Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Oliy liga-2014, 18-tur

28 avgust, soat 18:00. Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent)

LOKOMOTIV

Farhod Tojiyev (41-pen.)

1 : 2

BUNYODKOR

Zabihillo O‘rinboyev (19)
Ivan Miloshevich (69)
JAMOALAR TARKIBI
1. Ignatiy Nesterov
10.Farhod Tojiyev
17.Salim Mustafoyev
18.Fozil Musayev
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
24.Ibrohim Rahimov
35.Shavkat Mullajonov,
50.Aleksandr Geynrix
61.Dilshod Rahmatullayev
77.Jasur Hasanov (kat.)
88.Lutfulla To‘rayev
  45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
4.Xayrulla Karimov (S)
6.Anvar G‘ofurov
8.Javlon Ibrohimov
9.Minori Sato
13.Ivan Miloshevich
19.Zabihillo O‘rinboyev
20.Samir Bekrich
21.Sardor Rashidov
28.Dostonbek Hamdamov
ZAHIRA
84.Temur Jo‘rayev
4.Boburbek Yo‘ldoshev
7.Sadriddin Abdullayev
22.Viktor Karpenko
23.Ivan Nagayev
60.Artyom Filiposyan
70.Alisher Shog‘ulomov
  1.Pavel Bugalo
11.Aleksandr Pishur
14.Vohid Shodiyev
27.Sardor Sobirxo‘jayev
33.Oleg Zoteev
48.Akramjon Komilov
59.Nuriddin Hasanov
SARIQ KARTOCHKA
Shavkat Mullajonov (44)
Aleksandr Geynrix (49)
Jasur Hasanov (83)
 
Akmal Shorahmedov (65)
JAvlon Ibrohimov (90+2)

Matn

'
"BUnyodkor" futbolchilari o‘z muxlislariga minnatdorchilik bildirishmoqda
'
MAydonda futbolchilar to‘polonni yuzaga keltirishdi negadir
90+6'
O‘yin yakunlandi!
90+5'
Jarima zarbasini himoyachilar qaytarishdi. Takroriy hujumdan keyin zarba noaniq bo‘ldi
90+4'
"Loko" jarima zarbasini amalga oshiradi
90+3'
Vuuuhhh, Sadriddin Abdullayevning bosh bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi!
90+2'
JAvlon Ibrohimov sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Hasanovga qo‘pollik ishlatdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Salim Mustafoyev maydondan chetlatildi. U o‘zidan o‘tib ketishga uringan Rashidovni chalib yiqitdi. Sardor undan o‘tib ketganidan Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib borardi
89'
Geynrix jarima zarbasini to‘ppa-to‘g‘ri darvozaning yaqin burchagiga aylantirdi. Akbar To‘rayev bir amallab xavfni barttaraf etdi
'
"Bunyodkor" yaxshi imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Rashidov to‘pni HAmdamovga uzatdi va uni deyarli birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. ammo Doston sust harakat qildi va imkoniyatni qo‘ldan chiqardi
87'
Geynrix jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi va imkoniyatni qo‘ldan boy berdi
85'
"Lokomotiv" bosimni oshirib bormoqda...
83'
Jasur Hasanov hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirish oldi
82'
"Temiryo‘lchilar" yaxshi hujum tashkil qilishdi. Hujum Salim Mustafoyevning zarbasi bilan yakunlandi. To‘rayev to‘pni muammosiz egallab oldi
80'
"Bunyodkor"da uchinchi o‘zgarish: Xayrulla Karimov o‘rniga Akrom Komilov tushdi. "Qaldirg‘ochlar" sardori jarohat olganini ma’lum qildi
78'
Jasur Hasanovning zarbasi to‘ppa-to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga borib tushdi
77'
Geynrixga nisbatan fol ishlatildi. Davrozagacha 24 metrlar bor...
77'
Mehmonlar qarshi hujumlarda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Faqat so‘nggi lahzada ularga aniqlik va t tezkorlik yetishmayapti
76'
"Bunyodkor"da yana bir o‘zgarish: O‘rinboyev o‘rniga Vohid Shodiyev tushirildi
75'
Ehheeee, Zabihillo O‘rinboyev yana bir jamoadoshi bilan darvozabon bilan ikkiga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo O‘rinboyevning sust harakati tufayli ortdan yetib kelgan himoyachi to‘pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi
74'
"Loko"da futbolchi almashtirildi. Farhod Tojiyev o‘rniga Alisher Shog‘ulomov maydona tushdi
73'
"Bunyodkor"da ajoyib imkoniyat! Sobirxo‘jayev 18 metrlarda kuchli zarba yo‘lladi! Nesterov to‘pni qaytardi. To‘p yana Sardorning o‘ziga qaytib keldi va to‘pni O‘rinboyevga uzatdi. Ammo Zabihillo to‘pni yo‘qotdi
69'
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Rashidov jarima zarbasidan to‘pni yuqorilatib jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p rekoshet holatida Miloshevichga kelib tushdi va Ivan yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p darvoza ustuniga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi
69'
GOOOOOLLLL!!! Miloshevich, 1:2!
69'
"Loko"da o‘zgarish: Dilshod Rahmatullayev o‘rniga Sadriddin Abdullayev tushirildi
68'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni O‘rinboyev jarima maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi. Zarba noaniq bo‘ldi
65'
Akmal Shorahmedov sariq kartochka oldi. U maydon markazida Musayevga nisbatan keskin o‘ynadi
64'
Dostonbek Hamdamov markazda to‘pni egallab oldi va darvoza tomon zarba berdi. To‘pni Nesterov egallab oldi. Dostonda boshqa 2ta variantlar ham bor edi
64'
"Bunyodkor"ningbir tepar uslubida uyushtirgan kombinasiyasi chiroyli chiqdi. To‘pni esa Ignatiy egallab oldi
62'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Sato Minori o‘rniga Sardor Sobirxo‘jayev tushirildi
61'
Geynrix jarima maydonchasi ichida himoyachining oyog‘iga qoqilib, yiqildi. Ammo penalti yo‘q. Sasha penalti ishlash uchun harakat qilgandek ko‘rindi
59'
Ikkinchi burchak to‘pni "Loko" uchun taxlikali bo‘ldi. Ibrohimovning zarbasi jarima maydonchasi ichida turgan mezbon futbolchilaridan birining qo‘liga tegdi. Futbolchi to‘pga teskari holatda turgandi
58'
Yana bir burchak to‘pi
58'
Endi "Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
56'
Xayrulla Karimovning qo‘polligidan keyin mezbonlar jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Geynrixning uzatmasidan keyin Fozil Musayev bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Ammo qanot hakami o‘z bayroqchasini ko‘tarib ofsaydni qayd etdi. Gol inobatga olinmadi
55'
Geynrix Farhodga to‘pni uzatib, qabul qilib oldi va darhol darvoza tomon zarba berdi. To‘rayev mushtlari bilan to‘pni urib yubordi
55'
Tojiyev burchak to‘pi ishladi
54'
Burchak to‘pidan keyin O‘rinboyev bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Ignatiy qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi
53'
Salim Mustafoyev bosh bilan to‘pni Nesterov tomon yetkazishga qaror qildi. Rashidov uning ortidan ta’qib qildi va mezbonlar xato qilishiga sal qoldi. BUrchak to‘pi
51'
Lutfulla To‘rayev darvozabon Akbar To‘rayev o‘z darvozasini tark etganini maydon markazidan darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
50'
O‘rinboyev-Hamdamov kombinasiyasidan so‘ng Dostondek jarima maydonchasi ichida ikki nafar himoyachi orasidan o‘tib keta olmadi.
49'
Aleksandr Geynrix sariq kartochka oldi. U Rashidovning oyog‘idan tepdi
46'
Lutfulla To‘rayevga tibbiy yordam ko‘rsatildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Nazarimizda, ikkinchi bo‘lim boshida tarkibda o‘zgarishlar bo‘lmadi
'
Tanaffus! "Lokomotiv" - "Bunyodkor" - 1:1
45+2'
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI!
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Sato Minori 27 metrlardan zarba yo‘lladi. Nesterov to‘pni egallab oldi
45'
Rashidovning jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
44'
Shavkat Mullajonovga sariq kartochka ko‘rsatildi. U Minori Satoga nisbatan o‘yin qoidasini qo‘pol tarzda buzdi. DArvozagacha 22 metrlardan jarima to‘pi
42'
Bu o‘yin bosh hakam uchun oson kechmayapti. Geynrix jarima maydonchasi ichida to‘pni Tojiyev tomon uzatayotganida yerda yotgan to‘p Xayrulla Karimovning qo‘liga tegib qaytdi. Kovalenko esa ushbu vaziyat penalti bermadi
41'
Farhod Tojiyev penaltidan kuchli zarba bilan darvozaning yuqori burchagini nishonga oldi!
40'
Rahimov o‘ng qanotdan jarima maydonchasi yetkazdi. To‘p uchun himoyachilar va Tojiyev intilayotgan paytda Farhod yiqildi. Kovalenko "nuqta"ni ko‘rsatdi
40'
"Bunyodkor" darvozasiga penalti!
38'
To‘p nazorati va hujumlar uyushtirish asosan mezbonlar tomonida, ammo "temiryo‘lchilar" golga tortadigan vaziyatni yarata olishayotgani yo‘q
35'
Fozil Musayev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
34'
Akbar To‘rayev to‘pni mushtlari bilan urib yubordi. Dilshod Rahmatullayevning 20 metrlardan yo‘llagan zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
33'
"Loko" burchak to‘pini ishladi
33'
Karimovning xatosidan so‘ng Geynrix to‘pn egallab olib, oldinga yurdi, ammo himoyachini aldab o‘tish vaqtida to‘pni yo‘qotdi
32'
Rashidov chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Samir Bekrich darvoza tomon zarba berdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
29'
"Loko"ning burchak to‘pi muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi
29'
Mustafoyev va Geynrix qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib borishdi va Sasha yiqildi. Vaziyatga yaqin turgan Kovalenko penalti yo‘qligiga ishora qildi
25'
To‘xtaxo‘jayev maydon markazidan to‘pni Geynrix tomon uzatdi. To‘pni Akbar To‘rayev egallab oldi
24'
Jasur Hasanovning jarimadan yo‘llagan zarbasi "Loko" futbolchilaridan biriga tegib, darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
23'
Ibrohimov jarima maydonchasi ostonasida Jasur Hasanovni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi
22'
Shavkat Mullajonovning oyog‘idan to‘p maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
19'
"Bunyodkorchilar" to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. To‘p Bekrichga kelib tushdi, ammo Samirning zarbasi o‘xshamadi. To‘p uning oyog‘i tegib, yuqori ko‘tarildi va O‘rinboyev to‘pni yerga tushirmasdan, 12-13 metrda Nesterov darvozasini ishg‘ol qildi!!!
19'
GOOOOOOLLLL!!! Zabihillo O‘rinboyev, 0:1!
16'
Tojiyev va Rahimov hujumda bir-birlarini tushunishmadi. Farhod to‘pni uzatgan joyda Ibrohim yo‘q edi
15'
"Bunyodkor"ning yosh futbolchilari qisqa paslar orqali kombinasiya bilan mezbonlar jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Rashidov ikki himoyachi orasida o‘tib keta olmadi. Shorahmedovning zarbasi esa darvoza ustidan o‘tib ketdi
12'
Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishgandek ko‘ringandi, ammo mezbonlar yana hujum tashkil qilishdi va Dilshod Rahmatullayev 18 metrlardan zarba berdi. Akbar To‘rayev zarbani qaytardi
12'
"Lokomotiv" burchak to‘pi ishladi
11'
Ochiq o‘yin bo‘lmoqda! To‘p maydon markazida umuman saqlanib turmayapti.
10'
Burchak to‘pidan to‘pni egallab olib, "Loko" qarshi hujumga o‘tdi. Jasur Hasanov raqib jarima maydonchasi tashqarisida yakuniy pasni berishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi. Shu tariqa xavfli vaziyat yo‘qqa chiqdi
9'
Anvar G‘ofurov 25 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachilardan biriga tegib maydonni tark etdi
8'
"Bunyodkor" o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p hech kimga tegmay, qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi
5'
"Bunyodkor"ning qarshi hujumi. Sato Minori uzatgan to‘pni Rashidov jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundirdi va darvoza tomon zarba berdi. Sardorning zarbasi kuchsiz chiqdi va Nesterov to‘pga ega chiqdi
4'
Burchak to‘pidan keyin esa jarima maydonchasi tashqarisiga chiqqan to‘pni Ibrohim Rahimov zarba berdi. Akbar To‘rayev to‘pni qaytardi
3'
"Loko" darhol hujumga o‘tdi. Geynrix chiroyli pas bilan o‘ng tomonda ochilgan To‘rayevni deyarli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. LUtfullaning o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Farhod Tojiyevga uzatishga qaror qildi. Farhod esa zarba berishga ulgurmadi. HImoyachilar to‘pni maydondan tashqarisiga chiqarib yuborishdi
3'
"Loko" yana maydon markazida to‘pni yo‘qotdi va "Bunyodkor" qarshi hujumga o‘tdi. Ibrohimov tomonidan 25 metrlardan berilgan zarba himoyachilarga tegib qaytdi
1'
To‘pni "qaldrig‘ochlar" egallab olishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Sardor Rashidov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi, bir futbolchini aldab o‘tdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. To‘pni yo‘qotdi
1'
O‘yin boshladi. To‘pni "Loko" hujumchisi Aleksandr Geynrix o‘yinga kiritib berdi
'
"Lokomotiv" qizil-qora, "Bunyodkor" oq rangli formalarda harakat qilishadi
'
!!! Diqqat qiling, O‘zPFL madhiyasi sadolari ostida maydonga "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari hakamlar ortidan chiqib kelishmoqda.
'
Ayni daqiqalarda maydonga suv sepilmoqda.
'
"Lokomotiv" va "Bunyodkor" futbolchilari chigalyozdi mashg‘ulotlarini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi.
'
Barchangizni Toshkentning TTZ-1 dahasida joylashgan "Lokomotiv" stadionidan uyushtirayotgan matnli onlayn translyasiyamizni kuzatib borishga taklif qilamiz
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.