Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 3-tur

13 sentyabr, soat 23:00. Bosh hakam: Mateu Laos

REAL MADRID

Ronaldu (26)

1 : 2

ATLETIKO MADRID

Tiagu Mendesh (10)
Arda Turon (76)
JAMOALAR TARKIBI
01. Iker Kasilyas
17. Alvaro Arbeloa
03. Pepe
04. Serxio Ramos
05. Fabiu Kuentrau
19. Luka Modrich
08. Toni Kroos
11. Garet Beyl
10. Xames Rodriges
09. Karim Benzema
07. Krishtianu Ronaldu
  01. Migel Moyya
23. Juan Miranda
02. Diyego Godin
03. Gilyerme Sikeyra
20. Xuanfran
14. Gabi
05. Tyagu
06. Koke
08. Raul Garsiya
11. Raul Ximenes
09. Mario Manjukich
ZAHIRA
13. Keylor Navas
12. Marselo
18. Nacho Fernandes
02. Rafayel Varan
23. Isko
24. Asyer Ilyaramendi
  13. Yan Oblak
24. Xose Ximenes
15. Kristian Ansaldi
10. Arda Turan
07. Antuan Grizmann
04. Mario Suares

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"Real" 3 ochko bilan jadvalning quyiroq qismiga joylashadigan bo‘ldi. "Atletiko" esa o‘z ochkolarini 7taga yetkazdi va "Barsa"ni quvishda davom etadi
'
"Real" ketma-ket ikki marta "Atletiko"ga yutqazmoqda, "Madrid" ketma-ket ikkinchi marta La ligada mag‘lubiyat alamini tortmoqda...
90+3'
O‘yin tugadi. "Real" - "Atletiko" - 1:2!
90+2'
Chicharito yaxshi pas bilan Ronalduni birga-bir vaziyatga chiqarayotgandi, himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shi berildi
90'
Vuuuuh, Grizmann barchasiga nuqta qo‘yishi mumkin edi. Olis masofadan yetkazilgan to‘pni egallab olgan Antuan Pepedan qochib ketib, Kasilyas bilan yuzma-yuz holatda darvozaga aniq zarba bera olmadi!
90'
Kroos tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasini Moyya egallab oldi
90'
Mario Suares ham maydonni "sariq"siz tark etmaydigan bo‘ldi...
87'
Ramos jarima zarbasi ishladi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni Moyya egallab oldi
86'
Sariq kartochkalar rosa ko‘payib ketdi. Xuanfranga navbatdagi sariq kartochka. Ronaldu ortidan tepgani uchun
85'
Koke to‘pni noqulay tarzda jarima maydonchasiga uzatdi. U hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
85'
Modrich sariq kartochka oldi. U Mario Suaresni chaldi
83'
Jamoaning o‘yini qovushmaganidan keyin Ronalduning o‘zi olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p himoyachiga tegbhib qaytdi
81'
Ronaldu o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga kirib borgan Chicharito tomon uzatdi. U to‘pga biroz yeta olmadi va posbon to‘pni egalladi
79'
Vuuuuh, Isko! Jarima maydonchasi ichidan zarba berdi. Himoyachi deyarli darvoza oldida to‘pni boshi bilan qaytardi.
77'
"Atletiko"da futbolchi almashdi. Manjukich maydonni tark etdi. Mario Suares maydonga tushdi
76'
Arda Turon uchinchisida "Real"ni jazoladi. O‘ng qanotda to‘p yerlatib jarima maydonchasiga yetkazildi va Turon aniq zarba bilan darvoza burchagini nishonga oldi!
76'
GOOOOOOOOL, 1:2!
75'
Turon yana mezbonlarni kechirmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Arda bosh bilan zarba berdi. To‘p Pepening boshiga tegib, maydonni tark etdi
74'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Isko 20 metrlardan zarba berdi. Zarba qovushmadi
73'
Vuuuuuh, Arda Turon! U chap qanotda ochildi va to‘pni egallab, bir himoyachidan qochdi va 15 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustunini deyarli silab o‘tib ketdi...
72'
"Real"da o‘zgarish. O‘yini qovushmagan Beyl o‘rniga Isko tushirildi
72'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. Ancha noaniq chiqdi zarba.
70'
Maydon egalarining o‘yini unchalik keskin chiqmayotganiga Beylning sust o‘yini ham sababchi bir tomondan
69'
"Real" ikkinchi bo‘limda hozircha golga tortadigan vaziyat yarata olganicha yo‘q
67'
Chicharito debyut o‘yinida "sariq" oldi. Maydon markazida Sikeyrani ortida chalgani uchun
66'
O‘ng qanotdan to‘p yana yumshoq tarzda yetkazildi. Rodrigesning zarbasi ham yumshoq chiqdi. Moyya muammoga duch kelmadi
64'
"Atletiko"da ham o‘zgarish bo‘ldi. Raul Ximenes maydonni tark etdi, Antuan Grizmann tushirildi
64'
Benzema maydonni tark etdi. Chicharito tushdi
63'
Arbeloa ogohlantirish oldi
63'
Chicharito maydonga tushadigan bo‘ldi. Uzr so‘raymiz, biz tarkibni olgan manbada Ernandes yo‘q edi. U bugun debyutini nishonlaydi
61'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Godin bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi
60'
"Atletiko"da o‘zgarish: Gabi o‘rniga Arda Turon tushirildi
60'
Xamesning o‘ng qanotdan yetkazgan yumshoq uzatmasiga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘pni Moyya egallab oldi
59'
"Atletiko" xavfli hujum tashkil qildi. Manjukichning kuchli zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
57'
"Matraschilar" yaxshi himoyalanishmoqda. Anchelotti jamoasi to‘pni nazorat qilgani bilan bosim uyushtira olmayapti
54'
Gabi ogohlantirish oldi. Maydon markazida Xamesni chalib yiqitib, mezbonlarning tezkor qarshi hujumi oldini oldi
51'
Pepe olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Ancha noaniq bo‘ldi bu zarba
49'
Mehmonlar chap qanotda, darvozagacha 30 metrlardan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kasilyas to‘pni egallab oldi
47'
Rodriges 25 metrlardan kuchli va ancha noaniq zarba berdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar maydonga qaytishmoqda
'
Hozircha hisob - 1:1
45'
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Tanaffus
44'
Koke raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni qabul qilib, chap oyoqda zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
40'
Vuuuuh, Moyya o‘z jamoasini qutqarmoqda! Ronaldu o‘ng qanotdan kirib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Benzema yaqin masofadan bosh bilan kuchli zarba berdi! Migel Moyya reaksiya namoyish qilib, zarbani qaytardi!
38'
Katta ustunlik "qaymoqranglilar" tomonida. Benzema jarima maydonchasining chap tomonida bir futbolchidan o‘tib, yerlatib zarba berdi. Noaniq
34'
Ehhhhhh, Benzema! Krishtianu bu safar chap qanotda to‘pni egallab, Karimni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Hujumchiga hech kim xalal bermayotgandi, unga texnikasi pand berib qo‘ydi. U to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishda qattiq tepib yubordi va posbon to‘pni egallab oldi
33'
Ronaldu bugun asosan o‘ng qanotda o‘ynamoqda. Hozir u mazkur qanotdan bir futbolchini aldab, biroz markaz tomon surildi va zarba berdi. Zarba noaniq chiqdi
31'
Koentrau chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Moyya to‘pni egallab oldi
30'
To‘p nazorati mezbonlar tomonida
26'
Darvozabon o‘zidan chap tomonga, to‘p esa qarama-qarshi burchakka kirib ketdi
26'
GOOOOOL! Ronaldu, 1:1!
25'
Ronalduni chalgani uchun Sikeyra ogohlantirish oldi
25'
Penalti! Ronaldu ishladi!
23'
Beyl jarima zarbasini juda xavfli tepdi. Moyya bir amallab to‘pga qo‘lini cho‘zdi. Benzema to‘pni egallab olib, hujumning ikkinchi to‘lqiniga asos soldi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pga posbon ega chiqdi
22'
Diyego Godin Ronalduni chalgani uchun ogohlantirish oldi. Jarima maydonchasiga yaqin joydan jarima zarbasi tepiladi
21'
Beyl o‘ng qanotdan uzatmani amalga oshirdi. Benzema va Ronalduga nisbatan Miranda ishonchliroq o‘ynadi va to‘pni qaytardi
20'
Xames burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pepe bosh bilan zarba berdi. Kuchsiz chiqqan zarbani Moyya egallab oldi
19'
Benzema jarima maydonchasi tashqarisidanto‘pni darvozaning olis yuqori burchagiga aylantirishga harakat qildi. Biroz noaniq
19'
Ronaldu sariq kartochka oldi. Hakam bilan tortishgani sababli bo‘lishi kerak
18'
Yana Koke to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Oqlar xavfni bartaraf etishdi
18'
Xuanfran burchak to‘pi ishladi
16'
Xames jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘p uchun kurashda mehmon himoyachisidan ustun keldi. Biroq to‘pni darvozabon Migel Moyya egallab oldi
15'
"Real" sekin uyg‘onmoqda. Ronaldu o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi uzatdi. Xames Rodrigesning zarbasi esa yerga tegib, keyin darvoza ustidan o‘tib ketdi
14'
Ronaldu jarima maydonchasining o‘ng burchagida zarba yo‘lladi. Kuchli, ammo noaniq.
13'
"Real" nuqtai nazaridan o‘yin g‘alati boshlandi. Anchelotti shogirdlari o‘yinning boshidan raqib darvozasi tomon umuman bosim uyushtirishmadi. Buni his qilgan "Atletiko" oldinga o‘tdi, burchak to‘pi ishladi va gol urdi.
10'
Koke burchak to‘pini yaqin ustun yoniga uzatdi va Tiagu qiyinchiliksiz bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
10'
GOOOOOOOOOL, Tiagu Mendesh, 0:1!!!
10'
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritadi.
8'
To‘pni jarima maydonchasiga dastlab mehmonlar olib kirishdi. Chap qanotdan yetkazib berilgan to‘pni himoyachi qaytarib yubordi, takroriy uzatma Kasilyasga nasib etdi
5'
Maydonda jimjitlik. Har ikkala jamoa bir-birinchi juda yaxshi biladi. Payt poylashmoqda hozircha
2'
"Real" 2 daqiqadan beri maydon markazida ushlab turibdi. Jamoa shoshmoqchi emas
1'
O‘yinni "Real" boshlab berdi!
'
Bir daqiqalik sukut saqlandi...
'
Jamoalar allaiachon maydonda. O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay
'
Xavyer Ernandes o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmadi. Demak, Chicharitoning Madriddagi debyuti keyinroqqa qoladi
'
Madrid derbisi! Ispaniya chempionatida "el-klassiko"dan keyin saviya bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib bormoqda.
'
Xayrli oqshom, qadrli ispan futboli muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.