Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer ligasi, 2-tur

24 avgust, soat 20:00

SANDERLEND

Rodueyel (30)

1 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Mata (17)
JAMOALAR TARKIBI
Mannone
Braun
Verxini
van Anxolt
O’Shi
Larsson
Bakli
Roduell
Kettermoul
Uikxem
St.Fletcher
  De Xea
Smolling
Blekkett
Valensiya
Kleverli
Fletcher
Mata
Yang
Runi
van Persi

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Yana 2 soatdan keyin boshlanadigan "Barselona" va "Elche" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil qiladigan onlayn translyasiyamizni ham o‘tkazib yubormang.
'
Umuman olganda, natija o‘yinga mos bo‘ldi, "MYu" yorqin o‘yin ko‘rsata olmadi
'
Van Gal ikkinchi o‘yinda ham muhim ochkolardan mahrum bo‘lmoqda. Bu "MYu"ga keyinchalik qimmatga tushishi mumkin
90+5'
O‘YIN TUGADI!
90+4'
"Man. Yunayted"ning so‘nggi hujumi ham samarasiz yakunladi.
90'
"Qora mushuklar" deyarli maydon markazidan jarima to‘pini raqib javrim maydonchasiga yetkazib berishdi. Hujumchi fol ishlatgani uchun o‘yin to‘xtatildi
90'
Altidor maydon markazida to‘pni egallab oldi va mehmonlar jarima maydonchasigacha yetib keldi. Ammo na sherigini to‘p bilan ta’minladi, na o‘zi zarba berdi. To‘pni himoyachilarga oldirib qo‘ydi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
"Sanderlend" futbolchisi Li Kettermoul o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilibdi
89'
Eshli Yang jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni muammosiz egallab oldi
87'
"Yunayted"ga mezbon jamoa himoyachilari va darvozabonlari yordam berib yuborishlari mumkin edi. Ularning o‘zaro tushunmovchiligidan mehmonlar foydalana olishmadi
85'
O‘yinning oxirgi daqiqalari davom etayotgan bo‘lsa, "MYu"ga g‘alaba ko‘proq kerak bo‘lsa-da, ayni daqiqalarda ustunlik Van Gal shogirdlari tomonida deb ayta olmaymiz. "Sanderlend" ham imkon bo‘lganida hujumga o‘tmoqda
81'
"MYu" futbolchilari mazmunli hujum tashkil qilishga qiynalishmoqda
78'
"MYu" vakillari o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Eshli Yangga to‘pni yetkazib berishdi. Jarima maydonchasini o‘z vaqtida tark etgan Mannone to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
77'
"Sandelend"da futbolchi almashdi. Maydonga Joze Altidor tushirildi
76'
Mata tomonidan yetkazilgan to‘pni mezbon posboni osonlik bilan egallab oldi
75'
Uelbek burchak to‘pi ishladi
75'
Larssonning zarbasi kuchli bo‘ldi, ammo unga aniqlik yetishmadi
74'
"Sanderlend" darvozagacha 20 metrlardan jarima to‘pi tepadi
'
67-daqiqada "MYu" futbolchisi Tom Kleverli ogohlantirish oldi. U raqib hujumini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi
69'
Larsson jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, darvozbon bilan birga bir vaziyatga qochib ketdi. JArima maydonchasi ustidan zarba yo‘llayotganida "MYu" himoyachisi to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurdi. Burchak to‘pi
63'
"Sanderlend"da ham o‘zgarish: Gol muallifi Jek Roduel o‘rniga Xordi Gomes tushdi.
63'
Van Gal birdaniga 2ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Van Persi va Fletcher o‘rniga Uelbek va Yanuzay tushirildi.
62'
Eshli Yang raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam uning harakatini simulyasiya deb baholadi va unga sariq kartochka ko‘rsatdi
61'
Mata jarima maydonchasiga kirib borayotgan Van Persini to‘p bilan ta’minladi, ammo to‘p gollandiyalik futbolchining oyog‘idan darvozabonga borib tushdi
59'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "SAnderlend" posboni to‘pni qaytardi
52'
Ohoho-ho! Mo‘jiza tufayli to‘p De Xea qo‘riqlayotgan darvozaga kirmay qoldi! Chap yon chiziqdan to‘p otib berildi. Uikxem esa to‘pni Konnorga uzatdi. U yerlatib davroza tomon zarba berdi. David De Xea hech narsa qila olmasdi, biroq "MYu" himoyachisi Blekett to‘p yo‘liga oyoq qo‘ydi va to‘p maydonni tark etdi.
48'
Van Persi o‘ng qanotdagi chiziqqa yaqin joyda ofsaydda qoldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sanderlend" - "MYu" - 1:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
"MYu"da futbolchi almashtirildi. Kris Smolling o‘rniga Maykl Kin tushirildi
42'
Mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Hujumchi darvozagacha 7-8 metrlardan chalqancha uslubda zarba berdi, ammo noaniq
38'
MYu raqib himoyasini yorib o‘tishga qiynalmoqda
35'
Runi ijrosidagi jarima zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
34'
MYu "standart" ishladi
30'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Jek Rodueyel bosh bilan darvozaga yo‘lladi! De Xeya yaqin burchakka yo‘llangan zarbani o‘tkazib yubordi, himoyachilar futbolchining zarba berishiga to‘sqinlik qilishmadi
30'
GOOOOLLLL! Rodvel, 1:1!
30'
Buning natijasida "Sanderlend" burchak to‘pi ishladi
29'
O‘yin bir xil sur’atda davom etmoqda. "MYu" ko‘proq to‘pni nazorat qilmoqda. Mezbonlar esa pressingni kuchaytirib, maydon markazidayoq raqib futbolchilarini ta’qib qilishmoqda.
24'
Eshli Yang o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. BUrchak to‘pi
23'
To‘p nazorati yana mehmonlar tomonida. "Sanderlend" qarshi hujumdan umid qilishga majbur
17'
Valensiya o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni darvozaning olis ustuni tomon uzatdi. To‘pni darvozabon o‘tkazib yubordi va Mata bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi!
17'
GOOOOOOLLLL! Mata, 0:1!
16'
Dastlabki xavfli hujumni Sanderlend uyushtirdi. Hujum o‘ng tomondan boshlandi va yarim himoyachi markaz tomon surilib, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan jamoadoshiga uzatdi. Hujumchining zarbasini De Xeya egallab oldi!
9'
To‘p nazorat ko‘k rangli "MYu" futbolchilari tomonida
6'
MYu to‘pni uzoq vaqt nazorat qildi va jarima maydonchasi ichida ochilgan Van Persi tomon uzatilgan to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi
4'
Maydon egalari futbolchisining 18 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
1'
"Sanderlend" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi
'
Assalomu alaykum, qadrli saytimiz muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.