqlik yetishmadi | |
| ' | Faqat vaziyatlarni golga aylantirishda futbolchilarimizga biroz ishonch yetishmadi. | |
| ' | Birinchi bo‘limga xulosa. Ozarboyjon terma jamoasi o‘yinning 30-35-daqiqallarigacha o‘z o‘yinini topa olmadi. Bunga hayajon ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Natijada yigitlarimiz ancha ishonchli o‘ynab, raqib futbolchilarini shoshirib qo‘yishdi va bir qancha qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishdi | |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+1' | ![]() |
Eldorbek Suyunov terma jamoamizning muqarrar goldan qutqardi! Dmitriy Nazarovning 18 metrlardan yo‘llagan zarbasi yuqori burchakka kirib borayotgandi. "Nasaf" posboni to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
O‘yinini topib olgan ozarlar xavfli vaziyatlar yarata boshlashdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Rauf Aliyev bosh bilan darvozaga burdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 44' | ![]() |
Jamshid Iskandarov maydon markazining o‘ng qanotida himoyachidan qochib ketdi va jarima maydonchasidagi Olimov tomon to‘pni yetkazishga urindi. Himoyachiga tegib qaytgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Egor Krimey maydon markazida qarshi hujumga o‘tayotgan hujumchini qo‘pollik bilan to‘xtatishga majbur bo‘ldi va ogohlantirish oldi |
| 42' | ![]() |
Ozarboyjon darvozaboni Salaxat Agayev o‘z darvozasini tashlab chiqib, to‘pni yon qanotga tepib yubordi |
| 38' | ![]() |
Ozarboyjonning o‘yindagi ilk xavfli hujumi! O‘ng qanotdan to‘p yerlatib jarima maydonchasiga yetkazildi va 12 metrlardan zarba yo‘llandi. Eldorbek to‘pni mushtlari bilan qaytarib yubordi |
| 36' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi qarshi hujumda yana bir imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Sardor Rashidov individual harakatlari evaziga 2-3 nafar himoyachidan qochib ketdi va jarima maydonchasiga kira solib zarba berish o‘rniga, so‘nggi himoyachini ham aldashga harakat qildi. Himoyachi jon holatda Sardorning oyog‘iga tashlandi va xavfni bartaraf etdi. To‘pni egallaga Olimov ham boshqa himoyachini aldashga qaror qildi va to‘pni oldirdi |
| 35' | ![]() |
Mezbonlar asta-sekin o‘z o‘yinini namoyish qila boshladi. O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasiga yetkazib berilganidan keyin ular burchak to‘pi ishlashdi |
| 33' | ![]() |
terma jamoamiz Ozarboyjonning 10-raqamli futbolchisiga jarima maydonchamiz ostonasida zarba yo‘llash imkoniyatini berib qo‘yishdi. Baxtimizga, zarba ancha noaniq bo‘ldi |
| 31' | ![]() |
Jamoalarga kichik tanaffus berildi. Futbolchilar tomoqlarini xo‘llab olishmoqda |
| 30' | ![]() |
Burchak to‘pi terma jamoamizga omad keltirmadi |
| 30' | ![]() |
Terma jamoamiz burchak to‘pini bartaraf etib, tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Sardor Rashidov jarima maydonchasining chap burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 29' | ![]() |
Ozarboyjon o‘zining ilk burchak zarbasini qo‘lga kiritdi |
| 28' | ![]() |
Islom To‘xtaxo‘jayev maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi |
| 27' | ![]() |
Iskandarov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi tomon yetkazdi. Navruz Olimovga chaqqonlik yetishmadi |
| 27' | ![]() |
O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Suyunov egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Jarima zarbasi esa jonli devorga tegdi va xavf yo‘qqa chiqdi |
| 23' | ![]() |
Darvozagacha 20 metrlar masofadan jarima zarbasini ishladik. Navruzga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. U so‘nggi himoyachidan o‘tib ketayotganida markaziy himoyachi tomonidan to‘xtatildi |
| 22' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin o‘zbekistonlik futbolchi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 21' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi himoyadan hujumga ancha tez o‘tayotgani e’tiborga molik. Rashidov tomonidan uzatilgan to‘pni himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi |
| 18' | ![]() |
Sardor Rashidov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. Markaziy himoyachilar to‘pning Nagayev va Olimovgacha yetib kelishiga yo‘l qo‘yishmadi |
| 17' | ![]() |
Iskandarov oldindan o‘ylangan kombinasiyani amalga oshirishga harakat qildi, ammo yakunda to‘pni Agayev egallab oldi |
| 16' | ![]() |
Endi jarima zarbasini O‘zbekiston tepish huquqini qo‘lga kiritdi |
| 15' | ![]() |
Fozil Musayev o‘yin qoidasini buzganidan keyin mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirishdi. Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘p hujumchilardan birining boshiga tegib yuqoriga ko‘tarildi va uni Eldorbek Suyunov egallab oldi |
| 14' | ![]() |
Terma jamoamizda yana bir golga tortadigan vaziyat! Chap qanot chizig‘idan otib berilgan to‘pni qabul qilib olgan Fozil Musayev 18 metrlardan darvoza tomon zarba yo‘lladi! To‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 12' | ![]() |
Vladimir Kozak 35 metrlardan belgilangan jarima to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga yo‘llashga qaror qildi. To‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
UHHHH, dastlabki xavfli vaziyatni O‘zbekiston terma jamoasi yuzaga keltirdi. Tezkor uzatmalar natijasida Ivan Nagayev o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Olimov to‘pga biroz yeta olmadi va Agayev to‘pni mushtlari bilan urib yubordi |
| 9' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi mazmunli hujum tashkil qildi. Markaz bo‘ylab boshlangan hujum o‘ng tomonga ko‘chirildi va Davron Hoshimov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazildi va to‘pni narigi qanotga o‘tib ketdi. Rashidov tomonidan jarima maydonchasiga qayta uzatilgan pasni darvozabon egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Ozarboyjon o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazgan paytda, To‘xtaxo‘jayev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 6' | ![]() |
Markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujumdan keyin to‘pni Eldorbek Suyunov egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Navruz Olimov ofsaydda qolib ketdi |
| 5' | ![]() |
Ozarlar maydon markazida to‘pni nazorat qilishmoqda. Ularning hujumi hozircha o‘xshamayapti |
| 3' | ![]() |
Iskandarovga nisban o‘yin qoidasi buzildi. Terma jamoamiz jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshira olishmadi. Chap qanotdagi Rashidov tomon uzatilgan to‘pni Sardor o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 1' | ![]() |
Dastlabki hujum mezbonlar tomonidan tashkil etildi - muvaffaqiyatsiz |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston terma jaomasi ko‘k, Ozarboyjon esa oq rangli formada harakat qilishadi |
| ' | Undan avval esa O‘zbekiton davlat madhiyasi yangradi | |
| ' | Ozarboyjon davlat madhiyasi yosh yigitcha tomonidan jonli ijro etilmoqda | |
| ' | ![]() |
Diqqat terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi! |
| ' | Ayniqsa, Ozarboyjon terma jamoasi Maksim Shaskix uchun "sevimli" jamoasi bo‘lishi kerak. Boisi, Maks o‘zining O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyut o‘yinida "xet-trik"ka erishgan | |
| ' | O‘tkazilgan o‘yinlarda O‘zbekiston 2 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4ta o‘yinda Ozarboyjonning qo‘li baland kelgan. 3ta o‘yin esa durang bilan yakun topgan. | |
| ' | O‘zbekiston va Ozarboyjon terma jamoalari shu paytga qadar 9 marta to‘qnash kelishgan. Demak, bu o‘zaro 10-uchrashuv bo‘ladi. | |
| ' | Terma jamoalar tarkiblari ma’lum bo‘ldi. Mirjalol Qosimov o‘yinga 4-4-2 taktik sxemasini tanladi. Hujumda Ivan Nagayev va Navruz Olimov raqib darvozasini ishg‘ol qilishga harakat qilishadi | |
| ' | Terma jamoamiz bugun Boku shahrida o‘zining navbatdagi uchrashuvini Ozarboyjonga qarshi o‘tkazadi | |
| ' | O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi orqali yuz ko‘rishib turganimizdan xursandmiz | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|