Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

O‘smirlar (U16) o‘rtasida Osiyo chempionati

Chorak final, 17 sentyabr, soat 18:00. Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

O‘ZBEKISTON

Shohrux Mahmudhojiyev (62, 87-pen.)

2 : 5

SURIYa

Abdulrahmon Barakat (16, 30, 48)
Muhammad Jaddua (52)
Anas al-Aji (55)
JAMOALAR TARKIBI
1.Akrom Xo‘jayev
3.Ilhomjon Alijonov
4.Ozodbek Qurbonov
6.Oybek Nurmatov
7.Jonibek Ko‘chimov
8.Islom Kenjaboyev
10.Suhrob Nurulloyev
11.Azizjon G‘aniyev
14.Dostonbek Berdiqulov
17. Doniyor Hoshimov
22.Abdug‘ani G‘anijonov
  1.Uilyam G‘annam
3.Umar Lahlah
4.Hassan Karam al-Damen
5.Vasim an-Nadaf
6.Muhammad Loulou
7.Muhammad Basel Kavakbi
8.Ahmad Rajab
9.Nayim G‘azal Nayim
10.Muhammd Jaddua
11.Anas Al-Aji
18.Abdulrahmon Barakat
ZAHIRA
5.Ma’ruf Jumayev
9.Bakir Murtazoyev
12.Hojiakbar Shomaqsudov
13.Rahimjon Sharipov
15.Shohrux Mahmudhojiyev
16.Yusuf Shoimov
18.Jahongir Ahmadov
19.Saveliy Abramov
21.Umidjon Ergashev
23.Xudoyberdi Xoliqov
  2.Muhammad Muhammad
12.Muhammad al-Hallak
13.Abdulhodi Shalha
14.Muhammad Xo‘ja
15.Hodi Brg‘ol
16.Mahmud Kibabiy
17.Muhammad Zeyd G‘rur
20.Muhammad al-Kadur
21.Ahmad al-Xassiy
22.Umar KaduYE
23.G‘ait Sulaymon

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Ketma-ket ikki marta JChda ishtirok etgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bu safar Mundialga chiqa olmadi
90+7'
O‘yin yakunlandi!
90+6'
Alijonov sariq kartochka oldi...
90+5'
Yaxshi vaziyat yuzaga keldi, foydalana olmadik
90+5'
BUrchak zarbasi ishladik
90+3'
Oybek Nurmatov maydondan chetlatildi
90+2'
Suriyada uchinchi o‘zgarish bo‘lmoqda
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Kenjaboyev raqib futbolchisining oyog‘ini bosib ketdi...
87'
GOOOL! Shohrux Mahmudhojiyev, 2:5!
86'
Yana penalti! Bu safar ham Mahmudhojiyev ishladi!
'
KXDR penaltilar seriyasida Eronni mag‘lub etdi (4:2) va JChga chiqdi!
85'
Shohruxning o‘zi jarima zarbasini jonli devorga tepdi...
84'
Jarima maydonchasining chap qanotidan jarima zarbasini tepamiz
83'
Yana bir burchak to‘pi naf keltirmadi
83'
Suriya oltinchi golni urishiga sal qoldi. Al-Ajining zarbasi noaniq bo‘ldi
82'
Yusuf Shoimov bosh bilan zarba berdi. Noaniq
81'
Uchinchi marta burchak to‘pini tepamiz
80'
Kenjaboyev maydon markazidan boshlab 3 nafar futbolchi orasidan o‘tib ketdi, ammo jarima maydonchasiga kirayotganida himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
78'
Hujum tashkil qildik va bosh bilan uzatilgan to‘pga Kenjaboyev yugurdi va darvozabonning yuzlariga oyog‘i tegdi shekilli. Eronlik hakam Islomni ayadi. Unda ogohlantirish bor edi
77'
Qarshi hujumda burchak to‘pi ishladik
'
Eron - KXDR o‘yinida hisob ochilmadi. Penaltilar tepilmoqda u yerda
75'
Jamoamizda o‘yin yomon emas. Futbolchilarimiz mana shu maydonda ham kombinasiya tashkil etishga harakat qilishmoqda. Botqoqda hujumdan ko‘ra himoyalanish osonroq. Buni bilasiz
73'
Burchak to‘pi ishladik, ammo undan hech qanday naf chiqmadi
72'
Oybek Nurmatovning olis masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi.
69'
Kenjaboyev ochilayotgan sherigiga to‘pni aniq yetkaza olmadi. AKs holda futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib borishi mumkin edi
69'
Suriya futbolchisi yana jon talvasasida yotibdi... Boshlandi ularning qilig‘i
67'
Biznikilar bunday maydonda o‘ynashni endi o‘rganishdi. Burchak to‘pi ishladik, Yusuf Shoimovning zarbasi noaniq bo‘ldi
66'
G‘aniyevning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi...
66'
Penaltidan gol ura olmadi Azizbek G‘aniyev! Afsus!
65'
Penaltini Mahmudhojiyev ishladi
65'
Penalti tepamiz!
62'
Vakillarimiz bu golni ham kombinasiya orqali kiritishdi. KEnjaboyev o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib Mahmudhojiyevga yetkazdi. Shohruh himoyachi ta’qibi ostida bo‘lishiga qaramay, darvoozani ishg‘ol qildi
62'
GOOOOL! Shohrux Mahmudhojiyev, 1:5!
58'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Yusuf Shoimov maydonga tushdi.
55'
GOL! Endi maynavozchilik bo‘lib ketdi. Ularning har bir zarbasi gol bo‘lmoqda. Biznikilar o‘yinni tashlab yuborishdi....
54'
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Abdug‘ani G‘anijonov o‘rniga Shohrux Mahmudhojiyev tushirildi
54'
Suriyalik futbolchi maydonda cho‘zilib yotibdi
54'
Barakatning uchinchi goli futbolchilarimizdagi barcha umidlarni chilparchin qilib tashlagandi. To‘rtinchisi ortiqcha bo‘ldi endi...
52'
Oddiy vaziyatda markaziy himoyachimiz to‘pni raqibga sovg‘a qildi va Jaddua osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi
52'
Gol! Muhammad Jaddua, 0:4.
51'
Xo‘jayev oldinga chiqib ketganini ko‘rgan Barakat maydon markazidan zarba yo‘lladi. Baxtimizga zarba noaniq chiqdi
49'
Suriya posboni to‘pni egallab oldi
48'
Suriya to‘g‘ri qilmoqda. To‘p tavakkaliga oldinga uzatilmoqda va qolganini Barakatning o‘zi hal qilmoqda
48'
Gol! Abdulrahmon Barakat, 0:3!
47'
Kenjaboyev ogohlantirish oldi. O‘ziga kelayotgan to‘p to‘xtab qoldi va to‘p uchun yugurib borib, raqib futbolchisiga xavfli tashlandi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Bu futbol emas, qandaydir lotoreyaga o‘xshaydi. Suriyaning esa hozircha omadi kelmoqda. Boisi, ular qisqa paslarga asoslangan kombinasion futbol o‘ynashmaydi. Ular asosan indidiul mahorat va uzoqdan tavakkal uzatiladigan futbol o‘ynashadi. Bunday botqoq sharoitida esa ularga qo‘l kelmoqda. Yomg‘ir to‘xtasa, murabbiylar kerakli tavakkalchilikka qo‘l ura olishsa, ikkinchi bo‘limda hammasini joy-joyiga qo‘yamiz! Bunga ishonamiz, siz ham ishoning!
'
Suriya futbolchilari tanaffusga yo‘l olayotganida bayramni nishonlashmoqda. Hali erta! Hali judayam erta! Biz oxirigacha kurashamiz!
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+2'
Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni Suriya posboni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Alijonov bosh bilan zarba berdi. Noaniq chiqdi zarba
43'
Yana burchak zarbasi. Gol urish kerak!
42'
Burchak to‘pi ishladik. Xoliqov bosh bilan zarba berdi. Noaniq
41'
Ehhhh, suv xalal bermaganida futbolchilarimiz bunaqa uzatmalardan keyin birga-bir vaziyatga chiqib ketgan bo‘lishardi
40'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Jonibek Ko‘chimov o‘rniga Xudoyberdi Xoliqov tushdi
40'
Kenjaboyevga nisbatan fol ishlatildi o‘ng qanotda
39'
Kenjaboyev maydon markazida 2-3 nafar futbolchidan o‘tib ketdi, ammo keyinchalik yiqildi
38'
Kenjaboyev oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishga urindi. To‘p darvoza ustidan o‘tib, maydonni tark etdi
34'
Vuuuuuh, darvozani ishg‘ol qilish kerak edi! Jarima zarbasidan so‘ng Islom Kenjaboyev darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqdi va olis burchak zarba yo‘lladi. To‘pni darvozabon qaytardi. Qaytga to‘pga G‘anijonovdan ko‘ra himoyachi tezroq yetdi va to‘pni uzoqlashtirdi
30'
Futbolchilarimiz ko‘pchilik bo‘lib oldinga o‘tib ketishmoqda. Orqa bo‘sh qolmoqda. Buni Suriya jazolamoqda. To‘p markazdan jarima maydonchamizning o‘ng tomoniga yetkazildi. Alijonovning bir o‘zi ikki hujumi ta’qibi ostida to‘pni yon tomonga tepib yubordi. To‘p autga chiqib ketmay, to‘xtab qoldi. Hujumchilardan biri to‘pga bordi va yana darvozabon maydonchasiga qaytardi. Muhammad Barakat bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.
30'
GOL, Abdulrahmon Barakat, 0:2!
28'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Nurulloyev yetib kela olmadi. To‘p esa bu safar maydonda to‘xtab qolmadi, maydonni tark etdi
26'
Jaddua jarima maydonchasiga kirib bordi, uni yopishga ulgurdik
25'
17 metrdan yo‘llangan jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. G‘aniyevning takroriy zarbasi ancha yuqoridan o‘tib ketdi
25'
Muhammad Loulou sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasiga kirib borayotgan Nurulloyevni chalib yiqitdi!
22'
Uhhh, yana o‘sha Barakat himoyachilarimiz orasidan tezlikda o‘tib ketdi, yuzma-yuz holatga chiqib bordi va zarba berdi. Xo‘jayev zarbani qaytardi! Qoyil!
21'
Ehhh, G‘anijonov! Raqib himoyachisi va maydondagi suv hujumchimizni darvozabon qarshisida yuzma-yuz holat qoldirdi. Ammo Abdug‘ani zarba berishga ulgurmadi
18'
Muhammad Jaddua yana himoyachilarimizdan o‘tib ketdi va darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi, Akrom to‘pni egallab oldi
17'
Terma jamoamiz darhol hujumga o‘tdi. O‘ng tomondan yetkazilgan to‘pni qabul qilgan hujumchilarimiz darvozaga zarba bera olishmadi
16'
GOL! Abdulrahmon Barakat himoyachilarimizdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, to‘rga borib tushdi.
13'
Jarima zarbasi to‘g‘ri darvozaga yo‘naltirildi. Darvozabon to‘pni mushtlari bilan urib yubordi
13'
Islom bugun o‘ng qanotda o‘ynamoqda. u 3 nafar futbolchidan o‘tib ketdi va to‘rtinchisi uni yiqitdi. O‘ng qanotda jarima to‘pini tepamiz
11'
"Ur-tep" o‘yin bo‘lmoqda. To‘p maydonda yumalamayapti. Maydonning u tomonidan bu tomoniga to‘p yuqorilatib uzatilmoqda.
10'
O‘n qanotdan Barakat xavf solmoqchi edi, ammo Qurbonov to‘pni autga chiqarib yubordi.
9'
Terma jamoamiz futbolchilari to‘pni raqib tomonida egallab olib, hujum tashkil etishdi. Adashmasak, Kenjaboyev jarima maydonchasiga kirib bordi va bir himoyachini aldab o‘tayotganida yiqilib tushdi. Yomg‘ir...
8'
Uhhhhh, suriyalik futbolchi 20 metrlardan zarba berdi. Xo‘jayev qaytargan to‘pga raqib futbolchisi yetib kelgandi. Ammo u zarba berishga ulgurmadi va yiqilib tushdi. To‘pni darvozabonimiz egallab oldi.
7'
Yomg‘ir esa hamon tinayotgani yo‘q
5'
Raqib o‘yinchisi maydon markazida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun belgilangan jarima zarbasini to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazildi. Suv ko‘proq raqib jarima maydonchasi ichida ko‘proq to‘planganini sezilib turibdi
3'
Suriya maydon markazidan jarima to‘pni jarima maydonchamizga yetkazib berdi. Barakat bosh bilan zarba berdi. Akrom to‘pni egallab oldi
2'
Maydonga suv to‘planib qolgan. To‘p maydonda dumalamayapti. To‘xtab qolyapti
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni Suriya terma jamoasi o‘yinga kiritib berdi
'
O‘zbekiston bugun OQ, suriyaliklar esa qizil rangli formada harakat qilishadi
'
Endi esa navbat Suriya madhiyasiga
'
Dastlab O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda
'
Yomg‘ir butunlay to‘xtamagan. Shunga qaramay, FIFA madhiyasi sadolari ostida jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda
'
! Mamlakatlar bayroqlari maydonga olib chiqilmoqda. O‘yin 18:30da boshlanadigan ko‘rinadi.
'
18:00da boshlanishi kerak bo‘lgan Eron-KXDR o‘yini bo‘layotganga o‘xshaydi...
'
Yo‘q, kuchli yomg‘ir tufayli o‘yin yarim soatga kechiktirildi. Yomg‘ir to‘xtashini yoki shashti pasayishini kutamiz!
'
Yana 2 daqiqadan so‘ng futbolchilar va hakamlar maydonga chiqib kelishadi
'
O‘yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi. Bangkokda kuchli yomg‘ir yog‘moqda.
'
Bugun biz uchun muhim kun. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qit’a chempionatining chorak finalida Suriyaga qarshi maydonga tushadi.
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.