O‘smirlar (U16) o‘rtasida Osiyo chempionati
| 9 sentyabr, soat 18:00. Bosh hakam: Yuichi Nishimura (Yaponiya) | ||
KXDRXan Kvang Song (17)
Choye Song Xyok (61) |
2 : 3 |
O‘ZBEKISTONSuhrob Nurulloyev (40, 59)
Abdug‘ani G‘anijonov (45+2) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Ri Chol Song 2.Ri Kuk Xyon 3.Kim Vu Song 6.Kim Ye Bom 7.Pak Yong Kvan 8.Yon Chjun Xyok 9.Xan Kvang Song 10.Choye Song Xyok 11.Chjong Chang Bom 14.Choye Chjin Nam 17.Chjang Chong Il |
1.Akrom Xo‘jayev 3.Ilhomjon Alijonov 4.Ozodbek Qurbonov 6.Oybek Nurmatov 7.Jonibek Ko‘chimov 8.Islom Kenjaboyev 10.Suhrob Nurulloyev 11.Azizjon G‘aniyev 14.Dostonbek Berdiqulov 17. Doniyor Hoshimov 22.Abdug‘ani G‘anijonov |
|
| ZAHIRA | ||
|
4.Chjong Chju Song 5.Chju Xyon Xyok 12.Xan Kvang Myong 13.Chju Xyok Song 15.Kim Yong Seng 16.O Chung Guk 18.Ryu Xyok 19.Chjo Vi Song 20.Kang Song Chjin 21.Chjong Se Myong |
5.Ma’ruf Jumayev 9.Bakir Murtazoyev 12.Hojiakbar Shomaqsudov 13.Rahimjon Sharipov 15.Shohrux Mahmudhojiyev 16.Yusuf Shoimov 18.Jahongir Ahmadov 19.Saveliy Abramov 21.Umidjon Ergashev 23.Xudoyberdi Xoliqov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kim Vu Song (44)
Chjong Chang Bom (53) |
Jonibek Ko‘chimov (55)
Ozodbek Qurbonov (75) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Kim Vu Song (79)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | Kuvaytga qarshi o‘yin soat 14:00da boshlanadi. | |
| ' | O‘smirlarimiz guruhdagi so‘nggi bahsni 11 sentyabr kuni Kuvaytga qarshi o‘tkazishadi. Guruhda 1-o‘rinni olish uchun harakat qilaverish kerak | |
| ' | ![]() |
Futbolchilarimiz stadionda o‘zlarini qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirishdi |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘ta qiyin kechgan o‘yinda qahramonlik ko‘rsatib, Shimoliy Koreyani mag‘lubiyatga uchratdi va guruhda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi! |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi!!! |
| 90+3' | ![]() |
Vakillarimiz to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda |
| 90+2' | ![]() |
Hozir maydon markazida to‘pni yo‘qotib qo‘ydik. Koreyalik futbolchining zarbasi ancha noaniq bo‘ldi. Yaxshiyam |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Ehhhhhhh Isloooommm! O‘zi bir himoyachidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi ichida o‘sha futbolchini aldab o‘tib, darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘pni posbon mahorat bilan qaytardi! Kenjaboyev esa o‘zi zarba bermasdan 2 nafar sherigiga to‘pni uzatishi mumkin edi |
| 87' | ![]() |
Ozod Qurbonov maydon markazida jarohat oldi. Unga maydon tashqarisida yordam ko‘rsatiladi |
| 85' | ![]() |
Kenjaboyev ataylab burchak to‘pi ishladi va to‘pni o‘zi o‘yinga kiritib berdi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
To‘p Murtazoyevga uzatildi. Bakir tomoniddan darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 82' | ![]() |
Jamoamiz qarshi hujumga o‘tdi. Bir necha futbolchilarimiz turli yo‘nalishlarda ochilayotgan edilar. Ammo so‘nggi uzatmani himoyachi qaytarib yubordi |
| 79' | ![]() |
KXDR himoyachisi Kim Vu Song maydondan chetlatildi. U o‘z jarima maydonchasi atrofida o‘zidan o‘tib ketayotgan Islom Kenjaboyevning futbolkasidan tinimsiz tortib bordi. Natijada ikkinchi sariq kartochkasini olgan himoyachi maydonni tark etdi |
| 78' | ![]() |
Azizjon G‘aniyev olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq |
| 77' | ![]() |
O‘ta xavfli vaziyat! Jarima zarbasi to‘g‘ri jarima maydonchamizga yetkazib berildi. Akrom Xo‘jayev to‘pni mushtlari bilan qaytardi. To‘p yana jarima maydonchasiga qaytarildi va koreys futbolchisiga kelib tushdi. Yaxshiyamki, markaziy himoyachimiz so‘nggi pallada to‘pni undan olib qo‘ydi va xavfni bartaraf etdi! |
| 76' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Suhrob Nurulloyev o‘rniga Bakir Murtazoyev tushirildi |
| 75' | ![]() |
Ozodbek Qurbonov maydon markazida raqibni tortgani uchun ogohlantirish oldi |
| 72' | ![]() |
Pak Yong Kvan o‘rniga Chju Xyok Song tushirildi |
| 71' | ![]() |
Futbolchilarimiz juda yaxshi o‘yin namoyish qilishdi ayni daqiqalarda. KXDR himoyachisi yana xatoga yo‘l qo‘ydi va u darvozabon tomon uzatgan to‘pga Nurulloyev yetib borishi mumkin edi. Adashmasak, darvozabon va Suhrob baravar qadam tashlashdi. To‘p yuqoriga ko‘tarildi va darvoza tomon berilgan zarbani koreyalik himoyachilar qaytarishdi. |
| 69' | ![]() |
Jamoamiz yaxshi hujum tashkil qildi. Kenjaboyevning 20 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
Jarohat olgan Abdug‘ani G‘anijonov o‘rniga Xudoyberdi Xoliqov tushirildi |
| 68' | ![]() |
KXDR to‘pni nazorat qildi va hujum Pak Yong Kvanning noaniq zarbasi bilan yakunlandi |
| 65' | ![]() |
Abdug‘anining oyoq tomirlari tortishgan ko‘rinadi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shifokorlar esa hujumchini almashtirish kerakligiga ishora qilishmoqda |
| 64' | O‘yin tugashiga hali ancha vaqt bor. O‘ynash kerak. Ko‘chimov to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ammo G‘anijonov to‘pga yeta olmadi | |
| 61' | ![]() |
GOOL! Afsus, 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas o‘z darvozamizdan to‘pni olib chiqdik. Choye Song Xyok, 2:3. |
| 59' | ![]() |
Vakillarimiz hujumda pressing uyushtirishdi va Nurulloyev to‘pni egallab olib, darvozagacha yaqinlashib bordi va darvozaning yaqin burchagiga zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi va darvozabon uni to‘xtatdi. Suhrobning o‘zi takroriy zarba bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOOOL!!!! GOOOOOOL!!! GOOOO-OOOOL!!! Suhrob Nurullooooooyev! 1:3!!! |
| 57' | ![]() |
Oybek NUrmatov 25 metrdan zarba yo‘lladi. Baland... |
| 56' | ![]() |
Mana bizda qarshi hujumlarda imkoniyat yuzaga kela boshladi. Kenjaboyev tezlikda yutqazdi va himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 55' | ![]() |
Jonibek Ko‘chimov maydon markazida raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirish oldi |
| 55' | ![]() |
Kenjaboyev chap qanotdan to‘pni G‘anijonov tomon uzatdi. Ammo Adug‘ani to‘p uchun kurashda raqib himoyachisiga yutqazdi |
| 53' | ![]() |
Chjong Chang Bom tik oyoq bilan Azizjon G‘aniyevga nisbatan o‘ynadi va ogohlantirish oldi |
| 51' | ![]() |
Kenjaboyev chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazmoqchi bo‘ldi. To‘p yo‘nalishi aniq bo‘lmadi |
| 49' | ![]() |
Uhhhhh, xavfli zarba bo‘ldi darvozamiz tomon! KXDR burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. Gol muallifi Xan Kvang Song bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 48' | ![]() |
Ko‘chimov chap qanotdan jarima to‘pini darvozabon maydonchasi ton yetkazdi. Ri chol Song to‘pni egallab oldi |
| 47' | ![]() |
Vuuuuh, uchinchi golni urishimizga sal qoldi. Nurulloyev o‘ng qanotdan to‘pni chap oyoqda olis burchak tomon aylantirdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Terma jamoa to‘pni darhol raqib tomoniga uzatdi. HImoyachi bosh bilan qaytargan to‘pni futbolchilarimizdan olis masofadan darvoza tomon yo‘lladi. Darvoza yonidan o‘tib ketdi bu to‘p |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Vakillarimiz to‘pni o‘yinga kiritishdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga qaytishmoqda |
| ' | O‘zi ikkita imkoniyat yaratdik va ikkita gol urdik. Oldinda 45 daqiqa vaqt bor. Jismoniy jihatdan kuchli bo‘lgan raqibga nisbatan ikkinchi bo‘limda qarshi hujum taktikasida o‘ynash eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Boz ustiga koreyaliklar juda ko‘p kuch sarflab qo‘yishdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarigacha bo‘ladigan bosimga dosh berilsa, ular o‘yin so‘ngida charchab qolishlari kerak | |
| ' | ![]() |
Mana bu boshqa gap, mana bu butunlay boshqacha o‘yin bo‘ldi. Gap yo‘q. O‘yin boshida KXDR futbolchilari o‘z kuchlariga ishonib, o‘smirlarimizni bosib tashlashdi. Bir qator imkoniyatlar yaratishdi va 17-daqiqada gol urishdi. Ammo vaqt o‘tgan sari o‘z irodasini namoyish qilgan vakillarimiz dastlab hisobni tenglashtirishdi va birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobda oldinga chiqib olishdi! |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Yarim himoyachimiz o‘ng burchakdagi bayroqcha yonidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Abdug‘ani G‘anijonov esa bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘p darvozaning olis burchagiga kirib ketdi!!! |
| 45+2' | ![]() |
GOOOOOOOOOOLLLL!! GOOOOOLLLL! G‘anijonov, 1:2!!! |
| 45+2' | ![]() |
Ko‘chimovning zarbasi yerga tegib, darvozaga bordi, ammo posbon to‘pni egallab oldi |
| 45+1' | Nurulloyevga maydon chetida tibbiy yordam ko‘rsatiladi | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Kim Vu Song ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Nurulloyevni qo‘pollik bilan yiqitdi. Jarima zarbasi tepamiz |
| 43' | ![]() |
Kim Ye Bom 16 metrdan kuchli zarba berdi. Noaniq |
| 42' | ![]() |
Juda muhim va kerakli gol. |
| 40' | ![]() |
O‘yin boshidan beri chap qanotda o‘ynayotgan Nurulloyev o‘ng qanotga o‘tdi va to‘pni egallab olib biroz markazga surildi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib yuqoriga ko‘tarildi va darvozaning olis yuqori burchagiga kirib ketdi!!! |
| 40' | ![]() |
GOOOOOOOOOOLLLL!!!! Suhrob Nurulloyev, 1:1!!! |
| 38' | ![]() |
Terma jamoamiz 2 marta hujumga kelishdi. Alijonov deyarli himoyadan to‘p bilan yaqinlashib keldi, ammo to‘pni sheriklariga uzatmadi, o‘zi himoyachilarni aldamoqchi bo‘ldi va to‘pni yo‘qotdi. Ikkinchi hujumdan keyin G‘aniyev noaniq zarba yo‘lladi |
| 36' | ![]() |
G‘anijonov ofsaydda qoldi. Uzatma chap qanotdan amalga oshirilgandi |
| 34' | ![]() |
Burchak to‘pidan so‘ng zarba berildi, ammo noaniq |
| 33' | ![]() |
Chjong Chang Bom 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p Akrom Xo‘jayevning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 27' | ![]() |
Terma jamoamiz o‘yinni tenglashtirishdi. |
| 26' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasidan tashqariga qaytarildi. Yarim himoyachimiz esa na kuchli zarba berdi, na aniq uzatmani amalga oshirdi |
| 25' | ![]() |
Dastlabki burchak to‘pini ishladik. Nurullev tomonidan yetkazilgan to‘pni raqib futbolchisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 23' | ![]() |
Burchak to‘pi ham xavfli zarba bilan yakunlandi. Akrom Xo‘jayev zarbani qaytardi |
| 22' | ![]() |
Uhhhh, vakillarimiz oddiy vaziyatni to‘pni raqibga sovg‘a qilib, koreyaliklarning o‘ta xavfli hujumiga sababchi bo‘lishdi. Hujumchi bir himoyachimiz va va darvozabonni aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida biroz orqaroqqa - darvoza oldiga uzatdi. Himoyachilarimizdan biri hujumchiga nisbatan ildamroq harakat qilib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 18' | ![]() |
Terma jamoamiz ijrosida yuzaga keltirilgan ilk xavfli vaziyat! Suhrob Nurulloyev chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Hujumchimiz to‘pga biroz kechikdi. Posbon esa to‘pni qaytarib yubordi |
| 17' | ![]() |
KXDR chap qanotdan hujum tashkil qilindi. So‘nggi chiziqqa yaqin joyda to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. Xan Kvang Song to‘pni egallab oldi va yaqin masofadan muammosiz darvozani ishg‘ol qildi. |
| 17' | ![]() |
GOOOL! Xan Kvang Song, 1:0 |
| 13' | ![]() |
KXDR burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vakillarimiz to‘pni uzoqlashtirishdi |
| 11' | ![]() |
Terma jamoamiz ilk marta darvoza tomon zarba berdi. Ko‘chimovning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 10' | ![]() |
Darvozamiz tomon yana bir xavfli zarba yo‘llandi. 18 metrlardan. Akrom to‘pni egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Uuuuh, sal qoldi-ya! KXDRning pressingi ish berdi va ular maydon markazida to‘pni egallab, tezlik bilan oldinga o‘tishdi. Xan Kvan Songning jarima maydonchamiz ichida yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi! |
| 5' | ![]() |
Chjong Chang Bom 16 metrlardan darvozamiz tomon zarba berdi. Xo‘jayev to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
7-raqamdagi Pak Yong Kvan tomonidan uzatilgan to‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi. Darvozabonimiz erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritdi |
| 3' | ![]() |
Islom Kenjaboyev raqib futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozamizgacha 25 metrlardan jarima zarbasi belgilandi |
| 2' | Shimoliy Koreya terma jamoasi maydonning bizga tegishli qismidanoq pressing qo‘llayotgani ancha taxlikali bo‘lmoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | O‘yinni KXDR futbolchilari boshlab berishadi | |
| ' | Nepal bilan bo‘lgan o‘yinga nisbatan Mochinov boshlang‘ich tarkibda 2ta o‘zgarish qilgan. Bu safar Suhrob Nurulloyev va Abdug‘ani G‘anijonov asosiy tarkibda harakat qilishadi | |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston o‘smirlari OQ, KXDR esa QIZIL rangli futbolkalarda harakat qilishadi. |
| ' | ![]() |
Endi esa O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda |
| ' | Shimoliy Koreya madhiyasi yangramoqda | |
| ' | ![]() |
Diqqat! O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi |
| ' | Bugun O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun muhim o‘yin kuni. Mochinov shogirdlariga KXDR terma jamoasiga raqiblik qiladi. Ta’kidlash lozim, bugungi o‘yinda vakillarimizning ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q. Shu bois, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasidan faqat va faqat g‘alaba kutamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|