O‘smirlar (U16) o‘rtasida Osiyo chempionati
| «S» guruhi, 3-tur. 11 sentyabr, soat 14:00 | ||
O‘ZBEKISTONSaveliy Abramov (9)
Jonibek Ko‘chimov (43-penalti) Suhrob Nurulloyev (68) Xudoyberdi Xoliqov (90+4) |
4 : 2 |
KUVAYTAbdulaziz al-Hadya (45)
Xolid Muhammad (45+2) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Akrom Xo‘jayev 3.Ilhomjon Alijonov 6.Oybek Nurmatov 7.Jonibek Ko‘chimov 10.Suhrob Nurulloyev 11.Azizjon G‘aniyev 14.Dostonbek Berdiqulov 15.Shohrux Mahmudhojiyev 17. Doniyor Hoshimov 19.Saveliy Abramov 22.Abdug‘ani G‘anijonov |
23.Xolid al-Fazliy 4.Abdulla al-Blushiy 8.Yusuf at-Tannak 9.Abdulaziz al-Hadiya 13.Yusuf ar-Rashidiy 14.Hodi al-Harbiy 16.Abdulaziz Ahmad 17.Essa Bahruh 18.Abdulmuhsin Sulayliy (S) 19.Muborak al-Enaziy 21. Xolid Muhammad |
|
| ZAHIRA | ||
|
5.Ma’ruf Jumayev 8.Islom Kenjaboyev 9.Bakir Murtazoyev 12.Hojiakbar Shomaqsudov 13.Rahimjon Sharipov 16.Yusuf Shoimov 21.Umidjon Ergashev 23.Xudoyberdi Xoliqov |
1.Abdulaziz al-Fozil 2.Badir an-Nosir 3.Meshal al-Enaziy 5.Nosir Sayid 6.Shebayb al-Xoldiy 7.Salim al-Barikiy 10.Meshal as-Sulayliy 11.Xolid al-Enaziy 12.Faysal al-Rukaybiy 15.Ali al-Faraj 20.Favvaz al-Embaylesh 22.Umar Muhammad |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Guruhda 1-o‘rin bilan chorak finalga chiqdik. Chorak finaldagi raqibimiz nomini bugun kechroq bilib olamiz. KXDR esa Nepalni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va ular ham 1/4 finalga chiqishdi. Chorak finalda Eron-KXDR to‘qnashuvi kutib turibdi |
| 90+4' | ![]() |
Kuvayt qo‘shib berilgan daqiqalarda katta kuch bilan oldinga o‘tdi. Vakillarimiz jarima maydonchamiz ostonasida to‘pni egallab olishdi va futbolchilarimizdan biri kuchli zarba bilan to‘pni maydonning raqib tomoniga yetkazdi. Maydon markazida "navbatchilik" qilayotgan Xudoyberdi Xoliqov yolg‘iz o‘zi darvoza tomon intildi va darvozabonni aldab o‘tib, to‘rtinchi golimizni urdi! |
| 90+4' | ![]() |
GOOOOOOOLLLL! Xudoyberdi Xoliqov, 4:2!!!! Bo‘ldi endi! Asabiy vaziyat tugadi! Ming qatla shukr! |
| 90+3' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Abdug‘ani G‘anijonov o‘rniga Xudoyberdi Xoliqov tushirildi |
| 90+2' | ![]() |
Uhhhh, taxlikali va sarosimali vaziyat yuzaga keldi. Yaxshiyamki, kuvaytlik futbolchining o‘zi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 90+1' | ![]() |
Uhhh, Favvazga 20 metrdan zarba berish imkonini berib qo‘ydik. To‘p Xo‘jayevning barmoqlariga tegib, maydonni tark etdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Ehhh, yana o‘sha Kenjaboyev! Jamoamiz tezkor hujum tashkil qildi. Suhrob Nurulloyev jarima maydonchasi ostonasida o‘zi zarba berishi mumkin edi. Ammo u chap qanotda ochilgan Islomga to‘pni uzatdi. Ammo Islom bir himoyachini aldash chog‘ida to‘pni yo‘qotdi |
| 87' | ![]() |
Jonibek Ko‘chimov jarima maydonchasi yoniga yaqinlashib bordi va zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Kuvaytda o‘zgarish bo‘ldi |
| 86' | ![]() |
O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Mochinov shogirdlari to‘pni nazorat qila boshlashdi |
| 85' | ![]() |
O‘smirlarimiz hujum ketidan hujum tashkil qilishmoqda. Bu futbolchilar raqibni biram ko‘p aldashga harakat qiladikiiiii.... Bularga "devor" uslubini o‘rgatish kerak! |
| 82' | ![]() |
Azizjon G‘aniyev 20 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Zarba o‘qdek bo‘ldi, ammo biroz noaniq bo‘ldi |
| 80' | ![]() |
Eh, Kenjaboyev. Sal qizg‘anchiqroq bola ekan. Chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi, to‘pni egalladi, bir himoyachini aldadi, ammo ochiq hududga yaqinlashib kelgan Ahmadovga to‘pni berish o‘rniga o‘zi o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Darvozabon esa to‘pni qaytardi |
| 79' | ![]() |
Kuvayt maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Hujum bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p yo‘nalishi noaniq bo‘ldi |
| 78' | ![]() |
Burchak to‘pini raqiblar qaytarishdi |
| 77' | ![]() |
Suhrob yana o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va bir himoyachini aldayotganida mudofaa vakili Nurulloyevni yiqitgandek bo‘ldi. To‘purarimiz yotgan joyida to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatayotganida, to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 76' | ![]() |
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Shohruh Mahmudhojiyev o‘rniga Jahongir Ahmadov tushirildi |
| 75' | ![]() |
Futbolchilarimiz markaz bo‘ylab bir tepar uslubida hujum tashkil qilishdi va G‘anijonov birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi. To‘pga Kenjaboyev bordi va to‘pni jarima maydonchasiga qaytardi. Abdug‘ani bu safar bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 74' | ![]() |
"Paxtakor"dagi Davron Hoshimovning ukasi Doniyor Hoshimov hozir to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aka-ukalar bir xil ampluada o‘ng qanot himoyachisida o‘ynasharkan |
| 73' | ![]() |
Essa Bahruh maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Favvaz al-Embaylesh tushirildi |
| 72' | ![]() |
Kuvaytlik Bahruh maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 69' | ![]() |
Suhrob yana bir marta o‘sha nuqtadan bu safar qarama-qarshi burchakka to‘pni aylantirdi. Fayzliy to‘pni egallab oldi |
| 68' | ![]() |
Suhrob Nurulloyev to‘g‘ri qildi! Raqib jarima maydonchasi yorib kirish samara bermayotgani bois Nurulloyev jarima maydonchasi tashqarisida 1-2 futbolchidan chap tomonga qochdi va chap oyoqda yerlatib zarba berdi. To‘p esa darvozabonning chap tomonidagi burchakka kirib ketdi! |
| 68' | ![]() |
GOOOOOOOOOLLLL!!!! GOOOOOL!!! Suhrob Nurulllooooooyevvv! 3:2! |
| 66' | ![]() |
Kenjaboyev 20 metrdan to‘pni darvoza tomon aylantirdi. Fazliy uni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
Endi esa raqiblar ikkita xavfli vaziyat yaratishdi. Abdulaziz Ahmadning kuchli zarbasini Xo‘jayev maydondan tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi ham zarba bilan yakunlandi. AKrom yana to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 64' | ![]() |
Jamoamiz qarshi hujum natijasida Mahmudhojiyevni chap qanotdan oldinga boshlashdi. Ammo Shohrux jarima maydonchasiga kirib kelib, zarba berishga ulgurmadi. To‘pni himoyachi qaytardi |
| 63' | ![]() |
Vkillarimiz to‘pni egallab olishdi va Suhrob o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, darvozabon maydonchasi tomon to‘pni uzatdi. Ammo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 62' | ![]() |
Kuvaytliklarning har bir yotishiga shifokorlar maydonga chiqishmoqda. Bu ko‘proq vaqt cho‘zishga o‘xshab ketmoqda. Yaxshimas |
| 61' | ![]() |
Azizjon G‘aniyev 18 metrlardan yerlatib zarba berdi. Darvozabonning o‘ziga bordi to‘p |
| 57' | ![]() |
Eh, voy, bo‘sh darvoza-ya! Nurulloyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirib borib, bir himoyachidan qochdi va darvozabon chizig‘i ustida turgan G‘anijonovga to‘pni yetkazdi. Darvozabon to‘pga ulgurmadi. Abdug‘anining yaqin masofadan sekin zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. To‘g‘ri, to‘p G‘anijonovga sakragan holda kelgandi... |
| 56' | ![]() |
Ehhhhhh, Mahmudhojiyev! Mana bu safar jamoamiz a’zolari to‘pni bir-birlariga uzatishlari oqibatida jarima maydonchasining chap qanotida ochiq turgan Shohruxga to‘pni yetkazishdi. Ammo Mahmudhojiyev qulay masofadan darvozaga yo‘llay olmadi! |
| 54' | ![]() |
To‘p yana o‘ng qanotdan yetkazib berildi. Nurulloyev jarima maydonchasi chizig‘i ustida egallab oldi va bir himoyachini chalg‘itib, zarba berdi. Ammo to‘p boshqa himoyachiga tegib qaytdi |
| 52' | ![]() |
Endi vakillarimiz yaxshi hujum tashkil qilishdi. Doniyor Hoshimov o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pni futbolchilarimiz to‘xtatishdi, ammo raqib mudofaasi zarba berishga imkon bermadi |
| 51' | ![]() |
Uuuuhhhh, darvozamiz oldida tahlikali vaziyat yuzaga keldi. Olis masofadan yetkazilgan to‘pga birinchi bo‘lib Xo‘jayev yetib keldi, ammo to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. To‘p boshqa bir hujumchiga kelib tushdi, ammo u Akromni aldab o‘tish chog‘ida to‘pni o‘zida uzoqlashtirib yubordi va to‘p maydonni tark etdi |
| 49' | Ikkinchi bo‘limda ham birinchi raqam ostida o‘ynaymiz. Kuvayt esa qarshi hujumga tayanadi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda to‘pni vakillarimiz o‘yinga kiritib berishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Islom Kenjaboyev Saveliy Abramov o‘rniga tushdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Parallel kechayotgan o‘yinda esa KXDR Nepalni 4:1 hisobida mag‘lub etmoqda. Shu bois, bugungi o‘yinda biz g‘alaba qozonishimiz shart! Guruhda 1-o‘rinni olishimiz kerak |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Terma jamoamiz 2 daqiqa ichida ikkita to‘p o‘tkazib yubordi. Bo‘shashdik, Kuvayt esa bizni jazoladi. Xolid Muhammad bir-ikki futbolchimizni aldab o‘tib, 16 metrlardan zarba bilan, Xo‘jayev darvozasining burchagini ishg‘ol qildi. |
| 45+2' | ![]() |
Ehhhhh, GOL! Xolid Muhammad, 2:2! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
To‘p chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berildi. Abdulaziz al-Hadya to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi va buni kutmagan Xo‘jayev zarbani o‘tkazib yubordi |
| 45' | ![]() |
Eh, GOOOL!, Abdulaziz al-Hadya, 2:1. |
| 43' | ![]() |
GOOOOOOLLL! Jonibek Ko‘chimov, 2:0!!! |
| 43' | ![]() |
Penalti! Jarima zarbasi amalga oshirilayotganida kuvaytlik himoyachi qo‘lini yuqori ko‘tarib, to‘pni qaytarib qoldi. HAkam esa buni o‘z vaqtida ko‘rdi va penalti belgiladi! |
| 42' | ![]() |
Oybek NUrmatovga nisbatan raqib himoyachisi qo‘pollik ishlatdi. Burchakka yaqin joydan jarima zarbasi |
| 41' | ![]() |
Futbolchilarimiz ikki marta raqib darvozasi tomon zarba berdi. Birinchisini darvozabon egallab oldi, ikkinchi zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 40' | ![]() |
Terma jamoa hujumchilari maydonning raqib tomonida pressing uyushtirib, to‘pni egallab olishdi. Ko‘chimov barchani aldab o‘tdiyu, ammo raqib darvozasi oldida so‘nggi himoyachini alday olmadi |
| 38' | To‘pni uzoq masofaga — himoyadan hujumga yetkazishga urinyapti futbolchilarimiz. Natijadan to‘pni ko‘p marta yo‘qotyapmiz. | |
| 37' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pini bartaraf etdik |
| 36' | ![]() |
Kuvayt burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mahmudhojiyev to‘pni yon tomonga tepib yubordi. Keyingi hujum paytida kuvaytlik futbolchi darvozamiz tomon kuchli zarba berdi. To‘p Alijonovning boshiga tegib, maydonni tark etdi |
| 33' | ![]() |
Ko‘chimov uzatib bergan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 32' | ![]() |
Hujumlarimiz ko‘p, yetarlicha. Ammo darvozani ishg‘ol qiladigan futbolchi topilmayapti. Yana Mahmudhjiyev chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘pni futbolchilarimizdan biri darvoza tomon tepdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 31' | ![]() |
Maydon markazida to‘pni yo‘qotdik va Kuvaytning qarshi hujumi zarba bilan yakunlandi. To‘p kuvaytlik hujumchiga tekkancha, maydonni tark etdi |
| 28' | Vuuuh, terma jamoamiz yana gol urishi mumkin edi. Navbatdagi hujumimi paytda futbolchilarimizdan biri 16 metrlardan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo himoyachi yotgan ko‘yi zarbani o‘ziga qabul qildi | |
| 28' | Ayni daqiqalarda har ikkala jamoa hujumkor o‘yinga urg‘u bergani bois, ancha ochiq o‘yin ketmoqda | |
| 25' | ![]() |
Terma jamoamiz maydon markazidan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Sardorimiz Ilhom Alijonov bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Eh, Abramoooov, himoyachilar orasidan yaxshi o‘tib ketdi, ammo 18 metrlardan o‘zi zarba bermasdan, ochiq turgan G‘anijonovga to‘pni berganida, Abudg‘ani xotirjamlik bilan gol urishi mumkin edi! Saviliyning zarbasini esa darvozabon egallab oldi |
| 22' | ![]() |
O‘smirlarimiz qarshi hujumga o‘tishdi. Shohrux bir nafar futbolchidan o‘tib ketganida jarima maydonchasi kirib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketardi. Ammo himoyachi to‘pni to‘xtatib qoldi, ammo Mahmudhojiyev to‘pni egallab olib, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Ammo G‘anijonov to‘pga yeta olmadi |
| 20' | ![]() |
Nurmatov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yerlatib uzatdi. Bu safar Saveliy to‘pga ulgurmadi |
| 19' | ![]() |
G‘anijonov ofsaydda qolib ketdi |
| 18' | ![]() |
Kuvayt burchak to‘pi ishladi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Abramov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 15' | ![]() |
Ana endi yurtdooshlarimiz to‘p nazoratini o‘z qo‘llariga olishdi. Mahmudhojiyev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. G‘anijonov yiqilayotib to‘pga bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Urinish birozgina muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi |
| 13' | ![]() |
KXDR o‘smirlari 4-daqiqadayoq Nepal darvozasini ishg‘ol qildi. |
| 9' | ![]() |
Hujumimiz himoyadan to‘pni olis masofaga uzatilishi bilan boshlandi. Chap qanotda futbolchilardan biri Mahmudhojiyevga tashlab berdi va Shohrux so‘nggi chiziqqa yaqinlashib borib, to‘pni jarima maydonchasi uzatdi. To‘pni qaytarmoqchi bo‘lgan kuvaytlik futbolchi, uni o‘z oldida turgan Abramovga to‘xtatib berib qo‘ydi. Saveliy esa darhol zarba berib, hisobni ochdi! |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOOLLL, Saveliy Abramoooov, 1:0!!! |
| 7' | ![]() |
O‘smirlarimiz ilk marta raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi. Chap qanotdan yerlatib uzatilgan to‘pni ko‘k rangdagi futbolkada o‘ynayotgan futbolchilar egallab olishdi |
| 7' | ![]() |
Terma jamoamiz hali o‘z o‘yinini yo‘lga qo‘yib olganicha yo‘q. Hech qanday bosimga ega bo‘lmagan arablar xotirjam o‘ynashmoqda |
| 6' | ![]() |
Kuvayt ikkinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuuh, Akrom Xo‘jayev darvozamizni goldan qutqardi! Burchakdan yetkazilgan to‘pni kuvaytlik Yusuf ar-Rashidiy egallab oldi va yaqin masofadan zarba berdi. Akrom to‘pni yuqoriga urib yubordi |
| 4' | ![]() |
Kuvayt ilk marta jarima maydonchamizga kirib keldi va burchak to‘pi ishladi. |
| 2' | ![]() |
Yigitlarimiz ilk daqiqalardan tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga, raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishga harakat qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yinni Kuvayt terma jamoasi boshlab berdi! |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchinchi turda ham oq rangli formada harakat qiladi. Kuvayt esa ko‘k rangni tanlagan |
| ' | ... Olamni mahliyo aylangan diyoyoyoyoyor... so‘zlari madhiyamiz yakunlandi. Endi navbat Kuvayt madhiyasiga | |
| ' | ![]() |
Dastlab O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraydi |
| ' | ![]() |
FIFA Feyr pley madhiyasi ostida jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishga tayyor bo‘lib turishibdi. |
| ' | Reglamentga ko‘ra, yarim final oldidan hisobida bittadan sariq kartochkasi bor futbolchilarning ogohlantirishlari bekor qilinadi | |
| ' | Shuningdek, bittadan sariq kartochkasi bor Azizjon G‘aniyev, Jonibek Ko‘chimov va Oybek Nurmatov bugun ehtiyot bo‘lib o‘ynashlari lozim. Ular bugun ogohlantirish olishsa, chorak finalda maydonga tusha olishmaydi. | |
| ' | Dastlabki 2ta o‘yinning har birida ogohlantirish olgan Ozodbek Qurbonov bugun maydonga tusha olmaydi | |
| ' | Dastlabki 2ta turda to‘liq o‘ynagan Islom Kenjaboyev esa bu safar zaxirada qoldirildi. Birinchi turda harakat qilgan Shohrux Mahmudhojiyev yana asosiy tarkibga qaytarildi | |
| ' | Uchinchi turga kelib yarim himoyachi Seveliy Abramov ilk marta O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida maydonga tushadi. | |
| ' | Nepal va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham parallel ravishda soat 14:00da boshlanadi. Mazkur o‘yin natijasini ham onlayn translyasiya davomida tanishtirib boramiz | |
| ' | Bugun O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruhning 3-turi doirasida Kuvaytga qarshi maydonga chiqadi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonib, Mochinov shogirdlari guruhdagi 1-o‘rinni naqd qilishlari shart. Asosiy vazifa shundan iborat | |
| ' | Tailandda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan uyushtirilayotgan matnli onlayn translyasiyalarimizni davom ettiramiz. | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|