Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Osiyo kubogi-2015 saralash

«E» guruhi. 5-tur, 17:00

GONKONG

0 : 2

O‘ZBEKISTON

V.Shodiyev (84)
O.Ahmedov (89)
JAMOALAR TARKIBI
1. Yapp Xung Fay (S)
2. Li Chi Xo
4. Bay Xe
7. Chan Syu Ki
10. Lam Ka Vay
12. Lo Kvan Yi
13. Cheung Kin Fung
15. Andi
16. Leung Chun Pong
20. Chan Man Fay
21.Kvok Kin Pong
  12.Eldorbek Suyunov
5.Anzur Ismoilov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
13.Davron Hoshimov
19.Vitaliy Denisov
7.Aziz Haydarov (S)
9.Odil Ahmedov
14.Jamshid Iskandarov
23.Sardor Rashidov
15.Vohid Shodiyev
10.Igor Sergeev
ZAHIRA
  1. Murod Zuhurov
3. Shavkat Mullajonov
4. Dilshod Jo‘rayev
6. Ivan Nagayev
8. Server Jeparov
11. Bahodir Nasimov
16. Shahzodbek Nurmatov
17. Sanjar Tursunov
18. Fozil Musayev
21. Aleksandr Lobanov
22. Shavkat Salomov

Matn

'
O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASI YILNI G‘ALABA VA OSIYo KUBOGI YO‘LLANMASI BILAN YAKUNLADI!
90+4'
O‘YIN YAKUNLANDI! Gonkong - O‘zbekiston - 0:2.
90+4'
So‘nggi burchak to‘pi, so‘nggi zarba.. noaniq
90+3'
Nasimov burchak to‘pi ishladi
90+2'
To‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon zarba berildi. Suyunov to‘pni egallab oldi
90+1'
Denisov qoida buzdi. Raqib standartni amalga oshiradi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
To‘pni unga Shavkat Salomov yetkazib berdi!
89'
Nihoyat, nihoyat, Odil Ahmedov gol urdi!
89'
Eh, Shodiyev juda qulay vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi!
87'
Shodiyev o‘zining ikkinchi o‘yinida ikkinchi golini urdi. Shunday statistikaga Sardor Rashidov egalik qilayotgandi. Bugun "Bunyodkor" futbolchisi o‘zining uchinchi o‘yinini o‘tkazmoqda
86'
Ana endi Odil kuchga emas, texnikaga asoslangan zarbani ijro etdi. 17 metrdan berilgan zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
86'
Endi mezbonlar tavakkal qilib oldinga bormoqda. Eldorbek Suyunov to‘pni egallab oldi
84'
Gol assistenti - Islom To‘xtaxo‘jayev!
84'
Vohid Shodiyeeeev!
84'
Nihoyayayayayat! Golllllllllllllll! Gooool!!!!!
83'
Burchak to‘pi ishladik
82'
Igor Sergeev o‘rniga Jeparov maydonga tushdi!
81'
Vuh! Gonkong hisobni ochishiga sal qoldi! Suyunov to‘pni egallab oldi!
80'
Sariq kartochka olgan Chan Syu Ki maydonni tark etdi. Uning o‘rniga boshqa futbolchi tushirildi
79'
O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Gonkong posboni egallab oldi
78'
Odilning bu galgi zarbasini ham posbon egallab oldi
77'
Chan Syu Ki ogohlantirildi.
77'
Mezbonlar ikkinchi bo‘limda ilk marta jarima maydonchamizga yetib kelishdi
75'
Ahmedovning kuchli zarbasini darvozabon ikkinchi urinishda egallab oldi
75'
Rashidov darvozabon bilan birga bir vaziyatda gol ura olmadi. Darvozabon chaqqonlik qildi
74'
Jamshid Iskandarov o‘rniga Shavkat Salomov tushirildi
73'
Rashidov o‘ng qanotda to‘pni markazroqqa olib zarba berishga juda ko‘p urinmoqda. Ammo bu hozircha naf keltirmayapti.
73'
Raqib bitta futbolchini almashtirdi
72'
Sergeev ofsaydda qoldi
71'
Jamshid to‘pni Odilning oyog‘iga qo‘ndirdi! Ahmedov yana 10 metrlardan 7 metrli darvozani aniq nishonga ola bilmadi! Afsus!
70'
BITTA ANIQ ZARBA KERAK!
69'
Eh-he,he!!! Mashg‘ulot jarayonida ham bunchalar ko‘p hujum va rangbarang kombinasiyalar tashkil qilinmasa keragov!
68'
Jamshid yo‘llagan zarba rekoshet orqali darvozabonning o‘ljasiga aylandi
67'
Eh, Odil!... 12-13 metrlardan bunchalik kuchli (va noaniq) zarba berish shartmas! Shundoqqina burchakni mo‘ljalga olish kerak
66'
Rashidovning burchakdan uzatgan to‘pi hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
65'
Shodiyevning bosh bilan bergan zarbasini davrozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yana burchak to‘pi
65'
Burchak to‘plari hozircha samara bermayapti. HImoyachilar va darvozabon yaxshi o‘ynashmoqda
64'
Yana bir burchak to‘pi ishladik
63'
Iskandarov zargarona to‘p uzatishi orqali Nasimovni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqargandi. Ammo Bahdir to‘pni bo‘ysindira olmadi. Boz ustiga, ofsaydda qolgan ekan
62'
Olis masofadan zarbalar davom etadi. Odilning zarbasini darvozabon egallab oldi!
61'
Haydarov olis zarba berishga qaror qildi. Noaniq
60'
15 daqiqa davomida 10 marta burchak to‘pini amalga oshirdigov
60'
DEnisov ketma-ket ikki marta zarba berdi! Burchak to‘pi
59'
Denisov hujumga faol qo‘shildi va Sergeevga uzatdi. Burchak to‘pi
57'
To‘xtaxo‘jayevning zarbasi kuchli bo‘ldi, ammo biroz noaniq!
55'
Bu safar Shodiyevning zarbasini himoyachilar qaytarib qolishdi!
54'
Haydarov to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Rashidovga yetkazdi. Sardor to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, darhol zarba berdiyu, ammo biroz noaniq!
52'
Vitaliy Denisov hujumni o‘zi boshlab, o‘zi yakunladi! Iskandarov chap qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p esa himoyachilar va bizning futbolchilar orqali Vitaliyga yetib keldi. "Lokomotiv" (Moskva) futbolchisi zarbasiga aniqlik yetishmadi
51'
Rashidov ijrosidagi burchak to‘pini darvozabon chiziq ustida mushtlari bilan urib yubordi
50'
JAmoamizning navbatdagi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Ammo hozircha to‘p darvozaga kirishni "istamayapti"
49'
Ikkinchi bo‘lim boshida terma jamoamizda o‘yinchi almashtirildi. Hoshimov o‘rniga Bahodir Nasimov tushdi
48'
BUrchak to‘pi samarasiz yakunlandi
48'
Ikkinchi bo‘limdagi ilk burchak to‘pini O‘zbekiston amalga oshiradi
46'
Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz boshlab berishdi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+1'
Odil Ahmedov jarima to‘pini kuchli zarba bilan yo‘llashga qaror qildi. To‘p avval jonli devorga tegib qaytgan bo‘lsa, uning takroriy zarbasi noaniq chiqdi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Mezbonlarning 13-raqamli himoyachisiga esa qizil kartochka ko‘rsatildi! U haqiqatda qo‘pol o‘ynagandi!
45'
Vuh! Naq jarima maydonchasi chizig‘i ustida jarima to‘pi ishladik! Sardor Rashidovni raqibni aldab, jarima maydonchasiga kirib borayotganida himoyachi uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Qoida buzilishi hattoki jarima maydonchasi ichida buzilgandi
44'
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi
43'
To‘xtaxo‘jayev bosh bilan noaniq zarba berdi
43'
Sardor Rashidov o‘z qanotida burchak to‘pi ishladi
42'
Bu safar Iskandarov - Sergeev kombinasiyasidan keyin Igorning uzatmasini darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
41'
Denisov jarima maydonchasiga kirib borayotgan Shodiyevni to‘p bilan ta’minlagandi. Buxorolik hujumchi to‘pni sheriklariga aniq yetkazib bera olmadi
39'
Terma jamoamizning ikki hujumi yakuniga yetmay qoldi
38'
To‘xtaxo‘jayev to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Shodiyevga uzatdi. Vohidni to‘pni egallab, sheriklariga uzatdiyu, biroq vaziyat zarbagacha yetib bormadi
35'
Yana bir xavfli vaziyat! Yana Jamshid Sergeevga to‘pni yetkazdi. Igor esa o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. HImoyachi to‘pni qaytarib qoldi! BUrchak to‘pi esa xavfli bo‘lmadi
31'
Gonkongning kam sonli bu hujumi ham jarima maydonchamizgacha yetib bormadi. Ular hujumga o‘tayotganda ko‘pchilikni tashkil qilishmayapti
29'
Jamoamiz o‘ta xavfli va chiroyli hujum uyushtirdi! Iskandarov chiroyli pas bilan Sergeevni to‘p bilan ta’minladi. Igor to‘pni chap qanotga uzatdi va Rashidovning zarbasini darvoza chizig‘i ustida qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi!
28'
Gonkong maydon markazidan o‘ta olmayapti hozircha
27'
Hoshimov 23 metrlardan darvozabon tomon zarba berdi. To‘p uning oyog‘iga yaxshi "o‘tirmadi". To‘pni unga Ahmedov uzatgandi.
25'
O‘ng qanotda Hoshimov yetkazib bergan to‘pni yana darvozabon egallab oldi
24'
Denisov autdan yetkazib bergan to‘pni Shodiyev o‘tkir burchak ostida bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Himoyachi to‘pni avval darvoza chizig‘i ustida qaytarib qolgan bo‘lsa, takroriy zarbani darvozabon egallab oldi
23'
Jarima zarbasini Jamshidning o‘zi amalga oshirdi. DArvozabon qo‘llari bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi.
22'
Jarima maydonchasining o‘ng tomonida Iskandarovga nisbatan raqib qo‘pol o‘ynadi. Jarima to‘pi
22'
Yana o‘sha qanotdan navbatdagi burchak to‘pi
21'
Terma jamoamiz burchak to‘pi ishladi. Rashidov o‘ynayotgan chap qanotdan
20'
Terma jamoamiz to‘pni nazorat qilmoqda.
18'
Raqibning jarima zarbasini kombinasiya orqali tashkil etdi, vakillarimizni to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida egallab olishdi
17'
Iskandarov o‘ng burchakdan to‘pni to‘g‘ri darvoza tomon aylantirdi, posbon mushtlari bilan uni uzoqlashtirdi. Gonkongning qarshi hujumi bartaraf etildi. Biroq darvozamiz tomon jarima zarbasi
16'
O‘yin sur’ati ancha yuqori. To‘p bir joyda to‘xtab turgani yo‘q
15'
Terma jamoamizning chap qanotdan uyushtirgan hujumi o‘ng qanotga ko‘chdi. Bu qanotdan balandlatib yetkazilgan to‘pni Vohid Shodiyev bosh bilan darvoza tomon aniq yo‘lladi. Biroq darvozabon to‘pni egallab oldi.
13'
Vyetnam hujumga o‘ttgandi. Islom To‘xtaxo‘jayev to‘pni nazorat qilib, uning maydonga chiqib ketishini ta’minladi
11'
"Sport" kanali nihoyat to‘lqinni topa oldi...
8'
Sardor Rashidov yo‘llagan zarba noaniq chiqdi. Zarba berish chog‘ida J.Iskandarov mezbon himoyachilarini chalg‘itayotgandi
7'
Igor Sergeevni chalib yiqitishdi. 22 metrlardan jarima zarbasi!
6'
O‘zbekiston juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Vohid Shodiyevning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi
5'
Vohid Shodiyevning xavfli va aniq zarbasini himoyalar qaytarib qolishdi!
5'
Dastlabki 5 daqiqa O‘zbekiston terma jamoasining ustunligi ostida o‘tdi
2'
O‘yinni vakillarimiz faol boshlashdi. Birinchi burchak to‘pini amalga oshirdik!
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar ijro etilmoqda
'
Uchrashuv "Sport" kanali orqali ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.
'
Uchrashuv boshlanishiga 20 daqiqa qolganida jamoalar maydonni tark etishadi. Ular o‘yin boshlanishiga 8 daqiqa qolganida maydonga chiqib kelishadi. Shundan esa madhiyalar. Uyog‘ini bilasiz
'
Xayriyat, maydon egalari ko‘rinish berishdi. Ular chigalyozdi mashg‘ulotlarini 10 daqiqaga kechikib boshlashdi.
'
Darvoqe, bugun sardorlik bog‘ichi "Ash-Shabob" (BAA) yarim himoyachisi Aziz Haydarovga topshirilgan
'
Terma jamoamiz 16:10dan boshlab maydonga chiqib, chigalyozdi mashg‘ulotini boshlab yuborishgan. Ammo gonkongliklar mashg‘ulot uchun hali maydonga CHIQISHMADI! Qiziq...
'
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu stadionga yetib kelib, uchrashuvdan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotini boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda
'
Yana roppa-rosa 1 soatdan keyin Gonkongdagi "Hong Kong" stadionida Osiyo kubogi saralash bahsi boshlanadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.