Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya superkubogi

Javob o‘yini, 23 avgust, soat 01:30

ATLETIKO MADRID

Mario Manjukich (2)

1 : 0

REAL MADRID

JAMOALAR TARKIBI
Migel Anxel Moyya
Xuanfran
Joao Miranda
Diyego Godin
Gilyerme Sikeyra
Tyagu Mendesh
Gabi
Koke
Raul Garsiya
Antuan Grizmann
Mario Manjukich
  Iker Kasilyas
Daniel Karvaxal
Rafael Varan
Serxio Ramos
Fabiu Koentrau
Xabi Alonso
Toni Kroos
Luka Modrich
Xames Rodriges
Garet Beyl
Karim Benzema
ZAHIRA
Yan Oblak
Kristian Ansaldi
Xose Ximenes
Saul
Mario Suares
Kristian Rodriges
Raul Ximenes
  Keylor Navas
Pepe
Marselo
Alvaro Arbeloa
Aser Ilyarramendi
Isko
Krishtianu Ronaldu

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
"ATLETIKO" — ISPANIYa SUPERKUBOGI SOHIBI!
90+5'
O‘yin tugadi!
90+4'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabonga hujum uchun Ronaldu ogohlantirish oldi
90+4'
"Atletiko"ning 3 futbolchisi mehmonlarning 2 himoyachisiga qarshi chiqib borishdi. Kasilyasning oldinga chiqib ketganini ko‘rgan hujumchi to‘pni uning ustidan oshirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo ijro yaxshi chiqmadi va Iker to‘pni egallab oldi
90+3'
Karvaxalning o‘ng qanotdan uzatmasi xavfli bo‘ldi. Ammo unga Ramos va Ronaldu biroz yeta olishmadi
90+1'
Navbatdagi qo‘pollik uchun Luka Modrich ikkinchi sariq kartochka oldi va maydonni tark etdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
O‘ng qanotdan yetkazb berilgan uzatmaga chikishda Kasilyas xatoga yo‘l qo‘ygandi. Tyagu esa darvozaga aniq zarba bera olmadi
89'
"Atletiko"da so‘nggi o‘zgarish: Raul Garsiya o‘rniga Saul Niges tushdi
89'
Serxio Ramov ham ogohlantirish oldi
88'
Kristian Rodriges 2 marta Varanni aldab o‘ta olmadi.
87'
Ronaldu jarima maydonchasining o‘ng tomonida bir futbolchini aldab zarba berdi. To‘p bshoqa himoyachiga tegib qaytdi
85'
Mario Manjukich o‘rniga Kristian Rodriges tushirildi
80'
Karvaxalning uzatmasidan keyin Beylning oyog‘i to‘pga yetmadi, to‘p darvozabonga nasib etdi
79'
Marselo to‘p uchun kurashda Manjukichni itarib yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi
78'
Isko bir vaziyatda raqib futbolchisini ikki marta tepib qulatgani uchun ogohlantirish oldi
77'
Mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasi Anchelotti jamoasi uchun taxlikali bo‘lmadi
76'
Modrichning burchakdan uzatmalari unchalik xavfli bo‘lmayapti hozircha
75'
"Real" raqibning tezkor qarshi hujumini bartaraf etib, o‘zi hujum tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi
74'
Raul Garsiya ogohlantirish oldi
73'
"Atletiko"da o‘yinchi almashdi. Grizmann o‘rniga Raul Ximenes tushirildi
72'
Ronalduning uzatmasidan keyin Beyl darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo to‘pni darvozabon egallab oldi
71'
Ehhhh, Grizmann! 13-14 metrlardan darvozani aniq nishonga ola bilmadi!
71'
Vuh, qisqa paslar natijasida Koke zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi va uning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
70'
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Koentrau o‘rniga Marselo tushirildi
69'
Ronalduning jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegdi va himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi
68'
Grizmann Benzemaning orqasidan tortib qolgani uchun ogohlantirildi. Jarima to‘pi. Darvozagacha 28 metrlar...
65'
"Real"da o‘zgarish. Xames Rodriges maydonni tark etdi. Isko o‘yinni davom ettiradi
65'
Beylning zarbasi rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
63'
Beyl chap qanotda himoyachilardan Zidan uslubida o‘tib ketayotganida yiqildi, hakam esa qoida buzilmaganini ko‘rsatdi
62'
Benzema va Ronaldu bir-birlarni yaxshi tushunib harakat qilishdi va Krishtianu 30 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
60'
Ronalduning qap qanotdan yetkazgan to‘pi Benzemagacha yetib kelganida, Karim darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. Ammo himoyachi uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
59'
Burchak to‘pi mehmonlar uchun biroz taxlikali bo‘ldi. Kasilyas to‘pni mushti bilan urib yubordi
59'
Mezbonlar to‘pni yaxshi nazorat qilishdi va burchak to‘pi ishlashdi
58'
Darvoqe, ikkinchi bo‘lim boshida Krishtianu Ronaldu maydonga tushganini ta’kidlab o‘tish lozim. Toni Kroos esa maydonni tark etdi
57'
Xuanfranning uzatmasidan keyin Raul Garsiya 20 metrlardan zarba berdi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
54'
Mezbonlarning juda chiroyli hujumini "Real" o‘tkazib yubordi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan futbolchi jarima maydonchasida yolg‘iz ochilgan Manjukich tomon to‘pn yetkazdi. Biroq Ramos vaziyatni oldindan o‘qiy oldi va xavfni bartaraf etdi
52'
Alonso sariq kartochka oldi, raqibnin tezkor qarshi hujumini qoidaga xilof ravishda to‘xtatgani uchun
52'
"Real" burchak to‘pi ishladi
50'
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke ogohlantirish oldi
49'
Ushbu jarima to‘pi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, agar to‘p darvoza to‘siniga tegmaganida! Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni futbolchilardan biri oyoq bilan Kasilyas darvozasi tomon burdi. To‘p avval darvoza to‘sini, keyin yerga tegdi. HImoyachilar xavfni bartaraf etishdi
48'
Lekin "Atletiko" qarshi hujumda xavfli. MAydon markazida Sikeyro Modrichdan o‘tib ketayotganida LUka raqibini qo‘li bilan to‘xtatib qoldi va ogohlantirish oldi
48'
To‘p nazorati to‘laligicha "Real" tomonida. Ular hujum tashkil qilish yo‘llarini qidirishmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletiko" - "Real" - 1:0. Tanaffus
45+1'
Xames Rodriges jarima maydonchasining o‘ng burchagidan to‘pni olis burchakka aylantirdi. Mo‘ljalda biroz adashdi u
45'
Yana bir burchak to‘pi (avvalgisidan keyin to‘pni Koentrau maydon tashqarisiga chiqarib yubordi). Bu safar Raul Garsiya 7-8 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi!!!
44'
Raul Garsiya olis masofadan zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
41'
Varan 35 metrlardan ancha noaniq zarba yo‘lladi
40'
Manjukichning bosh bilan bergan zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
38'
!!!! Vuuuuuh, Beyl!!! Adashmasak, Rodriges to‘pni Beylga yetkazib berdi va Garet jarima maydonchasi ichida 14 metrlardan zarba berdi. To‘p yana o‘sha ustunni deyarli silab o‘tib ketdi
36'
!!!! Vuh, Xames Rodriges! "Real" pozision hujum tashkil qildi va to‘p jarima maydonchasiga yuqoridan yetkazildi. Kolumbiyalik futbolchi bosh bilan zarba berdi va to‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
34'
Burchak to‘pidan keyin to‘p Ramosning qo‘liga tekkani uchun o‘yin to‘xtatildi
34'
Xames Rodriges tomonidan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yana zarba berildi. To‘p Manjukichga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
33'
Jarima maydonchasining o‘ng burchagi yaqinida Beylga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi.
30'
Ana endi to‘p nazorati to‘laligicha "Real" tomoniga o‘tdi. Burchak to‘pi paytida Varan himoyachiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
26'
Zaxira hakamining tavsiyasi bosh hakam "Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeoneni zaxira o‘rindig‘idan chetlatdi. Endi u o‘yinni tribunada o‘tirgan holda tomosha qiladi
25'
"Real"ning dastlabki o‘ta xavfli hujumi! Anchelotti shogirdlari o‘ng qanotdan qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga yorib kirishdi va Xames Rodrigesdan to‘pni qabul qilgan Karvaxal o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi! To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, darvoza tomon dumalab ketayotgandek edi, ammo himoyachilar uni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
23'
O‘yinda follar, qoidabuzarliklar ko‘p bo‘lmoqda. Deyarli har daqiqada
20'
Jarima zarbasi ancha xavfli bo‘ldi. Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni Xuan Miranda yolg‘iz qabul qildi (o‘tkir burchak ostida), ammo na o‘zi darvozaga zarba berdi, na narigi qanotdagi sheriklariga to‘pni aniq uzatdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
19'
Serxio Ramos to‘p uchun kurashda MAnjukichning ustiga chiqdi va o‘z darvozasi tomon jarima zarbasi belgilanishiga sababchi bo‘ldi
18'
"Atletiko" himoyachisi Tyagu Mendesh ogohlantirish oldi
17'
"Real" o‘ng qanotda jarima to‘pini teadigan bo‘ldi
15'
"Qirollik klubi"ning zarbasi qovushmayapti. "Atletiko" burchak to‘pi ishladi.
13'
O‘yin tempi yuqori emas, "Atletiko" oldinga o‘tishga shoshilmayapti, "Real" esa o‘z o‘yinini topib olganicha yo‘q hali
10'
Bu safar Karvaxalning chap qanotdan uzatmasi o‘ta noaniq chiqdi
10'
O‘ng qanotdan yuqorilatib yetkazilgan to‘pni "Atletiko" posboni osonlik bilan egallab oldi
5'
Biroz kutilmagan debyut. "Atletiko" hujum qilishda davom etmoqda. Hozir "matraschilar" hujumchisi "Real" jarima maydonchasida yiqildi, ammo hakam penalti bermadi
2'
Mezbonlar to‘pni burchakdan o‘yin kiritishdi va "Real" to‘pni o‘z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi. To‘p "Atletiko" darvozaboni Migel Anxel Moyyagacha yetib keldi va u to‘pni raqib jarima maydonchasi yaqinigacha tepib berdi. Grizman to‘pni bosh bilan Manjukichga yetkazdi. Mario esa 16 metrlarda zarba berib, Kasilyasni dog‘da qoldirdi!
2'
GOOOOOOLL!!! Mario Manjukich, 1:0!
1'
O‘yinni mezbonlar ancha faol boshlashdi va burchak to‘pi ishlashdi.
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Shuningdek, avval xabar berib o‘tganimizdek, Anxel Di Mariya bugun hattoki o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan
'
"Real" yetakchisi Krishtianu Ronaldu jarohatidan keyin mashg‘ulotda ishtirok eta boshlagan bo‘lsa-da, u bugun asosiy tarkibda emas. U zaxirada
'
Shunday ekan, barcha masala bugun hal bo‘ladi
'
"Satyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilganidan xabaringiz bor
'
"Visente Kalderon" stadionida Madridning ikki jamoasi "Atletiko" va "Real" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar
'
Ispaniyada yangi mavsum boshlanmoqda. Biz bugun mamlakat superkubogi g‘olibi nomini bilib olamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.