Ispaniya La-ligasi, 3-tur
| 13 sentyabr, soat 19:00 | ||
BARSELONANeymar (79, 84)
|
2 : 0 |
ATLETIK BILBAO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13. Klaudio Bravo 24. Jeremi MatYE 2. Martin Montoyya 18. Xordi Alba 4. Ivan Rakitich 14. Xavyer Maskerano 8. Andres Inyesta 5. Serxio Buskets 10. Lionel Messi 7. Pedro Rodriges 27. Munir al-Haddodiy |
1. Xorka Iraisos 4. Emerik Laport 24. Mikel Balensiaga 10. Oskar de Markos 8. Ander Iturraspe 7. Benyat Echebarriya 18. Karlos Gurpegi 17. Mikel Riko 14. Susayeta 20. Aris Aduris 19. Muniain Iker |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Buskets (62)
|
Aduris (30)
|
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. "Real" - "Atletiko" o‘yinida ko‘rishguncha (23:00) | |
| ' | Kataloniyaliklar ushbu g‘alabadan keyin 9 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etishadi. | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" qiyinchilik bilan "Atletik"ni mag‘lub etdi. |
| 90+3' | ![]() |
"Barselona" xotirjam to‘pni nazorat qilmoqda |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Sandro Ramires 16 metrdan zarba berdi. Darvozabon Iraisos to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
"Atletik" futbolchilari jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Klaudio Bravo to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Bu golda ham barcha ishni Messi qildi. U o‘ng qanotdan 2-3 futbolchidan osonlik bilan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni orqaroqqa uzatdi. Neymar to‘pni to‘xtatdi va 11 metrli nuqta ustidan xotirjamlik bilan darvozaning burchagini aniq nishonga oldi |
| 84' | ![]() |
GOOOOOLLLL! Neymar, 2:0! |
| 82' | ![]() |
Ehhhh, bu safar Messi bu safar to‘pni Neymarga o‘z vaqtida yetkazishga shoshilmadi. U bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasi chizig‘igacha yetib bordi va shundan so‘ng Neymarga to‘pni uzatdi. Braziliyalik hujumchi to‘pni o‘ng qanotda ochiq turgan Sandro Ramiresga yetkazishni niyat qilgandi, ammo to‘p himoyachi tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 79' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Neymar darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va muammosiz darvozani ishg‘ol qildi! |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOOOOL!!! Neymar, 1:0! |
| 78' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Sandro Ramires tushirildi |
| 76' | ![]() |
"Bilbao" qarshi hujumga o‘tdi va hujumchi Iker jarima maydonchasiga yorib kirib, zarba berdi. Zarba yo‘liga Matyo g‘ov bo‘ldi va keyin Pike to‘pni qaytardi |
| 74' | ![]() |
BUrchak to‘pidan keyin Xorka to‘pni egallab oldi |
| 73' | ![]() |
Pedro burchak to‘pi ishladi |
| 72' | ![]() |
"Barsa" bosimni oshirmoqda. Messi 5-6 nafar futbolchini orasidan o‘tib ketdi va to‘pni sherigiga uzatdi. U esa Inyestani oldinga boshladi. Andres jarima maydonchasi ichida Neymarni to‘p bilan ta’minlagandi, braziliyalik futbolchi ofsaydda qolib ketgan ekan |
| 69' | ![]() |
Messi chiroyli pas bilan Inyestani chap qanotdan jarima maydonchasiga boshladi. Andres o‘ng qanotda ochilgan Neymarga uzatdi. To‘p Neymardan biroz o‘ngroqqa o‘tib ketdi va Neymar to‘pni egallab darvozabon maydonchasiga yetib kelgan Messiga uzatdi. HImoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ammo hakamlar burchak to‘pi berishmadi |
| 68' | ![]() |
"Barselona" tezkor qarshi hujumga o‘tdi va Pedro to‘pni chap qanotdagi Neymarga yetkazdi. Braziliyalik futbolchi 18 metrdan zarba berdi, noaniq |
| 67' | ![]() |
Neymar ikki-uch himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida jarima maydonchasi ostonasida chalib yiqitildi. Ammo hakam jarima zarbasi bermadi |
| 66' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Messi qaytardi, o‘ziga bo‘ysundirdi. Bir necha hmoyachi orasidan chiqib ketayotganida himoyachilardan biri to‘pni olib qo‘ydi |
| 65' | ![]() |
Aris Aduris 22 metrdan "Barsa" darvozasi tomon zarba berdi. Bravo to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
Alba ikki futbolchi orasidan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. HImoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 63' | ![]() |
Munir o‘rniga Neymar tushirildi. Stadionda o‘tirgan Suares yosh hujumchini olqishlab qo‘ydi |
| 62' | ![]() |
Buskets ogohlantirish oldi |
| 60' | ![]() |
Messidan to‘pni qabul qilib olgan Alba to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Munir bosh bilan zarba berishning uddasidan chiqdi, ammo darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 59' | ![]() |
Mehmonlar ham aslo himoyaga yotishayotgani yo‘q. Oldinga intilishmoqda. Hozircha ular to‘pni jarima maydonchasiga olib kira olishmayapti |
| 56' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasining o‘ng burchagidan zarba yo‘lladi. Zarba biroz noaniq bo‘ldi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuh, Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘ziga uzatilgan to‘pni o‘ng oyog‘iga mosladi va zarba berdi. DAvrozabon to‘pni oyoqlari bilan qaytardi! |
| 50' | ![]() |
BU faollik evaziga mehmonlar jazolanishlari mumkin edi. Bilbaoliklar baxtiga qanot hakami shubhali ofsayd evaziga Messining golini bekor qildi |
| 50' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar faol o‘ynashga intilishmoqda. |
| 47' | ![]() |
Rakitich Munirni randevuga chiqarishga harakat qildi. Ammo uzatma biroz sekinrok bo‘lgani uchun Hadodiy himoyachi bilan to‘p uchun kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. To‘ni esa darvozabon egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga qaytishmoqda. "Barsa"da o‘zgarish bor. Maskerano o‘rniga Pike tushdi |
| ' | ![]() |
Hozircha "Barselona" - "Atletik Bilbao" - 0:0. Birinchi bo‘limda Munirda darvozani ishg‘ol qilish uchun kamida 3ta vaziyat bo‘ldi. Ammo Ispaniya terma jamoasida debyut qilgan futbolchi imkoniyatlardan foydalana olmadi. Messi to‘pni undan qizg‘onayotgani yo‘q. Doimo yosh jamoadoshini yaxshi vaziyatga chiqarmoqda |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
"Barsa" ijrosida yana ikkita xavfli vaziyat. Dastlab chap qanotdan yetkazib berilgan to‘p darvoza tomon tepildi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. BUrchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin MEssi o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yaqinlashgan Munirga uzatdi. Munirning zarbasini darvozabon qaytardi! |
| 41' | ![]() |
Messi va Munir bir-birlarini juda yaxshi tushunib harakat qilishmoqda. Argentinalik hujumchi yana bir marta Haddodiyni birga-bir vaziyatga chiqardi. Munir o‘zi o‘ng oyoqda zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda yonidagi raqibini aldashga qaror qildi. Buning uddasidan chiqa olmadi, ammo to‘pni Messiga yetkaza oldi. Leo jarima maydonchasiga yorib kirib, zarba berdi. Biroq himoyachi yotgan ko‘yi to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 39' | ![]() |
"Atletik" himoyachisi Karlos Gurpegi jarima maydonchasi ichida qo‘li bilan ochiqchasiga Haddodiyning ortida itarib yiqitdi. Biroq hakam bu vaziyatni penalti tortmaydi deb hisobladi. |
| 38' | ![]() |
Pedro o‘ng qanotda bir himoyachidan qochib ketdi va jarima maydonchasiga kirib kelib, narigi qanotdagi Munir tomon uzatdi. Markaziy himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 37' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydonchaisga yetkazilgan to‘p Messi bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 36' | ![]() |
To‘p maydon markazida ko‘p saqlanib qolmayapti. "Barsa"ning hujumlarini mehmon jamoa bartaraf etmoqda |
| 33' | ![]() |
Munir raqib jarima maydonchasi ichida darvozabonning yo‘lini to‘sgani uchun hakam vaziyatni fol deb baholadi |
| 30' | ![]() |
"Atletik" futbolchisi Aris Aduris ogohlantirish oldi. U Maskeranoning yuziga tepib yubordi |
| 28' | ![]() |
"Atletik" futbolchisi yarim himoyachisi jarima maydonchasiga kirib, zarba yo‘lladi. Zarba unchalik kuchli chiqmagani bois Bravo osonlik bilan to‘pni egallab oldi |
| 26' | ![]() |
Messining uzatmasini yana Munir o‘tkazib yubordi |
| 19' | ![]() |
Ehhhh, Muniiiir! Messining uzatmasidan keyin al-Haddodiy darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi. Yonida paydo bo‘lgan himoyachini chalg‘itdi va zarba berdi. Faqat zarbadan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 16' | ![]() |
Ustunlik to‘laligicha mezbonlar tomonida. Hozircha mehmonlar yaxshi himoyalanishmoqda |
| 11' | ![]() |
"Barsa" qarshi hujumga o‘tdi. Messi to‘pni himoyachilar orasidan o‘tkazib, Munir tomon yetkazdi. Haddodiy unga yeta olmadi |
| 9' | ![]() |
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi |
| 8' | ![]() |
"Barselona" bugun o‘zining Kataloniya bayrog‘i rangidagi sariq-qizil uchinchi formasida maydonga tushgan. Bilbao esa ko‘k-oq rangli futbolka-shortikda harakat qilmoqda. |
| 5' | ![]() |
O‘yin boshida tomonlar bir martadan xavfli hujum tashkil qilishdi. Chap qanotdan berilgan zarbani "Barsa" posboni Bravo yon tomonga urib yuborgan bo‘lsa, Montoyyaning zarbasini "Atletik" darvozabni qaytardi |
| 1' | ![]() |
Texnik kamchilik uchun uzr so‘raymiz. O‘yin boshlandi! |
| ' | Jamoalar maydonda saf tortishdi | |
| ' | Barchangizni endi "Barselona" va "Atletik Bilbao" jamoalari o‘rtasidagi bahsdan tashkil etiladigan onlayntranslyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Xayrli kech futbol muxlislari. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|