Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
| 4 sentyabr, soat 19:00. Bosh hakam: Sherzod Qosimov | ||
O‘ZBEKISTONIgor Sergeev (57)
Dilshod Jo‘rayev (90+3) |
2 : 0 |
IORDANIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Eldor Suyunov 2.Egor Krimes 3.Farhod Tojiyev 6.Azamat Iroilov 7.Fozil Musayev 8.Jamshid Iskandarov 10.Vladimir Kozak 13.Davron Hoshimov 17.Igor Sergeev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 21.Nikita Ribkin 23.Sardor Rashidov. |
1.Amir Sha’fiy 4.Baho Sulaymon 6.Sayid Hasan 7.Munzir Amara 8.Uday Sayfiy 10.Ahmad Xayel 13.Xalil Bani Atiyeh 15.Shodi Abu Hashhash 19.Anas Yosin 21.Mohd Dmeyriy 24.Uday Zahron |
|
| ZAHIRA | ||
|
21.Nikita Ribkin 4.Bobur Yo‘ldoshev 5.Dilshod Jo‘rayev 9.Shahzodbek Nurmatov 11.Navruzbek Alimov 14.Akbar Ismatullayev 15.Vohid Shodiyev 18.Sherzod Fayziyev 19.Salim Mustafoyev 22.Farrux Sayfiyev |
12.Ahmad Navvas 22.Mutaz Yosin 5.Mahd Ali 14.Abdulloh Salim 20.Hamza Ali 3.Sulaymon Salmon 17.Isam Ibrohim 2.Mohd Munir 23.Yusuf Ravashoh 19.Solih Savhar 16.Rajoiy Hasan 11.Roid Frayh 9.Mahmud Zatara |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Vladimir Kozak (42)
|
Anas Yosin (10)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi 2014 yilda ilk marta g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba bilan barchangizni tabriklaymiz! |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! |
| 90+3' | ![]() |
Sardor Rashidov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p himoyachining boshiga tegib, jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Shodiyevga kelib tushdi. U to‘pni to‘xtatib berdi va Dilshod zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi! |
| 90+3' | ![]() |
GOOOOLLLL!!! Dilshod Jo‘rayev, 2:0!!! |
| 90+2' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni tezlik bilan o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Zahronga uzatishdi. Bosh bilan yo‘llangan zarbaga esa aniqlik yetishmadi |
| 90+2' | ![]() |
Iordaniya jarima zarbasini o‘yinga kiritadi |
| 90+1' | ![]() |
Raqib burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Shodiyev to‘pni jarima maydonchamiz ichidan uzoqlashtirdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Dilshod Jo‘rayev 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilardan biriga tegib qaytdi |
| 90' | Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasi boshlandi | |
| 87' | ![]() |
Sardor o‘zi zarba bermasdan to‘pni chap qanotdan ochiq turgan Mustafoyevga yetkazdi. Salimning uzatmasini esa himoyachilar qaytarishdi |
| 87' | ![]() |
Endi iordaniyalik futbolchi Alimovga nisbatan qoida buzdi. Yana o‘sha nuqta, yana Rashidov |
| 86' | ![]() |
Vladimir Kozak o‘rniga Dilshod Jo‘rayev o‘yinni davom ettiradi |
| 85' | ![]() |
Hamza Ali jarima maydonchasi ostonasida Mustafoyevni tortib qolgan holda o‘tib ketdi. Hujumda fol deb topildi |
| 83' | ![]() |
Vladimir Kozak jarima maydonchasi chizig‘i ustida qaychi uslubida zarba bermoqchi bo‘ldi. Zarba qovushmadi |
| 83' | ![]() |
Baho Sulaymon o‘rniga Isam Ibrohim tushirildi |
| 82' | ![]() |
Rashidovning uzatmasini mehmonlar qaytarishdi, Salimning keyingi zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 82' | ![]() |
Raqib to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun jarima zarbasi. |
| 81' | ![]() |
Mahmud Zatara 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi, Suyunov to‘pni egalladi |
| 80' | ![]() |
Rashidov chap qanotda bir futbolchini aldab, o‘ng qanotda ochilayotgan Alimovga yetkazdi. To‘p himoyachidan o‘tdi, ammo Navruzbek ofsaydda deb topildi |
| 79' | ![]() |
Tashabbus qizillar tomoniga o‘tib ketdi. Tashabbusni qaytarib olib, ularga o‘z o‘yinimizni o‘tkazishimiz kerak! |
| 77' | ![]() |
Terma jamoamiz chap qanotdan hujumga o‘tdi. Qanotdan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 75' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Suyunov to‘p yo‘nalishini biroz o‘zgartirdi va Bobur Yo‘ldoshev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 75' | ![]() |
Iordaniya burchak to‘pi ishladi. |
| 72' | ![]() |
Davron Hoshimov o‘rniga esa Bobur Yo‘ldoshev tushirildi |
| 72' | ![]() |
O‘zbekistonda ham o‘zgarish: Jamshid Iskandarov o‘rniga Vohid Shodiyev tushdi |
| 71' | ![]() |
Iordaniyada o‘zgarish: Munzir Amara o‘rniga Mahmud Zatara tushdi. Bizda esa Vohid Shodiyev o‘yinga tushishga tayyorlanmoqda |
| 71' | ![]() |
Davron Hoshimovning o‘ziga tibbiy ko‘rsatilmoqda |
| 70' | ![]() |
Davron Hoshimov o‘z qanotida raqibga nisbatan ancha ko‘pol o‘ynadi. Bunday harakat "sariq"qa tortardi. Ammo u kartochkasini bezovta qilmadi |
| 69' | ![]() |
Fozil Musayev maydonni tark etdi. Akbar Ismatullayev tushirildi |
| 67' | ![]() |
Islom o‘z jarima maydonchamiz to‘pni maydonning raqib tomoniga uzatdi. Alimov ofsaydda qolgan ekan |
| 66' | ![]() |
Iskandarov o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Hoshimovga to‘pni uzatdi, ammo Davron raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatdi |
| 66' | ![]() |
Shodi Abu Hashhash o‘rniga Rajoiy Hasan tushirildi |
| 63' | ![]() |
Endi Suyunov darvozasi tomon ana shunday noqulay zarba yo‘llandi. Eldor to‘pni uzoqroqqa urib yubordi. RAqib esa burchak to‘pi ishladi |
| 52' | ![]() |
Mehmonlar ancha faollashib qolishdi. Jarima maydonchamiz uzatilgan to‘pni Krimes bosh bilan qaytarib yubordi |
| 59' | ![]() |
Iordaniyada o‘zgarish yuz berdi |
| 59' | ![]() |
Rashidovning zarbasidan keyin to‘p darvozabonning yuziga tegishi natijasida Sha’fiyning burni qonadi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 57' | ![]() |
Sardor Rashidov darvozagacha 30 metrlardan jarima zarbasini kuchli va darvozabon uchun o‘ta noqulay tarzda yo‘lladi. Yerga urilib, sakrab kelgan to‘p Amir Sha’fiy ning yuziga tegib qaytdi va qaytgan to‘pni Igor Sergeev davrozaga yo‘lladi! |
| 57' | ![]() |
GOOOOOOOOLLLLL! Igor Sergeev, 1:0!!! |
| 56' | ![]() |
Alimovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Davrozagacha ancha olis |
| 55' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Azamat Isroilov o‘rniga Salim Mustafoyev o‘yinni davom ettiradi |
| 55' | ![]() |
Terma jamoamizning hujumi keskin ko‘rinish olishi mumkin edi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Alimov o‘ziga bo‘ysundira olmadi va Sha’fiy to‘pni egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Xalil Bani Yatiyeh maydonni tark etdi. Hamza Ali o‘yinni davom ettiradi |
| 53' | ![]() |
Iordaniya burchak to‘pi ishladi. To‘p Hoshimovning boshiga tegib, maydonni tark etdi |
| 52' | ![]() |
Munzir Amara ofsaydda qoldi... |
| 51' | ![]() |
Sardor Rashidov o‘ng qanotda birdaniga 3 nafar futbolchini aldamoqchi bo‘ldi, ammo eplolmadi |
| 49' | ![]() |
Azamat Isroilov Sergeevga to‘pni yetkazib qayta qabul qildi, ammo qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib bera olmadi |
| 47' | ![]() |
Rashidov raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pdan tezroq qutulmadi va to‘pni yo‘qotdi |
| 46' | ![]() |
Raqib futbolchisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborayotganida Alimov unga nisbatan qo‘pollik ishlatib, to‘pni raqib "qaytarib" berdi... |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 46' | ![]() |
Terma jamoamiz safida ikkinchi bo‘lim boshida o‘zgarish bo‘ladigan bo‘ldi. Navru Alimov tayyorgarlik ko‘rmoqda. U, kutilganidek, Farhod Tojiyev o‘rniga maydonga tushdi. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga qaytishdi |
| ' | Mirjalol Qosimov Osiyo O‘yinlariga olib ketish uchun Farhod Tojiyev va Vohid Shodiyevdan birini tanlashi kerak edi. Birinchi bo‘limda Tojiyevni kuzatdik. Tortmadi, o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda Shodiyevni kuzatamiz. Agar u ham tortmasa yoshi kichik futbolchini olib ketaverish kerak | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘zbekiston - Iordaniya - 0:0. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
Uhhhhh! Yana o‘sha Uday Sayfiy terma jamoamizni ochiqchasiga kechirdi! U 10-11 metrlardan hech kim xalal bermayotgan vaziyatda kuchli zarba berdi. Ammo to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Iordaniya hisobni ochishi mumkin edi! Baxtimizga Uday Sayfiyning 8-9 metrlardan yo‘llagan zarbasi biroz aniqlik yetishmadi! |
| 42' | ![]() |
... Iordaniya qarshi hujumga o‘tayotganida Kozak raqibni qo‘pollik bilan to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Sariq kartochka |
| 41' | ![]() |
KEyingi vaziyatda Hoshimov o‘ng qanotdagi bayroqcha yonidan to‘pni davrozabon yetkazdi. Sha’fiy to‘pni yon tomonga urib yubordi. To‘p Rashidovga kelib tushdi, ammo Sardorning zarbasi qovushmadi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni posbon urib yubordi. To‘p Isroilovga kelib tushdi. Azamat Sha’fiyni aldamoqchi bo‘lganida darvozabon to‘pni oyog‘i bilan qaytarib yubordi... |
| 41' | ![]() |
Terma jamoamiz ilk marta davroza tomon zarba berdi. Musayev tomonidan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida qabul qilgan Sergeev darvoza tomon zarba berdi. Amir to‘pni egallab oldi |
| 39' | ![]() |
Igor Sergeev to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tayotganida u chalib yiqitildi. Iskandarov darrov to‘pni oldinga chiziqdagi Rashidovga uzatdi. Sardor jarima maydonchasiga kirar-kirmas o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 38' | ![]() |
Darvozamiz oldida xavfli vaziyat! Bani Atiyeh darvozabonimiz bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotganida To‘xtaxo‘jayev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi. |
| 37' | ![]() |
Adashmasak, hali terma jamoamiz darvoza tomon birorta aniq zarba bera olmadi shekilli. Rashidov ham regbiga qiziqishini ko‘rsatdi |
| 36' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan to‘pni Eldor Suyunov egallab oldi |
| 33' | ![]() |
BUrchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi. To‘p takroran Tojiyev tomon uzatilganida Farhod ofsaydda qoldi |
| 32' | ![]() |
Iskandarov maydon markazidan chiroyli uzatma bilan Rashidovni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Sardor to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytarmoqchi bo‘lganida, to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 31' | ![]() |
Iordaniyaliklar yaxshi himoyalanishmoqda. Kozakning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 29' | ![]() |
Iordaniya qarshi hujum natijasida birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo u ham ofsaydda qoldi |
| 27' | ![]() |
Terma jamoamiz futbolchilari devor uslubida jarima maydonchasiga kirib borishdi. Hujumchimiz ofsayd kirishga ulgurgan ekan |
| 24' | ![]() |
Davron Hoshimov o‘ng qanotda bir futbolchini aldab o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 23' | ![]() |
Azamat Isroilov chap qanotdan oldinga o‘tdi va 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p birozgina darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 21' | ![]() |
Jamshid ustalik bilan 3 nafar futbolchi orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib borgan Tojiyevni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Ammo Farhod vaziyatni ko‘kka sovurdi! Hujumchi bunaqa bo‘lmaydi, qadrdonlar! |
| 19' | ![]() |
Kozakning uzatmasiga Sergeev yetib bora olmadi |
| 18' | ![]() |
Burchakdan yetkazib berilgan to‘pga Fozil Musayev bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi. |
| 17' | ![]() |
Jamshidning uzatmasidan keyin to‘p Iordaniya himoyachisining boshidan maydonni tark etdi. BUrchak to‘pi |
| 16' | ![]() |
O‘ng qanotda Sergeevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. |
| 15' | ![]() |
Mehmonlar hujumga hujum bilan javob berishmoqda. Xalil Bani Atiyeh 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Uning zarbasi ham "regbicha" bo‘ldi |
| 14' | ![]() |
Fozil Musayevning olis masofadan yo‘llagan zarbasi, agar regbi darvozasi bo‘lganida, uning ustidan ham o‘tib ketgan bo‘lardi |
| 13' | ![]() |
Sardor Rashidov endi chap qanotga o‘tib o‘ynamoqda. Uning qanotdan yetkazganto‘pini mehmonlar himoyachisi qaytardi |
| 11' | ![]() |
Farhodga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 10' | ![]() |
Iordaniya himoyachisi Anas Yosinga Sherzod Qosimovga ogohlantirish berdi. U maydon markaziga yaqin joyda Tojiyevga nisbatan qo‘pollik ishlatgandi |
| 8' | ![]() |
Ilk daqiqalarda Iordaniya terma jamoasi ancha faol |
| 5' | ![]() |
To‘p chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgan Ahmad Xayelga uzatilgandi. Ahmad to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 4' | ![]() |
Sardor Rashidov o‘ng qanotdan birdaniga 3 nafar futbolchi orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, ammo yiqilib tushdi. Qoida buzilmadi |
| 4' | ![]() |
Farhod Tojiyev tomon yetkazilgan to‘pni darvozabon Amir Sha’fiy egallab oldi |
| 1' | Iordaniyalik futbolchilar o‘yin boshidanoq darvozamiz oldidan pressing qo‘llashmoqda... | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI!!! |
| ' | O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay. Terma jamoalar doira hosil qilib, so‘nggi ahdlashuvni amalga oshirishdi | |
| ' | ![]() |
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi oq, Iordaniya esa qizil rangli formalarda harakat qilishadi |
| ' | O‘zbekiston terma jamoasi sardori vazifasini Islom To‘xtaxo‘jayev bajaradi. | |
| ' | ![]() |
Endi esa O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda. |
| ' | Iordaniya madhiyasi yangradi | |
| ' | ![]() |
Diqqat, O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi. |
| ' | O‘zbekison milliy terma jamoasi 4ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti. BAA (Osiyo kubogi saralash), Ummon (2ta o‘rtoqlik o‘yini) va Ozarboyjon (o‘rtoqlik o‘yini)ga qarshi o‘yinlarda 2ta durang va 2ta mag‘lubiyat qayd etilgan. Demak, 2014 yil hisobidan terma jamoa hali g‘alaba nashidasini surmadi | |
| ' | Umid qilamiz, bu safar chiroq o‘chmaydi, Qosimov shogirdlari g‘alaba qozonishadi! | |
| ' | Bundan bir yil avval o‘tkazilgan JCH-2014 saralash pley-off bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan, stadionda chiroq o‘chgan va penaltilar seriyasida iordaniyaliklar g‘alaba qozonishgandi. | |
| ' | Osiyo O‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun "Paxtakor" stadionida Iordaniya bilan bahs olib boradi | |
| ' | O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvidan uyushtirilayotgan matnli translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|