Ispaniya La-ligasi, 2-tur
| 31 avgust, soat 22:00 | ||
VILYARREAL |
0 : 1 |
BARSELONASandro Ramires (82)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Asenxo Kosta Mario Musakkyo Ruis Trigeros B.Soriano Cherishev Pina Kani dos Santos |
Bravo Dani Alves Pike Alba Matyo Rafinya Buskets Pedro Rakitich Munir Messi |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Pedro Rodriges (37)
Danni Alves (42) |
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Saytdan uzoqlashmang. Yana 10 daqiqadan keyin boshlanadigan "Real Sosyedad" - "Real Madrid" o‘yini ham saytimiz orqali matnli onlayn translyasiya qilinadi | |
| ' | ![]() |
"Barselona" ancha qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Sandro Ramires dubl qilishi ham mumkin edi! Xavi o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib ketib, darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Buni kutmagan Neymar va Ramires imkoniyatni qo‘ldan chiqarishdi |
| ' | ![]() |
Darvoqe, o‘yinning 74-daqiqasida Rafinya o‘rniga Xavi maydonga tushirilganin ta’kidlab o‘tamiz |
| 84' | ![]() |
Mezbonlar darhol oldinga o‘tishdi va burchak to‘pi ishlashdi. Jarima maydonchasiga tashqarisiga qaytarilgan to‘p Dos Santosga kelib tushdi. Bu yerda ham to‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. |
| 82' | ![]() |
Barchasini Messi bajardi! O‘ng qanotdan Lionel oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirib, bir himoyachi va darvozabonning e’tiborini o‘ziga tortdi va to‘pni ularning yonidan o‘tkazib, Sandro Ramiresga to‘pni yetkazdi. U shunchaki to‘pga oyoq qo‘ydi va darvozani ishg‘ol qildi. |
| 82' | ![]() |
GOOOOOLLL!!!, Sandro Ramires, 0:1! |
| 77' | ![]() |
Vuh, to‘p yana bir marta darvoza ustuniga tegdi!! Dani Alves o‘ng qanotdan to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Messini hech kim yopmadi va uning zarbasi darvoza ustunini larzaga keltirdi! |
| 72' | ![]() |
O‘yin yakunlanib borgan sari Messi mas’uliyatni ko‘proq o‘z zimmasiga olmoqda. Argentinalik futbolchi deyarli markazdan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasining chap tomonidan zarba berdi. Viktor Ruis yana to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi. |
| 72' | ![]() |
Ohohohooo! "Barsa"ni yana darvoza ustuni goldan qutqarmoqda. Tomas Pina jarima maydonchasi aylanasi ichidan zarba berdi. Krudio Bravo to‘pga yeta olmadi. To‘p darvoza ustuniga tegdi. Qaytgan to‘pga Espinosa o‘tkir burchak ostida yana zarba berdi. To‘p yana o‘sha ustunga tegib, maydonna tark etdi!!! |
| 72' | ![]() |
! Asenxo darvozasi oldida yana bir xavfli vaziyat! Messi Neymar bilan o‘ynadi va o‘ng qanotda ochilgan Sandro Ramiresga uzatdi. Uning zarbasini Viktor Ruis o‘ziga qabul qildi. To‘p Neymarga yetib bordi, ammo uning zarbasiga esa aniqlik yetishmadi. |
| 70' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Perdro Rodriges o‘rniga Sandro Ramires o‘yinni davom ettiradi |
| 68' | ![]() |
!!! Vuh, to‘p qanday qilib "Vilyarreal" darvozasiga kirmay qolganiga aql bovar qilmaydi! Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va so‘nggi chiziq oldidan to‘pni orqaroqqa - darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Viktor Ruisning oyog‘iga tekka to‘p darvozaga kiritib ketishiga oz qoldi. Vaziyatga yaqin joyga yetib kelgan Neymar to‘pga zarba berdi. Ammo to‘p aynan Viktor Ruisga tegib qaytdi! |
| 67' | ![]() |
Rakitich tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Messi bosh bilan zarba berdi. To‘a ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 66' | ![]() |
!!! Messi o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikni jazolashi mumkin edi. 28 metrlardan darvozaning yuqori burchagini nishonga oldi! Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 65' | ![]() |
Mezbonlarda yana bir o‘zgarish: Denis Cherishev maydonni tark etdi. Lusianno Viyetto o‘yinni davom ettiradi |
| 61' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi yarim aylanasidan jarima maydonchasiga kirib kelgan Rakitichga to‘pni uzatdi. Ivan zarba berish o‘rniga to‘pni yana Messiga uzatishga qaror qildi. Natijada himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 59' | ![]() |
"Barsa"da ham birinchi o‘zgarish: Munir al-Haddodiy o‘rniga Neymar tushirildi |
| 59' | ![]() |
"Vilyarreal"da majburiy o‘zgarish. Jarohan olgan Xaume Kosta o‘rniga Gabriel Paulista tushirildi |
| 57' | Neymar maydon chetida chigalyozdi mashg‘ulotlarni boshladi. Balki u o‘yinda paydo bo‘lar | |
| 53' | ![]() |
Jovanni dos Santos raqib jarima maydonchasi yonida Xordi Albadan qochib ketishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi |
| 51' | ![]() |
Vuuuuh, darvoza ustuni mehmonlar foydasiga ishladi! Tregiros to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Matyo to‘pni tepib yubormoqchi bo‘lganida to‘p uning oyog‘iga tegib, darvoza ustuniga tegdi! Bravo hech narsa qila olmasdi! |
| 50' | ![]() |
Denis Cherishev o‘ng qanotda bir futbolchidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Kataloniyaliklarni to‘pni egallab olishdi |
| 49' | ![]() |
Xordi Alba chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p himoyachilarga nasib etdi |
| 47' | ![]() |
"Vilyarreal" futbolchisi Kani ofsaydda qolgani uchun o‘yin to‘xtatildi |
| 46' | Hozircha tarkiblarda o‘zgarish yo‘q | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim davomida "Barselona" to‘pni nazorat qilgani bilan raqib darvozasiga katta bosim uyushtira olmadi. Ikkinchi bo‘limda markazda futbolchi almashtirilsa kerak. Inyesta yoki Xavi yetishmayapti jamoaga |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Vilyarreal" - "Barselona" - 0:0. Tanaffus. |
| 44' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni olis ustun tomon uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. |
| 42' | ![]() |
Danni Alves hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi |
| 40' | ![]() |
"Vilyarreal" jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Munir bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
Pedro Rodriges qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirish oldi. |
| 36' | ![]() |
Raikitich ijrosidagi burchak to‘pini mezbonlar yana bartaraf etishdi |
| 35' | ![]() |
Alvesning uzatmasidan keyin yana bir burchak to‘pi ishlandi |
| 34' | ![]() |
Rakitich bu safar to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima maydonchasiga uzatdi. Jeremi Matyoning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 33' | ![]() |
Rakitich burchak to‘pini o‘ziga yaqin turgan jamoadoshiga uzatdi va shundan so‘n to‘p jarima maydonchasi ichidagi Pedroga yetkazildi. Biroq yana bir marta burchak to‘pi o‘yinga kiritiladi |
| 32' | ![]() |
Alves faol harakat qilmoqda. Faqat uning uzatmalaridan so‘ng to‘pni darvoza tomon yo‘llaydigan futbolchi topilmayapti. Navbatdagi uzatmadan keyin burchak to‘pi ishlandi |
| 30' | ![]() |
Alves 30 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
!!! Messinng zarbasi gol bilan yakunlanishiga sal qoldi. Lionel jarima zarbasini jonli devordan aylantirib yo‘lladi. To‘p avval himoyachining oyog‘iga, keyin esa darvozabonning qo‘llariga tegib, so‘ngra darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Buskets darvozaga yo‘llay olmadi |
| 27' | ![]() |
Messi tomonidan amalga oshirilgan burchak to‘pini raqib darvozaboni Asenxo egallab oldi |
| 25' | ![]() |
Kataloniyaliklar uzoq vaqt to‘pni nazorat qilishdi, ammo hozircha xavfli hujumlar yo‘q |
| 22' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Viktor Ruis olis ustunga yaqin joyda darvoza tomon zarba berdi. Biroq noaniq |
| 21' | ![]() |
Mezbonlar yarim himoyachisi Mario Gaspar o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. "Barsa" himoyachilari to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 20' | ![]() |
Alvesning navbatdagi uzatmasi ham samarasiz bo‘lib chiqdi |
| 19' | O‘yin tempi yuqori emas. Jamoalar hozircha katta kuch sarflashmayapti | |
| 18' | ![]() |
Danni Alves jamoadoshi Messi bilan "devor" o‘ynamoqchi bo‘ldi, ammo Leoning bosh bilan uzatmasidan keyin braziliyalik himoyachi ofsaydda qoldi |
| 17' | ![]() |
Ivan Rakitich tomonidan uzatilgan burchak to‘pni himoyachilar bartaraf etishdi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuh, Pedrooo! "Vilyarreal" darvozasi to‘sini ostiga yo‘llagan kuchli zarbani darvozabon qaytarib qoldi! |
| 15' | ![]() |
Alves yana hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Mezbon himoyachisi to‘pni egallab oldi |
| 14' | ![]() |
Denis Cherishev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. Dos Santos to‘pga yeta olmadi |
| 13' | ![]() |
Tomas Pinya maydon markazida "Barselona" futbolchisiga nisbatan ochiqchasiga fol ishlatdi |
| 12' | ![]() |
Dos Santos ofsaydda qolib ketdi |
| 11' | ![]() |
"Vilyarreal" burchak to‘pi ishladi. Jovanni dos Santos uzatgan to‘pni mehmonlar osonlik bilan egallab olishdi |
| 9' | ![]() |
Xordi Alba chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Darvozabon to‘pni ishonch bilan egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi, ammo ular raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni yo‘qotishdi |
| 7' | ![]() |
Mehmonlar himoyachisi Alves yana o‘z qanotidan uzatmani amalga oshirdi. To‘p mezbonlarga nasib etdi |
| 5' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan to‘p bilan harakatlanib keldi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. "Vilyarreal" darvozaboni Asenxo to‘pni egallab oldi |
| 4' | To‘pni ko‘k-anorranglilar nazorat qilishmoqda | |
| 3' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Munir al-Haddodiy jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi |
| 2' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | "Sariq suvosti kemasi" 6 yildan beri kataloniyaliklarni mag‘lub eta olmay kelayotgan ekan | |
| ' | "Barsa" bosh murabbiyi Luis Enrike bugun ham hujumda yosh futbolchisi Munir al-Haddodiyni tushirdi. Messining yonida harakat qiladigan ushbu futbolchi tezda o‘sib bormoqda. Buni bosh murabbiy ta’kidlab o‘tdi | |
| ' | "Vilyarreal" - "Barselona" o‘yinidan tashkil etilayotgan matnli onlayn translyasiyamizni kuzatib borishga barchangizni taklif qilamiz | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|