Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer ligasi, 4-tur

13 sentyabr, soat 16:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya)

ARSENAL

Uilshir (63)
Sanches (74)

2 : 2

MANCHESTER SITI

Aguero (28)
Demichelis (83)
JAMOALAR TARKIBI
Shchensni
Debyushi
Mertesaker
Kosyelni
Monreal
Flamini
Uilsher
Remzi
Sanches
O‘zil
Uelbek
  Jo Xart
Sabaleta
Kompani
Demichelis
Klishi
Fernandinyo
Lempard
Navas
Silva
Milner
Aguero

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Birozdan so‘ng APLdan LA liga o‘yiniga e’tibor qaratamiz. Saytdan uzoqlashmang
'
"Arsenal" - "Manchester Siti" - 2:2. Jangovar durang! Ushbu natija "Chelsi"ni foydasiga ishlashi aniq. Mourinyo shogirdlari bugun g‘alaba qozonishsa, ta’qibchilaridan ilgarilab ketishadi.
90+7'
Shu vaziyatda esa bosh hakam Klatenburg hushtak chalib, o‘yinni yakunlab berdi.
90+7'
David Silva chap qanotdan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p Kompanining boshidan orqa tomonga o‘tib ketdi.
90+4'
"Siti" qo‘shimcha daqiqalarni juda kuchli o‘tkazmoqda. Kosyelni jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli uzatma bilan Jekoni birga-bir vaziyatga chiqardi. Edin zarba berdi va posbon to‘pni yon tomonga urib yubordi. Nasri bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi, ammo gol inobatga olinmadi. Boisi, zarba berilayotganda Samir ofsaydga chiqib ulgurgan ekan!
90+3'
Vuuuuh, omad "Arsenal"ga tirjayib boqdi! To‘p o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi Jekor ta’qibi ostida to‘pni yon tomonga tepib yubormoqchi bo‘ldi shekilli, ammo to‘p darvozabonning ustidan oshdi va darvoza ustuniga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pni Shchensni egallab oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Vuuuuhhh! Kolarovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Shchensni o‘sha burchakni qo‘riqlayotgan bo‘lsa-da, to‘p ustundan qaytdi
87'
Uelbek maydonni tark etdi. Aleks Oksleyd-Chemberlen o‘yinni davom ettiradi
87'
Uelbek jarima maydonchasi burchagidan darvozaning olis burchagiga aylantirdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
86'
Shaharliklarning hujumini mezbonlar bir amallab bartaraf etishdi
83'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Martin Demichelis bosh bilan zarba berdi. Darvozaning yuqori burchagiga yo‘l olgan to‘p avval posbonning qo‘liga, keyin esa darvoza ustuniga tegib, chiziqni kesib etdi. 2:2!
83'
GOOOOOLLL! Demichelis, 2:2!!!
83'
"MS" burchak to‘pi ishladi
79'
Debyushi jiddiy jarohat oldi. Uni zambilda maydon tashqarisiga olib chiqib ketishdi
77'
"Siti"da o‘zgarish: Fernandino o‘rniga Kolarov tushdi
76'
Vuuuuh, O‘zilning chiroyli uzatmasidan keyin Kosyelni darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqdi, ammo darvozaga aniq zarba bera olmadi!
74'
"Arsenal" hisobda olinga chiqib oldi! To‘p o‘ng qanotda jarima maydonchasiga yetkazilganidan keyin himoyachilar uni qaytarishdi. Remzi bosh bilan to‘pni yana jarima maydonchasiga qaytardi. Himoyachilar bilan bir chiziqda turgan Sanches to‘pni yerga tushirmasdan olis yuqori burchakka joylab qo‘ydi!!!
74'
GOOOOOOOOOLLLL! Aleksis Sanches, 2:1!!!
72'
Samir Nasri 18 metrdan kuchli zarba berdi. Voysex Shchensni to‘pni egallab oldi
69'
O‘zil chap qanotdan hujumga qo‘shildi Monrealni to‘p bilan ta’minladi. U esa darvozabon maydonchasi tomon to‘pni yetkazdi. Mudofaa vakillari xavfni bartaraf etishdi
64'
Aguero sariq kartochka oldi
63'
Uilshirning o‘zi to‘pni egallab oldi va jarima maydonchasi ostonasidagi Remziga to‘pni yetkazdi. Aaron esa jarima maydonchasiga kirib borayotgan Uilshirni to‘p bilan ta’minladi va futbolchi birga-bir vaziyatga chiqib borib, o‘tkir burchak ostida bo‘lishiga qaramay, to‘pni Xart ustidan o‘tkazib, hisobni tenglashtirdi!
63'
GOOOOLLL! Uilshir, 1:1!!
62'
"Arsenal" himoyachisi Monreal sariq kartochka oldi
59'
Klishi Silva bilan "devor" o‘ynadi va birga-bir vaziyatda to‘pni Shchensni ustidan oshirdi. To‘p esa darvozaning olis ustuni yonidan maydonni tark etdi. To‘pning harakatini himoyachi nazorat qilib bordi
58'
"Arsenal" maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor hujumga o‘tdi. Sanches jarima maydonchasi ostonasigacha borib, o‘ng qanotdan ichkariga kirayotgan Uelbekni to‘p bilan ta’minlamoqchi bo‘ldi. "Siti" mudofaasi yaxshi o‘ynadi
55'
"Siti" futbolchilari o‘ng qanotda ochiq turgan Navasni oldinga boshlashdi. Xesus darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi, markaziy himoyachilar xushyor harakat qilishdi
53'
"Siti" futbolchilari to‘pni nazorat qilishdi va jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Darvozabon to‘pni osonlik bilan egallab oldi
48'
"Arsenal" bu safar qisqa paslar orqali jarima maydonchasining o‘ng qanotidann hujum tashkil qildi. Sanches darvozabon maydonchasiga to‘pni uzatdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
47'
Venger shogirdlari markaz bo‘ylab hujum tashkil qilishdi. O‘zil jarima maydonchasi ichida to‘pni qap qanotda ochilgan Uelbekka yetkazdi. Dannining zarbasi kuchsiz chiqdi va Xart to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Siti"da o‘zgarish bo‘ladi. Samir Nasri maydonga tushdi. Lempard zaxiraga olindi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Hozircha "Arsenal" - "Manchester Siti" - 0:1. Tanaffus.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam kompensasiya vaqti qo‘shilmadi.
45'
"Kanonirlar" jarima zarbasini jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. "Shaharliklar" xavfni bartaraf etishdi
42'
"Siti" qisqa paslar orqali jarima maydonchaga kirib bordi. Himoyachilar so‘nggi damda to‘pni egallab olishdi
41'
Sanches jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi, O‘zil esa 20 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
40'
Sanchesga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi
38'
O‘zil olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Ancha noaniq
35'
Mezbonlar zich himoyani yorib o‘ta olishmayapti.
32'
Vuuuh! Goldan ruhlangan "shaharliklar" hujumni kuchaytirishmoqda. Navas yana bir marta jamoadoshi Sabaletani qulay vaziyatga chiqardi. Uning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini Shchensni qaytardi!
28'
"Siti" qarshi hujumda gol urdi. Navas jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni darvozabon maydonchasiga yaqin joyga uzatdi. Himoyachilar va darvozabonga nisbatan chaqqonlik qilgan Aguero birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
28'
GOOOOOOLLL! Aguero, 0:1!
26'
Lempard mezbonlar jarima maydonchasi tashqarisida Aguero bilan "devor" o‘ynadi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoo‘a ustidan o‘tib ketdi
25'
Kichik ustunlik va to‘p bilan muomala "Arsenal" tomonida. "Siti" qarshi hujumda o‘ynashga majbur bo‘lmoqda
22'
Frank Lempardga "sariq". U maydon markazida Remzini yiqitib, tezkor qarshi hujumni buzdi
21'
Sanchesning uzatmasini Xart egallab oldi
21'
Kompani Remziga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi
20'
Aguero ofsaydda qoldi
16'
Fernandinyoning jarima maydonchasiga yetkazgan to‘piga Sabaleta yeta olmadi
14'
"Arsenal"ning markaz bo‘ylab tashkil etgan hujumi Remzining zarbasi bilan yakunlandi. Xart to‘pni egallab oldi
13'
Navas jarima maydonchasining o‘ng qanotida darvozabon maydonchasi tomon uzatmani amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pini posbon egallab oldi
12'
Vuuuuuuuuh, Uelbeeeeekkk! Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va "parashyut" uslubida to‘pni darvozabon ustidan oshirdi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Xart egallab oldi!!!
11'
O‘zil nozik uzatma bilan chap qanotdan jarima maydonchasi ichidagi Uelbekni to‘p bilan ta’minlandi. Danni to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi
10'
Aguero 2-3 nafar himoyachilar orasidan o‘tib ketdi va o‘tkir burchakka o‘tib, darvozabon maydonchasi tomon to‘pni yetkazdi. Shchensni to‘pni egalab oldi
8'
Xart mehmonlarni qutqarmoqda. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga chiqishda Xart chaqqonlik qildi, aks holda "Kanonirlar" hujumchisi u bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi
7'
Aleksis Sanches! 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Jo Xart to‘pni egallab oldi!
6'
Tomonlar bir martadan hujum tashkil qilishdi. Himoyachilar xushyor o‘ynashmoqda.
3'
Jamoalar ehtiyotkorlik bilan o‘yinni boshlashdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Arsenal" o‘zining an’anaviy qizil-oq, "Siti" esa och ko‘k rangli formasida harakat qilishadi
'
O‘yin boshlanishiga 4 daqiqa qolmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Frenk Lempard bugun "Man. Siti" safida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushayotgan e’tiborga molik holat
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! Barchangizni Angliya Premyer-ligasi 4-turidan o‘rin olgan markaziy bahsni kuzatib borishga taklif qilamiz. "Arsenal" o‘z maydonida mamlakat chempioni "Manchester Siti"ni qabul qiladi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.